Xulosa Ingliz va o`zbek tillarida fe`l



Yüklə 281,5 Kb.
səhifə2/18
tarix19.06.2023
ölçüsü281,5 Kb.
#132672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ingliz va o`zbek tillarida fe`l

Masalan: Na o`qidi, na yozdi. Osmonda na yulduz bor, na oy bor edi.
Fe`l ish –harakatini ifodalovchi so`z turkumidir. Fe`ldan anglashilgan ish-harakat to`g`ridan to`g`ri grammatik obyektga o`tmasdan faqat grammatik subyektning o`zigagina bog`liqligini ko`rsatuvchi fe`l o`timsiz fe`l deyiladi.
Tillarning strukturasi va turidan qat`iy nazar ulardagi o`timlilik va o`timsizlik xamda nisbat kategoriyalari o`zaro bog`liq va bir-biri bilan aloqador bo`ladi.
“O`timli va o`timisiz fe`llar masalasi tarixan nisbat kategoriyasi bilan bog`liq“
deb yozgan edi akademik V.Vinogradov.O`timsizlik kategoriyasi leksika va grammatikaga ta`luqli bo`lgani uchun uni leksik-gramatik kategoriya deb ataydi. Uning leksikaga mansubligi shundaki, u leksik birliklar yordamida , ya`ni fe`lda o`z aksini topadi. O`timli va o`timsizlik kategoriyasining leksika bilan aloqasi uning semantik strukturasini belgilaydi. Ish-xarakatning gap obyektiga yo`naltirilgan yoki yo`naltirilmaganligi ushbu kategoriyasining semantik strukturasi ya`ni yunaltirilganlik yoki yunaltirilmaganlikning ifodalanishi xar xildir. Ish-xarakatning yunaltirilgan yoki yunaltirilmaganligi fe`l ma`nosiga qarab aniqlanadi. O`timli o`timsizlik sof sementik asosida ajratilib, tipologik umumiyligi bilan xarakterlanadi.Birinchi bor Xind-Yevropa tilshunosligida qo`llanilgan termenlar ko`p yillardan beri turli tillarda o`ziga xos atalgan til xizmatini o`tamoqda. Sestemasi Hind- Yevropa tillarnikiga o`xshamagan tillarda o`timli o`timsizlik kategoriyasi butunlay ifoda etilgan. O`timli, o`timsizlik kategoriyasini fe`l negizining semantik xususyatiga ko`ra aniqlanadi. Shu nuqtai nazardan u leksik kategoriya xisoblanadi. O`timli o`timsizlik obyekti bilan birikish birikmasligiga ko`ra sintaktek kategoriyadir. Fe`l- boshqaradigan nomlar fe`lning xusuyatiga qarab, turli formalarda bo`lishi mumkin. Ba`zi fe`llar mustaqil bo`lishiga qaramay obyektsiz funksiya bajarmaydi, ba`zilari esa ma`lum darajada bajaradi. Ana shu qobiliyatiga qarab, fe`llar o`timli, o`timsizga ular bilan birikadigan obyektlarga bo`linadi. O`timli fe`llar ham o`timsiz fe`llar xam otlar bilan birikib keladi.
Bu birikuv har hil bo`lsa xam marfalogik va sintaktik jixatidan bir-biri bilan bog`liqdir. Kelishik qo`shimchalarining asosiy vazifasi so`zlarni sintaktik aloqaga kiritish bo`lsada, ular bir vaqtning o`zida o`timli va o`timsizlik, vositali va vositasizlikni ham ifodalaydi. Masalan: fe`llarning vositali to`ldiruvchi bilan birikuvi o`timsizlikni ko`rsatidi. Shuning uchun fe`ldan keyin vositasiz to`ldiriuvchining bo`lishi shart. Shu nuqtai nazardan o`timsizlik va vositasizlik bir-birini mustasno etadi.
Fe`l –quyidagi hollarda obyektsiz qo`llaniladi.

Yüklə 281,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin