Xarakat va rivojlanish tushunchalari. Insonning kelib chiqishi haqida turli nazariyalar. Anomal hodisalar nazariyasi



Yüklə 27,92 Kb.
səhifə6/6
tarix08.05.2023
ölçüsü27,92 Kb.
#109587
1   2   3   4   5   6
Lazizdev

Anomal hodisalar nazariyasi
Insonning kelib chiqishi bilan bog‘liqbo‘lgan nuqtayi nazarlarning yuqorida qayd qilingan kamchiliklarini bartaraf qilish maqsadida keyingi yillarda antropogenezning ilk tabiiy zaminlariga e’tibor kuchaymoqda. Jumladan, bunda vulqonlarning tevarak-atrofga ko‘rsatadigan ta’siri, Yerda iqlimning o‘zgarishi, Quyosh va boshqa koinot obyektlaridan keladigan ta’sirlar, radia- tsiyaviy fon va hokazolar to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda.
Ma’lumki, Afrika qit’asining janubida Yer ostida jahondagi barcha
uranning 70 foizi mavjud. Fan ma’lumotlariga ko‘ra, ayni shu mintaqa
odamlarning ilk vatani – ularning kelib chiqqan joyidir. Radiatsiyaviy
fon Yer qobig‘ining yorilishi, vulqonlarning faollashuvi, geomagnit
anomaliyalar va hokazolar natijasida kuchayib, bu yerdagi odamsimon
mavjudotlar tanasida mutatsiya – jiddiy o‘zgarishlar hosil qilishi faraz
qilinadi. Mutatsiyalar tufayli primatlarda to‘la tarzda tik yurishga
o‘tish, bosh suyagi hajmining kattalashuvi, jinsiy instinkt tabiatining
o‘zgarishi va hokazolar ro‘y bergan. Inson kelib chiqishining anomal nazariyasida boshqa nuqtayi nazarlardan anchagina ustunlik mavjud. Bu nazariya ba’zi primatlarning insonga aylanishini, boshqalarining aylanmaslik sabablarini, dastlabki odamning ilk tosh qurollardan qadimiyroq ekanini va hokazolarni mantiqan izchil tushuntirib bera oladi. Faqat unda tadrijiylik tamoyillari va ushbu nazariyani tasdiqlovchi misollar hozircha yetarli emas.

1. “Dialektika”ni Siz qanday tushunasiz?


A. Munozara va tortishuv asosida ma’lum bir fikrga kelishni.
B. Falsafiy qonunlar yig’indisini. V. O’zgarish va rivojlanishni.
G. Umumiy aloqadorlik, o’zgarish va rivojlanish haqidagi ta’limotni.
2. “Qonun” nima?
A. Kishilarning ijtimoiy munosabatlaridagi eng umumiy, muhim bog’lanishlardir.
B. Inson aqlining mahsuli bo’lib, u narsa, voqea- hodisalarning muayyan tartibini aniqlashga xizmat qiladi.
V. Tabiatdagi doimiy va muhim o’zgarishlar, rivojlanish tendentsiyalari.
G. Narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va barqaror ichki bog’lanishlari.
3. “Sifat” tushunchasi nima?
A. Barcha voqea - hodisalarning ma’lum shaklda namoyon bo’lishi.
B. Narsa va hodisalarning yaroqli va yaroqsizligini bildiradigan tushuncha.
V. Narsa, hodisaning asosiy bir xususiyati, xossasi.
G. Narsalarning ichki va tashqi muayyanligini ta’minlovchi xossa, belgi, xususiyatlar birligi.
4 «Dialektik inkor”ni siz qanday tushunasiz?
A. Narsalarning yaroqsiz tomonlarini uloqtirish. B. Tashqi ta’sir natijasida narsani umuman yo’q qilib yuborish.
V. Subyektning “sof” ruhiy holatiga asoslangan rad javobi.
G. Narsa va hodisaning ichki rivojlanish zarurati natijasi, vorisiylikka asoslangan sifat o’zgarishi.
5. Falsafaning bilish nazariyasi bilan bog’liq atamani toping.
A. Ontologiya. B. Logika. V. Teleologiya. G. Gnoseologiya.
6. “Amaliyot” (“praktika”) tushunchasini ta’riflang.
A. Tabiiy va ijtimoiy borliqni qayta o’zgartirishdagi moddiy- hissiy faoliyat. B. Kishining bilish faoliyati.
V. Texnikaviy imkoniyatlardan yuzaga keluvchi ilmiy bilimlar.
G. Kishining maqsadga muvofiq faoliyati.
7. Aqliy bilish shakllari (bosqichlari) ning tartibini aniqlang.
A. Hukm, xulosa, tushuncha. B. Tushuncha, hukm. V. Muhokama, ijodiyot, nazariya.G. Tushuncha, hukm, xulosa
8. “Haqiqat”ning turlarini aniqlang.
A. Diniy va mifologik. B. Ilmiy va amaliy. V. Obyektiv va subyektiv. G. Absolyut (mutloq) va nisbiy.
9. Ilmiy bilishning nazariy darajasi usullarini toping.
A. Matematik, aksiomatik, sistemalilik, ideallashtirish, o’lchash.
B. Kibernetik, biologik, lingivistik, tarixiylik va mantiqiylik, modellashtirish, taqqoslash.
V. Modellashtirish, taqqoslash. G. Analiz va sintez; induktsiya va deduktsiya; analogiya; modellashtirish; tarixiylik va mantiqiylik.
10. “Fan”ning tarifini toping.
A. Ma’naviy ishlab chiqarish shakli.
B. Ijtimoiy ong shakllaridan biri, inson bilimining asosiy ko’rsatqichi va natijasi.
V. Tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi amaliyot sinovidan o’tgan bilimlar tizimi.
G. Ijtimoiy mexnat taqsimotining zaruriy va qonuniy natijasidir.
Yüklə 27,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin