Xarakat va rivojlanish tushunchalari. Insonning kelib chiqishi haqida turli nazariyalar. Anomal hodisalar nazariyasi



Yüklə 27,92 Kb.
səhifə5/6
tarix08.05.2023
ölçüsü27,92 Kb.
#109587
1   2   3   4   5   6
Lazizdev

Bextereva nazariyasi
Antropogenezning mehnat nazariyasi bilan tushuntirib bo‘lmaydigan jihatlari XX asrning ikkinchi yarmida koinotni o‘zlashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlar bilan bog‘lab izohlanmoqda.
Rus fiziolog olimi, inson miyasi bo‘yicha katta mutaxassis
hisoblangan akademik N.P.Bextereva nuqtayi nazariga ko‘ra inson
koinotdan Yerga kelib ko‘payib ketgan. Haqiqatan ham, hozirgi
zamon fani inson miyasini o‘rganishda juda ilgarilab ketganligi
tufayli, uning beqiyos imkoniyatlari to‘g‘risida ko‘pgina ma’lumotlar
to‘plangan. Masalan, inson miyasida 1014 miqdordagi neyronlar
va ularning birikmalari bo‘lib, bular yordamida butun insoniyat
to‘plagan ma’lumotlarni unga singdirish mumkin. Lekin Yerda inson
miyasiga qo‘yiladigan talablar uning imkoniyatlari darajasidan ancha
past. Binobarin, uning miyasidagi beqiyos imkoniyatlar o‘z vaqtida
koinotdagi sayyora shart-sharoitlari va talablari bilan bog‘liq bo‘lib,
hozirgacha saqlanib qolgan.
Bu nazariya doirasida shveytsariyalik Erix Fon Denikenning
1968-yilda bosilib chiqqan «Kelajak haqida xotiralar» kitobida ilgari
surilgan qarashlar ham e’tiborga molikdir. Uning ta’kidlashicha,
Yerdan tashqaridagi sivilizatsiya vakillari o‘zlarining qaysidir
maqsadlari bilan sayyoramizga kelganidan so‘ng insonning gominid
ajdodlarida irsiy jihatdan muayyan o‘zgarishlar yuz bergan. Natijada
aql va nutqqa ega yangi mavjudotlar kelib chiqqan. Koinot vakillari
ma’rifiy maqsadlar bilan yana bir necha marta Yerga kelib ketgan.
Bunga misol tariqasida muallif Yerda (Iroq va Misrda) topilgan kristall
linzalarni, to‘qima materialdan tikilgan kiyim parchasini, galvanik
tamoyilda ishlaydigan elektr batareyasini va boshqa qator ashyolarni
keltiradi. Old Osiyoning Qo‘histon mintaqasidagi g‘orda topilgan
qoya suratlarida yulduzlarning 10 ming yil avvalgi joylashuvi
aks ettirilgan.Zuhra va Yer chiziqlar bilan tutashtirilgan. Bizning
madaniyatimizdan oldin juda yuqori madaniyat, texnikamizdan
oldin ham texnika mavjud bo‘lganligini tan olamizmi yoki yo‘q,
bundan qat’i nazar, aynan koinotdan safar qilib kelganlar to‘g‘risida
faraz mavjud. Inson ajdodlariga boshqa sayyoralardan kelganlarning ta’sirito‘g‘risida turli mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda ham xilma-xilqarashlar ilgari surildi. Bir-birini takrorlamaydigan bu qarashlarga xos
umumiylik shundan iboratki, ularning hammasida Yerda Koinotdan
kelganlar qoldirib ketgan dalillarni topishga harakat qilishdir.
Hozirgi vaqtda Koinotning insoniyat ixtiyoridagi barcha vositalar
yordamida tekshirilgan qismida qandaydir sivilizatsiyalar bo‘lish
ehtimoli tasdiqlanmadi. Bunga astronomlarning Yerda hayotning
noyobligi, uning boshqa biron joyda bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi
qarashlari ham qo‘shilsa, koinotiy nazariyaning asosli emasligi ko‘zga
tashlanadi.

Yüklə 27,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin