Rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqlikdan chiqarish muammosi. Hozirgi kunda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foiziga yaqini qoloq hisoblanadi. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy beqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda.
Oxirgi paytlarga qadar kambag’allik, asosan daromadning borligi yoki yo’qligi nuqtayi nazaridan qarab kelingan. Ammo kambag’allik daromadning yoki qabul etilgan kaloriyalarning kamligiga qaranda g’oyat keng ko’lamdagi tushunchadir.
Bu - uzoq, sog’lom va ongli hayot kechirish hamda yaxshi turmush darajasi, qadr-qimmat, g’urur va o’zgalarni ham qadrlash darajisiga erishish uchun keng ko’lamda zarur bo’ladigan imkoniyatlar va tanlash huquqidan maxrumlik demakdir.
Yer kurrasining, pana-pastkamlarda, omonat boshpanalarda, noqonuniy kirib olgan kulbalarda, eng kam ijara haqi to’lanadigan uylarda, salomatlik borasida bir olam muammolari mavjud dunyo aholisining katta qismi o’z hayot tarzini yaxshilash imkoniga ega bo’lmagan holda kambag’allik iskanjasida yashamoqdalar.
Eng rivojlangan davlatlar va uchinchi dunyo davlatlari o’rtasidagi rivojlanishda va yashash sharoitida o’sib borayotgan farq muammosi yechimini topmayapti.
Tinchlik va qurolsizlanish muammosi. XX asrning eng asosiy hodisalaridan bo’lmish ikki qutbli tizimni yo’qolganidan so’ng ko’pchilik endi dunyoda faqat tinchlik bo’ladi, eng asosiy qarama - qarshi kuchga barham berildi deb hisoblagan edi.
Urush va tinchlik muammosi XX asrning ikkinchi yarmining deyarli 40 yili mobaynida haqli ravishda insoniyatning eng muhim muammosi bo’lib kelgan.
Albatta bizning asosiy maqsadimiz yerda tinchlikni saqlash, insoniyat uchun qaytarib bo’lmas kulfatlar keltiruvchi turli ziddiyatlarni oldini olish, geosiyosiy tenglik va barqarorlik muammolarini hal etishdir.
Insoniyatning shu vaqtgacha ortirgan harbiy potensiali yerdagi barcha tiriklikni bir necha marta yo’q qilish imkonini beradi, shu sababli bunday xolatlarga javobgarlik va mas’uliyat hukumat va davlat boshliqlariga tegishlidir.
BMTning ma’lumotlariga qaraganda, har bir daqiqada dunyoda 30 ga yaqin bola to’yib ovqat yemaslik, ochlik va bedavo kasallar tufayli hayotdan ko’z yumadi. Huddi shu muddat mobaynida harbiy maqsadlarga 1,7 mln. AQSH dollar xarajat qilinadi. Ko’plab mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot uchun o’zi yetishmay turgan resurslarni harbiy xarajatlar yana ham qisqartirib yubormoqda.
Qurollanish poygasining iqtisodiy va ijtimoiy xarajatlari borasida quyidagi ayrim raqamlarni keltirish mumkin:
bitta askarni o’qitish xarajatlari 80 bolani o’qitish xarajtlariga teng;
bitta bombani ishlab chiqishga ketgan xarajatlar chechak kasalligini 10
yil bartaraf etishga ketadigan xarajatga teng;
bortida yadro raketasi bo’lgan bitta suvosti kemasini qurishga ketgan
mablag’ga 450 ming uy qurish mumkin.
Ma’lumki, odatdagi va o’qotar qurollar bilan birga XX asrda yadro, kimyoviy va bakteriologik qurollar ham keng tarqala boshladi.
Yadro qurollari. 1945 yilning avgustidan, jahon yadro urushlari davriga kirishi bilan dunyo butunlay o’zgarib ketdi. Yadroviy qurollarni keng ko’lamda taqiqlash to’g’risidagi shartnoma yadroviy qurolsizlanish va yadro qurollarini tarqatmaslik uchun kurash tarixida muhim bosqich hisoblanadi.
Kimyoviy, bakteriologik qurollar ham yadro qurollari singari o’lim sochishi va vayronagarchiliklar keltirishi mumkin. Kimyoviy va biologik qurollar ham, yadro quroli singari ommaviy qirg’in qurollari deb hisoblanadi.
Odatdagi qurollartarkibiga quruqligda, dengizlarda va havoda foydalaniladigan an’anaviy qurol-yarog’ kiradi. Butunjahon harbiy xarajatlarning 80 % dan ortiqrog’i odatdagi qurollar va qurolli kuchlarga to’g’ri keladi.
Ekologik muammolar. Hozirgi vaqtda global ekologik tizimning degradatsiyalanishi to’g’risida so’z yuritilmoqda. Ushbu jarayonni shartli ravishda kuydagi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
ilmiy asoslanmagan, betartib tarzda tabiatdan foydalanish oqibatida
atrof muhitni ushbu chiqindilar bilan zaharlanishi;
Shunday qilib, ishlab chiqarishning o’sishi, ilmiy - texnik inqilob natijalari va tabiat imkoniyatlaridan o’ylamay foydalanish dunyo olidida global ekologik inqiroz oldida turganligini bildirmoqda.
Bunga isbot sifatida Shimoliy yarim shaming o’zida so’nggi yillarda tabiiy ofatlar suv bosish, kuchli shamol, quruqlashish xolatlarini 2,5 barobar oshganini, Arktika muzlarining qalinligi o’zgarganligini keltirish mumkin. Oxirgi yillarda qorning erishi tezlashib, yiliga 10 sm ga etgan va bu jarayon kundan kunga o’sib bormoqda.
Ishlab chiqarish xajmi va sur’atini nazoratsiz o’sishini davom etilishi va bu bilan bog’liq bo’lgan tabiatdan o’ylamay foydalanish keyinchalik insonlarga zarur bo’lgan resurslarni ham topish imkonsizliligiga olib kelishi mumkinligini tushunish zarur.
Resurslarni to’xtamay va betartib iste’mol qilinishi insoniyatni jahon inqirozi poyonida turganligini anglatmoqda. Planetaning ekologik ifloslanishiga alohida hissa qo’shayotgan manbalar butan, gaz, avtomobil gazlari, ximikatlardir.
Atmosferaga uglekislorod gazi kuniga 5 milliard tonna miqdorida chiqarilmoqda. Natijada atmosferaning ozon qatlamini yo’qolishi muammosi vujudga kelmoqda. 1992 yili AQSH olimlarining fikriga ko’ra, ozon qatlami Shimoliy yarim sharda 30-40 % ga kamaygani tasdiqlangan. Yerlarning saxrolashishi davom etishi bir milliarddan ortiq odamning hayotini xavf ostiga solmoqda.
Dunyo mamlakatlari bu jarayon oqibatida ko’rayotgan zarari har yili 42 milliard AQSH dollarini tashkil etmoqda. Muammo global xususiyatga ega bo’lib Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ham juda dolzarb hisoblanadi.