Как создавать запоминающиеся презентации



Yüklə 5,1 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#180856
Gigiyena ppt

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

2-DAVOLASH ISHI FAKULTETI

222-A GURUH TALABASI

QUDRATOV SHOXINURNING

GIGIYENA FANIDAN TAYYORLAGAN

PREZENTATSIYASI

Mavzu:Kimyoviy qurol. Zaharli moddalarning tasnifi. Kimyoviy vaziyatni baholash

Kimyoviy qurol — bu raketalar, minalar, aviatsion bombalar yordamida ishlatiladigan zaharlovchi vosita hisoblanadi. Yadroviy va biologik qurollar bilan bir qatorda ommaviy qirgʻin qurollariga kiradi. Shuningdek yondiruvchi aralashmalarni ham kimyoviy qurollarga bogʻlashadi. Shuningdek, kimyoviy qurollar ommaviy qirgʻin qurollari turlaridan biri. Shikastlash taʼsiri kimyoviy zaharlovchi moddalar (ZM) ning zaharlash xossalariga asoslangan

  • Asosiy tarkibiy qismlari — jangovar kimyoviy moddalar (zarin, Y-gazlar va boshqalar) hamda ularni qoʻllash vositalari — raqstalarning ZM toʻldirilgan jangovar qismlari, artilleriya snaryadlari, minalar, aviatsiya bombalari, kassetalar, fugaslar, granatalar va boshqalar. Ular aviatsiya, turli moslamalar, purkagich va aerozol generatorlar yordamida ham tarqalishi mumkin. Shikastlovchi taʼsiri qancha vaqt saqlanishiga qarab, Kimyoviy qurollar turgʻun (bir necha soat, sutka, hafta, oylab saqlanadigan) va noturgʻun (bir necha minut saqlanadigan) turlarga boʻlinadi. Kimyoviy qurollar, asosan, dushmanning jonli kuchlari (qoʻshin)ga qarshi ishlatish uchun moʻljallanadi, lekin tinch aholiga, hayvonot dunyosiga ham xavf tugʻdiradi, atrof-muhitni zaharlaydi, ekinzorlarni nobud qiladi.



Zaharlovchi moddalar - dushmanning askarlari, hayvonlari, shuningdek, oziqovqat, jangovar texnika, kiyimkechaklarini zaharlash uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar. 3. m. havo orqali binolar, turar joylar, pana joylarga tarqalib, ulardagi odamlarga shikayet yetkazadi.
3. m.ning shikastlantirish xususiyati havoda, turar joylarda va turli narsalarda uzoq vaqt saqlanadi. Bugʻlari shamol orqali juda katta hududga tarqaladi. 3. m.dan shikastlanish zaharlangan havodan nafas olish, u moddalarning koʻz, teri va kiyimga tegishli, zaharlangan ovqat yoki suvni isteʼmol qilish va b. orqali roʻy beradi.
Lekin 3. m. zaharlanish zichligi yetarli boʻlgandagina odamlarga shikayet yetkaza oladi. 3. m. suyuq holda joylarga sepilganda, ularning maydon birligiga toʻgʻri keladigan miqdori zaharlanish zichligi deb ataladi va har kvadrat metrga toʻgʻri keladigan grammlarda ifodalanadi. 3. m. kishi organizmiga taʼsir etish xususiyatiga koʻra organizmni umumiy zaharlaydigan, nerv toʻqimalarini falajlaydigan, teri kasalliklari paydo qiladigan, boʻgʻuvchi, yosh oqizadigan, badanni yalligʻlantiradigan va b. turlarga boʻlinadi. Nerv toʻqimalarini falajlovchi
3. m.ga zarin, zoman, tabun; teri kasalliklarini paydo qiladigan 3. m.ga iprit, lyuizit; organizmni umumiy zaharlaydigan moddalarga sianid kislota, xlorsian, fosfin; boʻguvchi moddalarga fosgen, difosgen va b. kiradi.
Bu boʻlinish aslida nisbiydir, chunki aksariyat 3. m. koʻp tomonlama taʼsir etish xususiyatiga ega. Xalqaro huquq 1925-yildagi Jeneva bayonnomasi bilan urushlarda boʻgʻuvchi, zaharlovchi gaz va bakteriologik vositalarni qoʻllashni taqiklaydi. 3. m.dan mudofaa qilish uchun dezaktivatsiya sharoitlariga amal qilinishi kerak. Qoʻshin turlarida shaxsiy tarkib uchun qilingan pana joy, qazilma oʻralar, qazilma yoʻllar degazatsiyalashtirilishi va shaxsiy tarkib maxsus kiyimlar bilan taʼminlanishi lozim (yana q. Ommaviy qirgʻin qurollari).

Etiboringiz uchun raxmat


Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin