Milliy tadqiqot


Shakllanish va rivojlanish bosqichlari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə4/5
tarix21.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#118664
növüReferat
1   2   3   4   5
gidrologiya

Shakllanish va rivojlanish bosqichlari. Тaniqli olim O.A.Spenglerning yozishicha gidrologiya haqidagi ilk fikrlar bundan 6000 yil avval qadimgi Misrda paydo bo’lgan. O’sha paytdayoq misrliklar oddiy gid­rologik kuzatishlarni amalga oshirganlar. Ular hozirgi Asvon to’g’onidan 400 km yuqorida tog’ qoyalarida suv sat­hining o’zgarishini belgilaganlar. Nil daryosida bo’ladigan har yilgi toshqinni qaysi vaqtda kuzatilganligini qayd qilib borganlar. Keyinroq esa quyi Nilda 30 ga yaqin o’z davriga xos bo’lgan "gidrologik" kuzatish joylari (postlar) tashkil etilgan. Ana shulardan biri Qohira yaqinida saqlanib qolgan "Nilometr" bo’lib, u yuksak did bilan ishlangan ajoyib arxitektura yodgorligi hisoblanadi.
Qadimgi misrliklarni yuqoridagi ishlarni bajarishga hayot talabi majbur qilgan, chunki hosil taqdiri daryodagi suvning oz yoki ko’pligiga bog’liq bo’lgan. Demak, gidrologiya o’sha davrdayoq inson ehtiyojini qondirishga xizmat qila­digan hayotiy fan bo’lgan.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, gidrologiya qadimgi Misrdagi kuzatishlardan boshlanib, toki alohida fan bo’l­gunga qadar bir necha ming yillar o’tib ketdi. Gidro­logiyaning rivojlanish tarixida XVII asr oxirida fransuz olimlari P.Perro va E.Mariott amalga oshirgan ishlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ular Yuqori Sena daryosi hav­zasiga yoqqan atmosfera yog’inlarini va daryodagi suv miq­dorini o’lchadilar. Natijada ular suv muvozanatining aso­siy tashkil etuvchilari orasidagi munosabatni aniqladilar va "daryolar yer osti suvlaridan yoki qandaydir manbalardan hosil bo’ladi" degan chalkash fikrlarga barham berdilar.
Хalqaro tashkilot-YuNESKO (Birlashgan Millatlar Тashkilotining maorif, fan, madaniyat masalalari bilan shug’ullanuvchi qo’mitasi) taklifi bilan 1974 yilda ilmiy gidrologiyaning 300 yilligining nishonlanishi yuqoridagi fikrlarning dalilidir. Bu sananing boshlanishi sifatida P.Perroning "Suv manbalarining kelib chiqishi haqida" de­gan kitobi bosilib chiqqan sana-1674 yil qabul qilingan.
O’rta Osiyoda gidrologiyaning rivojlanish tarixiga oid ayrim ma’lumotlar. Suv hayot bilan tenglashtiriladigan o’lkamizdagi ko’l­lar, daryolar, soylar, buloqlar va hattoki uning baland tog’laridagi doimiy qorliklar va muzliklar to’g’risidagi bilimlar asrlar davomida xalq xotirasida, tarixiy­arxe­ologik yodgorliklarda, yozma manbalarda to’planib kelgan. Afsuski, bu masala Markaziy Osiyo­Тurkiston misolida V.V.Bartold, Ya.Ғ.Ғulomov kabi olimlar asarlarini hisobga olmaganda, yaxshi yoritilmagan.
Akademik Ya.Ғ.Ғulomov ma’lumotlariga ko’ra, yurtimizda sug’orma dehqonchilik yangi eradan oldingi 6000 yillikda ham mavjud ekan. Miloddan oldingi 4000 yillikning ik­kinchi yarmi va 3000 yillikning boshlarida daryolar suvi to’silib, kichik kanallar ham qazilgan. Qadimshunos olima G.N.Lisitsinaning guvohlik berishicha, ana shunday kanallar Тurkmanistondagi Тajan daryosining qadimiy deltasida qazilgan bo’lib, ularning uzunligi 2,5 km dan ortiqroq, kengligi 3,5-5,0 m, chuqurligi esa 1,2 m gacha bo’lgan. Keyinchalik, yangi eradan oldingi 2000 yillikda shu usulda sug’orish Surxondaryo vodiysida, Farg’ona vodiysining sharqiy qismi (Chust)da, Amudaryo deltasida, Zarafshon bo’ylarida ham qo’llanila boshlagan. Bu jarayon tobora ri­vojlana borib, yangi eraning boshlarida kanallar nisbatan uzaytirilgan, ulardan kichik­kichik suv taqsimlagich tar­moqlar­ariqlar ham qazila boshlangan. Bu davrlarda daryodan olinadigan suv miqdori bevosita undagi suv rejimiga bog’liq bo’lgan.
O’rta asrning buyuk olimi Muhammad ibn Muso al­Хorzmiy (783­850 yillar) o’zi boshchiligida tuzilgan "Ma’mun dunyo xaritasi" (prof.H.H.Hasanov iborasi bilan "Dunyo atlasi")ga izoh sifatida "Kitobu surat al­arz" ni bitadi (arz­yer, surat­ko’rinish, qiyofa). Unda shaharlar, tog’-lar bilan bir qatorda dengizlar, daryolar haqida ham ma’-lumotlar keltiriladi. Yuqoridagilardan tashqari kitobda "Ғarbiy tashqi dengiz" (Atlantika okeani), "Qulzum dengizi" (Qizil dengiz), "Yashil dengiz" (Hind okeani), "Chashma (bu-loq) nomlari" kabi sarlavhali gidrografik bayonnomalar bor. Yuqorida tilga olingan "Atlas"da esa Nil daryosi havzasining, dengizlar qirg’oqlari turli shaklla-rining chizmalari, Azov va Qora dengiz xaritalari berilgan.




Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin