O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix05.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#93660
  1   2   3
Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi




1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
K. HOSHIMOV
KUNI UZAYTIRILGAN
GURUHLARDA TA’LIM-TARBIYA
NAZARIYASI VA METODIKASI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK
KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI
TOSHKENT — 2007


2
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir-
ligining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan
nashrga tavsiya etilgan.
T a q r i z c h i l a r:
Pedagogika fanlari doktori — Safo Ochil,
Pedagogika fanlari doktori — F. R. Yuzlikayev
Hoshimov, Komiljon.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va
metodikasi: Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. — T.:
«Sharq», 2007. — 272 b.
Kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatiga bag‘ishlangan ushbu o‘quv qo‘llanmada milliy
istiqlol mafkurasi g‘oyalari asosida ta’lim-tarbiya ishlarini yuritishning o‘ziga xos xusu-
siyatlari, shakllari va metodlari bayon qilingan.
Qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘qituvchi, o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtla-
rining boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
ISBN 978-9943-00-182-4
© «SHARQ» nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi Bosh tahririyati, 2007-y
.


3
KIRISH
O‘zbekiston mustaqilligi tufayli mamlakatimiz hayotida katta
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mustaqillik sharofati bilan qisqa davr
mobaynida asrlarga tatigulik salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bu,
ayniqsa, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va ma’rifiy sohalarda
namoyon bo‘lmoqda.
Prezidentimiz I. Karimov milliy merosimizni va jahonning eng
rivojlangan davlatlari tajribalarini ilmiy tahlil qilar ekan, jahon
sivilizatsiyasining hozirgi bosqichida mamlakat rivojlanishining
bosh omili inson ekanligini o‘z asarlarida, nutqlarida metodologik,
ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berdi. U o‘zining «Tarixiy xotirasiz
kelajak yo‘q» asarida: «Hozir O‘zbekiston deb atalmish hudud,
ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon
sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon tan
olmoqda»
1
, deb yozadi. Xuddi shu masalaga G‘arb olimlari ham
alohida e’tibor bermoqdalar, masalan, G‘arb olimlaridan Raypli
Vin: «Afsuski, Vatanimizda ko‘pchilik odamlar o‘z qadriyatla-
ri — ma’naviyatini unutib bormoqda. Mubolag‘asiz aytamanki,
O‘zbekiston ma’naviyat masalalarida buyuk Britaniyaga o‘rnak
bo‘lishi, unga dars berishi mumkin»
2
, — deydi.
O‘zbek xalqi ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos dorilfunun
yaratgan. Hatto hozirgi o‘zbek xalqi yashab turgan zaminda
zardushtiylik dini keng yoyilgan davrlarda ham nekbin pedagogik
mafkura hukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi
«Avesto»da o‘z ifodasini topgan.
Istiqlolga erishgunimizga qadar biz tarbiyaviy ishlarimizda
Yevropa pedagogikasini asos qilib olgan va o‘rgangan edik. En-
digi vazifa Sharq pedagogikasini o‘rganishga e’tiborni ko‘proq
qaratmoqdir. Chunki ilmu fan avval Sharqda taraqqiy etgan, hur

Karimov I. A. Adolatli jamiyat sari. — T.: «O‘zbekiston». 1998, 31-bet.

«Xalq so‘zi» gazetasi. (Raypli Vin maqolasi). 1997-yil, 3-iyul.


4
fikrlik bizdan boshlangan. «Sharq Yevropaning muallimidir»
degan olmon olimi Xyorler nechog‘li haqdir.
Haqiqatan ham shunday, o‘zbek xalqining madaniy merosi
go‘yo ulkan bir dengiz. Milliy qadriyatlarni umuminsoniy
qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish shu kunning talablaridandir.
Chunki biror millat o‘z qadriyatini boshqa millat qadriyatlaridan
ajratib olib yarata olmaydi. Har bir millat ma’naviyatida o‘ziga
xos tomonlar bo‘lsa ham, u umuminsoniy qadriyatlarning bir
qismidir. Shuni ham unutmasligimiz kerakki, biz qurayotgan
yangi jamiyat «binosi» uchun birinchi galda milliy qadriyatlar
ustun bo‘lmog‘i lozim. Biz, eng avvalo, milliy o‘zligimizni
anglamog‘imiz, o‘z tafakkurimizni kashf etmog‘imiz lozim.
Unutilayozgan sarchashmalarimizni puxta, atroflicha o‘rganmo-
g‘imiz birinchi galdagi vazifadir.
Bashariyatning fozil va oqil kishilari asrlar davomida maktab
chinakam ilm dargohi, ma’rifat markazi bo‘lib kelganligini, unda
inson shaxsi haqqoniyat, adolat, samimiyat va ilg‘or insonparvarlik
g‘oyalari asosida tarbiyalanganligini faxr bilan targ‘ib qilib kelganlar.
«Fuqaro uchun iqtisodiy ta’minotdan so‘ng eng muhim
zaruriyat — bu ma’naviy ta’minot — xalq ta’limidir» deyilishi
ham ayni haqiqatdir. Maktab va jamiyat bir-biridan ajralmasdir.
Bizning asrimizda hech bir xalq ma’lumotsiz, ilm-fansiz
yashay olmaydi. Mamlakatdagi yangilanish jarayonlari va ijtimoiy
tuzumdagi tub o‘zgarishlar ta’lim tizimiga, uning asosiy bo‘g‘ini
bo‘lgan umumiy ta’lim sifatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Jamiyatimiz ulug‘ maqsadlarimiz sari dadil, olg‘a siljimog‘i uchun
har bir yangi avlod ma’lumot va umumiy madaniyatni, kasb-
korlik malakasi va fuqarolar faolligini yanada yuqori pog‘onaga
ko‘tarishi kerak.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishla-
ri, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudratining oshib borishi
natijasida jamiyatning markaziy asosi hisoblangan xalq ta’limida
ham tub islohotlar ro‘y bermoqda, u pedagogik texnologiyalar,
amaliyot uslublari bilan boyib, yangilanmoqda, moddiy jihatdan
mustahkamlanmoqda.
Respublika Prezidentining ta’limni rivojlantirish, yoshlarga
jahon andozalariga mos bilim, malaka va ko‘nikmalar berish,
yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash
borasida ko‘rsatayotgan doimiy g‘amxo‘rligi tufayli ta’lim-tarbiya


5
ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o‘zgardi. Eng asosiysi,
mamlakatimizda ta’limning milliy modeli yaratildi.
Shuni alohida e’tirof etish lozimki, mamlakat iqtisodiyotida,
shu jumladan, ta’lim tizimida islohotlar katta kuch, mablag‘,
mehnat evaziga amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda o‘quv-
tarbiya ishlarini tashkil etish, uning moddiy bazasini mustah-
kamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, o‘quvchilar hamda
o‘qituvchilarni bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoya qilish
uchun bir yilda davlat budjetining 27 foizi sarflanmoqda.
Respublikamiz Prezidenti I. Karimov o‘zining O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida so‘zlagan
nutqida: «...Xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni
amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag‘ va imko-
niyat ta’lab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko‘zi bilan
qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtayi
nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan
manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar»
1
deb ta’kidlagan edi.
Modomiki, davlat va jamiyat kelajagimiz vorislari bo‘lgan yosh
avlod ta’lim-tarbiyasiga hech narsani ayamayotgan ekan, o‘z
umrini bunday ulug‘ va mas’uliyatli ishga bag‘ishlagan har bir
pedagog davlat va jamiyat tomonidan bildirilgan ishonchga
munosib bo‘lishi, pedagogik faoliyatida yuksak samaradorlikka
erishish bilan javob berishi, XXI asr maktabini bunyod qilishda
faol qatnashishi lozim.
Jamiyatimiz kabi milliy ta’lim tizimimiz ham mustaqillikka
erishdi. U shakllandi va takomillashib bormoqda.
Jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarining
«Oila bog‘chasi», «Bog‘cha-maktab» majmualari tashkil etildi,
umumta’lim maktablari tarkibida ham katta o‘zgarishlar bo‘lib,
gimnaziya, akademik litsey, kollej kabi yangi tipdagi o‘quv mu-
assasalari, komplekslari barpo etildi.
Ta’limdagi islohotlar o‘rta maxsus va oliy ta’lim bo‘g‘inlari-
da ham olib borildi: ko‘pgina pedagogika institutlari universitet-
larga, pedagogika bilim yurtlari kollejlarga aylantirildi. Bu islohot-
larning asosiy maqsadi yoshlarga ta’lim va tarbiya berish saviyasini

I. Karimov. «Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori». —
T.: «Sharq», 1997. — 19-bet.


6
yanada yuqori ko‘tarishga, ularni mustaqil mehnat faoliyatiga
tayyorlashni yaxshilashga qaratilgandir. Shuningdek, maktab
o‘quvchilari qalbiga Vatanga muhabbat, jamoatchilikka, kat-
talarga, ota-onalar va o‘qituvchilarga hurmat tuyg‘usini singdi-
rishga, o‘z xulq-atvori uchun yuksak mas’uliyatni his qilishiga,
o‘z-o‘zini boshqarishga da’vat etish hamdir.
Mas’uliyatli va sharafli bu ish oila, maktab, mahalla va keng
jamoatchilikning yaqin hamkorligida amalga oshiriladi. Tegishli —
vazirliklar, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlarining ta’lim-
tarbiya ishlariga rahbarligi va ularni amalga oshirishlari bu
jarayonlarni jadallashtirish maqsadlariga muvofiq ravishda amalga
oshirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda shaxsning har tomonla-
ma va uyg‘un ravishda rivojlanishi tobora taraqqiy etayotgan fan-
texnikaning zarur talabi bo‘lib qolmay, ijtimoiy taraqqiyot talabi
hamdir.
Endilikda gap kishilarning, yosh avlodning umumiy ma’lumo-
tini oshirish ustida emas, ularning kompyuter savodxonligini
oshirish va ekologik bilimlar bilan qurollantirish haqida ham
bormoqda.
Zotan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni istiqlol g‘oyalari ruhi-
da, zamonamizning har tomonlama kamolga yetgan fuqarolari
qilib tarbiyalash maktab oldida turgan eng muhim vazifalardan
biridir. Ilmiy, milliy tarbiya vazifalari komil insonni tarbiyalab
voyaga yetkazish masalasi aniq maqsadga yo‘naltirilgan izchil va
chuqur pedagogik faoliyat yuritishni talab qiladi. Ta’lim-tarbiya
jarayonining samaradorligini oshirish, uning usul va metodlarini
takomillashtirish uchun yetarli sharoit yaratish, ularni odob-axloq
ruhida tarbiyalash ishini yanada kuchaytirish, ayniqsa, siyosiy-
iqtisodiy mustaqillikka erishilgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tilgan bir
sharoitda yoshlarni yangicha yashashga, ishlashga o‘rgatish xalq
maorifi xodimlari va ko‘p sonli o‘qituvchilar oldida turgan eng
muhim masalalardandir. Bularni ommaviy tipdagi umumiy ta’lim
maktablaridagi o‘quv-tarbiya ishlarini takomillashtirish qatori
maktablarning konstruksiyasini o‘zgartirish, yangi tipdagi o‘quv-
tarbiya muassasalarini barpo etish, ularning ishini shu kunning
talablari darajasida tashkil etish orqali amalga oshirish mumkin.
Chunki, maktablar faoliyatida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya
jarayonining o‘zi hayot taqozo etgan dialektik qonun asosida


7
rivojlanib, takomillashib boradi va shu asnoda yangi-yangi ta’lim-
tarbiya muassasalarini vujudga keltiradi.
Shu hayotiy pedagogik talablarni hisobga olib, sobiq Ittifoq-
ning vazirlar Kengashi 1960-yil 15-fevralda «Kuni uzaytirilgan
maktablar tashkil qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. 1962-yilda
bu tipdagi maktablar uchun maxsus Nizom tasdiqlandi.
Qaror qabul qilingandan keyin respublikamizda kuni uzaytiril-
gan maktablar, sinflar va guruhlarga bolalarni qabul qilish ishlari
keng yo‘lga qo‘yila boshlandi. Masalan, 1959—1960-o‘quv yilida
O‘zbekistonda 180 ta maktabda kuni uzaytirilgan 277 ta guruh
tashkil qilinib, bu guruhlarga 7201 nafar bola jalb qilindi. Bunday
maktab, sinf va guruhlarda o‘quvchilarning muayyan qismi
tarbiyalandi.
Kuni uzaytirilgan maktablar, sinf va guruhlarning tashkil
qilinishi va ular sonining o‘sib borishi maktablarda ta’lim-tarbiya
ishlarini yanada yaxshi yo‘lga qo‘yish, bir sinfda ikki yil o‘qishni
bartaraf etish, bola qarovsizligini oldini olish, o‘quvchilar xulq-
atvorini nazorat qilish, ularni sog‘lom qilib tarbiyalash imkoniya-
tini yaratdi. Shuningdek, bola tarbiyasida oilaga yordam berish,
ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan ota-onalarning xotirjam,
unumli mehnat qilishlarini ta’minlash, oilada bola tarbiyasi bilan
band bo‘lib qolayotgan onalarni xalq xo‘jaligining turli sohalariga
jalb qilish, yosh avlodni tarbiyalashda jamoatchilikning rolini
oshirish kabi hayotiy masalalarni amalga oshirishda alohida
ahamiyat kasb etadi.
Maktab va maorif oldida turgan muhim masalalarni hal etish-
da, vazifalarni amalga oshirishda yangi tipdagi muassasalarning,
guruhlarning imkoniyatlari ancha keng va qulaydir. Jumladan,
o‘quvchilarning kun bo‘yi pedagog tarbiyachilar, yoshlar va
o‘quvchilar tashkilotlari nazoratida bo‘lishlari, sinfda va sinfdan,
maktabdan tashqari olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini
uzluksiz amalga oshirishlari, umumiy ovqatlanishlari, jamoa bo‘lib
o‘ynashlari va dam olishlari, ya’ni o‘quvchilar faoliyatining
tuzilgan kundalik rejim asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya ishla-
rini yuqori saviyaga ko‘tarishda, ayniqsa, bir sinfda ikki yil
o‘tirishini tugatishda, ijtimoiy tarbiyani amalga oshirishda hal
qiluvchi ahamiyatga egadir.
Umumiy ta’lim maktablari zaminida vujudga kelgan kuni
uzaytirilgan sinf, guruh hamda maktab-internatlar jamiyatimiz


8
taraqqiyotining yangi bosqichida vujudga kelgan ta’lim-tarbiya
shoxobchalaridir. Ular kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni har
tomonlama tarbiyalash, jamiyatning har xil ixtisosga bo‘lgan talab
va ehtiyojlarini to‘la qondirish, xalqning madaniy saviyasini oshi-
rish vazifasini bajarishga xizmat qiladi.
Respublikamizda bolalarni oilada tarbiyalashni yaxshilash
borasida xilma-xil tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda
ijtimoiy tarbiyaning turli shakllarini rivojlantirish va ularning rolini
kuchaytirishga tobora katta e’tibor berilayotgani qonuniy va
muhim vazifadir.
Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlarda o‘quv-
chilarga tizimli, ijobiy ta’sir etishni kengaytirish bola tarbiyasida
oilaga kerakli yordamni ko‘rsatish bilan birga oila va maktab
hamkorligini mustahkamlashga sharoit yaratadi. Eng asosiysi, bu
omillar: dars tayyorlash, darsdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari,
jamoat topshiriqlari, mehnat va sport, badiiy havaskorlik, o‘quv-
chilarning bir me’yordagi (kun davomida) dam olishini yagona
reja asosida tashkil qilish imkonini beradi. Kuni uzaytirilgan guruh
va internat tipidagi maktablar jamoatchilik tarbiyasining asosiy
shakli bo‘lib, davlatning maorif sohasidagi siyosatiga, xalqning
maorifga talabi va qiziqishlariga to‘liq javob beruvchi eng samarali
muassasalardir. Bolalarni bu tip muassasalarda tarbiyalash ijtimoiy
xarakterga ega bo‘lib, ota-onalarning, ayniqsa, ayollarning ishlab
chiqarishda xotirjam mehnat qilishlarini, dam olish, ijtimoiy-
siyosiy hayotda faol ishtirok etishlarini ta’minlaydi.
Kuni uzaytirilgan guruh va internat tipidagi maktablarda
o‘quvchilarning barcha o‘quv va sinfdan tashqari ishlari tarbiya-
chi rahbarligida hamda bolalar jamoasi ta’siri ostida ratsional
rejim asosida olib boriladi. Shuningdek, ularga madaniy xulq va
odob-axloq me’yorlari amaliy ish jarayonida singdirib boriladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, kuni uzaytirilgan guruh, inter-
nat-maktablar mustaqilligimizni mustahkamlash davridagi xalq
maorifi tizimining muhim tarkibiy qismidir.


9
BIRINCHI QISM
KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH, MAKTAB,
MAKTAB-INTERNATLARNING TARAQQIYOTI
VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
KUNI UZAYTIRILGAN MAKTAB, GURUHLARNING IJTIMOIY
PEDAGOGIK ZARURATI VA QISQACHA TARIXI
Angliyalik faylasuf va pedagog Jon Lokk (1632—1704) oila
tarbiyasining ahamiyatini oshirib ko‘rsatib, xalq maorifining rolini
inkor etdi. XVIII asrda yashab ijod qilgan fransuz materialisti
va ma’rifatchisi K. A. Gelvetsiy (1715—1771) jamoatchilik
tarbiyasini yoqlab, maktab-internatlar ochishni taklif qildi.
D. Didro (1713—1784) bepul umumiy majburiy boshlang‘ich
ta’limning amalga oshirilishi va kambag‘allarning bolalari o‘qishi
uchun davlat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilishi zarur desa,
shveysariyalik mashhur demokrat pedagog I. G. Pestalotssi
(1746—1827) oila tarbiyasini ideallashtirib, jamoatchilik tarbiya-
sini ikkinchi o‘ringa qo‘ydi. Angliyalik utopik-sotsialist R. Ouen
(1771—1858) maktabgacha tarbiya g‘oyasini kashf etdi. U bolalar
3 yoshidan jamoat muassasalarida tarbiya olib, jamoa bo‘lib
yashashi, ishlashi hamda hayot uchun zarur bo‘lgan bilimlarni
olishlari kerak, deb hisobladi.
V. G. Belinskiy, A. I. Gersen, N. G. Chernishevskiy va
A. A. Dobrolyubovlar jamiyatni tubdan o‘zgartiradigan faol
kurashchilarni tarbiyalash g‘oyasini ilgari surdilar. Ular kurash-
chan odamlar oila va maktabda tarbiya olishlari lozim, oila
tarbiyasi esa ijtimoiy xalq tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir,
deb uqtirdilar.
Rus pedagogi K. D. Ushinskiy (1824—1870) esa ijtimoiy
tarbiya tarafdori bo‘lib, xalq maorifi ishini xalqning o‘ziga top-
shirish kerak, deydi.
Tarbiya ishini umumxalq ishi deb bilgan, dehqon bolalari uchun
maktablar ochgan L. N. Tolstoy ham ijtimoiy tarbiya tarafdori
bo‘lgan. L. N. Tolstoyning XIX asrning 60-yillarida Yasnaya Polya-
nada tashkil qilgan tajriba maktabi mohiyatan kuni uzaytirilgan
maktab edi. Unda ta’lim oladigan bolalar bilan maktab ertalabki


10
dars mashg‘ulotlaridan so‘ng kunning ikkinchi yarmida o‘ziga xos
ish boshlagan: bolalar jamoa bo‘lib uy vazifalarini bajarishgan,
o‘quv tomorqasida ishlashgan, L. N. Tolstoy ajratib bergan yer
uchastkasida mehnat qilishgan, tajribalar o‘tkazishgan, ekskur-
siyalarga borishgan, adabiyot va tarixdan qiziqarli hikoyalarni
o‘qishgan. Lekin o‘tmishdagi pedagoglar ham, sotsialist-utopist-
lar ham, hattoki rus-demokratlari ham o‘sib kelayotgan avlodga
tarbiya berishda oila va ijtimoiy tarbiyaning bir-biriga bog‘liqligini
ilmiy asosda ko‘rsatib bera olmadilar.
Materialist faylasuflar oila va ijtimoiy tarbiya muammosini
jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlariga, taraqqiyot
qonunlariga bog‘liq ekanligini ilmiy jihatdan asoslab berdilar.
Shuningdek, maorif sohasidagi dolzarb muammolardan biri
sifatida kuni uzaytirilgan guruhlar ochish masalasini ilgari surdilar.
Chunki, yuqorida aytganimizdek, ishlab chiqarishda band ota-
onalarning bolalari nazoratsiz qolmasligida, ularni bilim asoslari
bilan mukammalroq qurollantirishda kuni uzaytirilgan guruhlar
ijtimoiy hayot uchun birdan bir zaruriyat edi.
Ilg‘or pedagog olimlar ishlab chiqarishning rivojlanishini mak-
tablar taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq ekanligini ko‘rsatib, yosh
avlodni tarbiyalab voyaga yetishtirishda kuni uzaytirilgan maktab
va guruhlar tashkil etish zarurligini nazariy jihatdan asosladilar.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlari maktablarida ham kuni
uzaytirilgan guruhlar tashkil etilgan. Bunday maktablar birinchi
bo‘lib 1908—1912-yillarda AQSHning Gari va Detroyd shahar-
larida paydo bo‘ldi. 1930-yillarga kelib bu tipdagi maktablar
AQSHning hamma shaharlarida joriy etildi.
Sobiq sovet hukumati davrida (1919-yillarda) maktablar
tizimi, tamoyili va istiqboli haqida turli g‘oyalar, qarashlar o‘rtaga
tashlandi. O‘sha yillarda sobiq sovet davlatining birinchi xalq
maorifi komissari A. V. Lunacharskiy: «...maktabni qayta qurish
va takomillashtirish kuni uzaytirilgan maktablar va maktab-
internatlar tashkil qilish yo‘lidan boradi», — deb ta’kidlagan edi.
Ittifoq tarkibidagi ko‘pchilik respublikalarning markaziy
shaharlarida, jumladan, Leningrad va Toshkentda ham o‘sha
kezlarda kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etila boshlandi. Lekin
shu paytlarda davlatning iqtisodiy jihatdan ahvoli og‘ir bo‘lishi,
malakali mutaxassis kadrlarning ozligi kuni uzaytirilgan
maktablarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.


11
Arxiv materiallari va matbuot xabarlaridan sobiq sho‘ro
hukumati Toshkentda bolalar nazoratsizligining oldini olish
maqsadida turli tadbirlar ko‘rgani ma’lum. U vaqtdagi kuni uzay-
tirilgan maktablar hozirgi maktablar kabi mukammal bo‘lmasa
ham, ularda ta’lim va tarbiya mashg‘ulotlarini uzluksiz o‘tkazishga
qaratilgan ba’zi urinishlar bo‘lgan. Jumladan, 1918—1919-yillarda
Toshkent shahridagi N. G. Chernishevskiy nomli mehnat tajriba
maktabida o‘quvchilar bir smenada o‘qib, kunning ikkinchi
yarmida, asosan, sinfdan, maktabdan tashqari ishlar bilan
shug‘ullanganlar. Ularga issiq ovqat berilgan. Bu asosan, o‘quv-
chilar qo‘mitasi rahbarligida o‘z-o‘zini idora qilish yo‘li bilan olib
borilgan edi. Bu yerda o‘quvchilar dars ham tayyorlaganlar.
Ammo dars tayyorlash uchun alohida xonalar va rahbarlik qilish
uchun tarbiyachilarning yo‘qligi ta’lim ishlarida katta qiyin-
chiliklar tug‘dirgan. Toshkent shahrida, tor doirada bo‘lsa ham,
birinchi marta maktablar qoshida kuni uzaytirilgan guruhlarning
(o‘sha vaqtda yarim internat deb atalar edi) tashkil etilishi
maktablarimiz tarixida katta ahamiyatga ega.
V. Nevskiyning 1920-yilda yozgan bir maqolasida bolalar
tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan klublar, klublar huzurida esa turli
to‘garaklar tashkil qilingani, bunga 8 yoshdan 16 yoshgacha
bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar jalb qilinib, tarbiya ishlari olib
borilgani haqida ma’lumot berilgan. Bolalar klublarida bolalarning
o‘z-o‘zini idora qilish masalasiga e’tibor qaratilgan bo‘lsa ham,
ularning mustaqil o‘qishlari, xilma-xil faoliyatlarini tashkil etish,
uy vazifalarini tayyorlatish kabi asosiy ta’lim ishlari yetarli
darajada amalga oshirilmagan.
1933-yili «Boshlang‘ich va o‘rta maktablarda ongli intizom-
ni mustahkamlash haqida» O‘zbekiston Xalq maorifi komissarligi
maktablar sektorining xati e’lon qilinib, unda ham bolalar nazo-
ratsizligining oldini olish, nazoratsizlik oqibatida paydo bo‘lgan
yomon xulq-atvor, chekish, karta o‘ynash kabi zararli odatlarga
qarshi kurashish masalalari ilgari surildi va maktablarda bolalar-
ning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri uyushtirish orqali ularni yomon
ta’sirlardan saqlab, ongli tarbiya prinsiplari asosida tarbiyalash,
ertalab badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazish, tanaffus va darsdan
keyingi bo‘sh vaqtlarda yaxshi dam olishini ta’minlash maqsadida
turli ommaviy o‘yinlar uyushtirish, to‘garaklar ishlarini tashkil
etish lozimligi ko‘rsatildi.


12
1937-yilda nashr qilingan «Êëóá» (21-son), «Îáùåñòâåííè-
öà» (16-son), «Êóëüòóðíàÿ ðàáîòà ïðîôñîþçîâ»
(9-son) kabi
jurnallarda e’lon qilingan materiallar ham O‘zbekistonda tashkil
qilingan klublar bolalar tarbiyasida katta rol o‘ynaganini ko‘rsa-
tadi. Bunday klublar, asosan, zavod-fabrikalar qoshida tashkil
etilgan. Bolalar darsdan keyin alohida ajratilgan xonalarda o‘zlari
sevgan yumushlar bilan shug‘ullanganlar, to‘garak mashg‘ulotlarini
o‘tkazganlar. Yuqorida ko‘rilgan barcha tadbirlar ta’lim-tarbiya
ishlarini yaxshilash bilan bir qatorda, bolalarning darsdan keyin
nazoratsiz qolish hollariga barham berish, ota-onalarga bola
tarbiyasini yengillashtirish, ularning ishlab chiqarishda bamayli-
xotir mehnat qilishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida
qo‘yilgan birinchi qadamlar edi. Lekin o‘sha muassasalar hozirgi
kuni uzaytirilgan maktab va guruhlar kabi ta’lim-tarbiya ishlarini
yuqori darajaga ko‘targan, bolalar nazoratsizligining oldini olib,
ularni moddiy tomondan ta’minlagan, shuningdek, ota-onalarning
ishlab chiqarishda xotirjam mehnat qilishlari uchun to‘la qulay-
liklar tug‘dira olgan deya olmaymiz. Mutaxassis kadrlar, moddiy
baza yetishmas, tizim mukammal emas edi.
Vazirlar Kengashining 1960-yil 15-fevral qarori asosida tashkil
qilingan kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlar shart-sharoiti,
ularning mutaxassis pedagog tarbiyachilar bilan ta’minlanganligi,
qat’iy belgilangan kundalik rejim asosida, rejali ravishda ish olib
borishi jihatdan ilgarigi klublardan tubdan farq qiladi. Bu o‘rinda
shuni ham aytish kerakki, kuni uzaytirilgan maktablarda bolalarni
o‘qitish uchun sarflanadigan mablag‘lar mavjud umumy ta’lim
maktablaridagiga qaraganda ancha ko‘p edi.
Xarakterli jihati, mamlakatimizda kuni uzaytirilgan maktab
va guruhlarning yildan yilga ortib borishi hayotimizda katta kuch
bo‘lgan xotin-qizlarning ishlab chiqarishdagi faoliyatlarini oshirish
va mustahkamlash, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi va ishdan
bo‘sh vaqtlarida o‘z bilimlarini oshirishi uchun katta imkoniyatlar
yaratdi.
Kuni uzaytirilgan maktab va guruhlarda olib boriladigan
ta’lim-tarbiya ishlarining mukammallashib, har tomonlama
hayotga singib borishi oilada xotin-qizlarning uy ishlarini yengil-
lashtirishga yaqindan yordam beradi.
Respublika maktablaridagi bolalarning 70 foizidan ortiqrog‘i
qishloq maktablarida ta’lim olmoqda. Ma’lumki, qishloqdagi ota-


13
onalarning ko‘pchiligi dala ishlari bilan mashg‘ul. Qishloq xo‘jaligi
mehnati o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, (masalan, ekish va
yig‘im-terim davrida mehnat kuni ancha uzayadi) ota-onalar
dalada uzoq vaqt qolib ketishadi. Shunday paytlarda boshlang‘ich
sinflarda ta’lim olayotgan bolalar dars tugagandan keyin qarovsiz
qoladilar. Ba’zan ular dars tugagach, dalaga, ota-onalarining
oldilariga boradilar va vaqtlarini behuda o‘tkazadilar, ota-ona-
larining unumli mehnat qilishlariga xalaqit beradilar. Demak,
qishloq joylarida kuni uzaytirilgan maktab va guruhlar tashkil
qilish va ularning sonini muttasil ko‘paytirib borish maqsadga
muvofiqdir.
Xullas, kuni uzaytirilgan maktab, guruh va maktab-internat-
lar ta’lim-tarbiya ishlarini pedagogik-psixologik va ijtimoiy
nuqtayi nazardan kompleks hal qilishda, maktabning oila va
maktabdan tashqari muassasalar bilan hamkorligini kuchaytirishda
katta imkoniyatlarga ega. O‘zbekiston sharoitida kuni uzaytirilgan
guruh, sinf va maktablarning tez sur’atlar bilan rivojlanishi zamo-
namiz talabi, ijtimoiy va pedagogik ehtiyojlar bilan bevosita
bog‘liq.
O‘ZBEKISTON HUKUMATINING YANGI TIPDAGI O‘QUV
MUASSASALARINI RIVOJLANTIRISH HAQIDAGI
G‘AMXO‘RLIGI
Kuni uzaytirilgan guruhlar taraqqiyoti. Kuni uzaytirilgan
maktab, guruh, maktab-internatlarning tashkil qilinishi maktablar
tarixida yangi davrni boshlab berdi. Bu muassasalar vositasida
maktablarda o‘quvchilarga har tomonlama ta’lim-tarbiya berishni
yanada yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Bu yangi
muassasalarning paydo bo‘lishi maktablar tarixida o‘tkinchi bir
davr emas edi. Bunday maktablar o‘ziga xos tarixga ega bo‘lishi
bilan birga, bu sohada ma’lum tajribaga ega edi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligini rivojlantirishning
1976—1980-yillarga mo‘ljallangan rejasida (1975-yilga nisbatan
foiz hisobida) kuni uzaytirilgan maktablar va guruhlardagi
o‘quvchilar sonini 1976-yilda 106,7 %, 1977-yilda 124,9 %, 1978-
yilda 156,2%, 1979-yilda 189,6 %, 1980-yilda 123,1 % ga ko‘pay-
tirish belgilandi.


14
Respublika hukumatining g‘amxo‘rligi tufayli respublika-
mizda kuni uzaytirilgan maktab va guruhlarning tarmog‘i yildan
yilga kengaydi. 1966—1967-o‘quv yilida xalq xo‘jalik rejasiga
ko‘ra respublikamizdagi kuni uzaytirilgan maktab va guruhlarga
170 000 bola tortilishi zarur edi, amalda esa 176710 o‘quvchi
jalb etildi. 1967—1968-o‘quv yilida rejadagi 204 500 bola o‘rniga
236 100 bola qabul qilindi. Kuni uzaytirilgan maktab va guruh-
larda ularga qabul qilingan o‘quvchilar soni shu tarzda keskin
ko‘paya bordi.
Shunday qilib, 17 yil mobaynida respublika bo‘yicha kuni
uzaytirilgan maktablar soni 5, o‘quvchilar soni 4 baravarga oshdi.
O‘quvchilar kunduzgi umumta’lim maktablaridagi umumiy
o‘quvchilar sonining salkam 30 foizini tashkil qildi. Bu o‘zgarish-
larning qishloqlarda kuni uzaytirilgan maktablar tarmog‘ini
rivojlantirish hisobiga bo‘lganligi diqqatga sazovordir. Bunday
qishloq maktablari soni 1965-yil 1-sentabrgacha shahar maktab-
laridan atigi 1,76 baravar ortiq bo‘lgan bo‘lsa, 1982-yilga kelib
qishloq kuni uzaytirilgan maktablari shahar maktablariga nisbatan
4,1 baravar ortdi.
1-jadval
Kuni uzaytirilgan maktablar
1
(O‘quv yili boshida)
Shu jumladan 
Shu jumladan 
Yillar 
K
un
i uz
ay
tir
ilg
an
m
akt
ab
v

ku
ni
uz
ay
tir
ilg
an
gu
ru
hl

m
ak
tab
la

sh
ah
ar
jo
yl
ar
id

qi
sh
lo

jo
yl
ar
id

K
un
i uz
ay
tir
ilg
an
gu
ru
hl
ar
da

qu
vc
hi
la

so
ni
(
mi
ng

sh
ah
ar
jo
yl
ar
id

qi
sh
lo

jo
yl
ar
id

1970/71 
1975/76 
1980/81 
1981/82 
1982/83 
1983/84 
1984/85 
1985/86 
3228 
4237 
6532 
6693 
6782 
6938 
7027 
7009 
912 
1102 
1231 
1310 
1308 
1368 
1387 
1400 
2316 
3135 
5301 
5383 
5474 
5570 
5640 
5609 
321,1 
450,6 
1011,8 
1130,0 
1286,1 
1411,7 
1498,8 
1523,1 
149,9 
197,4 
339,7 
378,3 
431,2 
465,6 
477,1 
492,5 
171,2 
253,2 
672,1 
751,7 
854,9 
946,1 
1021,7 
1030,6 

Àðõèâ Ìèíèñòåðñòâà ïðîñâåùåíèÿ Óçáåêèñòàíà. îï. 22, Ä. 93.


15
O‘zbekiston Respublikasining sobiq Maorif ministrligi kolle-
giyasida (1979-yil 20-avgust) qabul qilingan «Respublikada kuni
uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlar ishini takomillashtirish
to‘g‘risida»gi qarorda maktablar ishidagi mavjud xato va kamchi-
liklar alohida qayd qilinib, kuni uzaytirilgan muassasalar faoliya-
tini, ulardagi ta’lim-tarbiyaga oid tadbirlarni kengaytirishning
muhim omillari ko‘rsatildi. Shuningdek, 1980—1985-yillarda
respublika miqyosida kuni uzaytirilgan maktablar sonini 422 taga,
kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlardagi o‘quvchilar sonini
1985—1986-o‘quv yiliga kelib 1 million 700 mingga yetkazish
rejalashtirildi.
Umuman olganda, O‘zbekiston kuni uzaytirilgan maktab, sinf
va guruhlarning son jihatdan ham, sifat jihatdan ham taraqqiy
etishi xalq maorifi rivojlanishi bilan birga respublikamiz barcha
tarmoqlarida ish va mehnat unumining oshishiga bevosita ijobiy
ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbekistonda internat muassasalari ta’lim-tarbiyaning eng
yaxshi shart-sharoitlarini yaratish va bolalarni har tomonlama
o‘stirish hamda ularni tarbiyalashda oilaga yordam berish maqsa-
dida umumta’lim maktab-internatlari tashkil qilingan edi. Mak-
tab-internatlarga ko‘p bolali oilalarning, yolg‘iz onalarning,
mehnat nogironlarining bolalari, vasiylikda bo‘lgan bolalar, yetim
bolalar, shuningdek, barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlashga
qurbi yetmaydigan oilalarning bolalari qabul qilinadi. Internat
o‘quvchilari davlat ta’minotida bo‘ladi, qisman korxonalar,
homiylar, ota-onalar moddiy yordam berishadi
1
.
Internat va yarim internat (kuni uzaytirilgan maktab dastlab
ana shunday atalardi) usulida bolalarni tarbiyalash g‘oyasi XIX
asrning 20-yillarida oldinga surilgan bo‘lib, sobiq Ittifoqning Xalq
Maorif Komissarligi tomonidan ma’qullangan edi.
Maktab-internatlarni tuzishning negizini tashkil etuvchi mu-
him pedagogik vazifa tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish jarayonini qamrab
olgan yagona tizimni vujudga keltirishdan iboratdir. Bunday tizim
shaxs ongining garmonik rivojlanishini ta’minlaydi, o‘quvchilarni
amaliy faoliyatga tayyorlaydi.

Àðõèâ Ìèíèñòåðñòâà ïðîñâåùåíèÿ Óçáåêèñòàíà. îï. 22, Ä. 93.


16
1921-yilda Turkiston Respublikasida 157 ta internat, 54 ta
kommuna maktablarida ta’lim-tarbiya ishlari olib borildi.
Toshkentda birinchi maktab-internat eski shaharning Besh-
yog‘och dahasida ochildi. Unga o‘zbek shoiri va sharq she’riyati
tadqiqotchisi Almaiy nomi berildi. Respublika Maorif Xalq
Komissarligi bu maktabni K. Libknext va N. G. Chernishevskiy
nomidagi maktablarning amaliy o‘quv-tarbiyaviy ish tajribasiga
tayanib tashkil qilgan edi. Bu maktabda keng va yaxshi jihozlan-
gan o‘quv sinflari, fizika, kimyo, matematika, tarix xonalari bor
edi. Maktabning pedagoglar jamoasi respublika milliy maktab-
larida ta’lim mazmunini ishlab chiqish va takomillashtirishda
fizika, kimyo, matematika darsliklari va qo‘llanmalarini rus tilidan
o‘zbek tiliga tarjima qilishda, o‘zbek tilidagi o‘quv terminologi-
yasini yaratishda faol qatnashdi.
1
Bu maktab namuna-o‘rnak
maktabiga aylandi: unda o‘qituvchilar seminarlari, boshlang‘ich
maktablari o‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslari ishlay
boshladi.
Respublikada internatlar tarmog‘i asosan, Ikkinchi jahon
urushidan keyingi yillarda keng rivojlandi. 1949-yil mart oyidan
barcha viloyatlarda, jumladan, ayrim tog‘li tuman chorva yaylov-
larida I—IV sinflarda o‘qitish lozim bo‘lgan maktab yoshidagi
bolalar maktab-internatlarga tortila boshlandi.
Yosh avlodni tarbiyalash va unga ta’lim berish ishini yaxshi-
lash bo‘yicha 1956-yil 15-sentabrda «Maktab-internatlarni tashkil
etish to‘g‘risida» qaror qabul qilindi. Unda maktab-internatlarni
«Har tomonlama rivojlangan, ilmli tarbiyalangan bunyodkorlarni
tayyorlash vazifalarini yanada yuqori saviyada hal etish»ga da’vat
etilgan. Mahalliy tashkilotlar, xalq maorifi organlari hukumat
qarorlarini amalga oshira borib, maktab-internatlar hamda
maktablar qoshidagi internatlar tarmog‘ini rivojlantirish sohasida
katta ishlar olib bordilar.
1956—1957-o‘quv yilida O‘zbekistonda 1237 tarbiyalanuvchiga
mo‘ljallangan 6 ta maktab-internat, 1959—1960-o‘quv yilida 9,5
ming o‘quvchiga mo‘ljallangan 50 ta maktab-internat ochildi.
Keyingi yillarda maktab-internatlar tarmog‘i yanada kengaytiri-
lib, ularning soni 1965—1966-o‘quv yili oxiriga kelib 122 taga,

O‘zbekistonda xalq maorifining 40 yil ichida erishgan yutuqlari.
O‘quvpeddavnashr, 1957, 24-bet.


17
o‘quvchilar soni 44490 taqa yetdi. (Keyingi yillarda 68 ta maktab-
internatda 24440 nafar bola tarbiyalanmoqda).
Maktab-internatlar va maktablar qoshidagi internatlarning
o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, o‘quvchilar kecha-kunduz
o‘sha yerda bo‘ladilar, bolalar jamoa bo‘lib yashaydilar, o‘ynaydilar,
birgalashib dars tayyorlaydilar va boshqa turli tarbiyaviy tadbirlarda
qatnashadilar. Bu ta’lim va tarbiya jarayonining mustahkam bo‘li-
shiga katta imkoniyatlar yaratadi. Bunday sharoitda tarbiyala-
nuvchilarning yurish-turishi, xulqi, uy vazifalarini o‘z vaqtida ba-
jarishi, shaxsiy va jamoat gigiyenasiga, madaniy axloq qoidalariga
rioya qilishlari ustidan kundalik nazorat qilib borish imkoni
tug‘iladi.
2-jadval
O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari bo‘yicha maktab-internatlar va ulardagi
tarbiyalanuvchilar sonining o‘sishi (ming kishi hisobida)
1
1958—59-o‘quv yili 
1965—66-o‘quv yili 
Viloyatlar 
Maktab-
internatlar 
soni 
Tarbiyalanuv- 
chilar soni 
Maktab-
internatlar 
soni 
Tarbiyalanuv- 
chilar soni 
Andijon 

624 
20 
7270 
Buxoro 

310 
11 
4070 
Samarqand 

472 
19 
6370 
Qashqadaryo 

113 

2210 
Surxondaryo 
— 
— 
— 
1600 
Sirdaryo 
— 
— 
11 
3260 
Toshkent 

370 

4290 
Toshkent shahri 

293 
10 
5710 
Farg‘ona 

485 
16 
5620 
Xorazm 

374 

2090 
QQR 
— 
— 

2000 
O‘zR bo‘yicha 
hammasi 
14 
3049 
122 
44490 

Äàííûå ïëàíîâî-ôèíàíñîâîãî óïðàâëåíèÿ Ìèíïðîñà ÓçÐ â 1958/59
— 1965/66 ó÷åáíûå ãîäû.
2 — K. Hoshimov


18
Maktab-internatlar o‘quvchilarning g‘oyaviy-siyosiy, mehnat,
axloqiy, estetik tarbiyasi bilan jismoniy rivojlanishini chambarchas
bog‘lagan holda olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, bu yerda jamoaviy munosabatlar tezroq shakllanadi,
bolalarning maktabdan va sinfdan tashqari ishlarini birgalikda
bajarish uchun vaqtning ko‘pligi katta rol o‘ynaydi. Maktab-
internatlar faoliyatida o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi boshqarishiga
alohida ahamiyat beriladi. O‘zini-o‘zi boshqarish tizimida
«Kamolot» YIH va «Kamalak» bolalar tashkilotlari yetakchi rol
o‘ynaydi. O‘zini-o‘zi boshqarishning ta’sirchanligi va samarador
bo‘lishi ko‘p jihatdan maktab o‘qituvchilari, tarbiyachilari va
rahbarlariga bevosita bog‘liq.
Xalq maorifi organlari umumta’lim maktab-internatlarini
rahbar va pedagog kadrlar bilan ta’minlaydi, ta’lim-tarbiya
ishlariga metodik yordam ko‘rsatadi. Maktab-internatda bolalar
dunyoqarashini shakllantirishga ustaxonalar, o‘quv-tajriba uchast-
kalarida mehnat, ijtimoiy foydali mehnat bilan izchil ravishda
qo‘shib olib boriladi. Zero, maktablar ishini qayta qurishda
o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishni ishlab chiqarish mehnati
bilan qo‘shib olib borish eng muhim vazifadir. Turli-tuman ijodiy
faoliyatni ro‘yobga chiqarishda bolalardagi mavjud iste’dod va
qobiliyatni aniqlash imkoniyatlari ko‘p. Shu bois maktab-internat
sharoitida kasbiy ta’limga keng o‘rin ajratilgan.
O‘qituvchilarning sobiq sho‘ro davridagi I Butunittifoq syez-
dida (1968-yil) «Maktab-internatlarni rivojlantirish, ularda tar-
biyaviy ishlarni takomillashtirish umumiy o‘rta ta’lim masalasini
hal etishga yordam bergan bo‘lur edi. Shuning uchun yaqin yillar
ichida maktab-internatlar tarmog‘ini, ayniqsa, qishloqda kengay-
tirish, ularning moddiy bazasini vujudga keltirish, u yerda bola-
larning normal ovqatlanishi va turmushini tashkil etish zarur»ligi
ta’kidlandi. Maktab-internatlar faoliyatini yaxshilash va ular
tarmog‘ini kengaytirishda Vazirlar Kengashining 1973-yilda qabul
qilgan «Qishloq umumiy ta’lim maktablarining ish sharoitini
yanada yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim rol o‘yna-
di. Mazkur qarorda maktab qoshidagi internatlarni rivojlantirishga
katta e’tibor berildi.
Qarorga muvofiq O‘zbekistonda maktablar qoshidagi inter-
natlar tarmog‘ini kengaytirish va ularning moddiy bazasini
mustahkamlash yuzasidan ishlar avj oldirildi. 1981-yilda respub-


19
likada ishlab turgan ana shunday 645 ta internatda 22770 nafar
bola tarbiyalandi.
Maktab-internatlar ishining samaradorligi ko‘p jihatdan tar-
biyalanuvchilarning kundalik rejimini oqilona uyushtirishga
bog‘liq. Makarenko ta’biri bilan aytganda, «Rejim — tarbiyalashga
yordam beradigan vosita va metodlar tizimidir». Tarbiyalanuv-
chilar tomonidan kundalik ratsional rejimning aniq bajarilishi
butun organizmning (kishi tanasining) ishlashi uchun qulay shart-
sharoitlarni vujudga keltiradi, bu esa o‘quvchilarning ishlash qobi-
liyatini oshirishga yordam beradi. Kundalik rejim turli xarakter-
dagi faoliyatni navbatma-navbat almashtirib turishdan tashqari,
qisqa muddatli faol ravishda dam olish, chunonchi, sayr qilish,
sport o‘yinlari va hokazolar bilan shug‘ullanishni ham nazarda
tutishi zarur.
Organizmning uyg‘oq davrida ish faoliyati va faol dam olishni
almashtirib turish ish qobiliyatini to‘la ravishda qayta tiklash
uchun kifoya qilmaydi. Organizmning ish qobiliyatini to‘la
ravishda qayta tiklay oladigan dam olish vositasi, bu — uyqudir.
Uyqu jarayonida, ya’ni dam olish va to‘la harakatsizlik paytida
bosh miya po‘stlog‘i hujayralari o‘zining normal ishlash qobiliya-
tini qayta tiklaydi. Sog‘lom uyqudan so‘ng bola o‘zini tetik, yengil
his etadi, ishga ishtiyoqmand bo‘ladi. Demak, maktab-internatlar
rejimida uyquga ham zaruriy o‘rin ajratiladi va bunga qat’iyan
amal qilinadi.
Maktab-internatlarda kundalik rejimni amalga oshirish muvaf-
faqiyati tashqi muhitning gigiyena shart-sharoitiga bog‘liq. Ish
joyini to‘g‘ri tashkil qilish (asbob-uskunalar, jihozlar, obodon-
lik, mikroiqlim) va tashqi muhitning boshqa shart-sharoitlari
o‘quvchilar ish qobiliyatini saqlashga yordam beradi.
Kundalik rejim shunday tashkil etilishi zarurki, bunda ko‘proq
aqliy mehnatni talab qiladigan darslar mehnat, badantarbiya,
xoreografiya mashg‘ulotlari, ustaxona va maktab qoshidagi yer
uchastkasida ishlash bilan almashinib turishi kerak. Ochiq havoda
yurish, muskullarni harakatlantirish o‘quvchilarning ishlash
qobiliyatini oshirishda g‘oyat katta omil hisoblanadi. I—III sinf
o‘quvchilari uchun maktabda dars mashg‘ulotlari kuniga to‘rt
soatdan oshmasligi lozim. IV sinfda haftasiga faqat ikki kun besh
soatdan dars o‘qitishga yo‘l qo‘yiladi. I—VI sinflarda esa har
kungi darslar soni 5 soatdan oshmasligi zarur. VII—VIII sinf-


20
larda haftasiga ikki marta olti soatdan dars o‘qitish mumkin. Dars
jadvaliga kuniga besh yoki olti soat mashg‘ulot qo‘yilganda,
badantarbiya yoki mehnat darslarini o‘qitish maqsadga muvo-
fiqdir. Shanba kunlari esa darslar sonini to‘rt soatga qisqartirish
lozim. Quyi sinflar o‘quvchilarining o‘quv kunini to‘rt soat dars
bilan chegaralash talabi shunga asoslanganki, ular beshinchi
darsdayoq charchab qolishadi. Oltinchi darsga kelib V—VI sinf
o‘quvchilarining asab tizimi charchab, ish qobiliyati ancha
pasayadi.
O‘quvchilarning ish qobiliyatini saqlash uchun o‘quv mash-
g‘ulotlarining davom etish vaqtigina emas, balki kun va hafta
ichida darslarning o‘rin almashinishi ham ahamiyatga ega.
Shuning uchun darslar jadvalini tuzishda asosiy gigiyena talablari,
o‘quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini qat’iy almashinib
turishi ham hisobga olinishi kerak.
Maktab-internatlarni tashkil etishda eng muhim pedagogik
g‘oya — tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning hamma jihatini o‘z ichiga
qamrab olgan tizimni amalga oshirishdan iboratdir. Shunday tizim
shaxsning har tomonlama rivojlanishini, barqaror xarakter
shakllanishini ta’minlaydi, ularni amaliy faoliyatga tayyorlaydi.
Shu bois maktab-internatlar tarbiya shoxobchalarining har
jihatdan barkamol, yetuk hozirgi jamiyat kishisini tarbiyalab,
voyaga yetkazishning muhim shakllaridan biridir.
KUNI UZAYTIRILGAN MAKTAB, SINF, GURUH
VA MAKTAB-INTERNATLARNING ASOSIY SHAKLLARI
HAMDA PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruh deganda, har kuni
darsdan tashqari vaqtda o‘qituvchi-tarbiyachilar tomonidan
o‘quvchilar bilan tizimli ravishda olib boriladigan ta’lim tarbiyaviy
ishning shakl va mazmuni tushuniladi.
Kuni uzaytirilgan guruh, sinf va maktablarning o‘qish vaqti
odatdagi umumiy ta’lim maktablarinikidan bir necha soat ortiq:
haftada besh kun ishlaydigan maktab va guruhlarda 6 soat, olti
kun ishlaydiganlarida esa 5 soat. Har bir maktab, guruh, sinfning
kuni individual asosda uzaytiriladi. Maktabning xususiyati va
imkoniyatlarini belgilovchi asosiy mezon o‘quvchilarning maktab-
larda bo‘lish vaqtidir. Masalan, o‘quvchilar odatdagi umumiy


21
ta’lim maktablarida o‘rtacha 5—6 soat bo‘lsalar, kuni uzaytirilgan
maktab va guruhlarda 10—12 soat, internat tipidagi maktablarda
esa 24 soat bo‘ladilar. Shuningdek, kuni uzaytirilgan maktab,
guruhlardagi o‘quvchilar faoliyatining barcha turlari maktab
jamoasi pedagoglari rahbarligida amalga oshiriladi. Oilaning bola
tarbiyasi sohasidagi ishlarining ma’lum qismi maktab jamoasi
zimmasiga tushadi. Chunonchi, bola kuniga 2 marta ovqatlanadi,
dam oladi va o‘quv ishlarini maktabda bajaradi. Jamoat va oila
tarbiyasi bir-biriga maksimal yaqinlashadi.
Kuni uzaytirilgan sinflar va guruhlar kun tartibi umumiy ta’lim
maktablaridan ancha farq qiladi va maktabda dars jarayoni hamda
darsdan tashqari faoliyatini birgalikda amalga oshirish imkonini
beradi. O‘quvchilar jamoa mehnat jarayonida o‘z ishlarini
rejalashtirishga, shaxsiy imkoniyatlarini to‘la safarbar qilishga,
topshirilgan ish uchun javobgarlikni his qilishga o‘rganadilar. Bu
kun tartibi ulardagi yakka boshchilikka va bir-biridan ajralib
qolishga barham beradi, o‘z ishi va jamoa ishi uchun shaxsiy
javobgarlikni oshiradi. Jamoa ish jarayonida o‘quvchilar bir-
birlarini o‘rganadilar, biri ikkinchisiga yordam beradi, o‘rtoqla-
rining suhbatlarini tinglaydi, bir-birlarini o‘tilgan materiallarni
takrorlashga undaydi. Agar o‘quvchi uy vazifasini sifatsiz bajargan
bo‘lsa, uni qayta ishlashga majbur etadi. Natijada o‘quvchilar o‘z
ishini va bir-birlarining ishini taqqoslashga, baholay olishga
o‘rganadilar.
Hozirgi vaqtda yangi ta’lim shaklining uchta: kuni uzaytirilgan
guruh, kuni uzaytirilgan sinf va kuni uzaytirilgan maktab kabi
asosiy tashkiliy shakli vujudga kelgan. Kuni uzaytirilgan guruh
maktabda ham, o‘quvchilarning turar joyida ham tashkil qilinishi,
bir xil yoki har xil yoshdagi o‘quvchilardan tashkil topishi
mumkin.
Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlarning bir-biridan
qanday farqi borligi va qanday atalishi haqida ba’zi angla-
shilmovchiliklar mavjud. Bizningcha, o‘quvchilarning kamida
80—85 foizi kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhlarga jalb qilingan
maktab kuni uzaytirilgan maktab deb ataladi. Agar guruhga
ma’lum bir yoki bir necha parallel sinf o‘quvchilari jalb qilingan
bo‘lsa kuni uzaytirilgan sinf (yoki kuni uzaytirilgan sinfli maktab),
agar bir necha sinf o‘quvchilaridan (masalan, 1—2, 3—4, 5—6,
7—8 va boshqa sinflar o‘quvchilaridan) kuni uzaytirilgan guruhlar


22
tashkil qilingan bo‘lsa, u holda kuni uzaytirilgan guruh (yoki kuni
uzaytirilgan guruhli maktab) deb ataladi.
Ammo kuni uzaytirilgan maktabni har xil ta’riflaydilar: ba’zi
mualliflar maktabdagi bir necha sinflardan kuni uzaytirilgan sinf
yoki guruhlar tashkil etilsa, qolgan o‘quvchilar ommaviy maktab
rejimida bo‘lishidan qat’iy nazar, bunday maktablarni kuni
uzaytirilgan maktab deb yuritadilar; ayrimlar (jumladan,
L. Maskvin) kuni uzaytirilgan guruhlarga 50 bola jalb qilingan
bo‘lsa, uni kuni uzaytirilgan maktab deb yuritish mumkin,
deydilar. Boshqalari esa 7 va undan ortiq kuni uzaytirilgan guruh
yoki sinfga ega maktabnigina kuni uzaytirilgan maktab deb
nomlashni tavsiya etadilar. Bu ta’riflar hamon mavjud bo‘lsa-
da, biroq kuni uzaytirilgan maktablarning faoliyati va 1967-yilda
qabul qilingan Nizom ularni rad etadi. Ha, maktabda I—VIII
sinf o‘quvchilarining 80 foizidan kam bo‘lmagan qismi guruhlarga
tortilgan bo‘lsagina, maktabni kuni uzaytirilgan deb atash
mumkin.
Ko‘p yillik izlanishlar, amaliy ishlar natijasida hozirgi vaqtda
respublikamizda mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, kuni
uzaytirilgan rejimning uch qismli tuzilmasi tarkib topgan. Bu kuni
uzaytirilgan guruh — sinf — maktabdir. Ularda o‘quvchilarning
individual qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ta’lim
va tarbiya ishlari olib borilmoqda. Biroq ko‘p yillik tajriba kuni
uzaytirilgan rejimdagi ta’lim va tarbiya ishining eng samarali
shakli — sinf va maktab ekanligini ko‘rsatmoqda. Kuni uzaytiril-
gan guruhlarda tarbiyaviy ishlarni uyushtirishda qiyinchiliklarga
ham duch kelinmoqda. Jumladan, turli yoshdagi o‘quvchilarning
qiziqish va qobiliyatlariga ko‘ra mashg‘ulotlar o‘tkazish, ularning
ko‘ngildagidek dam olishlarini, xususan, dars tayyorlash va
mustaqil ishlarini tashkil etishda ko‘pgina murakkabliklar sodir
bo‘lmoqda.
Kuni uzaytirilgan sinflar shunday guruhlarga qaraganda peda-
gogik jihatdan ancha afzallikka ega.
Ularda ta’lim-tarbiya ishlarini samaraliroq uyushtirish, ko‘p-
gina tarbiyaviy ishlarni muvaffaqiyatli hal etish imkoniyati mavjud.
Bunday rejimdagi o‘quvchilar guruhi bir necha yil davomida
o‘zgarmaydi. Natijada, tarbiya uchun katta qulayliklar tug‘iladi.
Respublikada kuni uzaytirilgan sinf va maktablar tarmog‘ini
yanada kengaytirishning zarur chora-tadbirlari ham ko‘rilmoqda.


23
Umumiy ta’lim beradigan maktablar kun bo‘yi ishlaydigan ilm
maskanlariga aylantirilmoqda.
«Kuni uzaytirilgan» tushunchasi darsdan so‘ng maktabda
qolib, tarbiyachi nazorati ostida sayr qiladigan, uy vazifalarini
tayyorlaydigan, qolgan vaqtlarda esa o‘ynaydigan yoki badiiy
kitoblar o‘qiydigan o‘quvchilar guruhi rejimiga tegishlidir. «Kuni
uzaytirilgan maktab» tushunchasining mazmuni esa butunlay
boshqachadir. U alohida olingan o‘quvchilar guruhigagina daxldor
bo‘lib qolmasdan, balki butun maktabga, butun tashkiliy
pedagogik jarayonga ham tegishlidir. Kuni uzaytirilgan maktab
g‘oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy tarbiyaning mustahkam birligini
ta’minlaydi, umumiy ta’limiy, estetik va sport faoliyatini o‘quv
rejalari hamda o‘quvchilarning shaxsiy (individual) qiziqishlariga
moslab tashkil etadi. Kuni uzaytirilgan maktab moddiy hayot va
jamiyat qurilishi umumta’lim maktablarining oldiga qo‘ygan va
ilg‘or pedagogik jamoalar tomonidan izlanishlar natijasida vujudga
kelgan. Obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra maktab o‘quvchi-
larining barchasini kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarga jalb qilish
qiyin bo‘lganligi sababli, keyingi yillarda ayrim turarjoylarda ham,
ya’ni mahalla va shaharchalarda kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil
qilinmoqda. Bu guruhlardagi o‘quvchilarning faoliyati uzluksiz
pedagogik ta’sir ostida bo‘lishi bilan birga, ularning bo‘sh vaqtlari,
mustaqil dars tayyorlashlari tarbiyachilar rahbarligida foydali va
samarali o‘tadi, ular klub ishlariga qatnashadilar, turli hunar-kasb-
larni o‘rganadilar.
Maktablarda bolalar bilan ishlashning har xil shakllari mavjud
bo‘lib, to‘garaklar, turar joylardagi bolalar uyushmalari shular
jumlasidandir. Bolalar uyushmasi — bir uyda, mahallada, shahar-
chada yashovchi turli yoshdagi bolalarning uyushmasi. Bunday
uyushmalarda kattalar kichiklarga g‘amxo‘rlik qiladilar. Bolalar
yoshiga, kuchiga mos mehnatga jalb etiladi. Ular bo‘sh vaqtining
ko‘p qismini hovlida, ochiq havoda o‘tkazadilar. Hovli bolalar
hayotida va rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Hovlida ma’lum
qoidalar joriy qilinadi, odatlar shakllanadi, bu yerda ular
tashabbus ko‘rsatadilar, o‘zaro do‘stlashadilar va hokazo.
Shaharchadagi har bir uyda 1-sinfdan 8-sinfgacha bo‘lgan
o‘quvchilarni o‘z ichiga oladigan (qaysi maktabda o‘qishidan qat’i
nazar) har xil yoshdagi bolalar uyushmasi tuziladi. Uyushma-
komandaga chaqqon, hurmatga sazovor o‘quvchi boshchilik


24
qiladi. Har bir uyushma, podyezd, zveno prinsipi bo‘yicha
zvenolarga bo‘linadi. Maktab mikrorayoni zonalarga taqsimla-
nadi. Ular 5—7 ta bo‘lishi mumkin. Zonadagi uyushma koman-
dirlaridan zona shtabi tuziladi. Uni zona shtabi boshlig‘i bosh-
qaradi. Zona shtabi boshliqlari markaziy shtabga bo‘ysunadi, unga
«Kamolot»YIH a’zosi rahbarlik qilib, u hamma ishni boshqaradi.
Zona shtabi boshliqlari yoshlar qo‘mitasi yig‘ilishlarida hamma
ishlar bo‘yicha hisobot berib boradilar.
Shanba kunlari komandirlar kengashi o‘tkaziladi. Kengashda
albatta maktab direktori, «Kamolot» YIH kotibi, harakat a’zolari
va o‘qituvchilar qatnashadi. Har bir yig‘ilishda 2—3 komandir
hisoboti tinglanadi. Ishga shtatli pedagog, kuni uzaytirilgan guruh
tarbiyachisi yetakchi bo‘ladi. Ishni o‘z-o‘zini boshqarish asosida
tashkil etish katta tarbiyaviy samara beradi. Yoshlar turli-tuman
ma’lumotlar oladilar, mehnat qilish malakasini hosil qiladilar.
Mustaqil dars tayyorlashdan so‘ng ular o‘zlari qiziqqan to‘ga-
raklarga qatnashadilar, vaqti-vaqti bilan bog‘chalar, podyezd va
ko‘chalarni tozalash ishlariga, urush nogironlari va qariyalarga
yordam berish, sport maydonchasini tozalash, gullarni sug‘orish
hamda turli o‘yinlar o‘ynash bilan shug‘ullanadilar.
* * *
Umumiy ta’lim maktab-internatlari haqidagi Nizomga ko‘ra
tarbiyalash uchun qulay sharoitlar yaratish, oilaga yordam berish
maqsadida Respublika xalq maorifi haqidagi qonun asoslariga
muvofiq maktab bolalarning yashash joylaridan 3 km va undan
uzoqda bo‘lganda umumta’lim maktab-internatlari tashkil etish
mumkin.


25
IKKINCHI QISM
KUNI UZAYTIRILGAN GURUH VA MAKTAB-
INTERNATLAR ISHINI TASHKIL ETISH
O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi mamla-
katimizni taraqqiyot yo‘lini, shu jumladan, Xalq maorifining
fuqarolarga umumiy ta’lim berish va kasb-hunar o‘rgatishni
ta’minlash, yoshlarni har tomonlama tarbiyalash, ma’naviy va
jismoniy jihatdan kamol toptirish, ularni mehnatga va ijtimoiy
faoliyatga tayyorlashga qaratilgan navbatdagi vazifalarni belgilab
berdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ko‘pgina bob
va moddalarida ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, ta’lim-tarbiya
muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, shaxsning har tomonlama
kamol topishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, O‘zbekiston
fuqarosining ijodkorligi va qobiliyatini yanada o‘stirish belgilab
qo‘yilgan. Bu muhim masalalarni to‘liq amalga oshirish uchun
keng ko‘lamdagi tashkiliy-pedagogik ishlarni bajarish talab etiladi.
Mamlakatimizda bolalar va o‘smirlarni o‘qitish va tarbiyalash
sohasida katta yutuqlarga erishildi. Lekin hayot taraqqiyoti,
zamon talabi o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash sohasida
ta’limi vazirligi tizimi oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
Mustaqillik yillarida xalq maorifi organlari va maorifchilar
tomonidan o‘qitish ishining samaradorligini oshirish, maktabning
moddiy bazasini mustahkamlash, o‘qituvchi, tarbiyachi kadrlarni
tayyorlash va qayta tayyorlash borasida talay ishlar amalga
oshirildi. Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilish, uning
boshqa tashkilotlar bilan aloqasini rivojlantirish sohasida ko‘pgina
ishlar bajarildi. Shunga qaramasdan umumta’lim maktablarining
ayrim sohalari sust rivojlanmoqda. Bu ta’lim-tarbiya ishlariga
kompleks yondashish, uning barcha moddiy-ma’naviy va peda-
gogik-metodik imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmaslik, sinfdan,
maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va maktab rejimini
takomillashtirish kabilarga tegishlidir.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarning pedagogik jihati, uning
o‘quvchilarni kompleks tarzda tarbiyalashdagi roli yanada katta
ahamiyatga molikdir. Bolalarning kuni uzaytirilgan rejimda bo‘-


26
lishlari o‘quvchilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarni, turli
tarbiyaviy tadbirlarni pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish,
butun o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishda katta
imkoniyatlar tug‘diradi.
Shuni unutmaslik kerakki, kuni uzaytirilgan maktab, guruh
bu o‘ziga xos alohida bilim va tarbiya o‘chog‘i. Ota-onalar o‘z
farzandlarini butun kun bo‘yi o‘qituvchi-tarbiyachilar ixtiyoriga
ishonib topshirib qo‘yadilar. Bolalar bunday maktablarda ertalab
soat 8 dan kechki 18—20 gacha bo‘ladilar. Shu vaqtning
mazmunli, samarali, foydali o‘tishi, pedagogik jihatdan to‘g‘ri
tashkil etilishi uchun bolalarning xohish, qiziqish, talab va
ehtiyojlari hisobga olinishi shart. Afsuski, hamma joyda ham bu
talablarga to‘la amal qilinayotir, deb ayta olmaymiz. Odatda,
o‘quvchilar sinf va xonalarda o‘tiraverib zerikadilar, charchaydilar.
Bu hol ularning sog‘lig‘iga, ish qobiliyatiga, umumiy rivojlanishiga
salbiy ta’sir etadi. Bunday maktablarda o‘quvchilarning faol dam
olishi, mehnat, turli o‘yin, badantarbiya, sport bilan shug‘ulla-
nishini ta’minlansh, ularni to‘garak ishlariga, ijodkorlikka va ba-
diiy havaskorlikka chorlashga alohida e’tibor berish lozim.
Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlar ikki asosiy yo‘l bilan: xalq
maorifi organlarining budjet mablag‘lari hisobiga, turli muassasalar
tomonidan jamoatchilik asosida tashkil qilinadi.
Kuni uzaytirilgan maktablar tashkil qilish to‘g‘risidagi 1960-
yil 15-fevral qarorida kuni uzaytirilgan maktablar, guruhlar tashkil
qilish va mehnatkashlarning farzandlari ovqatlanishlarini tashkil
etishda jamoalarning faol ishtirok etishi tavsiya qilingan.
Shaharlar va ishchilar shaharchalarida kuni uzaytirilgan
guruhlar miqdor jihatdan kam bo‘lsa ham, ular jamoatchilik
asosida ochilib, zavod klublari va madaniyat saroylari, uy bosh-
qarmalari hamda JEKlar huzurida, shuningdek, maktablarning
o‘zida ishlab turibdi. Bunday ish tartibi, ayniqsa, maktablar hali
ham ikki smenada ishlaydigan va ularda guruhning ishlashi uchun
zarur xona bo‘lmagan yoki guruhga belgilangan sondagi bolani
yig‘ishning iloji yo‘qligi sababli budjetdan tarbiyachining oyligi
uchun mablag‘ yaratish imkoniyati bo‘lmagan joylarda amalga
oshirilgan.
Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlar tashkil etish va ular faoliyatini
rivojlantirishda moddiy baza va ta’minot masalasi asosiy omildir.
Bu masalani hal qilishda ikki xil kamchilik mavjud. Birinchisi,


27
ayrim maktab direktorlari bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazish
uchun jihozlangan xona, ular uchun issiq ovqat tayyorlaydigan
bufet xonalari va boshqalar yetishmasligini bahona qilib, kuni
uzaytirilgan guruhlar tashkil qilishni paysalga soladilar, tashabbus
ko‘rsatmaydilar. Ba’zi direktorlar esa guruhlar faoliyatiga moslash-
tirilmagan maktablarda, ya’ni bolalarning o‘ynashi, ishlashi,
o‘qishi, shuningdek, sayr qilishlari uchun imkoniyati bo‘lmagan
sharoitda sinf va guruhlar ochadilar. Natijada, o‘nlab va hatto
yuzlab kichkintoylar darsdan so‘ng yaxshi dam olmasdan,
o‘zlarining sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanmasdan, yana
o‘sha sinf xonalarida uch-to‘rt soatlab vaqtlarini o‘tkazadilar.
Kuni uzaytirilgan sinf, guruhning moddiy bazasini vujudga kel-
tirish maktab direktorining, pedagogik jamoaning tashabbuskorli-
giga bog‘liqdir.
Hozirgi kunda kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarning ta’lim-
tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yishni tashkil qilishda ancha tajriba
to‘plagan jamoalar hamda maktab rahbarlari ko‘plab topiladi.
Toshkentdagi 147-maktab jamoasi shular jumlasidan. Bu maktab
birinchilar qatorida kuni uzaytirilgan sinflar, guruhlar tashkil qilish
masalasiga katta e’tibor berdi. Dastlab, bir necha guruhlar tuzilib,
maktab asta-sekin uzaytirilgan kun rejimiga o‘ta boshladi. Shu
kunlarda 19 ta kuni uzaytirilgan guruh — sinflar mavjud bo‘lib,
ularga 600 dan ortiq o‘quvchi jalb qilingan, 9 ta guruh IV—VIII
sinflar bazasida tashkil topgan. Maktab pedagogik jamoasi o‘quv-
chilarning darsdan tashqari faoliyatini tashkil etishda tarbiyaning
ommaviy, guruhli va individual shakllaridan keng foydala-
nishmoqda; maktab o‘qituvchilari va maktabdan tashqari bolalar
muassasalarining xodimlari, jamoatchilik vakillari va ota-onalar
o‘quvchilarning xilma-xil faoliyatini tashkil qilish ishlariga jalb
etilmoqda.
Har bir guruhga boshqarish (hujjatlarni yuritish, bolalarning
ovqatlanishi va dam olishini nazorat qilish, ular bilan klub ishlari,
tarbiyaviy tadbirlar, ekskursiyalar)ni uyushtirish uchun bittadan
o‘qituvchi biriktirilgan. Kunning ikkinchi yarmida amalga oshiri-
ladigan ishlariga ajratilgan 570 soat vaqt maktabda quyidagicha
taqsimlangan:
160 soat — o‘quvchilarning dars tayyorlashiga rahbarlik qilish
va konsultatsiyalar o‘tkazishga;
80 soat — to‘garaklardagi haq to‘lanadigan ishlarga;


28
215 soat — o‘quvchilarning uxlashi, ovqatlanishi, dam oli-
shini boshqarish va tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishga;
115 soat — rivojlantiruvchi ishlarning boshqa turlari (ekskur-
siya, sayr, kutubxona ishlari va hokazo)ni tashkil etishga.
Xullas, kuni uzaytirilgan maktab va guruhlar tashkil qilish-
da tegishli moddiy bazaning, ya’ni o‘quvchilarning bir kunda
ikki-uch marta ovqatlanishlari uchun to‘la jihozlangan oshxona,
darsdan tashqari mustaqil ishlarning samarali o‘tishi uchun
o‘quv kabinetlari, o‘quv zallari, har bir qavatda individual
hamda guruh bo‘lib, mashqlar o‘tkazish uchun rekretsiyalar,
o‘rta sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqarish mehnatini tashkil
qilish bazasi, boshlang‘ich sinflar uchun mehnat xonalari, bir
qancha o‘yin xonalari, dam olish burchaklari, 1—2-sinf
o‘quvchilari va sog‘lig‘i zaifroq bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilari
uchun uxlaydigan xonalar bo‘lishi katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, badantarbiya va sog‘lomlashtirish ishlarini olib
borish uchun zarur bo‘lgan sport zali, sport maydonchasi va
tegishli sport anjomlari bo‘lishi kerak. Ayrim hollarda kuni uzay-
tirilgan maktablar bolalarning ovqatlanishi uchun zarur sharo-
itlar bo‘lmagan binolarda ochiladi.
Shuningdek, bunday maktabda uzaytirilgan kun rejimiga asta-
sekin o‘tilishi kerak. Biroq sinflarda 25 va undan ko‘p o‘quvchi
bo‘lgan katta maktablarda kuni uzaytirilgan sinf rejimini boshida-
noq darhol asosiy shakl sifatida joriy etish mumkin. Agar maktab
uzaytirilgan kun rejimini joriy etishni ilgari tajriba qilib ko‘rmagan
bo‘lsa, u holda 1—2 ta sinf tashkil etib, ularning ishini yaxshi
yo‘lga qo‘yib, bu borada malaka hosil qilib, ota-onalar o‘rtasida
obro‘-e’tiborga erishish, so‘ngra maktabning ichki imkoniyatlarini
va ota-onalarning qiziqishini hisobga olib, kuni uzaytirilgan sinflar
tizimini asta-sekin rivojlantirib borish lozim. Shu bilan birga ota-
onalarga bunday sinflarning xilma-xil faoliyati va pedagogik
ahamiyati haqida tushuncha berish kerak. Bunda ular kuni
uzaytirilgan maktab, sinf, guruh ishlarining rejimi, dam olish va
o‘qitish ishining mazmuni, maishiy qulayliklar, bolalarning kuniga
necha marta ovqatlanishi va hokazolar bilan tanishtiriladi.
O‘quv yili oxirida esa ota-onalar yig‘ilishida guruh ishiga
yakun yasaladi, erishilgan yutuqlar va yuz bergan kamchiliklar
tahlil qilinadi. Ota-onalarning taklif va mulohazalari e’tiborga
olinadi. Yangi o‘quv yilidagi vazifalar bayon etiladi.


29
Xonalarning tartib bilan joylanishi internat-maktablarda katta
ahamiyatga ega. Kiyimxonalar (garderoblar), quritish xonalari,
xo‘jalik inventarlari saqlanadigan joy, poyabzal tozalanadigan
joylar, kiyim dazmollash xonasi internat hayotining muhim
uchastkalaridir. Bularning hammasi katta ahamiyatga ega. «Teatr
kiyim iladigan ilgakdan boshlanadi», — degan edi K. S. Stanis-
lavskiy. Maktab ham xuddi shunday. Maktabga kelgan har qan-
day odam, avvalo, uning binosiga, tozaligi va tartibiga ahamiyat
beradi. Kuni uzaytirilgan maktabni bezatishga ham alohida e’tibor
berish lozim. Bu ishda direktor yoki uning o‘rinbosari rassomni
taklif qilib, uning maslahatlarini inobatga olishlari kerak.
KUNI UZAYTIRILGAN MAKTAB, GURUH VA MAKTAB-
INTERNATLARNI BUTLASH
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda hamda internat tipidagi
maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarini yuksak darajaga ko‘tarish ko‘p
jihatdan ularni to‘g‘ri butlashga, o‘quvchilar sonini saqlashga
bog‘liq. Lekin kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarga bolalarni jalb
qilish va ularni komplektlashda ba’zi maktablarda chalkashliklar
ro‘y bermoqda. Ayrim maktab rahbarlari faqat o‘zlashtirishi past
bo‘lgan o‘quvchilarni kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarga o‘tkaz-
salar, boshqa joylarda esa biror predmetdan yomon baho olgan
o‘quvchilar hisobiga guruh tashkil qilinmoqda. Ko‘pchilik maktab
rahbarlari, o‘qituvchilari bolalar jamoasi o‘rtasida tarbiyaviy
ishlarni har tomonlama tashkil etishni emas, uzaytirilgan vaqt
hisobiga o‘quv ishida o‘zlashtirish foizini yuqori ko‘tarishni asosiy
maqsad qilib qo‘yganlar. Oqibatda kuni uzaytirilgan guruh
o‘quvchilari soni o‘zgarib turadi. Guruhlarga past o‘zlashtiruvchi
va intizomi bo‘sh o‘quvchilar jalb qilinib, ular intizomli, o‘zlash-
tiruvchi o‘quvchilar qatoriga o‘tgach, guruhdan chiqarilib, ular
o‘rniga boshqalar qabul qilinmoqda. Bu xato pozitsiya yangi
tipdagi o‘quv-tarbiya muassasalari oldiga qo‘yilgan vazifalarning
uddalanishiga mone’lik qilmoqda. Bundan kuni uzaytirilgan sinf
va guruhlarga o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarni qabul qilish kerak
emas, degan ma’no kelib chiqmaydi. Va ayni choqda, bunday
guruhlar maktabda ta’lim-tarbiya sifatini ko‘tarishga yordam
bermaydi. Shuningdek, ota-onalarning ishlab chiqarishda xotirjam
ishlashlarini ta’minlamaydi.


30
Kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhlarni butlashdan oldin
bolalarning ota-onalari bilan suhbatlashish, ularning uy sharoiti
bilan tanishish lozim. Bunda ota-onalarning kasbi, ish bilan
bandligi, oila moddiy ta’minoti, bolalarining xarakteri, qiziqishi,
o‘qishga munosabati hisobga olinadi. 200 nafar tarbiyachiga
«Guruh ishini yaxshilash bo‘yicha sizning takliflaringiz», degan
anketa savollarini tarqatganimizda, ularning hammasi guruhlarga
bir xil yoshli yoki yoshi yaqin bo‘lgan bolalarni tortish zarur,
har xil sinflardan tuzilgan guruhlarda bolalar soni 25—30 dan
oshmasligi kerak, deb yozdilar. Yuqoridagi savolga o‘quvchilar
ota-onalarining bergan javoblari ham tarbiyachilar fikri bilan
deyarli bir xil.
Demak, yoshi va bilimi teng bo‘lgan yoki yoshlari bir-birla-
rinikidan uncha katta farq qilmaydigan bolalarni bir guruhga bir-
lashtirish maqsadga muvofiqdir. Zero, guruhda olib boriladigan
turli ommaviy-tarbiyaviy va ijtimoiy foydali ishlar, to‘garaklar
uyga berilgan vazifalarni tayyorlash jarayoni ularning yoshi, bilim
darajasi bir-biriga mos bo‘lishini talab qiladi. Bu, o‘z navbatida,
tarbiyachining o‘quvchilar bilan olib boradigan barcha ishlarini,
ayniqsa, ta’lim jarayonini osonlashtiradi hamda ta’lim-tarbiya
metodikasidan izchil va unumli foydalanishga, bolalarning o‘ziga
xos xususiyatlarini hisobga olishga imkon beradi.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarning ish tajribasi ularni
quyidagicha butlash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi:
1. Sinf bo‘yicha tuzish.
2. Sinflararo butlash (guruhlar tuzish).
3. Maktablararo butlash (guruhlar tuzish).
Muayyan bir sinf o‘quvchilaridan kuni uzaytirilgan sinf yoki
guruh tuzish anchagina qulaylik tug‘diradi. Chunki tarbiyachi
o‘quvchilar jamoasi bilan doimo birga bo‘ladi va ish olib boradi.
Agar maktabda parallel sinflar kam bo‘lib, barobar yoshdagi
bolalardan guruh tashkil qilish imkoniyati bo‘lmasa, u holda yaqin
sinflarni I—II, III—IV, V—VI va VII—VIII sinf bolalarini bir
guruhga birlashtirish mumkin. Guruhdagi o‘quvchilar soni 30—35
nafardan oshmasligi kerak. Birinchi sinf bolalarini mumkin qadar
alohida guruhga ajratgan ma’qul. Chunki ular boshqa sinf
bolalariga nisbatan ko‘proq vaqt ochiq havoda bo‘lishlari, uxlab
dam olishlari kerak. Masalan, Toshkent shahar 47-maktab huzu-


31
rida tashkil qilingan kuni uzaytirilgan guruhlar 1960—1961-o‘quv
yilining boshida quyidagicha tuzilgan edi: I sinf o‘quvchilariga
IV—V sinf o‘quvchilarini, II sinf o‘quvchilariga VI—VII sinf
o‘quvchilarini qo‘shib guruh tuzdilar. Bu xilda komplektlashning
noto‘g‘ri ekanligini qisqa vaqt ichida turmushning o‘zi yaqqol
ko‘rsatdi.
Tarbiyachilar yoshi va bilimlari jihatidan bir-biridan katta farq
qiladigan o‘quvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishda
qiyinchiliklarga duch keldilar. Ular yuqori sinf o‘quvchilari uy
vazifalarini tayyorlab bo‘lganlaridan keyin ularga uylariga ketishga
ruxsat beradilar, faqat quyi sinf o‘quvchilari bilangina tarbiyaviy
ishlarni olib boradilar. Bu yo‘l o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga,
intizomiga salbiy ta’sir etadi. O‘quv yilining ikkinchi choragidan
boshlab, birinchi sinflar alohida, yuqori sinflar alohida qaytadan
guruhlanadi. Bu ta’lim-tarbiya ishlarini har tomonlama yengil-
lashtirdi va bolalar bilan qat’iy rejim asosida ish olib borishda
ma’lum darajada imkoniyat tug‘dirdi. Biroq, ba’zi ota-onalarning
istak va talablariga ko‘ra ayrim o‘quvchilarning uy vazifasini
sinfda, guruh bilan birgalikda bajarishdan ozod qilinishi tar-
biyachilarning o‘quvchilarning,to‘g‘rirog‘i barcha o‘quvchilarning
uy vazifalarini normal bajarishlariga xalaqit berdi. Maktab
direktori bu kamchilikni o‘z vaqtida hisobga olib, ota-onalar yi-
g‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishda kuni uzaytirilgan guruhlarning asosiy
maqsad va vazifalarini tushuntirib, kuni uzaytirilgan guruhga
qatnaydigan o‘quvchilar sinf rejimida belgilangan vaqtda uy
vazifasini tayyorlashi zarurligi haqida ota-onalar bilan kelishib
olindi. Bu tadbir o‘quvchilarning uy vazifasini yaxshi bajarish-
lariga, bilimlarni chuqur o‘zlashtirishlariga imkon berdi, bolalar
intizomini mustahkamladi.
Agar maktablar bir-biridan uzoq bo‘lmasa, kuni uzaytirilgan
guruhlarni maktablararo tuzish ham mumkin. Bir maktabda
boshlang‘ich sinf bolalaridan kuni uzaytirilgan guruh tuzilsa,
ikkinchisida yuqori sinf o‘quvchilari bir guruhga birlashtiriladi.
Parallel sinf o‘quvchilari bir guruhga jalb qilinishi mumkin.
Shuningdek, ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish uchun katta
imkoniyat mavjud bo‘lgan bir maktabda kuni uzaytirilgan guruh
yoxud guruhlar tashkil qilinishi va ularga ikki-uch maktabning
o‘quvchilari jalb qilinishi mumkin.


32
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 1-maktab huzurida 7 ta
kuni uzaytirilgan guruh tashkil qilinib, bunga shu maktab o‘quv-
chilari hamda uning yaqinida joylashgan 2-, 3-maktablardan
o‘quvchilar jalb qilingan. Ularning 4 tasi rus, 3 tasi o‘zbek guruh-
laridir. Maktab rahbarlari o‘quv yilining boshida guruhlarda
o‘quvchilar sonini ko‘paytirishga intilib, o‘quvchilarning yoshi,
bilimini e’tiborga olishmagan edi. «Bir guruhda yoshi, bilim
darajasi turlicha bo‘lgan o‘quvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlari
olib borish, — deydi shu maktabning direktori biz bilan suhbat-
da,— ishimizni qiyinlashtirib yubordi. Shundan keyin pedagog va
tarbiyachilar bilan maslahatlashib, sinflar bo‘yicha guruhlar
tuzishga qaror qildik. Mavjud imkoniyatlarning hisobga olinishi
va pedagoglar jamoasining jon kuydirib ishlashi natijasida bu
kamchiliklarni bartaraf etib, ta’lim-tarbiya ishini yaxshi yo‘lga
sola bildik».
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida K.U.G.larda ta’lim-
tarbiya samaradorligini oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 6-dekabr Nizom loyihasini
ishlab chiqdi. Bu loyihaning 3-bandida K.U.G. maktabning zarur
o‘quv-moddiy bazasi mavjud bo‘lsa va ularning faoliyati maktab-
ning asosiy darslariga xalaqit bermagan sharoitda umumta’lim
maktablarining 1—8-sinf o‘quvchilari uchun maktabning tash-
kiliy-iqtisodiy ahvolidan kelib chiqqan holda Davlat budjeti
hisobidan K.U.G.lar va xo‘jalik hisobidan kuni uzaytirilgan
guruhlar (X.H.K.U.G.) tashkil etilishi qayd etilgan. Har bir
maktab o‘z sharoitidan kelib chiqib K.U.G.ni butlashi lozim.
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, o‘smirlar yoshidagi o‘quvchilar-
dan kuni uzaytirilgan guruh tuzish birmuncha qiyin. Shuning
uchun bu yoshdagi bolalardan guruh tashkil etishda bo‘sh
o‘zlashtiruvchi va pedagogik nazoratga muhtoj bo‘lgan bolalarni
ko‘proq guruhga jalb qilish lozim.
Ayrim qishloq maktablarida kuni uzaytirilgan guruhlarni bir
xil yoshdagi o‘quvchilardan tuzish imkoniyati bo‘lmasligi mum-
kin. Chunki uylar maktabdan har xil uzoqlikda joylashgan bo‘ladi.
Shuning uchun bir qishloqda yashovchi o‘quvchilarning birga
kelib-ketishini e’tiborga olib, har xil sinf o‘quvchilaridan guruh
tashkil etish ma’quldir. Biroq kuni uzaytirilgan maktab, sinf va
guruhlarda o‘quvchilar va ularning tarbiyachilari o‘zgarib turmas-


33
ligi kerak. Toshkent shahridagi 2-maktabning kuni uzaytirilgan
II sinfida tarbiyachining tez-tez o‘zgarishi natijasida o‘quvchilar
intizomi juda sustlashib, o‘zlashtirishi pasayib ketdi. Bunday
ahvolni kuni uzaytirilgan boshqa maktab va guruhlarda ham
uchratish mumkin. Shunga binoan umumiy ta’lim maktablarining
boshlang‘ich sinflarida qo‘llaniladigan I dan IV sinfgacha bir
o‘qituvchining ta’lim berish prinsipini kuni uzaytirilgan boshlan-
g‘ich maktablar va sinflarga tatbiq etish mumkin. Bunda bola I
sinfdan to IV sinfni tamomlanguncha bir tarbiyachining qo‘lida
tarbiyalanadi.
Bundan tashqari kuni uzaytirilgan ba’zi guruhlarda o‘quvchilar
soni doimiy bo‘lmasligi va ayrim o‘quvchilarning goh kelib, goh
kelmay yurishi ta’lim-tarbiya ishini ancha izdan chiqaradi. Buning
oldini olish uchun o‘quv yilining boshida maktab ma’muriyati
ota-onalar bilan uchrashib, bolalarning guruhga doimiy kelish-
kelmasligini aniqlab, barqaror guruhlar tuzish va bir guruhni
qo‘shimcha tarzda yil mobaynida komplektlash uchun qoldirishi
mumkin.
Maktablar huzurida tashkil qilingan kuni uzaytirilgan sinf yoki
guruhlar ishini yanada yaxshilash, imkoniyati bo‘lsa, ba’zi
maktablarni kuni uzaytirilgan maktabga aylantirish maqsadga
muvofiq. Bunda sinflar alohida-alohida komplektlanadi, tarbiya-
chi qat’iy rejim asosida ish olib borishda, yagona dasturdan
foydalanishda va ta’lim-tarbiya ishlarini metodik jihatdan to‘g‘ri
uyushtirishda birmuncha qulayliklarga ega bo‘ladi.
* * *
Maktab-internatlar tashkil qilingan birinchi yillarda I—V va
I—II sinflar shaklida ochilgan edi. Birinchi variant ma’qulroq
bo‘lib chiqdi.
Yangi ochilgan maktab-internatda birinchi va ikkinchi yili
bitirib chiquvchi sinflar bo‘lmaydi. Shu bois I—IV yoki I—VII
sinflarga o‘quvchilar qabul qilish bilan kifoyalanish pedagogik
nuqtayi nazardan maqsadga muvofiq.
B. E. Shirvind sinflarni yillar bo‘yicha komplektlashtirish
34—34-betlardagidek bo‘lishini tavsiya etadi.
600 va undan ko‘p o‘rinli katta maktab-internatlar tashkil
qilish maqsadga muvofiqligi tajribada tasdiqlangan. Ularda parallel
3 — K. Hoshimov


34
sinflar ochiladi. 580—600 o‘rinli 16 sinf (har qaysi parallel sinfda
ikkitadan sinf) shu tarzda komplektlanadi. Maktab-internat
rahbarlari sinflarni komplektlashga katta e’tibor berishlari, o‘zlash-
tirish salohiyati turlicha o‘quvchilarning, o‘g‘il va qiz bolalarning
sinflarga notekis taqsimlanishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.
Maktab-internatga boshqa maktablardan olinadigan tarbiyala-
nuvchilar har jihatdan nihoyatda sinchiklab tekshirib ko‘rilishi
lozim.
TARBIYAVIY ISHLARNI REJALASHTIRISH
VA UNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar ishini muvaffaqiyatli olib
borishning muhim shartlaridan biri muayyan pedagogik talablarga,
shuningdek, har bir maktabning o‘ziga xos xususiyatiga to‘la javob
beradigan reja ishlab chiqish va unga qat’iy rioya etishdir. Reja
tuzish va shu asosda ishlash kuni uzaytirilgan sinf, guruhlar uchun
ham shart. Aks holda muassasa ta’lim-tarbiya ishi bo‘yicha o‘z
oldiga qo‘ygan vazifasini uddalay olmay qoladi.
Tarbiyaviy ish uy vazifasini bajargunga qadar va bajargandan
keyingina rejalashtirilgan tadbirlar vaqtidagina emas, balki har
kuni va har soatda o‘tkaziladigan (olib boriladigan) tarbiyaviy-
tashkiliy ish kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisining asosiy vazi-
falaridan biridir. Bu ish bevosita maktabda o‘tkazilishi shart emas.
Sayr, sayohat, madaniy yurish, sinfdan tashqari turli mashg‘ulotlar
jarayonida ham o‘tkazilishi mumkin.
a) 420 o‘rinli (12 sinfli) internatlar uchun:
Sinflar 
1-y 2-y 3-y 4-y 5-y 6-y 7-y 8-y 9-y 10-y 

II 
III 
IV 

VI 
VII 
VIII 






— 
— 








































































Hammasi: 
10 
12
13 
12
12
14 
14 
13 
12
12


35
b) 480 o‘rinli (14 sinfli) internatlar uchun:
Sinflar 
1-y 2-y 3-y 4-y 5-y 6-y 7-y 8-y 9-y 10-y 

II 
III 
IV 

VI 
VII 
VIII 







— 








































































Hammasi: 
13 
14 
14 
14 
14 
14 
14 
14 
14 
14 
Maktabda sinf yoki guruh tashkil etilib, tarbiyaviy jarayonning
maqsad va yo‘nalishi aniqlangandan so‘ng tarbiyachi yarim yillik
yoki choraklik reja tuzadi. Reja tuzishda maktabning umumiy ish
rejasi, «Kamolot» YIH, «Kamalak» boshlang‘ich tashkilotining ish
rejasidagi tadbirlar, fan o‘qituvchilarining takliflari hisobga olinadi.
Shu bilan birga tegishli metodik jurnal va adabiyotlardan
foydalanib, ish reja mazmuni boyitiladi. Choraklik reja asosida
kundalik talablardan kelib chiqib, kundalik reja tuziladi.
Umumiy ta’lim maktablarida pedagogik faoliyatning 90 foizini
ta’lim ishlari tashkil etsa, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda
o‘quvchilar darsdan tashqari 5—6 soat xilma-xil, qiziqarli mash-
g‘ulotlar bilan mashg‘ul bo‘ladilar. O‘qituvchi-tarbiyachilar
rahbarligida ilm asoslarini chuqurroq o‘rganadilar, ijtimoiy foydali
mehnat bilan shug‘ullanadilar, turli to‘garaklarga qatnashadilar,
ovqatlanadilar, dam oladilar va o‘ynaydilar.
Kuni uzaytirilgan guruhlar ishini rejalashtirish tarbiyachidan
ishga ijodiy yondashishni talab etadi. Sinf va guruhlardagi bola-
larning maktabda bo‘lish vaqti turlicha. Haftasiga 6 kun ishlay-
digan sinf, guruhda o‘quvchilar 5 soat, 5 kun ishlaydigan sinf
yoki guruhda 6 soat bo‘ladilar. Shuning uchun ular bilan olib
boriladigan mashg‘ulotlar rejasi bolalarning uy sharoitini hisobga
olgan holda tuziladi.
Kuni uzaytirilgan guruh va sinf tarbiyachisi kundalik va uzoq
muddatga mo‘ljallangan ish rejalarini tuzadi. Uzoq muddatga
mo‘ljallangan reja direktor tomonidan tasdiqlanadi, kundalik ish
rejasi esa tasdiqlanmaydi, lekin vaqti-vaqti bilan ma’muriyat
tomonidan ko‘rib turiladi.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda sinfdan tashqari ishlarni
rejalashtirishda shu joyning iqlimi, maktabning hududiy shart-


36
sharoiti hisobga olinishi lozim. Kuni uzaytirilgan sinf guruhlarda
sinfdan tashqari ishlar maxsus belgilangan tarbiyachilar tomonidan
olib borilganligi uchun rejada belgilangan masalalar maktabning
umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Shuning uchun
ham kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar uchun reja tuzishda
quyidagi talablarga e’tibor berilishi maqsadga muvofiq:
1. Reja qisqa va aniq tuzilishi.
2. Rejada belgilangan tadbirlarning bajarilish muddati aniq
belgilanishi.
3. Tuzilgan rejada kuni uzaytirilgan maktab o‘quvchilarining
nazariy bilimi va amaliy tayyorgarligini oshirishga e’tibor berish.
4. Kuni uzaytirilgan sinf va guruh uchun tuzilgan reja mak-
tabning umumiy rejasiga moslashgan bo‘lishi.
5. Kuni uzaytirilgan maktablar uchun tuzilgan rejani maktab
«Kamalak» boshlang‘ich tashkiloti va «Kamolot» YIH ish rejala-
ridan ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun ular orasida muhim
zaruriy bog‘lanish va aloqadorlik bo‘lishi.
6. O‘quvchilarning yosh xususiyatlari, amaliy tayyorgarligi,
bilim darajasi sinf, guruhlar uchun tuziladigan rejalar va amaliy
tadbirlarda o‘z aksini topmog‘i lozim.
Tarbiyaviy ishlar rejasi g‘oyaviy jihatdan aniq maqsad asosida
tuzilsagina, u amaliy qo‘llanma bo‘la oladi. Axloq va madaniy
xulqni tarbiyalash, mehnatga va ijtimoiy mulkka munosabatni
shakllantirish, estetik madaniyat asoslarini vujudga keltirish hamda
jismoniy barkamollik, salomatlikni mustahkamlash va sanitariya-
gigiyena madaniyatini hosil qilishga doir tadbirlar har bir guruh-
dagi bolalarning yoshiga, bilimiga mos tadbirlar orqali amalga
oshirilmog‘i lozim.
Har bir tarbiyachi o‘quvchilar bilan olib boradigan ta’lim-
tarbiya ishlari rejasida ko‘zda tutilgan maqsad alohida bo‘limlar
bo‘yicha berilishi, ishlarning bajarilish kuni, vaqti va bu ishga
kim rahbarlik qilishi ko‘rsatilishi kerak. Amalda tarbiyachilarning
rejalari xilma-xil bo‘ladi. Ayrim tarbiyachilar yarim yillik va bir
kunlik, ba’zilari esa bir yillik va bir kunlik qilib reja tuzmoqdalar.
Bunday reja, so‘zsiz, mavhumlikka olib keladi. Ayrim tajribali
tarbiyachilar ta’lim-tarbiya ishlari rejasini har bir chorak uchun
tuzib, yaxshi natijaga erishmoqdalar. Chunki uni tuzish qulay
bo‘lib, chorak mobaynida o‘qituvchi, tarbiyachi, maktab ma’-
muriyati va ota-onalar qo‘mitasi birgalikda o‘z ishlarida sodir
bo‘lgan ba’zi kamchiliklarni, yoddan ko‘tarilgan masalalarni


37
hisobga olib, kelgusida bu kamchiliklarni tugatish imkoniyatiga
ega bo‘ladilar. Xullas, choraklik tarbiyaviy ish rejasi xatolarni o‘z
vaqtida tezda tuzatishga, ishni tez yaxshilashga imkon beradi,
tarbiyachi o‘z rejasida qishki va bahorgi ta’tillarda o‘tkaziladi-
gan mashg‘ulotlarni to‘la aks ettira oladi.
Tarbiyachilar rejalarini ikki variantda tuzmoqdalar: a) rejaning
tarbiyaviy qismi: aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasidan iborat;
b) rejaning ikkinchi bo‘limida ko‘proq kuni uzaytirilgan sinf,
guruhlar bilan uyushtiriladigan mashg‘ulotlar; o‘quv ishlari,
ijtimoiy-foydali mehnat, o‘quvchilarning salomatligini mustah-
kamlash, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, ota-
onalar hamda jamoatchilik tashkilotlari bilan ishlash, sinf xonala-
rini jihozlash kabilar qayd qilinadi.
Reja tuzishdagi eng katta kamchilik guruh va sinflarning
sharoitini hisobga olmaslik, ishga ijodiy yondashmaslikdir. Bun-
da tarbiyachilar taqvimda ko‘rsatilgan ayrim tarixiy sanalarnigina
belgilaydilar, ba’zilari biror parallel guruh yoki maktab tarbiyachi-
larining rejasini mexanik ravishda ko‘chirib olish bilan chegara-
lanadilar. Boshqa birlari esa har kuni kundalik rejimning sanasini
o‘zgartirib, kundalik reja sifatida taqdim etib kelyaptilar. Ko‘p-
chilik tarbiyachilarning ish rejalarida ma’lum tizim, birlik, dastur
materiallari bilan bog‘liqlik, moslilik yo‘q. Ular kuni uzaytirilgan
guruh va sinflarning spetsifik xususiyatlarini hisobga olish,
mahalliy materiallar bilan boyitish, rejalarga ijodiy yondashish
kerakligiga yetarli darajada e’tibor bermayotirlar. Tabiiyki, bunday
loqaydlik bilan o‘tkazilgan bir xil tadbirlar bolalarni zeriktiradi,
charchatadi.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlardagi tarbiyachilar bilan
hamkorlikda olib borgan tajribalarimiz reja tuzishda ta’lim-tarbiya
jarayonida quyidagilarga e’tibor berish zarurligini ko‘rsatdi:
a) ommaviy, siyosiy tarbiyalash;
b) o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan muhabbatini, qizi-
qishini oshirish;
d) ta’lim-tarbiya ishlarini ijtimoiy-foydali mehnat bilan qo‘-
shib olib borish;
e) estetik tarbiyani yaxshilash;
f) o‘quvchilarni jismoniy jihatdan chiniqtirish;
g) ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda maktab, oila va
jamoatchilikning yaqindan ishtirok etishiga qulaylik yaratish juda
muhimdir.


38
Tarbiyachi rejasida har bir bola bilan individual ishlashga doir
tadbirlar ham bo‘lishi kerak. Buning uchun tarbiyachi yaxshi psixolog
bo‘lmog‘i lozim. Rus pedagogi K. D. Ushinskiy o‘zining «Kishi
tarbiya predmeti sifatida» asarining muqaddimasida «Agar pedago-
gika kishini hamma jihatdan tarbiyalashni istasa, u avvalo, bu kishini
ham hamma jihatdan bilmog‘i kerak»
1
, deb yozgan edi.
Tarbiyachi ishining muvaffaqiyati, asosan, uning bolalar ichki
dunyosiga chuqur kirib, ularning kechinmalari hamda xulq-at-
vorini to‘g‘ri tushunishiga bog‘liq. Zero, o‘quvchilar o‘z xarak-
teri, qiziqishi va mayli nuqtayi nazaridan bir-biridan farq qiladilar.
A. S. Makarenko shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash-
ning izchil tarafdori bo‘lishga qaramay, tarbiyalanuvchilarning
individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligini ham ko‘rsatib
o‘tgan edi. U o‘zining «Tarbiyaning maqsadi» degan maqolasida
shunday deb yozadi: «Biz uchun inson, umuman olganda, bir xilday
tuyulsa-da, aslida u tarbiya vositasi sifatida bag‘oyat xilma-xildir»
2
.
To‘g‘ri tarbiya berishda bolalarga individual yondashish yana
shu jihatdan muhimki, tarbiyachi o‘z o‘quvchilarini bilmasa, u
o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda pedagogik ta’sir ko‘rsatish
metodlarini tanlash va uni amalga oshirishda xatolarga yo‘l
qo‘yishi mumkin. Masalan, Safo Ochil «Inson ziynati odobdur»
kitobida shunday yozadi. Hikoyat: Sinfxonada o‘quvchi qiz g‘am-
gin holda o‘y surib o‘tirardi. Uning qulog‘iga hech nima kirmasdi.
Buni ko‘rgan ayol o‘qituvchi dedi:
— Hey qiz, nega yozmayapsan? Ko‘zing oldiga qaysi yigit-
lar kelayapti?
Qiz javob bermay yig‘lab yubordi. Uning o‘rniga o‘rindiq-
dosh dugonasi javob qildi:
— Opa, yaqinda uning onasi vafot etgan. O‘qituvchi juvon
pinagini buzmay: — O‘lsa o‘libdi-da. Dars qilib kelsin, darsni
yaxshi tinglab o‘tirsin. Yo‘q, u yigitlarni o‘ylayapti, — dedi.
O‘quvchi qiz esa shartta o‘rnidan turdiyu, bu maktabni yel-
kamning chuquri ko‘rsin, — deya sinfxonadan ho‘ngrab yig‘lab
chiqib ketdi.
Nodon bo‘lsa agar muallim,
Nodonlikdan beradi ta’lim
3
,

Ushincskiy K. D. Tanlangan asarlar. 9-tom. 1950. 23-bet.
2
Makarenko À. S. Àsarlar. V-jild. 1953.

Safo Ochil. Inson ziynati odobdur. — T.: «O‘qituvchi», 1996. 82-bet.


39
deganlaridek, bu o‘qituvchi-tarbiyachini pedagogik odobga,
pedagogik madaniyatga, pedagogik mezonga e’tibor bermasligidir.
Rejada bolalar faolligining vaqti va bajaradigan ishining maz-
muni, shuningdek, navbatchilar ro‘yxati va o‘quvchilarning
kundalik vaqt taqsimotlari ham aks ettiriladi. Guruh ishini yo‘lga
qo‘yishda va samaradorligini oshirishda ota-onalar, jamoat-
chilikning yaqindan yordami juda zarurdir. Buning uchun guruh
tarbiyachisi ota-onalardan anketa orqali kerakli ma’lumotlarni
to‘plashi lozim. Xususan, oila boshlig‘ining familiyasi, ismi, yoshi,
kasbi, o‘quvchi bo‘sh vaqtda nimalar bilan qiziqishi, ota-onalar
maktabga qanday yordam ko‘rsata olishlari aniqlanadi. Tarbiyachi
shu ma’lumotlarga tayanib, tarbiyaviy ish rejasini tuzadi. Guruh
ishining muvaffaqiyati tarbiyachining pedagogik bilim va ko‘nik-
masidan tashqari, tashkilotchilik qobiliyatiga, ota-onalar bilan
umumiy til topa olishiga ham bog‘liq.
Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlar faoliyatidagi dars va darsdan
tashqari mashg‘ulotlar ishlari yagona ta’lim-tarbiya jarayoni nuq-
tayi nazaridan muayyan pedagogik maqsadga muvofiq rejalash-
tirilishi lozim. Yagona rejalashtirish orqali quyidagi vazifalarni
bajarish kerak:
— dars va darsdan tashqari jarayonda aqliy tarbiya;
— dars va darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilar bilan ishlash,
mehnat qilish, klub mashg‘ulotlari va dam olish, g‘oyaviy-axloqiy
tarbiya.
Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlarda haftasiga 30 soat vaqtning
namunaviy taqsimoti:
Sinflar bo‘yicha soatlar soni 
Haftalik mashg‘ulot turlari 
I sinf 
II va III sinflar 
Darsdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari 


Texnik ijod, ijtimoiy foydali mehnat 


Jismoniy tarbiya (ochiq joydagi 
mashg‘ulotlar) 
2
2
Badiiy (estetik) tarbiya (tasviriy ijod, musiqa, 
teatr-adabiyot mashg‘ulotlari) 


Rejalashtirilgan ijtimoiy tashkiliy faoliyat 


Ovqatlanish vaqti, sayr (ochiq joyda jismoniy 
tarbiyani hisobga olmaganda) 
10 
10 
Bo‘sh vaqt (o‘yinlar, I sinflarda uyqu) 


30 
30 


40
— dars va darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilarning ixtiyoriy
mashg‘ulotlari, ijtimoiy-foydali mehnat, texnikaviy ijod, tabiat
quchog‘idagi ishlar, o‘z-o‘ziga xizmat qilish jarayonida mehnat
tarbiyasi;
— dars, musiqa va ashula, tasviriy san’at, o‘yin va ritmika,
teatr-adabiyot, badiiy havaskorlik kabi darsdan tashqari mashg‘u-
lotlarda estetik tarbiya;
— badantarbiya darslari, darsdan tashqari sport mashg‘ulot-
lari, ochiq joyda mashq bajarish orqali badantarbiya.
Haftalik o‘quv rejasi va uzaytirilgan vaqtni yuqoridagidek
taqsimlash asosida, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni
hisobga olgan holda yagona o‘quv tarbiya ish rejasi tuziladi.
Yagona reja haftaning har bir kuniga baravar taqsimlanadi.
Maktab o‘z sharoiti, imkoniyati nuqtayi nazaridan ta’lim-tarbiya
ishlari bo‘yicha haftalik jadval tuzadi.
I—IV sinflarda ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha
yagona reja namunasi
O‘qituvchi guruhni ertalab o‘qitib, tushdan so‘ng unda tar-
biyachi bo‘lib ishlasa, bunday holatda ta’lim jarayoni va guruh-
da olib boriladigan mashg‘ulotlar asosida bitta katta reja tuziladi.
Shunday qilib, tarbiyachi 2 ta rejaga, ya’ni istiqbol rejasi va unga
asoslangan kunlik joriy rejaga ega bo‘lishi kerak. Ko‘rsatilgan
asosiy rejalardan tashqari biror oraliqqa mo‘ljallab haftalik yoki
oylik rejalar tuzish shart emas, chunki ratsional tuzilgan kundalik
rejim va haftalik jadvallarning o‘zi yetarlidir. O‘qituvchilar o‘quv
yilining har bir choragi uchun, tarbiyachilar esa birinchi va
ikkinchi yarim yillik uchun reja tuzadilar.
Kunning ikkinchi yarmidagi barcha tadbirlar asosan quyida-
gi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi:
a) ta’lim yo‘nalishi: dars tayyorlash, konsultatsiya va qo‘shim-
cha mashg‘ulotlar;
b) siyosiy yo‘nalish: siyosiy axborot, «Kamolot» YIH lektorlik
guruhlarining, «Jangovor va mehnat shuhrati» muzeyining ishlari;
d) ilmiy yo‘nalish: predmetlar bo‘yicha to‘garaklarni, meh-
natni ilmiy asosda tashkil etish, sinfdan tashqari o‘qishlar;
e) mehnat yo‘nalishi: o‘ziga-o‘zi xizmat qilish, ijtimoiy-foydali
mehnat;


41
f) badantarbiya yo‘nalishi: sport seksiyalari, umumiy jismoniy
tayyorgarlik to‘garaklari, musobaqalar;
g) estetik yo‘nalish: musiqa, xor, tasviriy san’at va «Mohir
qo‘llar» to‘garaklari.
Tarbiyaviy rejani amalga oshirishda ijrochilarni aniq tanlash,
«Kamolot» YIH va ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish
lozim. Tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishda ota-onalarning qatnashishi
va ular orqali bolalar jamoasiga ta’sir etish maqsadga muvofiqdir.
Istiqbol rejasining bo‘limlarida ko‘rsatilgan mavzu bolalarning
pedagogik va ijtimoiy tashkilotchilik faoliyatini tashkil etib, qobili-
yatini o‘stirishga xizmat qilishi lozim. Istiqbol rejasining asosiy
tarbiyaviy vazifalarini belgilashda quyidagilarga e’tibor berish
zarur:
— bolalarni umumiy rivojlantirish va individual xususiyatla-
rini hamda uy sharoitlarini hisobga olib pedagogik yondashishga;
— o‘qishga nisbatan o‘quvchilarda mas’uliyat hissini tarbi-
yalash, bilimga qiziqish uyg‘otish, mustaqil ishlash, malaka va
ko‘nikmalarini o‘stirishga;
— o‘quvchilarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol ruhida tar-
biyalashda g‘oyaviy-axloqiy bilimlarini chuqurlashtirish va kengay-
tirishga;
— «Kamolot» YIH «Kamalak» tashkilotida mehnat muhitini
yaratish, ya’ni ularni ijtimoiy-foydali, texnik, qishloq xo‘jalik
mehnatlariga jalb etishga;
— o‘quv-tarbiya ishlarida Prezidentimiz qabul qilgan Qonun
va farmonlarni amalda tatbiq etishga o‘rgatish, hayotga tayyor-
lashga;
— yoshlar jamoasida javobgarlik, xayrixohlik, talabchanlik,
adolatlilik, do‘stlik munosabatlarini tarbiyalash va madaniy ma-
laka hamda ko‘nikmalarni rivojlantirishga;
— o‘quvchilarni badiiy o‘qishga, teatrga, raqs tushish va
kuylashga qiziqtirish va bu sohada tegishli malakalar hosil qilishga;
— kuni uzaytirilgan guruh o‘quvchilarining sog‘liqlarini mus-
tahkamlash va jismoniy rivojlantirish uchun ota-onalar, pedagogik
jamoa vakillari, «Kamolot» YIH ishtirokida kun rejimini va
ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga.
Tarbiyachi o‘zining reja konspektida o‘z sharoiti va imkoni-
yatiga qarab quyidagi vaziyatlarni aks ettirmog‘i lozim:


42
1. O‘quvchilarni qabul qilib olish (bunga ayrim tashkiliy ish-
lar, o‘qituvchilar bilan birgalikda hal qilinishi lozim bo‘lgan
holatlar, kiyim almashtirishlar, yuvinishlar ham kiradi).
2. Erkin o‘ynab dam olish, bo‘sh vaqt (uyushtiriladigan o‘yin-
ning nomi, maqsadi, uning qisqacha tafsiloti, kimlar tomonidan
uyushtirilishi, o‘yin uchun kerakli jihozlar, narsalar, o‘yin uchun
tanlangan joy ko‘rsatiladi).
3. O‘quvchilarning ovqatlanishini tashkil etish (navbatchilar,
ovqat turlari, ovqatlanish qoidalari, gigiyenik talablar).
4. Sayr qilish va ochiq joyda o‘ynash (o‘yinning qisqacha
mazmuni, o‘yin uchun kerakli jihozlarni tayyorlash, imkoniyati
bor bo‘lsa, I—II sinf va salomatligi zaifroq bo‘lgan bolalarni
uxlatish).
5. Uy vazifasini mustaqil bajarish (bunda berilgan vazifalar
mavzusi, mazmuni, ularni yechishda kerak bo‘ladigan ko‘rgazmali
qurollar, texnik qurollar, dalaga chiqishni talab qiladigan mavzu
bo‘yicha kuzatiladigan joylar ko‘rsatiladi).
6. Tarbiyaviy-tashkiliy ishlar (har kuni har xil mavzuda
mustaqil darsdan oldin yoki keyin o‘tkaziladi).
7. Badantarbiyaga oid sport ishlari (bajariladigan sport
mashqlari, kerakli jihozlar, bu mashqlarni o‘tkazish uchun
tanlangan joy kabilar ko‘rsatiladi).
8. Mustaqil ravishda qo‘shimcha badiiy-ilmiy adabiyotlar
o‘qish (o‘quvchilar o‘qiydigan kitoblarning nomi, muallifi, chiq-
qan yili, kimlarning qayerda o‘qishi yoki ommaviy o‘qish ko‘rsa-
tiladi).
9. To‘garak ishlari (to‘garakning nomi, kimlar qatnashishi
ko‘rsatiladi).
10. O‘z-o‘ziga xizmat (kimning nima ish qilishi, shular uchun
kerak bo‘lgan jihozlar ko‘rsatiladi).
11. Uyga ketish.
Ishni shu tarzda rejalashtirish va tashkil qilish ta’lim-tarbiya
ishlari samaradorligini oshirishga yordam beradi. Kundalik
mashg‘ulotlarning bir-biriga o‘xshab, bir qolipga tushib qolishiga
yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagilarni hisobga olish kerak:
1. O‘quvchilarning bir kunlik va haftalik o‘quv soatini to‘g‘ri
taqsimlash. Bu soatlarda o‘tkaziladigan tadbirlarning takrorla-
nishiga yo‘l qo‘ymaslik.


43
2. Sinfdan tashqari vaqtda o‘quvchilarning aqliy, jismoniy
mehnatlarini dam olish bilan qo‘shib olib borish.
Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, kuni uzaytirilgan sinf va
guruh o‘quvchilari bilan uyushtiriladigan mashg‘ulotlar shakl va
mazmun jihatidan bir xil bo‘lsa, bu ularni zeriktiradi, charchatadi
va ish unumiga sezilarli darajada salbiy ta’sir etadi. Shuning
uchun tarbiyaviy ishni tashkil etishga ijodiy yondashmoq darkor.
Chunki bolalarni tarbiyalash murakkab ijodiy jarayondir. Bu
doimo tashabbus ko‘rsatishni va hayotiy zaruriy pedagogik
muammolarni tadqiq etishni taqozo etadi. Demak, eng yaxshi
reja ham hali ishning boshlanishidir. Rejadagi tadbirlarni amalga
oshirish, avvalo, tarbiyachining tashkilotchiligiga bog‘liq. A. S. Ma-
karenko o‘z ma’ruzalaridan birida «tarbiyaviy ish, eng avvalo,
tashkilotchilik ishidir»
1
, degan edi. Tashkilotchi, mohir tarbiyachi
hamma ishni o‘zi bajaravermaydi. U maktabdagi «Kamalak»
boshang‘ich tashkiloti, «Kamolot» YIH tashkiloti va o‘z guru-
hidagi faollarga tayanib, kam kuch sarf etgan holda ko‘p ish
bajarishga va uning zavqli, qiziqarli o‘tishiga erishadi.
Tarbiyachi tarbiyaviy (klub) soati vaqtida o‘tkazadigan mash-
g‘ulotlar mavzusi olti ish kuniga asoslanib, haftaning muayyan
kunlari bo‘yicha taqsimlab chiqilib, ana shu tartibga qal’iy amal
qilish lozim. Besh kunlik haftasi bo‘lgan sinflarda sport mashg‘u-
lotlari va ekskursiyalar o‘tkaziladigan kunlarni navbatlashtirish
lozim, ya’ni birinchi hafta sayohat o‘tkazish, ikkinchi haftada
sport mashg‘ulotlarini tashkil qilish kerak.
Tarbiyachi sinf va guruhdagi bolalarning har kunini, har bir
daqiqasini qiziqarli, mazmunli o‘tkazish uchun tarbiyaviy ishida
xilma-xillikka erishishi lozim. Masalan:
Dushanba — axloqiy-mafkuraviy tarbiya.
Seshanba — sinfdan tashqari o‘qish (kitob bilan ishlash).
Chorshanba — mehnat tarbiyasi.
Payshanba — estetik tarbiya (badiiy tarbiya).
Juma — sport-sog‘lomlashtirish ishlari.
Shanba — ekskursiyalar, sayrlar (tabiat qo‘ynidagi ishlar).
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, pedagog har bir daqiqa va
har bir vaziyatdan o‘quvchi shaxsiga kompleks ta’sir o‘tkazish

Makarenko A. S. Asarlar. T. IV. 349-bet.


44
uchun foydalanishi zarur, ya’ni darsdan tashqari o‘qish darslarini
estetik muammolardan ajratmasligi lozim, zavodga qilingan har
qanday sayohatdan esa bolalarda jamiyatimizning texnik-iqtisodiy
jihatdan rivojlanishiga qiziqishni uyg‘otish maqsadida foydalanish
mumkin.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda olib borgan kuzatish-
larimizda ilg‘or tarbiyachilar tuzgan haftalik ish rejaning asosiy
bo‘limlarida quyidagi tadbirlarga e’tibor berganliklarining guvohi
bo‘ldik.
Axloqiy-mafkuraviy tarbiya. Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va
maktab-internatlarda o‘quvchilar bilan g‘oyaviy-mafkuraviy,
madaniy-ommaviy ishlarni amalga oshirish imkoniyati nihoyatda
kengdir.
Axloqiy-mafkuraviy tarbiya — bu jamiyatimiz yosh fuqarola-
rida barqaror ma’naviy-axloqiy ongni tarbiyalash yuzasidan
doimo, har kuni sobitqadamlik bilan muttasil olib boriladigan
ishdir. Bu avvalo, bolalarni yangicha siyosiy fikrlash ruhida
tarbiyalash, baynalminallilik, birdamlik, Vatanga muhabbat,
vatanparvarlik, jamoatchilik his-tuyg‘ularini tarbiyalashdir.
Bolalarni allomalar hayoti va faoliyati misolida tarbiyalash
bugungi maktabning ezgu (yaxshi) an’anasi bo‘lib qolmoqda.
Ajdodlarni o‘rganish xalqimiz tarixini o‘rganish demakdir.
Bu sohada ish shakllari g‘oyat xilma-xil bo‘lishi mumkin,
bular o‘qilgan kitob yuzasidan, ko‘rilgan film, surat bo‘yicha
suhbatlar, ma’ruza tarzidagi axborot, teatrga tashrif, keyin
spektaklni muhokama qilish va shu kabilardir.
Dastur bo‘yicha yuqori sinflarda «O‘zbekiston — mening
Vatanim» bo‘limi bor. 1-sinf uchun «O‘zbekiston — Vatanim»,
2-sinf uchun «Men Vatanga xizmat qilishni xohlayman», 3-sinf
uchun «Vatan bayrog‘i», 4-sinf uchun «Kengashlar — xalq hoki-
miyati», «Bizning kelajagimiz, o‘z qo‘limizda» kabi materiallar
asosida yoshlarga axloqiy va baynalminal tarbiyasi berish mumkin.
Kuni uzaytirilgan maktab va maktab-internatning I—IV
sinflarida Konstitutsiya haqida 3—4 suhbat o‘tkazish lozim. Bosh-
lang‘ich sinflarda Konstitutsiya hayotimizning Asosiy Qonuni,
O‘zbekiston xalqlarning do‘stligidan tashkil topgan yagona katta
oila ekanligi tushuntiriladi. Shuningdek, tarbiyachi suhbat o‘tkazar
ekan, albatta, bolalarni har gal hayotiy voqelikning konkret
faktlari bilan tanishtiradi, o‘quvchilarning Vatan haqidagi


45
bilimlarini boyitadi va chuqurlashtiradi. Bunda tarbiyachi gazeta
va jurnallar, kitoblar, radio, televideniye, diafilmlardan foydala-
nishi mumkin.
O‘quvchilarni siyosiy jihatdan tarbiyalashda ijtimoiy-foydali
va jamoa mehnat ko‘nikmalarini tarbiyalash katta o‘rin tutadi.
Shu maqsadda I sinfda «Ota-onalar qanday mehnat qilishadi?»,
«Ziyolilar, olimlar kashfiyotlar yaratmoqdalar», «Barcha respub-
likalar bolalari — juda ahil bolalar», «Men O‘zbekistonda
yashayman va o‘z o‘lkamni sevaman», II sinfda «Kim mohir?»,
III sinfda «Hamma kasb ham yaxshi, yoqqanini tanlab ol», IV
sinfda «Xalq uchun ishla, o‘qi va yasha!», «O‘zbekiston — me-
ning Vatanim», «Paxta — Respublikam faxri» mavzularida suh-
batlar o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Siyosiy tarbiyada harbiy vatanparvarlik mavzusi ham muhim
o‘rin tutadi. Bolalarni Vatan va Mustaqillik uchun qahramon-
larcha halok bo‘lgan, jahon urushi qatnashchilari haqidagi
hikoyalar, ularni botir, mard bo‘lishga, fuqarolik burchlarini ado
etishda o‘rnak ko‘rsatishga undaydi, vatanparvarlik, insonparvarlik
tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Maktabda butun o‘quv yili davomida
mamlakat va umumxalq an’anaviy bayramlari yoki fan, adabiyot
va san’at arboblari nomi bilan bog‘liq yubileylar munosabati bilan
turli kechalar, suhbatlar o‘tkazish alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu muhim tadbirlarni tarbiyachi o‘z rejasida aks ettirishi va
ayni choqda tarbiyaviy ta’siri haqida jiddiy o‘ylashi lozim.
Tarbiyaviy ishlar rejasida qayd etilgan har bir mavzu bo‘yi-
cha suhbatni boshlashdan oldin tarbiyachi hafta ichida mamlaka-
timiz va xorijda bo‘lib o‘tgan siyosiy voqealar haqida 7—10
daqiqalik suhbat o‘tkazadi. Suhbatlarni ishlab chiqarish ilg‘orlari,
urush va mehnat faxriylari ishtirokida o‘tkazish maqsadga mu-
vofiqdir.
Vatan to‘g‘risida, xalqlar do‘stligi haqida kitoblar o‘qib be-
rish, diafilm va kinofilmlar ko‘rsatish tarbiyachiga Vatan haqidagi
mavzuni to‘laroq ochib berishga qo‘l keladi. Maktabda vatanpar-
varlik his-tuyg‘ularini tarbiyalash alifbening deyarli birinchi
sahifasidan boshlab, bitirish imtihonlarigacha davom etadi.
Dasturga din haqidagi mavzu ham kiritilgan. Shu narsani
yodda tutish kerakki, din yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash-
da katta naf keltirishi mumkin. Tarbiyachi bu masalaga dindor
ota-onalarning his-tuyg‘ularini hurmat qilgan holda, odob bilan


46
yondashishi lozim. Dasturda har bir sinf uchun din bo‘yicha
mavzu berilgan. Mohirlik bilan tashkil qilingan suhbat dinga
to‘g‘ri munosabatda bo‘lgan holda yaxshi natijalar beradi: 1-sinf
uchun «Biz nima uchun tush ko‘ramiz?», «Momaqaldiroq, do‘l,
qor, yomg‘ir nimadan bo‘ladi?» mavzulari: 2-sinf uchun «Nima
uchun kun va tun bo‘ladi?», «Tabiatda suv qayerdan keladi?»
mavzulari: 3-sinf uchun «Tabiat ofatlari nimadan kelib chiqadi?»
mavzusi: 4-sinf uchun «Quyosh va Oy tutilishlari qanday hosil
bo‘ladi?» mavzusi kabilar.
Inson huquqlari, ekologik madaniyatni tarbiyalash, etika
(odob) to‘g‘risidagi va qahramonlik haqidagi mavzular ham axlo-
qiy-mafkuraviy tarbiyalash bo‘limiga kiritilishi mumkin.
To‘g‘ri tashkil etilgan siyosiy axborot, suhbatlar o‘quvchilar-
ning bilim doiralarini kengaytiradi, ma’naviy-axloqiy tushuncha-
ning, dunyoqarashning muvaffaqiyatli shakllanishiga garov bo‘ladi.
Sinfdan tashqari o‘qish. Bolalarda sinfdan tashqari o‘qishga,
kitobga muhabbat uyg‘otish va o‘qishning maqsadga qaratilishi ular
tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Bunda bolalar yangi kitoblar,
ularning mualliflari, mualliflar hayoti va ijodi bilan tanishadilar,
estetik zavq oladilar. Bu, albatta, kitobning qaysi yoshdagi bolalarga
mo‘ljallanganligi bilan bog‘liq. Shunday ekan, sinfdan tashqari
o‘qish ishlarini rejalashtirganda bolalarning yosh xususiyatlarini
nazarda tutish lozim. Bunda «Oriyentir» dasturi qo‘l keladi.
Sinfdan tashqari o‘qish kitobga muhabbatni tarbiyalaydi,
fikrlashni rivojlantiradi, voqealarni tahlil qilishni o‘rgatadi. Bolalar
yangi kitobni o‘qib, uning mazmuni bilangina emas, balki muallifi
bilan, muallifning u yoki bu voqeaga nisbatan nuqtayi nazari bilan
ham tanishadilar. Shu tariqa muallif bilan o‘ziga xos «Muloqot»
vujudga keladi.
1-sinfning birinchi yarim yilligida bolalar sinfdan tashqari
o‘qishga tayyorlanadi. Bu davrda asosiy ishni tarbiyachi olib
boradi. Chunki, bolalar hali alifbe davrini o‘tayotgan bo‘ladi.
Ularda sinfdan tashqari o‘qish soddaroq ertaklarni o‘qishdan
boshlanadi. Kitobni o‘qishdan oldin tarbiyachi uni birma-bir
varaqlab, hamma rasmlarini ko‘rsatadi. Bolalarda shu kitobga
qiziqish uyg‘otish uchun asarning bir parchasini ularga o‘qib
berish va o‘qishni eng qiziqarli joyda to‘xtatib, qolgan qismini
bolalarning o‘zlariga havola qiladi. Bolalar asar mazmunini
rasmlar orqali so‘zlab berishi mumkin.


47
Ikkinchi yarim yillikdan boshlab hikoya, ertak, rasm ishlan-
gan she’rlarni o‘qishni bolalarning o‘zlariga havola qilish mumkin.
Sinfdan tashqari o‘qish ishini shunday olib borish kerakki, bunda
bolalar o‘qilgan asarlar ustida fikr yurita olsinlar hamda yaxshilik
va yomonlik haqida o‘zlari xulosa chiqarsinlar. Bundan tashqari
tarbiyachi bolalarning o‘qigan kitoblari haqida individual suhbatlar
o‘tkazadilar.
Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlar va maktab-internatlarda
bolalar individual kitobxonligini yo‘lga qo‘ymoq lozim. Shu
maqsadda kuni uzaytirilgan ba’zi maktablar, sinflar va guruhlarda
o‘qish uchun kitoblar ro‘yxati tuziladi va maktabning ko‘rinarli
yeriga osib qo‘yiladi. Jamoa kitobxonlik vaqtida tarbiyachi yangi
chiqqan va navbatda o‘qilishi lozim bo‘lgan kitoblar ko‘rgazmasini
tashkil qiladi.
2-sinfda o‘quvchilar yangi-yangi kitoblar bilan tanishadilar.
Muallifni, kitob nomini uning qisqacha mazmunini eslab qola-
dilar. Kitoblarni bolalar mustaqil ravishda o‘qiyoladilar. 3-sinfda
badiiy asarlardan tashqari ilmiy-ommabop asarlardan ham
foydalaniladi. Bu sinfda o‘quvchilar mashhur chet el bolalar
yozuvchilari hayoti va ijodi bilan ham tanishadilar. Yozib borish
uchun daftarlar, kundaliklar tutib, ularga muallifning familiyasi,
ismi va otasining ismini, kitobning nomini, bosh qahramonlarni,
o‘qilgan narsalar haqida o‘z fikrlarini yozib boradilar. 4-sinfda
bolalar kitob qahramonlarining xatti-harakatlarini baholashlari,
matn mazmunidan dalillar keltirishlari va o‘qilgan kitob yuzasidan
o‘z fikrlarini yoza olishlari kerak.
Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruh, maktab-internat
tarbiyachilari bolalarning o‘qigan kitoblari haqida individual
suhbatlar o‘tkazadilar. Bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishining
ortishi maktab va maktab-internat kutubxonalarining kitob
fondlariga ham bog‘liqdir.
Maktab dasturi bo‘yicha o‘rganish uchun zarur bo‘lgan kitob-
larning majburiy ro‘yxatidan tashqari bolalar uchun yozadigan
boshqa mualliflarning kitoblarini ham tavsiya etish mumkin.
Kitobni o‘qib chiqqandan keyin mavzuiy ertalik, adabiy viktorina
o‘tkazish foydalidir. Hamma bolalarni kutubxonaga a’zo bo‘lish-
lariga erishish kerak. Tarbiyachi bolalarning o‘qishini nazorat
qilishi, tizimga solishi va yo‘naltirib turishi lozim. O‘quvchilarning
kundaligi yoki yozuv daftari bo‘lishi shart, ular bunga o‘qigan


48
kitob yoki uning parchasi haqidagi o‘z taassurotlarini yozib
qo‘yishlari yoki katta rasm (surat) tariqasida chizishlari ham
mumkin.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘lkashunoslik materiallaridan
keng foydalanish lozim. Bolalar Q. Hikmat, Q. Muhammadiy,
A.Obidjon, T. Adashboyev she’rlarida yorqin tasvirlangan jonajon
o‘lka tabiati bilan albatta tanishishlari kerak. Tarbiyachi o‘quv-
chilarga O‘zbekiston tarixi to‘g‘risida, bu yerdagi oddiy odamlar
mustaqillikkacha va mustaqillikka erishgandan keyin qanday
yashayotganliklari haqida gapirib berishi, o‘tgan kunlarni bugungi
kun bilan taqqoslashi kerak.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda dasturga muvofiq sinfdan
tashqari o‘qish uchun 32 soat, ya’ni haftasiga 1 soat ajratilgan.
Tarbiyachi sinfdan tashqari o‘qish uchun ajratilgan kunlar-
dan foydalanib, umumiy o‘qish madaniyatini ko‘tarishga yordam
berishi va bolalarning mualliflar to‘g‘risidagi tasavvurlarini chu-
qurlashtirishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlar bolalarda o‘qish-
ga bo‘lgan talab-ehtiyojni uyg‘otishi, o‘qilgan matnni idrok
qilishga, fikr yuritishga, o‘qiyotgan asar ichiga chuqurroq kirib
borishiga undashi lozim. O‘qilgan kitoblar bo‘yicha gapirib
berishni keng yo‘lga qo‘yish zarur, chunki bu ham bolalarni
o‘qishga qiziqishini uyg‘otadi.
Xullas, kitob o‘qishni tizimli ravishda uyushtirishi va o‘qilgan
kitoblar muhokama qilinib borishi o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan
qiziqishini orttiradi.
MUSIQA MASHG‘ULOTLARI
Kuni uzaytirilgan guruhlarda musiqa mashg‘ulotlari katta
ahamiyatga ega, chunki bunda o‘quvchilar didi har tomonlama
shakllanadi, ularning barcha xususiyatlari shu jarayonda
o‘rganiladi. Bolalar bilan yanada yaqinroq tanishish, ularning
yutuq va kamchiliklarini aniqlash va nuqsonlarini o‘z vaqtida
bartaraf etishda bu mashg‘ulot muhim ahamiyat kasb etadi.
Darsdan tashqari o‘tkaziladigan musiqa mashg‘ulotlari rejasi
musiqa darsi dasturi asosida tuziladi. Darsdan tashqari musiqa
mashg‘ulotining asosiy yo‘llanmasi mavzular rejasi va darslar
dasturiga tayanadi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, bir
tomondan, musiqa darsida olgan bilimlari yanada kengayadi,


49
ikkinchi tomondan esa bolada har xil musiqa tinglash va musiqa
mashg‘ulotlari jarayonida shu san’atga bo‘lgan qiziqish ortib
boradi.
Darsdan tashqari o‘tkaziladigan musiqa mashg‘ulotlari to‘ga-
rak mashg‘ulotiga o‘xshaydi. Lekin farqi shundaki, mashg‘ulot
butun guruh bilan dam olish paytlarida yoki muayyan vaqtda
o‘tkaziladi. Shu bilan birga yana bir narsani yodda tutish kerakki,
darsdan tashqari musiqa mashg‘ulotlarida shu soha bo‘yicha keng
yo‘llanma beriladi va o‘z ichiga xilma-xil shakllarni qamrab oladi:
uni guruh bo‘lib, jamoa bo‘lib, yakka holda tashkil etish mumkin.
Bunga yana har xil ertaliklarni, bayramlarga bag‘ishlab tayyorla-
nadigan ikkinchi konsertlar, viktorinalarni qo‘shish mumkin. Ma-
salan, darsdan tashqari mashg‘ulotni o‘yin sifatida o‘tkazish yoki
musiqa haqida suhbat-viktorinalar uyushtirish, xor bo‘lib ijro etish
va ritmik harakat qilish shular jumlasidandir. Darsdan tashqari
mashg‘ulotning turlicha bo‘lishiga qaramay, uning yo‘nalishi bir
bo‘lib, musiqa darsi dasturi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak va O‘zbe-
kiston xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Bu mashg‘ulotning to‘garak mashg‘ulotlaridan farqi shunda-
ki, agar to‘garakda 10—15 o‘quvchi qatnashsa, kuni uzaytirilgan
guruhlarda 25—30 o‘quvchi qatnashishi mumkin, lekin u har
haftada bir marta 30 daqiqadan o‘tkaziladi.
Sinfdan tashqari musiqa mashg‘ulotlarining musiqa darsiga
o‘xshashligiga va o‘quv dasturi bilan bog‘liq bo‘lishiga qaramay,
ular bir-birlaridan tubdan farq qiladi. Masalan, darsdan keyingi
mashg‘ulotlarda ko‘proq o‘yin metodi qo‘llaniladi. O‘quvchining
qiziqishlari hisobga olinib, maktabda nishonlanadigan bayramlarga
jamoa bo‘lib tayyorlaniladi. Darsdan tashqari mashg‘ulotda
o‘qituvchi har xil metodlar qo‘llashi mumkin. Xalq musiqasiga
bag‘ishlangan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ashu-
laning ohangini, kuyining ritmini va o‘ziga xos navosini o‘rga-
nishadi. O‘zbek xalq musiqasi orqali o‘quvchilar xalq hayoti va
turli-tuman an’analari bilan tanishadi, xalq og‘zaki ijodi asosida
tayyorlangan musiqali o‘yinlar o‘ynaydi. Bu bolalarni o‘zbek xalq
raqslari va qo‘shiqlari bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega.
N. Qodirov qayta ishlagan bir ovozlik va ko‘p ovoz uchun
mo‘ljallangan «Oq terakmi, ko‘k terak», «Choriy chanbar», «Zuv-
zuv boragay», Sh. Yormatovning «Sog‘lom avlod», «Salom,
maktab», «O‘ynadik, hech to‘ymadik» va boshqa musiqalar shular
4 — K. Hoshimov


50
jumlasidandir. Bolalar o‘yinda o‘zlarini juda erkin his qilishadi
va ularda musiqaga bo‘lgan havas rivojlanadi. Darsdan tashqari
musiqa mashg‘ulotlari musiqa eshitish, xor bo‘lib ijro etish,
cholg‘u asboblarida kuy chalish, ritmik harakat qilish kabi ijodiy
vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Dasturga didaktik o‘yinlarning kiritilishi o‘quvchilarning bilish
va o‘rganish qobiliyatini oshiradi. Mashg‘ulot jarayonida
o‘quvchilarning hammasi bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lishadi.
Darsdan tashqari musiqa mashg‘ulotlarida o‘qituvchi o‘quv
dasturiga tayangan holda o‘zbek bastakorlarining qo‘shiqlaridan,
multfilmlar, kinofilmlardagi qo‘shiqlardan keng foydalanadi. Bu
bolaning ma’naviy dunyosini boyitadi.
Kuni uzaytirilgan guruhning I sinfi uchun musiqa mashg‘u-
loti.
Uchinchi hafta.
Mavzu: O‘zbek xalq qo‘shiqlari.
1. O‘zbek xalq qo‘shiqlari haqida suhbat.
2. O‘zbek xalq qo‘shiqlarini tinglash.
3. Ijro etiladi: «Oq terakmi, ko‘k terak» o‘zbek xalq qo‘shig‘i.
4. Didaktik o‘yin. Ohangidan aniqlash.
O‘zbek xalq qo‘shig‘i haqida suhbat o‘tkazilsa, o‘quvchilar
xalq ijodiyotining qiziqarli olami bilan yaqindan tanishadi. O‘zbek
xalq qo‘shiqlari oddiy iste’dodli odamlar tomonidan ijod qilinadi,
oylar, yillar o‘tishi bilan ular sayqallashadi. Bu sayqalni xalq
beradi. Xalq qo‘shiqlari qalbga juda yaqin, chunki ularda xalqning
quvonchi va tashvishlari, orzu-umidlari, g‘am-alami o‘z ifodasini
topgan bo‘ladi. Ularning so‘zi va musiqasi bir-biriga tabiiy ra-
vishda birikib, uyg‘unlashib ketgan bo‘ladi.
Tarbiyachi musiqaviy mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning
ritmik tuyg‘ularini rivojlantirish uchun turli o‘yinlardan foyda-
lanishi mumkin. Bunda o‘qituvchi ma’lum bir qo‘shiqning kirish
qismi ritmini beradi, bolalar esa qarsak bilan takrorlab,
qo‘shiqning nomini aytadilar. Bu xildagi o‘yinlar boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari bajaradigan musiqaviy obrazlarni ifodalovchi
musiqaviy-ritmik (marshirovka, oyoq uchida yurish, yugurish va
boshqalar) harakatlarni musiqaga moslash usuli orqali amalga
oshiriladi. O‘quvchilar bilan musiqa jo‘rligida ritmik harakatlarni
bajarish ularning jismonan sog‘lom, baquvvat, chiniqqan bo‘lishi-


51
da va bolalar organizmining to‘g‘ri rivojlanishida muhim aha-
miyatga ega.
Musiqaviy-ritmik tarbiya berishning asosiy vositasi maxsus
ishlab chiqilgan musiqaviy-xarakterli faoliyat hisoblanadi. Musi-
qaviy-ritmik tarbiya berishning quyidagi vositalari mavjud:
— musiqa savodining elementar asoslari;
— harakatning musiqa bilan mosligini ta’minlovchi mashqlar;
— musiqaviy o‘yinlar;
— raqsga mos mashqlar;
— yurish va yugurish;
— anjomlarsiz bajariladigan mashqlar;
— milliy va zamonaviy raqs ko‘rinishlari;
— ritmik badantarbiya mashqlari.
O‘quvchilarning kuni uzaytirilgan sinf va guruh musiqaviy
mashg‘ulotlaridagi ishtiroki ixtiyoriy bo‘lib, ular:
— o‘zlari qiziqqan musiqa turi bilan shug‘ullanishi;
— mashg‘ulot mavzusi hamda dasturiga takliflar kiritish
imtiyozi;
— mashg‘ulotning o‘yin shaklida bajarilishi;
— maktabdan tashqari ma’lum madaniy-ma’rifiy muassasa-
larga sayrga chiqishlari kabilardir.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruh musiqa tarbiyasining maqsadi
o‘quvchilarning axloqiy-estetik sezgisi, e’tiqodi, musiqaviy didi
va ehtiyoji, bilim, ko‘nikma va malakalari, faoliyati, ijodiy
qobiliyatlari kabi musiqaviy madaniyatini tarbiyalashdan iborat
bo‘lmog‘i darkor.
Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internat tarbiyachi-
si musiqaviy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda quyidagi
sifatlarni o‘zida mujassam etmog‘i zarur:
— yuksak madaniyatli bo‘lish, san’atni chuqur bilishi, ovo-
zini, kayfiyatini idora qila bilishi, san’at va adabiyot sohasidagi
bilimini muntazam boyitib borishi;
— mashg‘ulot maqsadini to‘g‘ri tushuntira olishi;
— mashg‘ulotni tashkil eta bilishi, mashg‘ulotda egallangan
bilim va ko‘nikmalarni o‘quvchilarning kuzatishlari, hayotiy
tajribalari bilan bog‘lay olishi;
— mashg‘ulotni tashkil eta bilishi, mashg‘ulotda egallangan
bilim va ko‘nikmalarni o‘quvchilarning kuzatishlari, hayotiy
tajribalari bilan bog‘lay olishi;


52
— mashg‘ulot jarayonida axloqiy-estetik maqsadni to‘g‘ri va
aniq belgilashi; shuningdek, tarbiyachi tarbiyaviy ishlarni olib
borishda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan maqsad, vosita, obyekt,
subyekt kabi pedagogik faoliyatning tarkibiy qismlariga tayanishi
kerak.
Tarbiyachi kuni uzaytirilgan guruhlarning musiqa mashg‘u-
lotlarida yosh bolalar bastakorlari qo‘shiqlaridan bolalar ashula
va raqs ansambllari dasturlarida foydalanishi mumkin. Musiqa
mashg‘ulotlari dastavval bolalarning charchog‘ini yo‘qotadi, ruhan
tetik qiladi, qolaversa, go‘zallik didini, ohanglar va tovushlarni
farqlay bilish qobiliyatini oshiradi.
Bu, albatta, juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shunday
ekan, kuni uzaytirilgan guruhlarda musiqa mashg‘ulotlariga
e’tiborni yanada oshirish lozim.
Qoidalar bilan tanishish mashg‘ulotlari. Bu xildagi mashg‘u-
lotlarda tarbiyachi aniq tanlangan metodik yo‘llanma asosida
bolalarni o‘quvchilar qoidalari bilan tanishtirib boradi. Bu ular
xulq-atvorini yanada yaxshilashga imkon beradi. O‘quvchilar
qoidalarida bolaning maktabda, uyda, jamoa orasida o‘zini
tutishiga doir maslahatlar o‘z aksini topgan.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda qoidalar bilan tanishtirish turli
mashg‘ulotlar va usullar bilan o‘tkazilishi mumkin. Tarbiyachi
turli-tuman sahna asarlaridan parchalar namoyish etadi, savol-
javob soatlari va bahslarni tashkil qiladi, hayotga yaqin bo‘lgan
pedagogik vaziyatlarni o‘yin tarzida uyushtiradi. Bularning bar-
chasi o‘quvchilar qoidalari mazmuni asosida o‘tkaziladi. Ammo
bu mashg‘ulotlar quruq yodlab olish emas, balki o‘quvchilarning
huquq va axloqiy tarbiyasiga singib, erkin idrok etishga asoslanishi
lozim.
Tarbiyachi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshini hisob-
ga olishi, asta-sekin huquq va burchga to‘g‘ri munosabatda bo‘lib,
nima mumkin-u, nima mumkin emasligini bolalar ongiga singdi-
rishi zarur. Bu mashg‘ulotlarning maqsadi o‘quvchilar orasidagi
har xil nojo‘ya xatti-harakat va huquqbuzarliklarning oldini olish,
turli illatlarning salbiy ta’sirini bartaraf qilishdir. Bolalar jamoa
bo‘lib, muayyan ijodiy ishlarni amalga oshirsalar, belgilangan
tartib-intizomni qo‘llab-quvvatlab, unga amal qilsalar, ko‘zlangan
maqsadga yetishish mumkin.


53
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qoidasida, sanitariya-gigiyena
va ko‘cha harakati qoidalari, bolalarga g‘amxo‘rlik qilish birinchi
darajaga chiqarilgan. Bolalarning shu qoidalarni puxta egallashlari
uchun tarbiyachi turli metodlardan foydalanishi mumkin. Ko‘cha
harakati qoidalarini bilish hozirgi texnika asrida barcha uchun
juda zarurdir.
Guruh mashg‘ulotida tarbiyachi xonada ko‘cha tuzilishini
chizishi mumkin va shu chizma-belgilar orqali ko‘chada harakat
qilish qoidalarini o‘rgatadi, mashq qildiradi. Bu o‘yin-mashg‘ulotni
bolalar havas bilan bajarishadi. Chunki u o‘yin shaklida o‘tadi.
Bu ko‘cha harakatini o‘rgatishning eng sodda shaklidir. So‘ng
tarbiyachi mashg‘ulotning murakkabroq shakllariga asta-sekin
murojaat etishi mumkin. Ko‘cha harakati qoidalarini o‘rganish
guruh-guruh bo‘lib, musobaqa shaklida ham amalga oshirilishi
mumkin. Kutubxona xizmatidan to‘g‘ri foydalanish, u yerda o‘zini
tuta bilish qoidalari ham bolalar uchun nihoyatda kerak.
Kuni uzaytirilgan guruhda tarbiyachi kutubxonaga kirganda,
shovqin qilmaslik, baqirib, ya’ni baland ovoz bilan gapirmaslik
zarur ekanini tushuntiradi. Bolalarga bu malakalarni singdirish
uchun tarbiyachi ularga kichik-kichik rollarni bo‘lib berishi va
oynatishi mumkin. Masalan, bir o‘quvchi kutubxonachi, boshqasi
kitobxon rolini o‘ynaydi. Qolgan bolalar esa zalda kitob o‘qib
o‘tiradilar.
Kitobxon-o‘quvchi bilan kutubxonachi-o‘quvchi muayyan
kitobni olish haqida sekin ovozda gapirishadilar.
Bunday mashg‘ulotlar ozodalik, yaxshi o‘qish, kattalarni
hurmatlash, o‘zidan kichiklarga g‘amxo‘rlik qilish singari ko‘pgina
mavzularda o‘tkazilishi mumkin. Ko‘rgazmali mashg‘ulotlar kuni
uzaytirilgan guruhda yaxshi samara beradi.
Xulosa qilib aytganda, bolalarga qoidalarni o‘rgatish mashg‘u-
lotlari ularning kundalik hayotida katta ahamiyatga ega. Shuning
uchun bunday mashg‘ulotlarni bolalar maktabga ilk qadam
qo‘ygan kunidanoq boshlash lozim.
Mehnat tarbiyasi. Mehnat — jamiyat taraqqiyoti, jahondagi
barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning manbayidir. Mehnat
kishining va kishilik jamiyatining eng zarur yashash shartidir.
Mehnat inson hayotining mazmunidir. Mehnatning ulug‘vorligi
inson va uning aqli, tafakkuri, ijodiy intilishlari, yaratuvchanlik
qobiliyati, his-tuyg‘ularini kamol toptirishidadir. Mehnat inson-


54
ning o‘zini shakllantiradigan, uning aqliy va jismoniy kamolotiga
yo‘l ochib beradigan kuchdan iboratdir.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarning asosiy vazifalaridan biri
bolalarni birinchi sinfdan boshlab ijtimoiy foydali mehnatga
tayyorlashdir.
Haqiqatan ham, mehnat kishining kamolotga yetishiga va
unda eng yaxshi insoniy fazilatlarning paydo bo‘lishi hamda
rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omildir. Mehnat bilan
shug‘ullangan bola mustaqil hayot uchun zarur bo‘lgan odat va
malakalarni egallaydi, o‘zining iste’dod va qobiliyatini takomil-
lashtirib boradi hamda odob, intizomga o‘rganadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach respublika rahbariyati etishni
maktab ta’limi va tarbiya jarayoni, ayniqsa, mehnat tarbiyasini shu
kun talabi asosida tashkil qilish masalasiga e’tiborni qaratib, elektron
hisoblash mashinalari va kompyuterlar bilan ishlash, ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish va robotlashtirish, mehnatni ilmiy asos-
da tashkil etish, mehnat jamoalarini xususiylashtirish singari vazifa-
larni ham ilgari surdi. Shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlod
tarbiyasi, xususan, mehnat tarbiyasi haqida doimo g‘amxo‘rlik qilib
keladi. Mehnat tarbiyasining maktabdagi asosiy negizi, uning bosh
vazifasi o‘quvchilarda mehnatga ijodiy munosabatni tarkib
toptirishdir. Jamiyat manfaati uchun qilingan mehnat kishini axloqiy
chiniqtiradi, uning burch hissiyotini tarbiyalaydi. Bolalar mehnatini
tashkil etganda, mehnatning mazmunini tushuntirish, uning ijtimoiy
ahamiyatini o‘quvchilarga anglatish kerak. Shunda ular mehnatsiz
yashash mumkin emasligini, mehnatning shodlik va baxt keltirishini
anglab yetishlari mumkin.
Kuni uzaytirilgan guruhda o‘ziga-o‘zi xizmat qilish, bolalarni
mehnatga tayyorlash muhim o‘rin egallaydi. Guruh xonasida, maktab
hududida, sport maydonchasida, oshxonada tozalik va saramjonlikni
saqlash o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatishning dastlabki bosqichi bo‘lishi
mumkin. O‘ziga-o‘zi xizmat mehnat, malaka va odatlarni shakllan-
tiradi, kattalar mehnatini qadrlashga o‘rgatadi, irodani mustahkam-
lashga yordam beradi. Mehnatga psixologik va amaliy tayyorgarlik
mehnat ta’limining ajralmas qismi hamda yakuniy bosqichi —
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishida davom ettiriladi.
O‘quvchilar tarbiyachilarning jinsidan qat’i nazar, yaxshi
fuqaro bo‘lishlari bilan birga yaxshi ro‘zg‘or boshqaruvchi kishi
bo‘lib o‘sishlari lozim.


55
Ayrim tarbiyachilar o‘g‘il bolalar tarbiyasini qiz bolalar
tarbiyasidan farq qilish kerak, deb o‘g‘il bolalarni bichish-tikish,
ovqat pishirish, pol yuvish, supirib-sidirish kabi ishlardan ko‘pin-
cha chetlashtirib, ta’lim-tarbiyada xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar.
Bizningcha, o‘g‘il bolalarga ham turmushda g‘oyat zarur bo‘lgan
hamma ishni qilishni o‘rgatish kerak. Mehnatni taqsim qilishda
o‘g‘il va qiz bolalar deb ajratmay, navbati bilan barcha ishlarga
jalb etish lozim.
Guruhda ijtimoiy-foydali mehnatga (guruhda va oshxonada
navbatchilik qilish, yig‘ishtirish, maktab hududini tartibga solish,
kutubxonadagi kitoblarni ta’mirlash kabilar) alohida e’tibor
beriladi.
1-sinf dasturida qog‘oz, gazlama bilan ishlash, qishloq xo‘jalik
mehnati nazarda tutiladi. Tarbiyachi guruhda bolalar bilan
birgalikda turli xil buyumlarni, o‘quv qurollari, o‘yinchoqlar,
turmushda kerak bo‘ladigan narsalar, archa o‘yinchoqlarini
yasashi mumkin. Mehnat mashg‘ulotlarida turli narsalar: toshlar,
har xil narsalarga o‘xshagan novda va ildiz, g‘altak, gugurt qutisi,
plastilin, loy, ganch va shu kabilardan foydalanib, buyumlar
yasaydilar. Bu ham bolani mehnatga tayyorlaydi. Qishloq xo‘jalik
mehnati xona gullariga qarash va maktab uchastkasida ishlashdan
iborat, bolalar bahorda ko‘chat o‘tqazishlari, yerni yumshatish-
lari, sug‘orishlari mumkin. Bu ish 2-sinfdan boshlanishi mumkin.
3-sinfda mehnat tarbiyasi bilan bog‘liq ishlar ancha murakkab-
lasha boradi: muqovali kitoblar, mehnat, ona tili va boshqa darslar
uchun tarqatma materiallar saqlanadigan qutichalar yasashadi,
gazlamadan pilotka, qo‘g‘irchoq teatri uchun kiyim-kechaklar
tikiladi. Turli figuralarni yashashda plastilin, loy, ganchdan
foydalaniladi.
3-sinfda qishloq xo‘jalik mehnati ko‘p yillik o‘simliklarni
parvarish qilish, xona o‘simliklarini o‘tqazish, sabzavot ekinlarini
yog‘och qutilarda o‘stirishdan iborat.
4-sinfda yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, yog‘ochni
arralash va kuydirib, naqsh solish, o‘yinchoq, uy jihozlarini
tayyorlash ishlari bajariladi.
Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda hamma ishni shu sinf
o‘quvchilarining kuchi bilan bajarish qiyin, shuning uchun kuni
uzaytirilgan guruhlarda o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish ishlarida
yuqori sinf o‘quvchilarining quyi sinf o‘quvchilariga otalig‘ini


56
uyushtirish lozim. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari 1-sinf, 6-sinf
o‘quvchilari 2-sinf, 7-sinf o‘quvchilari 3-sinfga, 8-sinf o‘quvchilari
4-sinf o‘quvchilariga otaliq qilishlari mumkin.
Maktabda o‘ziga-o‘zi xizmat qilish ishi belgilangan ma’lum
soatlarda o‘tkazilsa, katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Masalan, 1- va 2-sinf o‘quvchilari uchun o‘rta hisob bilan bir
kunda 30 daqiqa, 3—4-sinf o‘quvchilari uchun 45 daqiqa ajra-
tish lozim.
O‘ziga-o‘zi xizmat qilish ishlariga o‘qituvchilar, tarbiyachi-
lardan tashqari ota-onalarning, otaliq qiluvchi tashkilotning,
«Kamalak» boshlang‘ich tashkiloti va «Kamolot» YIHning faol
qatnashishi, kerak narsalar bilan ta’min etilishi mehnat tarbiya-
sini ommaviy tusga aylantirishda katta rol o‘ynaydi.
O‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, tizimli, to‘g‘ri olib
borish uchun tuzilgan maktab direktori ish rejasini tarbiyachilar
o‘zlarining tarbiyaviy ish rejasiga alohida bo‘lim qilib kiritsa, shu-
ningdek, ota-onalar qo‘mitasi, «Kamalak» boshlang‘ich tashkiloti
va «Kamolot» YIH faoliyati ham aks ettirilsa maqsadga muvofiq
bo‘lur edi.
Tarbiyachi mehnat tarbiyasi bo‘yicha olib boradigan ishida
bolalar mehnatini jamoatchilik mehnatiga aylantirishi lozim.
Bolalarning birgalikda ishlarini ayniqsa qadrlamoq lozim — bu
jamoa mehnatning kurtagidir. Mehnat ta’limi estetik tarbiya bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lishi lozim. Ana shundagina bolaning
mehnatga bo‘lgan qiziqishi, mehr-muhabbati orta boradi.
Bolalarning mehnat tarbiyasi bilan estetik tarbiyasini qo‘shib
olib borishni turli vositalar orqali amalga oshirish mumkin.
Chunonchi, kuni uzaytirilgan guruhda bolalar guruh xonalarini
saranjom, go‘zal tutishini, tushlik uchun stolni chiroyli qilib
tuzashni, qizlar mashina va qo‘lda narsalarni did bilan tikishni,
o‘g‘il bolalar arralashni va kuydirib naqsh solishni o‘rganadilar.
Bolalar, odatda, plastilindan turli narsalarni yasashni, raqs tushish,
qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘radilar. Mashhur sanalarga bag‘ishlab
devoriy gazetalar chiqariladi va fotomontajlar jihozlanadi. Stend,
ko‘rgazma, albom, kecha, konsert va shu kabilarga tayyorgarlik
ko‘riladi. Demak, tarbiyachi mehnat va estetik faollikni tarkib
toptirishni maqsad qilishi lozim. Shuningdek, bolada estetik
faollik uyg‘otish uchun uni har bir narsaga ijodiy yondashishga:
o‘z fikrini qo‘shish va uni ro‘yobga chiqarishning yangi yo‘llarini
izlashga o‘rgatish maqsadga muvofiq.


57
Har narsaga sa’y-harakat orqali erishiladi. Zahmat chekib
mehnat qilish insonlarni orzulariga yetkazadi, ularga sevinch va
shodlik libosini kiydiradi. Qat’iyat bilan ishga bel bog‘laganlar
erta-yu kech o‘z maqsadlariga yetadilar.
O‘z maqsadlariga erishish uchun esa har bir sohada chidam-
lilik, ishbilarmonlik, g‘ayrat va shijoat talab qilinadi. Ana shunday
xislatlarga ega bo‘lgan tarbiyachi bolalarda ham shu xislatlarni
shakllantira oladi. Ayniqsa, mehnat tarbiyasi tarbiyaning barcha
turlari uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Chunki insondagi barcha
fazilatlar mehnat orqali shakllanadi.
«Tarbiyachining o‘zi, agar insonning haqiqatan baxtiyor
bo‘lmog‘ini xohlasa, insonni rohat to‘shagida yotishi uchun
tarbiyalamasligi, balki uni turmush mehnatiga tayyorlashi lozim...»
— deb yozgan edi bundan yuz yillar muqaddam K. D. Ushinskiy.
Rus pedagogining bu fikri bizning davrda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotgani yo‘q.
Mehnat va mehnatsevarlik shaxs kamolotida alohida o‘rin
tutadi. Bolalarni yoshlikdan mehnatsevarlikka o‘rgatish, mehnatga
mehr-muhabbatini uyg‘otish muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Mehnatning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u bolalarni ijtimoiy
foydali ishlarga tayyorlash bilan ularni axloq ruhida tarbiyalashda
ham muhim vositadir. Chunki axloq dastlab turmush tajribasida,
mehnat jarayonida hosil bo‘ladi. Insonda hamma yaxshi fazilatlar
erkin mehnat tufayli paydo bo‘lgani kabi, yoshlardagi kamtarlik,
mehnatsevarlik, intizomlilik, vatanparvarlik, halollik kabi xislat
ham mehnat jarayonida o‘sib yetishadi va mustahkamlanadi. Bo-
lalarni maktabda va maktabdan tashqarida mehnat bilan bevosi-
ta shug‘ullantirmay turib, ularni aqliy va jismoniy mehnatga ongli
munosabatda bo‘lishga o‘rgatish mumkin emas.
Mehnat tarbiyasi deganda, faqat zavod, fabrika yoki qurilish-
da, dalada ishlashga tayyorlashgina emas, yoshlarni o‘quv meh-
natiga, san’at, adabiyot, madaniyat borasidagi aqliy-ijodiy meh-
natga ham hozirlash tushuniladi. Mehnat tarbiyasi mukammal,
jozibali mashg‘ulotga aylansa, o‘quvchi har bir ishga muhabbat,
zo‘r uyushqoqlik va ishchanlik bilan kirishadigan bo‘ladi.
Bolalar qiladigan ishi, bajaradigan topshiriqlarning mohiyatini
tushunsa, unga qiziqadi, qiziqish g‘ayrat bilan ishlashga undaydi.
Shunga e’tibor berish kerakki, o‘quvchiga tavsiya etiladigan ishlar
ularning kuch va qobiliyatlariga mos bo‘lishi lozim. Kuni uzayti-


58
rilgan guruh o‘quvchilarining madaniy hordiq chiqarish paytlarida
buyuk ajdodlarimiz, allomalarimiz, o‘qimishli kishilar, ularning
jamiyatda tutgan o‘rinlari haqida suhbatlar o‘tkazish, o‘qish,
bilimli bo‘lish haqidagi maqollar, hikmatli so‘zlar va she’rlardan
o‘qib berish, o‘zlariga ham o‘qitib yod oldirib, mazmunini tu-
shuntirish lozim.
Buyuk bobokalonlarimiz Amir Temur, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur
singari ko‘plab allomalarning hayotlari, mehnat faoliyatlari va
buyuk meroslari dunyoga mashhurdir. Ularning aziz va mo‘tabar
kishilar sifatida ko‘p yillardan buyon xalqimiz dilida saqlanib,
hurmat bilan tildan tilga doston bo‘lib kelishlarining sababi,
ularning bilimli, ishbilarmon, xalq manfaati uchun xizmat qilgan
kishilar bo‘lganliklarini alohida mashg‘ulotlarda o‘qib, o‘rganib,
tushuntirib borish kerak. Shuningdek, hozirgi kunda yashayotgan,
xalq uchun xizmat qilayotgan va olqishga sazovor bo‘layotgan
bilimli kishilar, yetuk kashfiyotchilar haqida ham ma’lumotlar
berib borish maqsadga muvofiqdir. Bunday ishlar o‘quvchilarda
bilimli bo‘lishga, ana shunday kishilar izidan borishga qiziqish
uyg‘otadi.
O‘qish, o‘rganish, turli bilimlarni egallashda, mehnat, kasb-
hunar haqida xalq maqollari, hikmatli so‘zlar, badiiy asarlarning
ahamiyati beqiyosdir. O‘quvchilarga maqol, matal va hikmatli
so‘zlarni aytib, yod oldirish va ma’nosini tushuntirib singdirish,
ularni o‘quv mehnatiga nisbatan qiziqishlarini oshiradi. Masalan,
buyuk bobomiz Alisher Navoiyning kasb-hunar haqidagi satrlariga
e’tibor beraylik:
Quyoshni istasang, kasbni kamol et,
Kamol gar kasb etarkan bemalol et.
Alisher Navoiy, hatto quyosh qadar ko‘tarilmoqchi bo‘lsang
ham kasb o‘rgan. Kasbni chala-chulpa emas, puxta va qiyinchi-
liklarsiz bajara oladigan bo‘l, deyaptilar.
Endi mana bu xalq maqollariga e’tiborimizni qarataylik:
Daryo suvini bahor toshirar,
Odam qadrini mehnat oshirar.
Ish qilganga qop-qop,
Qilmaganga — bo‘sh qop.


59
Ishlaganning og‘zi oshga tegar,
Ishlamaganning boshi toshga tegar.
Ishning o‘zini bilguncha,
Ko‘zini bil.
Bu maqollarning ma’nosi o‘quvchilarga savol-javoblar asosi-
da tushuntirilsa, uning tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘ladi.
Maktabda birinchi sinfdan boshlaboq mehnat ta’limi darslari
o‘tila boshlaydi.
O‘qish, yozuv, matematika, badantarbiya va boshqa darslarda
mehnat turlari, kishilar mehnati haqidagi tushunchalari ortib
boradi. Individual mehnat bilan jamoa mehnat natijalarini farqlay
boshlaydilar.
Kuni uzaytirilgan guruh mashg‘ulotlari davomida o‘quvchi-
larning mehnat ta’limi darslarida olgan bilimlarini mustahkam-
lashga va mehnat jarayoniga faol qatnashganlariga alohida e’tibor
berish lozim.
O‘quvchilarni mehnatga qiziqtirish uchun ularni mehnatdagi
muvaffaqiyatlarini o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirib
borish kerak.
O‘quvchilar bilan mehnat mavzusida o‘tkaziladigan suhbat-
larning qiziqarli bo‘lishi uchun ularning ayrimlariga oldindan
topshiriqlar berib, ota-onalarining kasbi, ularning faoliyatlari haqi-
da gapirib berishlarini tashkil qilish kerak.
Bolalarning ko‘plari ota-onalarining qayerda va kim bo‘lib
ishlayotganliklarini juda yaxshi gapirib beradilar.
Tarbiyachi ularning fikrlarini umumlashtirib, barcha turdagi
kasblar ham foydali va zarurligini, insonni mehnat ulug‘lashini,
mehnat baxt kaliti ekanligini tushuntiradi.
O‘quvchilarning mehnat malakalarini shakllantirishda to‘ga-
raklarning alohida o‘rni bor. Guruhdagi o‘quvchilar qiziqishi va
qobiliyatlariga qarab to‘garaklarga biriktirib qo‘yiladi, haftaning
belgilangan kunlarida o‘quvchilar o‘zlari a’zo bo‘lgan to‘garak
mashg‘ulotlariga qatnashadilar. Bolalarning to‘garak mashg‘ulot-
lariga faol ishtirok etishlariga erishish uchun ularning to‘garak-
larda bajargan ishlaridan ko‘rgazmalar tashkil etish, g‘olib o‘quv-
chilarni rag‘batlantirib borish zarur.
Maktabda qaysidir bir kunni to‘garaklar kuni deb belgilash,
to‘garaklarni tarbiyachilarning o‘zlari ham boshqarishlari mumkin.


60
Har bir to‘garak rahbari to‘garak rejasi va mazmunini o‘zi
mustaqil belgilashi mumkin. Lekin barcha to‘garaklar:
— o‘quvchilarning tasavvur tushunchalarini kengaytirishi;
— fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishi;
— bilim malakalarini takomillashtirishi;
— o‘qishga, bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishi;
— mehnatning barcha turlariga qiziqishi va mehr uyg‘otishi
kabi umumpedagogik vazifalarni bajarishi lozim.
To‘garak mashg‘ulotlari qiziqarli bo‘lishi uchun tushuntirish
ishlarini olib borish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, sayohatlar,
musobaqalar uyushtirish singari tadbirlar almashinib turilsa,
o‘quvchilar to‘garakka ishtiyoq bilan qatnashadilar.
Quyida «Yosh tabiatshunoslar» to‘garagi haqida fikr yuritamiz.
Bu to‘garak ishlarini ikki yo‘nalishda rejalashtirish mumkin:
a) o‘simliklar hayotini o‘rganish;
b) hayvonot dunyosi bilan tanishish.
O‘simliklar hayotini o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berish
nazarda tutiladi:
1. To‘garak a’zolarini o‘simliklar hayotining umumiy qonu-
niyatlari bilan tanishtirish. Amaliy mashg‘ulotlar davomida
o‘simliklar ham tirik mavjudotlar singari ovqatlanish, nafas olish,
noqulay sharoitga tushib qolsa halok bo‘lishini ko‘rsatish.
2. O‘simliklar hayotini yaxshi bilgan kishi ularni o‘stirib,
yuqori hosil olishi mumkinligini hayotiy dalillar bilan tushuntirish.
3. O‘quvchilarga o‘simlik va daraxtlarning turlari ko‘pligini
aytish va ularning insoniyat uchun ahamiyati nimalardan iborat
ekanligini ko‘rsatish.
Maktab yaqinida chorvachilik fermasi bo‘lsa, mashg‘ulotlar
rejasida ana shu fermaga borish belgilanadi. U yerda ferma hayoti
bilan tanishish, sigir-buzoqlarning ovqatlanishi, ko‘payishi va
yangi zotlarning yaratilishi haqida qisman bo‘lsa-da, tushunchaga
ega bo‘lishi nazarda tutiladi.
To‘garak a’zolari o‘simliklar hayotini o‘rganishda, hayvonot
dunyosi bilan tanishishda aniq topshiriq va vazifalar olishlari, faol
qatnashishlari, har bir topshiriqning natijasini vaqti-vaqti bilan
hisobga olib borishlari lozim.
Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlarda ta’lim-tarbiya ishlarini
yaxshilashda javobgarlik, intizomlik, tashabbuskorlikni o‘stirishda
va ijtimoiy foydali mehnatga munosabatni kuchaytirishda tarbiya-


61
lanuvchilar o‘rtasida uyushtiriladigan musobaqa katta rol o‘ynaydi.
Musobaqada o‘ziga-o‘zi xizmat qilishning olib borilishi tarbiyachi
va maktab ma’muriyati rahbarligida tuzilgan maxsus komissiya
tomonidan nazorat qilinib boriladi. Har kuni sinflarning tozaligini
komissiya tekshirib, har bir sinfga baho qo‘yadi. Qo‘yilgan ba-
holar har haftada maktab bo‘yicha uyushtirilgan lineykada
o‘qituvchi-tarbiyachilar jamoasi, maktab direktori ishtirokida
muhokama qilinadi hamda yakunlanadi. O‘z sinflarining ozodaligi
uchun kurashgan, topshiriqlarni bajarishda, o‘qishda va xulqida
yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan eng yaxshi guruhga maktabning
«Sharaf» vimpeli tantanali ravishda topshiriladi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilar ishlagan eng yaxshi rasmlar,
naqshlar, ular tikkan kiyimlar, turli qog‘ozlardan hamda yog‘och-
dan ishlangan ijod namunalari bo‘yicha ham tanlovlar o‘tkazilib
turiladi. Bunday tanlov bolalarda hunarga va mehnatga bo‘lgan
ishtiyoqning oshishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, tarbiyachining mehnat ta’limi, avvalo,
o‘quvchilarning iste’dodini aniqlash va imkoni boricha is’tedod-
ning takomillashishiga yordam berishi kerak.
Shuningdek, ularni haqiqatan ham «Odamning husni meh-
natda» ekanligiga, «Mehnat — rohat» ekanligiga ishontirish lozim.
Estetik tarbiya. Hozirgi zamon pedagogikasining muhim
muammolaridan biri e’tiborni bolalar va yoshlarning estetik,
badiiy, nafosat tarbiyasiga qaratishdir. Pedagogika ta’lim-tarbiyani
yagona jarayon deb qarab, bu borada san’atga muhim o‘rin
ajratadi va unga ma’lum vazifalarni yuklaydi. Estetik tarbiyaning
maqsadi bolalarni san’at asarlari bilan tanishtirishgina bo‘lmay,
balki bola shaxsini rivojlantirish, uning estetik his-tuyg‘ularini va
ehtiyojini tarbiyalash hamdir.
San’at mashg‘ulotlari kuni uzaytirilgan guruhlarda go‘zallik
tarbiyasining muhim omillaridan hisoblanadi. Xushmuomala,
yaxshi munosabat, kishilar bilan o‘zaro aloqa qilish madaniyati
go‘zallik tarbiyasi bilan bevosita bog‘liqdir.
Tasviriy san’at mashg‘ulotlarini biror mavzuga tegishli turkum-
lar bilan uzviy ravishda bog‘lash, uning mazmunida Vatan, xalq,
mehnat, tinchlik uchun kurash, tabiatga muhabbat, Orolni saqlab
qolish kabi g‘oyalar bo‘lishi lozim. Shuningdek, marka kollek-
siyalari, jurnallar reproduksiyasi, haykaltaroshlik, haykallar, ba-
relyeflar, kashta tikish, to‘qish, matolar, applikatsiyalar, o‘yma-


62
korlik, bolalar o‘yinchoqlari ham bolalarning didini o‘stirishda
yordam beradi.
Tarbiyachi mashg‘ulotda oq, rang-barang qog‘ozlar, bo‘yoq,
cho‘tkalar, loy yoki plastilin, yelim, qaychilardan foydalanishni
tavsiya etadi. Mashg‘ulot 1—1,5 soat davom etadi. Kirish qismiga
10—15 daqiqa, mustaqil ishga 40—45 daqiqa, yakunlashga
10—15 daqiqa ajratiladi.
Agar o‘quvchi bu mashg‘ulotda o‘zining kuzatishlarini jamoa-
ning ijodiy ishlariga bog‘lay olsa, o‘quvchilarning bu mustaqil
ishlari tarbiyachi tomonidan rag‘batlantiriladi. Mustaqil ish dav-
rida tarbiyachi har bir o‘quvchiga yakkama-yakka yordam ko‘r-
satib, ishning eng qiziq joyini va o‘quvchining tashabbuskorligini
ma’qullaydi.
Mashg‘ulotning yakuniy qismida tarbiyachi bajarilgan ishlar-
ni jamoaning muhokamasiga qo‘yadi, o‘quvchilar esa o‘z fikrla-
rini aytishadi. Eng yaxshi ishlar guruh yoki maktab ko‘rgazma-
siga qo‘yiladi.
Tarbiyachi bolalarning ish natijalarini baholaganda quyida-
gilarga e’tibor beradi:
1. Kuzatish; xayoliy ishlar mazmunini ko‘rsatish.
2. Fikrning mustaqilligi.
3. Ishda tirishqoqlik.
4. Ishning umumiy badiiy ifodasi va uning yakuni.
5. Tasviriy san’at texnikasini puxta egallash va har xil mate-
riallar hamda ish uskunalari bilan ishlash kabilarga.
Estetik tarbiyaning vazifasi bolalarda estetik didni tarbiyalash-
dir. Hissiyot madaniyatini tarbiyalash, go‘zallik qonunlarini to‘liq
va chuqur tushuna bilish qobiliyatini o‘stirish vazifasi tarbiya-
chilar oldiga bir qator talablar qo‘yadi, ya’ni:
1. Bolaning ma’naviy dunyosini boyitish kerak, bolalarni
tabiatni kuzatishga, mehnatda bilim va tajriba to‘plashga, odamlar
bilan muomala qila bilishga, musiqa tinglashga, me’morlik
yodgorliklarini tushunishga o‘rgatish.
2. O‘quvchilarni o‘rab turgan tabiat go‘zalliklarini ongli idrok
qilishga: eshitish, tinglash, ko‘rishga va olgan taassurotlaridan
xulosalar chiqara bilishga o‘rgatish.
3. Bolalarda go‘zallik, hayolilik, komillik haqida tasavvur hosil
qilish.


63
4. Bolalarda estetik mustaqillikni va shu orqali estetik mayl-
larni tarbiyalash.
K. D. Ushinskiy so‘zlari bilan aytganda, tabiat bolalarning eng
yaxshi tarbiyachisidir. Mashhur pedagog V. A. Suxomlinskiy
yozganidek: «Biz bolalar bilan dala va maysazorga, daryo va
anhorlar qirg‘og‘iga, sersoya daraxtzor va o‘rmonzorga, mevali
bog‘larga boramiz — go‘zallik hamma joyda ham mavjud, uni
faqat bolaning ko‘zi oldida ochib bera olish kerak»
1
. Dasturning
estetik tarbiya bo‘limiga rassomlar va ularning asarlari, kompo-
zitorlar va ular yaratgan kuylar, inson qalbining go‘zalligi haqidagi
suhbat mavzulari kiritilgan. Tinglash uchun tavsiya etiladigan
musiqa asarlarining nomi ham, bolalar badiiy havaskorlik ishlari
ham shu bo‘limda berilgan.
I va IV sinf o‘quvchilarining yoshi ular qalbiga san’atga
bo‘lgan muhabbatni chuqurroq singdirish uchun eng qulay hisob-
lanadi. Bolalar ko‘proq o‘zbek xalq qo‘shiqlari, Chaykovskiyning
«Bolalar albomi», «Yil fasllari», I. Akbarovning «Onamlar
bayrami», «Archa qo‘shig‘i», F. Nazarovning «Paxtaoy», «Makta-
bim», «Vatan — bizning onamiz»; D. Zokirovning «Yangi yilim —
yaxshi yilim», «Bulbul», «Binafsha qo‘shig‘i»; Rustam Abdul-
layevning «Charxpalak», «Shodlik qo‘shig‘i», «Navro‘z qo‘shig‘i»;
Sh. Yormatovning «Sog‘lom avlod», «O‘ynadik, hech to‘ymadik»,
«Salom, maktab», «Qor», «Ona tilim», «Onajonim», «Muallim»,
«Keldi Navro‘z», N. Horxo‘jayevning «Oltin paxtam», «Oppo-
g‘im», «Salom bergan bolalar», «Yaxshi bola», «Kitob qo‘limda»,
«Varragim», N. Qodirov qayta ishlagan bir ovozlik va ko‘p ovoz
uchun mo‘ljallangan «Oq terakmi, ko‘k terak», «Choriy chanbar»,
«Zuv-zuv boragay» kabi ta’sirchan kuy va ashulalarni tinglashlari
kerak. O‘quvchilar mashhur chet el va O‘zbekiston kompozitorlari
ijodi va hayotini yaxshi bilishlari, musiqa terminlari, musiqa
janrlari va musiqa asboblari bilan tanishtirilishi lozim. I sinf
o‘quvchisiga san’at haqidagi hikoyalarni tinglash qiyinlik qiladi.
Shuning uchun bu mashg‘ulot savol va javob tarzida o‘tkazilsa
yaxshi samara beradi.
Bolalarga ona tabiat manzaralariga doir rasmlarni ko‘rsatar
ekansiz, ularga ona tabiat go‘zalligi orqali Vatanga muhabbatni
1
Ñóõîìëèíñêèé Â. A. Ïàâëûøñêàÿ ñðåäíÿÿ øêîëà. — Ì.: «Ïðîñâå-
ùåíèå», 1970, 374-áåò.


64
tarbiyalaysiz. I sinf guruhlariga mo‘ljallangan mavzular o‘tib
bo‘lingach, quyidagilar tavsiya etiladi:
a) «Kuz», «Qish», «Bahor» va «Yoz» manzaralari tasvirlan-
gan rasmlar chizish;
b) shu mavzulardagi rasmlarni namoyish qilish;
d) mavzuga yakun yasash maqsadida Chaykovskiyning «Yil
fasllari» kuyini tinglash;
e) shoirlarning yil fasllari haqidagi she’rlarini yodlash (H. Olim-
jon, Q. Muhammadiy, Q. Hikmat, P. Mo‘min, A. Obidjon,
T. Adashboyev va boshqalar).
Musiqa mashg‘uloti bolalar hissiyotiga chuqur ta’sir qiladi va
emotsional kayfiyat uyg‘otadi.
San’at, musiqa estetik tarbiyaning, xususan, badiiy tarbiya-
ning ajoyib vositasidir. Inson yuragi va aqlini zo‘r kuch bilan
zabt etuvchi badiiy dunyodir.
Naql qilishlaricha, Abu Nasr Forobiy Shom yurtiga yetgach,
o‘zining turkona kiyimida amir Sayfuddavla yig‘iniga kirib boradi.
Bu paytda amir olim-u fozillar bilan suhbat qurib o‘tirardi. Ham-
ma yupun kiyingan bu odamni ko‘rib, hayron bo‘ladi, uni
darvesh, faqir bir odam deb o‘ylashadi. Lekin Sayfuddavla bu
«darvesh»ga bir-ikki savol berib, uning javobidan qoniqish hissini
tuyadi, keyin mashshoqlarni chaqirib, Forobiyni xursand qilish
maqsadida kuy eshitmoqchi bo‘ladi. Forobiy har bir kuy
tugagach, mashshoqqa tanbeh beradi:
— Sen kuyni chalayotganda falon pardasida, falon avjida
yanglishding.
Forobiy mashshoqlarning xato va nuqsonlarini shu zayl
ko‘rsatib beravergach, amir bu donishmandlikdan taajjubga
tushadi. Shunda Forobiy to‘rvasidan o‘zi yasagan musiqa asbo-
bini olib kuy ijro eta boshlaydi. Birinchi kuyni chalganda yig‘in-
dagilarning hammasi xo-xolab kuladi, ikkinchisini chalganda
hamma yig‘laydi, uchinchi bir kuyni ijro etganida yig‘inda-
gilarning hammasi dong qotib uxlab qoladi.
Aytishlaricha, shu fursatdan foydalanib Forobiy saroydan
chiqib ketadi.
San’at badiiy didni, badiiy did san’atni inson ma’naviyati uchun
xizmat qildiradi: bular birgalikda vujudga kelib, birgalikda rivoj
topadi. Yuksak badiiy didni tarbiyalashda har bir san’at turi (kino,
teatr, me’morlik, adabiyot, rassomlik)ning o‘ziga xos o‘rni bor.


65
Kuni uzaytirilgan guruhlarda musiqa mashg‘ulotlari bolalar-
ning charchog‘ini yo‘qotadi, ruhini tetiklashtiradi, qolaversa,
didini, ohanglar va tovushlarni farqlay bilish, qobiliyatini oshiradi.
Shunday ekan, kuni uzaytirilgan guruhlarda musiqa mashg‘u-
lotlariga e’tiborni yanada oshirish lozim.
I sinfda tasviriy san’at mavzusiga doir suhbatda asar tarbiyachi
rahbarligida tahlil qilinadi. Tarbiyachi bolalarga savollar bilan
murojaat qilib, bolalar diqqatini rasmda aks ettirilgan asosiy g‘oya-
larga jalb etadi. I sinfda tasviriy san’at asarlari bilan mashg‘ulot
boshida yoki oxirida tanishiladi, bunga 10—20 daqiqa sarflanadi.
Bu muhlatda 2—3 tadan ortiq rasm ko‘rsatilmasligi kerak.
III sinfda rassomlarning asarlaridan ko‘rgazma sifatida foyda-
laniladi. Yillik reja tuzishda tarbiyachi predmetlar dasturini, yil
fasllarini, mashhur sanalarni nazarda tutishi kerak. Tasviriy san’at
mashg‘ulotlari imkoni boricha boshqa mashg‘ulotlar: tabiatga,
muzeyga ekskursiya hamda mehnat bilan muvofiqlashtirilishi
lozim.
II sinfda tasviriy san’at haqidagi suhbatlar bolalarni rasmning
mazmunini mustaqil tushunishda va rasmlar haqida o‘z fikrini
ayta bilishga o‘rgatishi kerak. Dars vaqtida ko‘rilgan rasmlarni
o‘rganish guruhda davom ettiriladi. Suhbatni savol-javob tarzida
o‘tkazish maqsadga muvofiq. Bu o‘quvchilarni faollashtiradi.
Sinfda beriladigan savollar sodda bo‘lishi kerak. Bolalarning ko‘r-
ganlari haqidagi hikoyalariga alohida e’tibor berib, ularning
tevarak-atrofga, tabiatga munosabatini bilib olish mumkin. «Kos-
mosga parvoz», «Oyga parvoz» mavzularida rasm chizish esa bo-
lalarning fantaziyasini o‘stiradi. Shuningdek, ularga musiqa asbob-
larining ovozlarini (g‘ijjak, rubob, nay, dutor, chang, doira),
musiqa turlarini (marsh, raqs, tantanaviy hazil) farqlashni o‘rga-
tish lozim.
III sinfda o‘quvchilar tasviriy san’at asarlari bilan shu soha
haqidagi maxsus suhbatlarda tanishtiriladi. San’at asarlarining
namoyish qilinishi, ular haqidagi suhbatlar o‘quvchilarda san’atga
qiziqish va muhabbat uyg‘otadi.
I—II sinflarda san’at asarlari bilan tanishishga mashg‘ulot-
ning boshi yoki oxirida 10—20 daqiqa ajratilgan bo‘lsa, III sinfga
kelib bu vaqt 30 daqiqaga yetkaziladi.
III sinfda tasviriy san’at haqida quyidagi mavzular bo‘yicha
suhbatlar o‘tkaziladi: «Tasviriy san’at turlari va janrlari (umumiy
5 — K. Hoshimov


66
tanishish)», «Fuqarolar urushi tasviriy san’atda», «Musavvirlarning
asarlarida tabiat manzarasi» va boshqalar. Agar 3-sinfda (guruhda)
suhbat surat (rasm)larni ko‘rsatish bilan qo‘shib olib borilgan bo‘lsa,
4-sinfda rasmlarni ko‘rsatish bilan bir qatorda, rasmlarning
g‘oyaviy-tematik mazmuni, axloqiy-estetik jihatlari ochib beriladi.
Tabiat, atrofimizdagi ajoyib xushmanzara joylar estetik
tarbiyaning boy manbayidir. Tabiat bolada kuzatuvchilik qobiliya-
tini o‘stiradi.
Manzaralar go‘zalligini his etishni tarbiyalashda tabiatning
buyuk tarbiyalovchilik roli haqida K. D. Ushinskiy: «Go‘zal
manzara yosh yurakning yuksalishida shu qadar katta tarbiyaviy
ta’sir kuchiga egaki, u bilan pedagogning ta’sir kuchi raqobat
qilishi qiyin», degan edi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirib borishda ularda estetik did
va zavqni o‘stirishda gerbariylar tayyorlash ham katta rol o‘ynaydi,
tabiatni o‘rganish to‘garaklarda, maktabda estetik tarbiya
ishlarining yaxshilanishiga, shubhasiz juda katta yordam beradi.
O‘quvchilarga estetik tarbiya berishda maktabda yozuvchilar bilan
uchrashuv o‘tkazish yoki yozuvchining asariga bag‘ishlangan
kitobxonlar konferensiyasini uyushtirish, tarixiy sanalar, sanoat
va qishloq xo‘jaligi nishondorlari, olimlar bilan uchrashuvlar va
ularga bag‘ishlab ertalik yoki kechalar o‘tkazib turish foydalidir.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda ta’lim-tarbiya ishlari bilan
shug‘ullanayotgan tarbiyachilar shuni unutmasliklari kerakki,
ularning yurish-turishlari, kiyinishlari, muomalalari bolalarda
ma’naviy-axloqiy sifatlarning shakllanishiga juda katta ta’sir ko‘r-
satadi. Shuning uchun tarbiyachilar o‘zlarining tashqi qiyofalariga
ham e’tibor berishlari zarur. Chunki kishining qay darajada
madaniyatli ekani uning tashqi qiyofasida ham zohir bo‘ladi.
Odamning tashqi go‘zalligi ichki go‘zalligiga mos bo‘lsa, demak,
husniga-husn qo‘shiladi.
Qomusiy olim Ibn Sino o‘zining «Risolayi ishq» asarida
kishining tashqi go‘zalligini ko‘rib, uni sevishga intiluvchilarni
tanqid qiladi. U go‘zallikni faqat tashqi ko‘rinishdagi chiroyli-
likdan boshqacharoq, kengroq mazmunda tushuntiradi. Uning
fikricha, kishi tashqi ko‘rinishda unchalik chiroyli bo‘lmasa-da,
yaxshi xulqli, yaxshi xarakterli, aqlli bo‘lsa, u har qanday
go‘zallardan go‘zaldir. ...Agar kishi chiroyini aql va farosat bilan
birga ko‘rsata olsa va uni sevsa, bu insoniylikning yuqori daraja-


67
sidir. Bu — insonning buyuk ideali hisoblanadi. Ana shunday
odamni mard va dono, estetik didi yuksak deb haqli ravishda
aytish mumkin, deydi. A. S. Makarenko esa «Men birinchi galda
tashqi qiyofaga e’tibor berardim. Kishining tashqi qiyofasi uning
hayotida juda katta ahamiyatga egadir», deb ta’kidlagan edi.
Haqiqatan ham ust-boshi iflos, tirnog‘i, sochi o‘sgan, taralma-
gan kishi xunuk ko‘rinadi. Shuning uchun bunday hollarga ota-
onalar, pedagog-tarbiyachilar, o‘rtoqlari boladan toza bo‘lib yurishini
talab qilishlari kerak. Bu masalaga o‘z vaqtida e’tibor berilsa, u
vaqtda bolalar sog‘lom va nafis didli bo‘lib tarbiyalanadilar, jamiyat
oldidagi, maktab, jamoa oldidagi o‘z mas’uliyatlarini, burchlarini
to‘liq his qiladigan, qadrlariga yetadigan, boshqalarni hurmatlaydi-
gan, odobli, xushmuomalali bo‘lib yetishadilar.
Umuman olganda, bolalarda estetik tarbiya ashula aytish,
raqsga tushish, rasm solish, plastilindan, loydan har xil buyumlar
yasash, tabiat bilan tanishish, badiiy asarlar o‘qish, ekskursiyalar
uyushtirish kabi vositalar orqali hal qilinadi.
Sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari. Kuni uzaytirilgan guruh-
larning tarbiyachilari sport-sog‘lomlashtirish ishlariga alohida
e’tibor berishlari kerak. Badantarbiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarni
ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, ular bolalarni tarbiyalashning ajralmas tarkibiy qismi
sifatida aqliy, axloqiy, estetik tarbiya, politexnik ta’lim bilan uzviy
bog‘liq holda olib boriladi. Badantarbiyaning boshlang‘ich
sinflardagi asosiy vazifasi — bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va
organizmining chiniqishiga yordam berishdir. Kuni uzaytirilgan
guruhlarda badantarbiya faol dam olish tarzida o‘tkaziladi (uy
vazifalarini bajarish vaqtida uyushtiriladigan badantarbiya daqi-
qalari, harakatli o‘yinlar, o‘yin ko‘rinishidagi mashqlar va bosh-
qalar). Badantarbiya (fizkulminut 3—5 daqiqa) (har kuni),
harakatli o‘yinlar (musobaqalar) 20—45 daqiqa (haftada bir marta
sport kunida) o‘tkaziladi. Tarbiyachi badantarbiya ishini shu soha
o‘qituvchilari bilan bamaslahat o‘tkazishi lozim.
Badantarbiyaning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlaridan biri
o‘yindir. Pedagogika o‘yinlarga katta ahamiyat beradi. O‘yin
o‘quvchilarning ko‘nglini ochadi, yaxshi kayfiyat hosil qiladi, bolalar
o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro yordam berish kabi fazilatlarning tarkib
topishiga yordam beradi. O‘yinda bola jismonan rivojlanadi, epchil,
kuchli, ko‘zi o‘tkir bo‘ladi, zehni, tashabbuskorligi o‘sadi.


68
To‘g‘ri uyushtirilgan o‘yinlar qunt, chaqqonlik, tezkorlik,
chidamlilikni, jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar esa do‘stlik va
birodarlikni tarbiyalaydi. Qo‘shiq va musiqa jo‘rligida o‘tka-
ziladigan quvnoq o‘yinlar estetik tarbiyaga ham ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
O‘yinlarni tashkil qilishda rollarni to‘g‘ri taqsimlash, faol va
passiv, bosh va ikkinchi darajali rollarni ijro etishga aynan mos
o‘quvchilarni tanlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘yinlarni
qiziqarli o‘tkazish maqsadga erishishning zarur shartidir.
Kuni uzaytirilgan guruhlardagi ta’limiy va tarbiyaviy ishlarni
rejalashtirishda didaktik, harakatli, mazmunli-rolli o‘yinlardan
foydalanish, shuningdek, o‘zbek milliy xalq o‘yinlariga alohida
e’tibor berish lozim. Chunki bu o‘yinlar orqali bolalarni axloqiy,
irodaviy sifatlari rivojlantiriladi, ijodkor va bunyodkorlarga xos
bilim, ko‘nikma hamda malakalari, fuqarolarga xos ijobiy fazi-
latlari shakllanadi.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda o‘yinlarning xilma-xil
shakllaridan foydalanish, bolalarni o‘yinga bo‘lgan qiziqishini
orttiradi. O‘quvchilarning istagini hisobga olgan holda o‘yinlar
turini o‘zgartirib borish, o‘quvchilar bilan yangi-yangi o‘yinlar
ijod qilish maqsadga muvofiqdir. Merganlik, o‘lja izlash, mo‘ljalga
otish, ko‘z boylagich, «Kim oldin?», «Kim sezgir?», «Ildam
qadam tashla», «Oq terakmi ko‘k terak», to‘rga to‘p tashlash,
bayroqchalar uchun kurash, «Yulduzcha», «Kecha va kunduz»
va boshqa o‘yinlarni tashkil qilishga ularning ayrim qismlarini
o‘zgartirib, o‘quvchilar yoshiga moslashtirish mumkin.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda badantarbiya mashg‘u-
lotlari belgilangan ma’lum vaqtlarda o‘tkazilgani ma’qul. Chunki
qat’iy bir kun tartibiga rioya qilish bolalar organizmini mustah-
kamlashga, chiniqtirishga, kamroq kuch sarf qilib, ko‘proq ish
bajarishga yordam beradi. Ayni vaqtda sog‘liqni yaxshilashga va
umrni uzaytirishga olib keladi.
I sinf dasturida, asosan, guruh va jamoalarga bo‘linmay
o‘ynaladigan harakatli o‘yinlar («G‘ozlar — oqqushlar», «Boy-
qush», «Ikki sovuq») o‘tkazish tavsiya etiladi.
I sinfning dastlabki oylarida bolalar bog‘chasida o‘ynaladi-
gan o‘yinlarni o‘tkazish lozim. Bu o‘yinlar mazmunan maktab
dasturida nazarda tutilgan o‘yinlarga yaqin turadi («Qurbaqa va
qarqara», «Qo‘ng‘iroqli tuzoq», «Ayiqchalar va bolari»).


69
III sinfda ancha murakkab o‘yinlar o‘tkaziladi: 1) o‘yinbo-
shi yordamida («Tovonbaliqlar va cho‘rtanbaliq»); 2) komanda-
larga bo‘linib («Kun va tun», «Ovchilar va o‘rdaklar»).
Quyi sinflarda o‘ynalgan ko‘pgina o‘yinlar keyingi sinflarda
ham takrorlanishi mumkin. I sinf dasturidagi «Quvlashmoq»,
«Har kim o‘z suvdoniga», «Kim uzoqqa otadi?» kabi o‘yinlar
III sinfda ham muvaffaqiyatli o‘ynalishi mumkin. O‘yinlar yil
fasllariga moslab o‘tkaziladi.
O‘yinlar vaqtida o‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy
ishga katta e’tibor beriladi.
Ko‘pgina o‘yinlar (I—II sinflarda) bilim beradi. Ular jonivor-
lar, qushlar va bolalarning real hayotidagi harakatlariga taqlid
qilish bilan bog‘liq sujetli o‘yinlardir. «Boyqushcha» o‘yini bilan
tanishtirayotganda bolalarga boyqush to‘g‘risida qisqa va aniq
ma’lumot berilib, uning xatti-harakatlari tahlil orqali tushuntirilsa
o‘yinning ta’siri oshadi, bolalarni yanada faollashtiradi.
Tarbiyachi guruhda jismoniy mashqlar kompleksini o‘rgati-
shi shart emas, biroq tarbiyachi uni takrorlashi mumkin. Badan-
tarbiya mashqlari o‘yin boshlanishidan oldin yoki uy vazifalari
bajarib bo‘lingandan keyin o‘tkaziladi.
Gigiyenaga rioya qilish badantarbiyada muhim rol o‘ynaydi.
To‘g‘ri kun tartibi kishi sog‘lig‘ini mustahkamlaydi, quvnoq
kayfiyat baxsh etadi, bolalarning ishlash qobiliyatini o‘stiradi,
intizomlilik, tartiblilik va uyushqoqlik sifatlarini tarbiyalaydi.
Dasturda gigiyena va kun tartibi bo‘yicha suhbatlar mavzusi
belgilangan. Suhbatlar uchun 10—15 daqiqa ajratiladi. Qolgan
vaqtda jismoniy mashg‘ulotlar va o‘yinlar o‘tkaziladi. Boshlang‘ich
sinflarning badantarbiya bo‘yicha yangi dasturiga yangi bo‘lim
— «Raqs» mashqlari kiritilgan.
Raqslarni o‘rganishga kirishishdan oldin musiqa jo‘rligida
yurish, yugurish, sakrash, raqs odimlari va shu kabilar bilan
tanishish lozim. Raqslar gimnastika mashg‘ulotlari kabi muskul-
larni mustahkamlaydi, qomatni to‘g‘ri tutish, plastik harakat
qilishga yordam beradi. Xuddi shu mashg‘ulotlar soddaroq
shaklda ham o‘tkazilsa ijobiy natija beradi.
Xullas, guruhlarda o‘tkaziladigan sport mashg‘ulotlari bolalar-
ning aqliy charchog‘ini tarqatishda, ularning kayfiyatini ko‘tarish,
jismonan chiniqtirish, sog‘lom o‘sishlarida alohida ahamiyat kasb
etadi.


70
Sayohatlar va madaniy sayrlar. Sinfdan va maktabdan tash-
qari amalga oshiriladigan asosiy tadbirlardan biri — sayohatdir.
Kuni uzaytirilgan guruh turli mavzudagi ekskursiyalarni o‘tka-
zishda katta imkoniyatlarga ega. Ekskursiya va madaniy sayrlar
kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘tkaziladigan barcha tadbirlarni
amaliy mustahkamlashga yordam beradigan vosita hisoblanadi.
Sayrga chiqishdan oldin tadbir qiziqarli va maqsadga muvofiq,
mazmunli o‘tishini ta’minlash uchun tarbiyachi sayr rejasini puxta
tuzib chiqishi va bunga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. O‘quv-
chilarning ko‘proq narsani kuzatib, eslab qolishlariga erishish
uchun sayrdan so‘ng «Sayr vaqtida nimani ko‘rdim» o‘yin-
musobaqa (bir o‘quvchi hikoya qiladi, boshqalari uni to‘ldiradi,
kimning hikoyasi to‘liq va mazmunli bo‘lsa va unga hech kim
qo‘shimcha qila olmasa, o‘sha o‘quvchi g‘olib hisoblanadi)
o‘tkazilishini oldindan ma’lum qilib qo‘yishi kerak.
Sayohat jarayonida har bir tarbiyachi quyidagi maslahatlarga
amal qilib samaraga erishishi mumkin:
— sayohat sayr emas, balki o‘quv mashg‘ulotining majburiy
qismi ekaniga ahamiyat bering;
— sayohat o‘tkazadigan joyni oldindan o‘rganing, uning
mazmunini belgilang va rejasini tuzing;
— sayohat mavzusiga muvofiq ish tuting, tasodifiy masala-
larga berilmang;
— sayohat vaqtida faqat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan narsalar
haqidagina hikoya qiling;
— uzundan uzoq tushuntirishlardan qoching;
— sayohatga qatnashayotgan o‘quvchilar faqat tinglovchi
bo‘lib qolmasin, ularni faol ishlashga o‘rgating;
— sayohatlarda nomlarni aytavermang, bunday nomlarning
ko‘plari tezda esdan chiqib ketadi;
— obyektlarni to‘g‘ri ko‘rsata biling va bolalarga ham ularni
to‘g‘ri ko‘rishni o‘rgating;
— sayohatlarda o‘quvchilarni zeriktirib qo‘ymang, aks holda
ular hech narsani tinglamaydilar;
— materialni qayta ishlash orqali sayohat taassurotini o‘quv-
chilar xotirasida mustahkamlang.
Har bir sayohat oldidan tarbiyachi sayohat vaqtini aniq bel-
gilab olishi, sayohat obyekti bilan oldindan shaxsan tanishmog‘i,
o‘quvchilarga beriladigan topshiriqlarni rejalashtirishi, savol-


71
javoblarni tayyorlab qo‘yishi, guruh o‘quvchilarini guruhchalarga
bo‘lishi kerak, kuzatish uchun kundalik daftarlar tutilishi, ularga
nimalar qayd qilish lozimligi tushuntiriladi.
Kirish suhbati bilan boshlanadigan sayohatlar korxona, zavod,
fabrika, kombinatlarga, parrandachilik, chorvachilik fermalariga,
muzey, ko‘rgazma zallari va madaniyat saroylariga uyushtiriladi.
Madaniy sayrlarda kino, teatr, hayvonot bog‘i, sirk tomoshalariga,
qo‘g‘irchoq teatri, bolalar konsertlariga boriladi.
Bolalarni qishloq xo‘jalik ishlari (ekinlarni o‘stirish, mollarga
ozuqa tayyorlash kabilar) bilan tanishtirish, ularni qishloq hayoti-
dan, qishloq xo‘jaligidan yotsiramaydigan qilib tarbiyalash zarur.
Ularga dasturxonda turgan non, sut va go‘sht mahsulotlari qishloq
ahli mehnatining natijalari ekanini anglatish lozim. Zavod va
fabrikalarga ekskursiyalarda esa ishlab chiqarish jarayoni bilan
tanishiladi.
Bahor yoki kuz fasllarida tog‘lar, bog‘lar va dalalarga qilina-
digan sayrlarda bolalar tabiat bilan tanishtiriladi. Bunday
sayrlardan oldin ularni chiroyli manzaralar tasvirlangan san’at
asarlari bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Bu kabi tadbirlar
bolalarning estetik qarashlariga ijobiy ta’sir etadi va tabiatga
muhabbat tuyg‘ulari tarbiyalanadi.
O‘quvchilarda harbiy vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalash
maqsadida Vatan uchun jon fido qilganlar xotirasiga qo‘yilgan
haykallar, «Motamsaro ona» monumenti kabilarni borib ko‘rish
lozim. Shu kabi tadbirlarni amalga oshirish davomida o‘quvchi-
lar maxsus daftarlariga manzarali joylarning rasmlarini chizishlari,
taassurot va savollarini yozib borishlari mumkin. Qaydlar guruhda
atroflicha muhokama etiladi va suhbatlar, munozaralar paytida
o‘sha savollarga javoblar beriladi.
KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUHLARDA KUNDALIK
ISHNI REJALASHTIRISH NAMUNASI
Ikkinchi smenada shug‘ullanuvchi kuni uzaytirilgan sinf,
guruhlar (I—IV sinflar)da sayrlar, sayohatlar shanba kuni,
mafkuraviy tarbiya ishlari dushanba kuni o‘tkaziladi.
Dushanba (boshlang‘ich sinflar). Mafkuraviy tarbiya.
Mashg‘ulotning maqsadi: bolalarni istiqlol g‘oyalari, xalqlar
birdamligi, o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiya-


72
lash. 12
30
dan 13
15
gacha — tushlikka tayyorgarlik va tushlik
(navbatchilar stollarni tuzaydilar, boshqa bolalar yuvinadilar).
Oshxonada, «Oila davrasida» mavzusida xulq-atvor madaniyati
malakalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot (o‘yin
ko‘rinishida). Tushlik 13
15
dan 14
15
gacha.
14
15
dan 15
45
gacha bolalarning o‘z ixtiyoricha erkin shug‘ul-
lanishlari, bolalarning xohishiga ko‘ra ochiq havoda o‘yinlar.
Bolalarda reaksiya (sezish) tezligini o‘stiruvchi o‘yin: «Bola-
larda tartib qat’iy».
O‘yin mazmuni: O‘ynovchilar safda turadilar. Ular tarbiyachi
ishorasi bilan maydonga tarqalib, o‘rgatilgan qo‘shiqlarni kuylay-
dilar.
Tarbiyachining ishorasi bilan bolalar ko‘rsatilgan joyda saf-
lanadilar. Saflanish joyi o‘yin davomida o‘zgarib turadi. O‘yinni
musiqa jo‘rligida o‘tkazish mumkin.
15
45
dan 16
30
gacha tarbiyaviy-tashkiliy ishlar. Siyosiy tarbiya.
Mavzu: «O‘zbekiston — mening Vatanim».
Ko‘rgazmali qurollar va adabiyotlar:
1. O‘zbekistonning siyosiy kartasi.
2. I. Dunayevskiyning «Bepoyondir ona yurtim» ashulasining
grammafon yozuvi, shuningdek, o‘zbek bastakorlarining Vatan
haqidagi ashulalari.
3. Vatan haqidagi she’rlar: Ilyos Muslimning «Baxtli bolalar
qo‘shig‘i», Qudrat Hikmatning «Ona Vatan», Po‘lat Mo‘minning
«Yangi yilim — yaxshi yilim» qo‘shiqlari. Tarbiyachi musiqa
jo‘rligida quyidagilarni aytadi:
Vatan! Qanchalik yangroq so‘z! Vatan — bu musaffo osmon.
Vatan — bu bepoyon paxtazorlar, go‘zal bog‘lar. Vatan — bu
yurt, xalq. Vatan — bu baxt, istiqbol. Vatan — bu sening uying,
maktabing, sinfing, guruhing va «Vatan» degan jonajon so‘zni
o‘z ichiga olgan ko‘pgina boshqa narsalardir (musiqa yangraydi).
Tarbiyachi: «Bu qo‘shiqdagi satrlardan nimalarni anglash
mumkin?»
Taxminiy javob: «Unda Vatanimizning xushmanzara joylari,
xalqlarning do‘stligi, baxtli hayoti, ularning Vatanga muhabbati
ifodalangan. O‘zbeklar, ruslar, gruzinlar, turkmanlar va boshqalar
ham do‘st xalqlardir. Bizning Vatanimiz — O‘zbekiston, Vatan —
bu do‘st xalqlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi deb atalgan
diyor jahon sahnasida o‘z o‘rni va mavqeyiga egadir.


73
Badantarbiya daqiqasi. 6
30
dan 17
30
gacha darslarga mustaqil
tayyorlanish. Har bir daqiqani tejash va tejalgan vaqtdan ona tili
hamda matematikadan qiziqarli o‘yinlar o‘tkazish, uy vazifalarini
tez va to‘g‘ri bajarish. Uy vazifasini bajarishda kerak bo‘ladigan
hamma narsalarni: ruchka, qalam, chizg‘ich, daftar, kitoblarni
hozirlab qo‘yish. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan indivi-
dual shug‘ullanish, o‘quvchilarning yozuvlari chiroyli va toza
bo‘lishiga erishish, topshiriqlarni bajarish. O‘zaro tekshirishni
tashkil etish. Matematika bo‘yicha didaktik o‘yin «O‘ylab javob
ber: bir odam qo‘lida o‘nta barmoq bor, o‘nta qo‘lda nechta
barmoq bor?» (Ba’zilar darhol 100 ta deydilar, ba’zilari biroz
o‘ylagach, 50 ta deb to‘g‘ri javob beradilar).
Shundan so‘ng o‘quvchilar guruh xonasini yig‘ishtirib, uyga
ketishlari mumkin.
Seshanba. Sinfdan tashqari o‘qish. Mashg‘ulotning maqsadi:
bolalarni kitobdan mustaqil foydalanishga o‘rgatish, ularni yangi
kitoblar va ularning mualliflari bilan tizimli tarzda tanishtirish.
12
30
dan 13
15
gacha — tushlikka tayyorgarlik. Tushlik.
13
15 
dan 14
15
gacha. Tushlikdan keyingi uyqu.
14
15
dan 15
45
gacha. Bolalarning erkin shug‘ullanishlari. Bo-
lalar o‘zlari qiziqqan yumushlari bilan (turli narsalar yasash,
qirqish, rasm solish va h.k.) mashg‘ul bo‘ladilar. Xohishga ko‘ra
ochiq havoda o‘ynash. Chaqqonlik, tezkorlikni mustahkamlovchi
«Chaqqon bolalar» o‘yini.
O‘yin mazmuni: o‘ynovchilar bir-birlarining qo‘llaridan ush-
lab doira yasaydilar. O‘rtada boshlovchi turadi. Tarbiyachining
ishorasi bilan bolalar:
«Bizlar — quvnoq bolalar,
Yuguramiz, o‘ynaymiz.
Qani, bizga yetib ko‘r
Bir-ikki-uch — ushla» —
deb turli tomonga qochadilar, o‘rtada turgan o‘quvchi ularni
quvlaydi. Ushlangan bola o‘rtada turadi.
15
45
dan 16
45
gacha tarbiyaviy-tashkiliy ishlar.
Sinfdan tashqari o‘qish.
Mavzu: G‘afur G‘ulom. «Sen yetim emassan».
Ko‘rgazmali qurollar va adabiyotlar. «Har doim bo‘lsin
quyosh» qo‘shig‘ining magnit tasmasi.


74
«Qimmatli bolalar! Siz urushni kinolarda ko‘rgansiz. U haqda
kitoblarda o‘qigansiz. Urush siz tug‘ilmasingizdan ancha oldin
bo‘lgan. XX asrning qirq birinchi yili 22-iyun tongida nemis-
fashistlari sobiq sho‘rolar mamlakatiga hujum qildi. Mustaqil
O‘zbekistonimiz 1991-yilning 31-avgustigacha shu mamlakat tar-
kibida bo‘lgan. Ko‘pgina bolalar bombalar ostida halok bo‘lishdi,
minglab bolalar ota-onasiz qoldilar. Jangchilar dushman bilan
jang olib borayotgan vaqtda front ortiga, mamlakat ichkarisiga
yetim qolgan bolalar tushgan poyezdlar yo‘l oldi. Ular bir, ikki
oylab yo‘l bosishdi. Bolalar Toshkent vokzalida poyezddan
tushdilar. Bu yerda ularni o‘zbek xalqi iliq mehr, ochiq chehra
bilan kutib oldi. Ular shunchalik ko‘p ediki, bolalar uylari ham
yetishmay qoldi. Shunda O‘zbekistonning Toshkent va boshqa
shaharlaridagi oilalar belorus, rus, ukrain bolalarini o‘z farzandlari
sifatida qabul qildilar. 14 yetimni boqib tarbiyalagan toshkentlik
temirchi Shoahmad Shomahmudovni butun mamlakat taniydi.
O‘sha yillarda bunday oilalar O‘zbekistonda ko‘plab topilardi.
Ajoyib o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom (shoirning portreti ko‘rsatiladi)
o‘sha kunlar haqida sermazmun she’rlar yozgan. Ulardan biri «Sen
yetim emassan» (She’r ifodali, alla musiqasi jo‘rligida o‘qiladi).
She’r o‘qib bo‘lingach, tarbiyachi savollar yordamida she’r-
ning eng asosiy jihatlarini aniqlashtiradi:
1. Bu she’r kimlarga atalgan?
2. Shoir bolani qanday so‘zlar bilan ataydi?
3. Shoir nima uchun she’rning boshida urush oqibatida uy-
siz qolgan yetim bo‘lmasligini ishonch bilan ta’kidlaydi?
4. Shoir yaqinda «tugaydigan tun» va uning ortidan keladi-
gan «tong» so‘zlari orqali nimalarni nazarda tutadi? (Urushning
tugashi, tinchlik tongi otishini).
15—17
30
. Mustaqil tayyorlanish. Bolalar uy vazifalarini mus-
taqil bajaradilar. Dars tugagach, har bir predmet bo‘yicha
mustaqil dars oralig‘ida 2—3 daqiqalik tanaffus beriladi.
Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan individual shug‘ul-
laniladi. Topshiriqlar bajarilishi o‘zaro tekshiriladi.
Nutq o‘stirish bo‘yicha didaktik o‘yin. Har bir o‘quvchiga a,
b, d, e, f, g va boshqa harflar bilan bog‘lanuvchi so‘zlarni yozish
bo‘yicha individual vazifa beriladi. O‘quvchilarning o‘qituvchi
belgilagan vaqt davomida yozgan so‘zlari tekshiriladi. Qaysi
o‘quvchi ko‘proq so‘zni yoza olsa o‘sha g‘olib chiqadi. Xonani
yig‘ishtirish. Uyga ketish.


75
Chorshanba. Mehnat tarbiyasi. Mashg‘ulotning maqsadi:
mehnatga ongli munosabatni (mehnatga muhabbatni, tartiblilikni,
tejamkorlikni, umum foydasiga mehnat qilishga hozirlikni, ishni
oxiriga yetkazishda matonatlilikni, jamoa mehnat jarayonida
do‘stona munosabatni) tarbiyalash.
12
30
–13
15
.
Tushlikka tayyorlanish (navbatchilar stollarni
tuzashadi, qolganlar yuvinadilar). Tushlik. «Ovqatlangandan so‘ng
idishni qanday yuvish kerak?» mavzusida oshxonada amaliy
mashg‘ulot.
13
15
—14
15
. Peshingi uyqu.
14
15
—15
45
. Bolalarning erkin shug‘ullanishlari. Bolalar o‘z qizi-
qishlariga ko‘ra (plastilindan shakllar yasash, rasm solish, turli
o‘yinlar bilan) shug‘ullanadilar. Bolalarda diqqatni o‘stiruvchi
«Komanda bo‘yicha bajar» o‘yini.
O‘yin mazmuni. Bir bola o‘rtada, qolganlar doira yasab tura-
dilar. O‘rtadagi bola istalgan komandani berishi mumkin,
qolganlar uni bajaradilar. U o‘z komandasiga «bolalar» so‘zini
qo‘shib aytsa, komanda bajarilishi, agarda bu so‘zni qo‘shmasa,
komanda bajarilmasligi kerak. Masalan, «Bolalar, o‘tiringlar»
(bajarish kerak). «Bir-biringizni ushlang» (bajarilmaydi).
15
45
—16
30
. Mehnat tarbiyasi bo‘yicha tarbiyaviy-tashkiliy
tadbirlar.
Mavzu: Qog‘oz bilan ishlash. «Yozgi ayvoncha» (tematik ap-
plikatsiya tayyorlash).
Amaliy ishdan oldingi suhbat.
Tarbiyachi: «Konstitutsiyamizda fuqarolarning huquqlari bayon
qilingan. Bolalar, siz ham shu huquqlardan foydalanasiz. Siz
maktabda o‘qiysiz, oromgohlarda dam olasiz. Shifokorlar sizning
sog‘lig‘ingizni nazorat qilib borishadi. Sizlar uchun stadionlar,
o‘quvchilar saroylari ishlab turibdi. Siz ulg‘ayib katta bo‘lganingizda
istagan kasbingizni egallashingiz mumkin. Biroq har bir kishining
faqatgina huquqi emas, balki o‘z Vatani va xalqi oldida burchlari
ham bor. Bu vijdonan mehnat qilish, Mustaqilligimizni mustah-
kamlash, dunyoda tinchlikni saqlash ishiga hissa qo‘shish, xalqlar
o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash zarur bo‘lsa, o‘z Vatanining
himoyasiga hozir-u nozir bo‘lishdir.
Mehnat har bir kishining tabiiy ehtiyojidir. Kishilar hayotining
mazmuni ijtimoiy-foydali mehnatdir. Bizning mamlakatimizda
mehnat qahramonlikka tenglashtirilgan. Mehnat qilish huquqi
Qonun bilan kafolatlangan.


76
Bizning Qonunimiz faqat mehnat qilish huquqini emas, balki
kasb tanlash huquqini ham beradi. Biroq, har bir shaxs biror
kasbni tanlab, egallar ekan, u sidqidildan ishlashga majbur.
Hozir biz mehnat qilishga kirishamiz. Kelinglar, avval mehnat
haqidagi maqol va matallarni eslab ko‘raylik.
Mehnatsiz rohat bo‘lmas.
Ish ustasidan qo‘rqar.
Mehnatni sevganlargina baxtli.
Hozir biz sizlar bilan qog‘ozdan «Yozgi ayvoncha»ni yasay-
miz. Buning uchun bizga oq va to‘rt xil rangdagi qog‘oz, qaychi,
yelim, cho‘tka, qalam, chizg‘ich, uchburchak chizg‘ich kerak
bo‘ladi.
Mashg‘ulotning borishi.
Bolalarga applikatsiya bilan bezalgan yozgi ayvon namunasi
ko‘rsatiladi va so‘raladi:
A) Bu narsa nima uchun shunday deb ataladi? (Bunda ko‘m-
ko‘k osmon, porlab turgan quyosh, yam-yashil o‘tlar tasvirlangan.)
B) Bu ayvoncha nimani eslatadi? (Issiq yoz, yozgi dam olishni.)
Qirqimlar uzunligi belgilanadi: oq qog‘ozda asos kattaligi
12½16 sm to‘g‘ri burchak shaklidagi ayvoncha 3½4 sm, kvad-
ratlar 3½3 sm hajmida (7 dona).
Bolalar mustaqil ishlaydilar: ayvoncha asosini belgilash va
tayyorlash.
Tarbiyachining yordami: barcha detallarni belgilash va tay-
yorlash. Detallarni yig‘ish.
Yakun yasash. Ish o‘rnini tartibga keltirish.
Badantarbiya daqiqasi.
16
30
—17
30
. Mustaqil tayyorlanish. Uy vazifasini bajarish
paytida o‘quvchilarning o‘z qomatlarini tutishlarini kuzatish.
Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan individual shug‘ullanish.
Bajarilgan uy vazifalarini o‘zaro tekshirish.
Vazifani tez, chiroyli va bexato bajargan o‘quvchilarni
rag‘batlantirish. Har bir predmet bo‘yicha vazifa bajarib bo‘lin-
gach, ikki-uch daqiqalik tanaffus.
Matematikadan didaktik o‘yin, topishmoq-hazillar.
1. «Uch o‘rtoq».
Maktabga 1-smenada o‘qiydigan o‘quvchi yo‘lda 1-smenadagi
ikkita o‘rtog‘i bilan uchrashib qoldi. Hammasi bo‘lib maktabga
necha o‘quvchi ketyapti?


77
2. 7 ta sham yoqishgandi, ikkitasi o‘chib qoldi. Nechta sham
qoldi? (Javob: 2 ta, chunki qolgani yonib tugagan). Xonani
yig‘ishtirish. Uyga ketish.
Payshanba. Estetik tarbiya. Mashg‘ulotning maqsadi: o‘quvchi-
larning go‘zallikni his qila bilishini tarbiyalash, borliqqa estetik
munosabatni shakllantirish, insonni tabiatni tushunishga, tasviriy
san’at asarlarini idrok etishga o‘rgatish.
12
30
—13
15
. Tushlikka tayyorlanish, tushlik. «Non aziz» mavzu-
sida suhbatlashish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, nonni
e’zozlash bo‘yicha fikr almashish.
13
15
—14
15
. Peshingi uyqu.
15
45
—14
15
. Bolalarning erkin shug‘ullanishlari. Bolalarning o‘z
qiziqishlariga ko‘ra o‘yinlar («Uy-Uy», «Maktab-maktab» va
boshqalar).
Bolalarning ko‘rish xotiralari, epchilliklarini oshiruvchi «Kim
ko‘proq ko‘ra oladi?» o‘yini.
O‘yin mazmuni. Bolalardan biri o‘rtada turadi, boshqalar uning
atrofida doira yasaydilar. O‘rtadagi o‘quvchining komandasi bilan
o‘yinda ishtirok etayotgan bolalar qog‘oz parchasiga hayvon,
qush, shahar va hokazolarning nomini yozadilar va qog‘ozni o‘z
orqalariga qadab qo‘yadilar. O‘yinni boshlovchi o‘quvchining
komandasi bilan bolalar bir-birlarining orqalaridagi qog‘ozni
o‘qishga, ayni vaqtda orqasidagi qog‘ozni ko‘rsatmaslikka harakat
qilishlari kerak. O‘rtog‘ining orqasidagi nomlarni eng ko‘p o‘qigan
o‘quvchi g‘olib sanaladi.
15
45
—16
30
. Estetik tarbiya bo‘yicha tarbiyaviy-tashkiliy tadbirlar.
Mavzu: I. Levitan, A. Savrasov, O‘. Tansiqboyev, N. Karaxan,
M. Mirzayev asarlarida bahorning tasvirlanishi.
Mashg‘ulot rejasi va ko‘rgazmali qurollar:
«Bahor» rasmini chizish. Rasmlarni namoyish qilish (qisqa-
cha axborot).
a) A. Savrasov. «Ola qarg‘alar uchib keldi»;
b) I. Levitan. «Bahor — katta suv»;
d) O‘. Tansiqboyev. «O‘zbekistonda bahor»;
e) N. Karaxan. «Gullagan vodiy».
M. Mirzayevning bahor valsi musiqasi. S. Marshakning «Yil
fasllari», I. Muslimning «Lolaqizg‘aldoqlar» va «Lolalar» she’rlari.
Suhbatni bahor haqidagi she’rlarni musiqa sadolari ostida o‘qish
bilan boshlash kerak. O‘. Tansiqboyevning portreti va uning
«O‘zbekistonda bahor» rasmi ko‘rsatiladi.


78
Bolalar rasmni tomosha qiladilar.
Tarbiyachi: «Rasmda tabiat aks ettirilgan. Osmonda bulutlar
suzib yuribdi. Rasmda yilning qaysi fasli tasvirlangan?» (Qishning
oxiri, bahorning boshlanishi).
Tarbiyachi: «Bu rasmda bahor tasvirlanganini qanday bilib
oldingiz?» «Qosh qoraygan, daraxtlar hali yalang‘och, biroq ola
qarg‘alar uchib kelgan, ular bahor kelganidan shod, o‘zlariga in
qurmoqdalar». Rasmga qarab tursang, xuddi qushlarning sayrashi-
ni eshitayotgandek bo‘lasan, bahor shabadasini his qilasan.
Daraxtlar jonli qilib tasvirlangan. Oldingi planda tabiat ko‘rinadi,
nariroqda taxta devor, uning ortida qishloq ko‘rinib turibdi.
Bo‘yoqlarning rangi bahor nafisligini va shodlik tuyg‘usini
ifodalaydi.
Boshqa buyuk rassom I. Levitan ham (portreti ko‘rsatiladi)
bahor haqida asarlar yaratgan. Uning rasmlaridan biri «Bahor —
katta suv» deb ataladi. Agarda A. Savrasov bahorning boshlani-
shi, yerda qorlar yotgan davrni ko‘rsatgan bo‘lsa, I. Levitan
bahorning qorlar erib ketgan paytini ko‘rsatgan. Daryoda daraxtlar
xuddi oynadagidek aks etadi. Osmon tiniq. Suv esa sovuq.
Rasmda odamlar ko‘rinmasa ham biz ularning shu yaqin
oradaligini his qilamiz. Chunki qirg‘oqda qayiq turibdi. Bu rasm
rassomning tabiatga muhabbatini ifodalaydi. U bo‘yoqlar
vositasida tabiatning go‘zalligini bera olgan.
Yilning shu faslini O‘zbekiston xalq rassomi O‘. Tansiqboyev
(portreti ko‘rsatiladi) ham tasvirlagan. Tansiqboyev o‘zining
«O‘zbekistonda bahor» asarida quyoshli o‘lkamizning tabiatini
tasvirlaydi. Bu tabiat bizga ilk bolalikdan tanish. I. Levitan
rasmida qorlarning erishi tasvirlangan bo‘lsa, O‘. Tansiqboyev
asarida bodom va o‘rik gullaganini ko‘ramiz. Tog‘ etaklarida
maysalar ko‘kargan. Odamlar chigit ekishga hozirlik ko‘rishyapti.
O‘. Tansiqboyev foydalangan bo‘yoqlar O‘zbekistonning chinakam
manzarasini aks ettiradi. O‘zbekistonlik boshqa peyzajchi
N. Karaxanning rasmi ham go‘zal. Uning «Gullagan vodiy» asari
yorqin bo‘yoqlar bilan ishlangan bo‘lib, o‘zbeklar diyori lavha-
larining panoramasini ifodalaydi. (Shundan so‘ng Ilyos Muslim-
ning «Lolaqizg‘aldoqlar», «Lolalar» she’rlari o‘qiladi).
Umumlashtirish.
Tarbiyachi: «Shunday qilib, biz siz bilan birgalikda bahor
haqidagi to‘rtta ajoyib rasmni tahlil qildik, she’rlar o‘qidik, musiqa


79
tingladik. Endi har biringiz «Bahorning kelishi» mavzusida qisqa-
cha hikoya tuzasiz yoki rasm chizib berasiz».
Badantarbiya daqiqasi.
16
30
—17
30
Mustaqil tayyorlanish. Uy vazifasining mustaqil
bajarilishini kuzatish. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan
individual shug‘ullanish. Predmetlar bo‘yicha uy vazifasi baja-
rilgach, 5 daqiqa tanaffus.
Matematikadan didaktik o‘yin. 1. Nima og‘irroq — bir kilogramm
paxtami yoki bir kilogramm temir? Og‘ir bo‘lsa, qanchaga?
2. Yo‘lkada 6 ta chumchuq bor edi, ularning yoniga yana
beshtasi uchib keldi. Shu vaqtda paydo bo‘lgan mushuk ulardan
birini ushlab oldi. Yo‘lkada nechta chumchuq qoldi? (10
chumchuq deb berilgan javob hayotiy, mantiqiy haqiqatga to‘g‘ri
kelmaydi. Chumchuqlar yo‘lkada qolmaydi, balki uchib ketadi.)
Xonani yig‘ishtirish.
Uyga ketish.
Juma. Sport — sog‘lomlashtirish ishlari.
Mashg‘ulotning maqsadi: sog‘lom, quvnoq, har tomonlama
jismoniy rivojlangan, Vatan himoyasi uchun doimo tayyor bo‘lgan
barkamol avlodni tarbiyalash, sanitariya-gigiyena bo‘yicha
malakalar tarkib toptirish.
12
30
dan 13
15 
gacha tushlikka tayyorlanish, tushlik. Oshxona-
da navbatchilik, «Ovqatlanayotganda men gaplashmayman»
mavzusida amaliy mashg‘ulot.
13
15
dan 14
15 
gacha. Peshingi uyqu.
14
15
dan 15
45 
gacha. Bolalarning ixtiyoriy shug‘ullanishlari. Bo-
lalarning xohishiga ko‘ra ochiq havoda o‘ynash.
15
45
dan 16
30 
gacha. Tarbiyaviy-tashkiliy tadbirlar. Sport
tarbiyasi. «Do‘ngliklar va to‘nkalar osha» sport o‘yini. O‘yindan
oldin kirish mashqi (razminka) o‘tkaziladi.
O‘yin mazmuni: maydonchaning bir tomonida chiziqdan 4—5
metr narida bolalar yozgi dam olish oromgohi belgilanib, unda
bolalar yashaydilar. «Oromgoh» (belgi) ortida o‘rmon etagi.
Poldaqi bir-biridan 40—50 sm oraliqda sochilib yotgan aylana
va kvadratlar (rezina va kartondan) do‘ngliklar hamda to‘nkalarni
anglatadi. Maydonning qarshi tomonida sakrash uchun ustuncha.
Bu «kovakli va asalarili baland archa».
O‘yinda ishtirok etuvchilarning hammasi oromgohda, uchta
boshlovchi «ari» esa «archa» orqasida. Tarbiyachining ishorasi


80
bilan o‘ynovchilar tizzasini baland ko‘tarib, do‘nglik va to‘nka-
lar ustidan she’r aytib yura boshlaydilar.
Shox-shabba va do‘ngliklar, tup va to‘nkalar osha.
Biz o‘rmon chetiga chiqdik, oyoqlarimizni ko‘tarib.
Qoqilmaydi, yiqilmaydi.
Kim shunday qadam tashlasa,
Qara, baland archa yorig‘idan serjahl arilar uchib chiqmoqda.
«Archa» orqasidagi uch o‘quvchi «ari»ning uchishiga taqlid
qilib «archa» atrofida aylanadi.
«J-j-j chaqmoqchimiz, chaqmoqchimiz».
Qolgan o‘quvchilar: «Chaqqonlarga yetolmaydi, «ari»ning
g‘o‘ng‘illashidan qo‘rqmaymiz, tezroq uyga chopaylik».
«Uy» so‘zi signal bo‘lib, buni eshitgan bolalar do‘nglik va
to‘nkalardan sakrab,oromgohga shoshiladilar. «Arilar» esa qocha-
yotganlarni «chaqish»ga harakat qiladilar. Shundan so‘ng «cha-
qilgan»lar sanaladi, ulardan «yangi arilar» tayinlanadi va o‘yin
qaytadan boshlanadi. O‘yin tugagach, o‘n daqiqa dam beriladi.
16
30
dan 17
30 
gacha. Mustaqil tayyorlanish. O‘quvchilar uy
vazifasi uchun kerak bo‘ladigan hamma narsalar (ruchka, qalam,
daftar, kitob va boshqalar)ni tayyorlaydilar. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar bilan individual shug‘ullanish. Har bir predmet
bo‘yicha dars tayyorlanib bo‘lingach, ikki-uch daqiqalik tanaffus,
o‘zaro tekshirishni tashkil qilish.
Didaktik o‘yin. Ziyraklik uchun masala. Uch ot 30 km yo‘l
bosdi. Har bir ot necha km yo‘l bosgan? (Javob: 30 km).
Xonani yig‘ishtirish.
Uyga ketish.
Shanba. Sayohatlar, madaniy sayrlar.
Mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarning bilim doirasini
kengaytirish, lug‘at zaxiralarini boyitish, mehnatga, ishchi
xodimlarga hurmatni tarbiyalash, kasbga yo‘llash, narsalarga
tejamkorona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish, ona tabiatni
asrashga chorlash.
12
30
dan 13
15 
gacha tushlik. Oshxonada navbatchilik.
13
15
dan 14
15 
gacha peshingi uyqu.
14
15
dan 15
30 
gacha shahar kutubxonasiga sayohat. Mavzu:
«Qiziq kitoblar umri haqida».


81
Sayohat rejasi
1. Bo‘lajak sayohat o‘tadigan jamoat joylarida o‘zini tutish,
ko‘cha harakati qoidalari haqida suhbat.
2. Kutubxona xodimlari bilan tanishish, ular bilan suhbatlashish.
3. Kitob haqida she’rlar o‘qish.
4. Bolalarning kutubxonalarga a’zo bo‘lishlari.
Tarbiyachi: «Biz siz bilan shahar kutubxonasiga (yoki ARM —
axborot resurs markaziga) eng yaxshi do‘stlarimiz — kitoblar bilan
tanishish uchun keldik. Ular bilan tanishishdan oldin kitob haqida
ozgina gaplashib olaylik.
«Ko‘p o‘qigan, ko‘p biladi», deydi xalqimiz. Bu haqiqat. Ki-
toblar bizga Vatanimiz, ajdodlarimiz, bugungi kishilarimiz haqida
hikoya qiladi. Kitob bizning hayotdagi yordamchimiz. Ishchi
dastgohini boshqarish uchun texnika, paxtakor ko‘proq hosil olishi
uchun agronomiya, shifokor yaxshiroq davolashi uchun tibbiyot,
o‘qituvchi yaxshiroq o‘qitishi va tarbiyalashi uchun pedagogika
bo‘yicha kitoblarni o‘qiydi».
Kutubxona xodimining bolalar bilan suhbati. Ko‘rgazmaga
qo‘yilgan kitoblarni qisqacha ta’riflash, bolalarni sinfdan tashqari
o‘qiladigan kitoblar bilan tanishtirish. Bolalarga shahar kutubxo-
nasidan foydalanish qoidasini tushuntirish.
Kutubxonaning eski kitoblarini ta’mirlash.
Kutubxonaga birgalikda yozilish.
Yakun yasash.
Uyga ketish.
Umuman olganda, sayohatlarni faqatgina kutubxonalarga emas,
balki maqsad qilib qo‘yilgan mavzular bo‘yicha, chunonchi, tarix
muzeyi, san’at muzeyi, nashriyotlar, gazeta muharririyati, zavod
va fabrikalar, fermalar va hokazolarga ham uyushtirish mumkin.
Uzoq muddatga mo‘ljallangan ish rejasi yarim yil va chorak
uchun tuziladi. Reja tuzilishiga sinf faollarini, ota-onalarni, otaliq
tashkiloti vakillarini jalb qilish lozim. O‘tkaziladigan tadbirlar,
ularning vaqti, ular uchun mas’ul shaxslar rejada albatta qayd
etilishi kerak. Shu xildagi ish rejasi maktab dars jadvali va otaliq
tashkilotining, maktabdan tashqari, bolalar muassasalarining, ya’ni
shahar, tuman kutubxonasi, bolalar uyi, yosh texniklar markazi,
yosh naturalistlar, yosh turistlar tomoshaxonasi, bolalar va o‘smir-
lar sport maktablarining ish rejimi muvofiqlashtirilgan bo‘lishi
lozim. Uzoq muddatga mo‘ljallangan ish rejasi tuzilayotgan
6 — K. Hoshimov


82
paytda tarbiyachi maktabning moddiy-texnika bazasi, tadbir-
larning o‘tkazilish vaqtini, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini,
sanitariya-gigiyena talablarini albatta hisobga olishi kerak.
Rejalashtirilgan tadbirlar tarqoq bo‘lmasligi, aksincha, umumiy
bitta maqsadni ko‘zda tutishi zarur. Masalan, «O‘quvchilar qoida-
lari»ni o‘rganish. Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisining uzoq
muddatga mo‘ljallangan ish rejasi sinf rahbari bilan birgalikda
tuzilishi ham mumkin. U holda, agar kuni uzaytirilgan guruh
bir sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan bo‘lsa, ushbu reja sinf-
ning tarbiyaviy ish rejasi bo‘lib qoladi va unda ko‘rsatilgan
tadbirlar sinf rahbari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Respublikamiz maktablarining ko‘pchiligida kuni uzaytirilgan
guruh tarbiyachisi fan o‘quvchisi va ayni bir vaqtda shu sinf
guruhning rahbari hamdir. Agar pedagog bir paytning o‘zida ham
o‘qituvchi, ham tarbiyachi, ham sinf rahbari bo‘lar ekan, u holda
u chorak yoki yarim yillik davomida bolalar bilan ishlashga
mo‘ljallangan umumiy ish rejasi tuzadi. Agar pedagogning
maktabda dars soatlari bo‘lmasa, bu holda yillik va uzoq mud-
datga mo‘ljallangan tarbiyaviy ish rejasi tuziladi.
Reja o‘quvchilar ish qobiliyatining hafta davomida o‘zgarish
xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi.
Dushanba kuni kichik tezlikda o‘tkaziladigan sport o‘yinlari
uyushtirish lozim.
Seshanba kuni jismoniy kuch talab qiladigan ish va mashq-
lar sonini oshirish mumkin.
Qolgan kunlari esa jismoniy kuch talab qilmaydigan sport
musobaqalarini ko‘proq o‘tkazish, hafta so‘nggida esa o‘rtacha
tezlikdagi o‘yinlarni uyushtirish kerak.
Har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashning umumiy
vazifalari, mazmuni o‘z ichiga quyidagi bo‘limlarni olgan:
— axloqiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish;
— siyosiy onglilikni tarbiyalash va ijtimoiy faollikni oshirish;
— insoniy axloqiylikni, ongli intizom va xulq madaniyatini
tarbiyalash;
— o‘qishga ongli munosabatni, aqliy mehnat madaniyatini
tarbiyalash;
— mehnat va jamoat mulkiga halol munosabatni tarbiyalash,
kasb tanlashga tayyorlash;
— fuqarolik burchini shakllantirish;


83
— go‘zallik madaniyati asoslarini tarbiyalash va badiiy qobi-
liyatni rivojlantirish;
— sog‘liqni mustahkamlash va sanitariya-gigiyenik madaniyat.
Vaqtdan unumli foydalanish maqsadida rejada ko‘rsatilgan
tadbirlarni o‘tkazish vaqtini aniq ko‘rsatish lozim. Masalan, kunlik
ish rejasida guruhdagi badiiy o‘qish mashg‘ulotlarida qaysi
kitobning o‘qilishi ko‘rsatilishi bilan birga muhokama qilinadigan
mavzu bo‘yicha savollar ham qayd etiladi.
Uzoq muddatga mo‘ljallangan rejada sayohat o‘tkazish ko‘zda
tutilgan bo‘lsa, kunlik ish rejasida uning mavzusi, yo‘nalishi,
kuzatiladigan manbalar ko‘rsatiladi. Shuningdek, kunlik ish
rejasida o‘quvchilarning daftarlarida qanday yozuvlar va chiz-
gichlar qayd qilinishi, qanday jihozlardan foydalanish kerakligi
ta’kidlanadi.
Kunlik ish rejasida kichik, o‘rta, katta tezlikda o‘ynaladigan
o‘yinlar, ularni tashkil qilish metodikasi va ular uchun ajratilgan
vaqt ko‘rsatiladi. Kunlik ish rejasi ustida ishlash — bu guruh
faoliyatini, o‘quvchilarning o‘ziga xos va yosh xususiyatlarini
o‘rganish hamda tahlil qilishdan iborat ijodiy pedagogik jarayon-
dir. Bolaning rivojlanishiga bo‘lgan pedagog e’tibori kunlik ish
rejasi bo‘limlari ustida ishlashning asosini tashkil qiladi. Kunlik
ish rejasi uzoq muddatga mo‘ljallangan reja asosida o‘tkaziladigan
bir kunlik tarbiyaviy ishlar majmuasidir.
Hayotning o‘zi tarbiyachining uzoq muddatga mo‘ljallangan
rejaga o‘zgartirish kiritishni taqozo etishi mumkin va bu o‘zgar-
tishlar tarbiyachining kunlik rejasida aks etishi lozim. Agar o‘sha
rejada «Men sevgan ertak», «Hayvonot olamida», «Biz tabiatni
sevamiz» mavzularida suhbat o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa,
kunlik rejada shu suhbatning asosiy savollari ko‘rsatilishi kerak.
Kunlik reja tuzishda tarbiyachilar o‘quvchilarning o‘quv,
mehnat va dam olish rejimini, ochiq havoda bo‘lishlarini, aqliy
va jismoniy mehnat gigiyenasini hisobga olishlari lozim.
Tarbiyachining ish rejasida o‘quvchilar faoliyatining quyidagi
turlari ko‘rsatilishi kerak. Masalan:
17 noyabr. Seshanba.
O‘quvchilarni guruhga qabul qilib olish — 12
30
—13
00
.
Ish mazmuni: Navbatchilarga o‘z vazifalarini eslatib o‘tish,
guruh faollarini shu kunda o‘tkaziladigan asosiy ishlar va ularning
vazifalari bilan tanishtirish — 2—3 daqiqa.


84
Dinamik soat — 13
00
—13
45
.
Dinamik soat guruh faollari tomonidan o‘tkaziladi.
Chiniqtiruvchi mashqlar — 10 daqiqa.
O‘rtacha va kichik tezlikdagi harakatli o‘yinlar — 25 daqiqa.
«Aylana ichida to‘p o‘yini», «Sinf, diqqat!» Safga tizilish: sport
o‘yinlari natijalarini aytish — 10 daqiqa. Sport ashyolari: ikkita
to‘p. Sport ashyolari uchun javobgar: Saidov M., Bashirova R.
Tushlik 13
45
dan 14
05
gacha.
Ochiq havoda sayr — 14
05
—14
45
.
Quyidagi fanlar bo‘yicha mustaqil dars tayyorlash:
Tushuntirish — 10 daqiqa.
Mashg‘ulotchi o‘quvchilar — Akbarov Sh., Zokirova M.
O‘quvchilar va kitoblar uchun javobgar o‘quvchilar — ku-
tubxona a’zolari.
Vazifalarni tushuntirish. Kuni uzaytirilgan guruhda dars
tayyorlash qoidasini eslatib o‘tish.
Dars tayyorlash vaqti:
Ona tili — 25 daqiqa.
Matematika — 35 daqiqa.
Qisqa muddatli jismoniy mashqlar.
Dars tayyorlash ishlari «Kamolot» YIH va «Kamalak» tash-
kiloti faollari yordamida o‘tkaziladi. O‘z-o‘zining va boshqalar-
ning ishlarini tekshirish. Tanaffus vaqtida «Kamolot» faollari yor-
damida badantarbiya mashqlari o‘tkaziladi.
Javobgar — Ahmedov A.
Tarbiyachi bajarilgan vazifalarni tekshiradi.
Sayr — 15
45
—16
00
.
Maktab hududini tartibga keltirish ishlari bilan shug‘ullanish
va qiziqarli o‘yinlar o‘tkazish.
Kerakli ashyolar: 5 ta supurgi, 7 ta belkurak.
O‘yin ashyolari: to‘plar.
Guruh faollari: Ahmedov A., Saidov M., Hakimova R.
«Kamolot» — faollar — Komilov V., Umarov R.
To‘garak ishlari:
Sport seksiyasi — 7 o‘quvchi — 45 daqiqa.
Mohir qo‘llar — 12 o‘quvchi — 45 daqiqa.
Shaxmat seksiyasi — 3 o‘quvchi — 45 daqiqa.
Kun natijalari.


85
Boshlang‘ich 
sinf 
kuni 
uzaytirilgan 
guruhlarining 
haftalik 
ish 
rejasi

si
nf
II
si
nf
II

si
nf
IV
s
in

1.
S
al
om

mak
tab

2.
O
zo
dal
ik
h
af
tal
igi
3.
Y
an

ku

ke
ld

4.
M
en
in

bi
ri
nc
hi

qi
tu
vc
hi
m
5.
B
iz
ni
ng
b
ax
tli
y
os
hl
ig
im
iz
6.
N
on
—
b
iz
ni
ng
b
oy
lig
im
iz
7.
B
iz
k
el
aj
ak
y
os
hl
ar

8.
B
iz
a
hi
l b
ola
la
rm
iz

9.
E
rt
ak
la

du
ny
os
id

10

K
uy
lay
mi

va
r
asm 
so
la
mi

11
. Qi
sh
k
el
di

12. 
Te
ja
m
kor
lik

lk
as
id

13

Y
an
gi
y
il 
ol
di
da

14

Sa
lo
m
, Y
an
gi
y
il!
15

Bi

ro
stg


bo
lal
ar
mi
z!
16
.Y
os

sp
or
tc
hi
la

17

Q
is

qu
vo
nc
hi

18

M
eni
ng
s
ev
im
li 
qo
‘sh
ig
‘im

19

O
zo
da
b
ol
al
ar
m
iz

20.
E
rt
ak
la

du
ny
os
id

21
. Q


ir
ch
oq
t
ea
tr

22

O
nal
ar
ni
ng
b
ay
ra
mi

23

Sa
lom

N
av
ro‘
z!
Yan

m
ak
tab
da!
So

lo
m
b

lis
hn
i is
ta
sa
ng
Ol
tin 
ku

O
‘qi
tu
vc
hi

—
me
hr
ib
on
im
B
izg

ba
xt
b
er
uv
ch

qo
nu
nl
ar
Ku

ne
’m
at
la
ri
«K
am
al
ak
» 
yo
sh
la
ri 
—
a
hi

bo
la
la
r! 
Bi
zn
in

sh
ah
ar
B
ola
la

va
s
an
’a

K
umu
sh
q
is

ke
ld

Me
ni
ki
v

se
ni
ki
Yan
gi
y
il 
ha
ra
ka
tlar

Sa
lo
m
, Y
an
gi
y
il!
R
os
tg

yl
ik
v
a v
ijd
on
lil
ik
Yo
sh
la

—
Prez
id
en

bo
la
la
ri

B
ola
la

va
h
ay
vo
nl
ar
B
iz
ni
ng
b
ax
tli
b
ol
al
ig
im
iz

Me
ni
ng
V
at
an
im

Q
ad
im
gi
o
‘z
bek
x
al

ta
ro
na
la
ri 
Qa
hr
am
on
o
na
la

Bah
or
e
sh
ik
q
oq
m
oq
da

Nav
ro
‘z
im 
me
ni
ng
Sa

at 
haf
ta
si
O
daml
ar
g‘amxo
‘r
b

lish

ke
ra
k!
Bi
liml
ar
h
af
tal
igi
Sp
or

ha
fta
lig

Ta
bi
at
ni
a
sr

O
‘z
be
ki
sto

K
on
sti
tu
tsi
yasi

qu
vc
hi
ni
ng
a
xl
oq
iy
mad
an
iy
ati
B
iz
b
ay
na
lm
in
alc
hi
la
rm
iz

H
amma 
kasb
lar
k
er
ak
v

mu
hi

Sh
ah
ar
b

yl
ab
s
ay
oh
at 
Sa

at
d
un
yo
si
da
Sp
or

ha
fta
lig

Yo
sh
la

—
te
ja
mk
or
b
ol
al
ar
Q
or
bob

us
ta
xo
na
si
Sa
lo
m
, Y
an
gi
y
il!
Sp
or

ha
fta
lig

M
eh
na
tn

ulug
‘la
ym
iz
Yo
sh
la



ma
kt
ab
in

se
va
di
la

va
y
axsh
i o
‘qi
yd
ila
r! 
Va
ta

bo
‘y
la
b! 

zb
ek
is
to

Qa
hr
am
on
la
ri
Yo
sh
la

—
r
ostg
o‘y
b
ol
al
ar

Bu
vi
la
ri
m
iz
va
o
na
la
ri
m
iz

C
ha
qim
ch
ilik
—
y
om
on
o
da

G

za
lli

dun
yos
id

B
ili
ml
ar
d
un
yo
si
da
Qu
vn
oq
s
ta
rt
la

T
ab
iatn
i a
sr

va
m
uh
of
az

qi

O
‘q
it
uv
chi
lik 
ka
sb

H
uqu

va
b
ur
ch
la
ri
mi


qi

K
ito

—
bi
lim
x
az
in
as

O
‘qu
vc
hi
la

qo
id
asi
M
us
ta
qi
lli

uc
hu

ku
ra
sh
ga
nl
ar
M
en
se
vg
an
k
asb
Sh
ah
ri
m
nin


tm
is
hi
v

ke
la
ja
gi
Sa

at
t
ur
la
ri
Ch
aqqo
nl
ar
v

ep
ch
ill
ar
Te
ja
m
kor
lik
g
ur
uh

Yan
gi
y
il 
ba
zm

Sa
lo
m
, Y
an
gi
y
il!
Y
os
hla
rn
in


am
xo
‘r
lik
is
hi
Me
ni
ng
s
ev
im
li 
ka
sbi
m

Bi

is
tiq
lo
l g
‘o
ya
la
ri
ni

rg
an
ami
z.
«K
am
al
ak
» 
—
«
K
am
ol
ot
» 
yo
r-
da
m
ch
isi
Me


zb
ek
is
to

fu
qa
ro
sim
an 
Q
ah
ramo
nl
ar
i
zi
dan


86
Davomi

si
nf
II
si
nf
II

si
nf
IV
s
in

24.
G

za

ba
ho
r! 
25.
B
iz
b

la
ja

ba
rk
am
ol
yo
sh
la
r! 
26

B
iz
ni
ng
f
az
og
ir
la
r!
27

Se
vim
li b
ob
ol
ar
im
iz

28
. X
ot
ir

va
q
ad
rl
ash
k
un

29.
Y
oz
y
aq
in
la
sh
di
30

31

32.
33

«K
amal
ak
» 
va
«
K
amo
lo

tu
g‘i
lgan
k
un
Yo

ne
’mat
la
ri 
B
iz
y
an
a b
ir
y
os
hg

ul

ay
di

Sa
lo
m

N
av
ro
‘z

Yax
sh
ili

yo
mo
nl
ik
ni
y
en
ga
di
Yo
sh
la

—
b
o‘l
aj
ak
«
K
amo
-
lot
» 
Y
IH
a
’z
ola
ri
di

Fa
xr
iy
la

—
ur
us

Qa
hr
am
on
la
ri

«K
amal
ak
» 
yo
sh
la
ri
k
un

Ta
’t
ill
ar
y
aq
in
la
sh
di
Me

yo
zd

ha
m
ki
to


qi
ym
an
Q
ad
img
i mad
an
iy
at.
X
al
qar

xo
ti
n-
qi
zl
ar
k
un
i! 
Bah
or
o
han
gl
ar

Assal
om, 
N
av
ro
‘z

Sa

at 
haf
tasi
«K
amal
ak
» 
tu
g‘i
lgan
k
un
M
ustaqi
lli

va
y
os
hl
ar
Ikki
nc
hi
J
ah
on
u
ru
sh

Uru
sh
f
ax
ri
yl
ari
O
tal
ar
im
iz
de

ya
sh
ay
mi

va

qi
ym
iz
Yo
sh
la

va
s
po
rt

qu
vc
hi
la

yo
zi
BOSHLANG‘ICH 
SINFLARNING 
KUNI 
UZAYTIRILGAN 
GURUHLARIDA 
TARBIYAVIY 
ISH
METODLARI
Kuni 
uzaytirilgan 
guruhlarda 
tarbiyachi 
ishi 
o‘quvchilarga 
yakkama-yakka 
ta’sir 
va 
butun 
jamoa
ta’sirini 
o‘tkazish 
tizimini 
tashkil 
qilishdan 
iborat. 
Tarbiyachi 
bolalar 
bilan 
hamkorlikda 
kelajakka
ishonch, mehr-shafqat va insonparvarlik ruhini singdirish asosida ish olib boradi. Boshqacha aytganda, tarbiyachi 
o‘quvchilarga 
sezdirmagan 
holda 
o‘z 
faoliyatini 
umid 
va 
ishonch, 
insonparvarlik 
g‘oyalari
asosiga quradi. Buning uchun pedagog boshlang‘ich sinflarda o‘qitish ishlari va usullarini puxta bilishi, shu 
o‘quvchilarning 
yosh 
xususiyatlarini, 
shuningdek, 
kuni 
uzaytirilgan 
guruhlarning 
o‘ziga 
xos


87
tomonlarini bilishi kerak. Bola fikrini tinglay va anglay olish, u
bilan suhbat olib borish qobiliyatini egallashi kerak. O‘quvchilar
tomonidan har xil tushunmovchiliklarning vujudga kelishiga yo‘l
qo‘ymasligi lozim.
Tarbiyachining maqsadi shundaki, u bolalarning qiziqishini
o‘rganishi kerak. Xulqidagi ijobiy va salbiy tomonlarni tushunib
yetishda ularga yordam berishi lozim. U tarbiyalanuvchi va
jamoatchilik o‘rtasidagi yaxlit birlikka erishishi kerak. Bu maq-
sadni hamkorlik pedagogikasi amalga oshiradi. Bunda shaxslararo
aloqa zanjirlari asosida boshqalarning fikrini hurmat qila olish,
o‘zaro ishonch, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi mustah-
kam aloqalar barqaror bo‘lishi lozim.
O‘zaro aloqaning bunday shakli tarbiyachi va maktab o‘quv-
chilari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi, ichki his-tuyg‘ularini
shakllantiradi. Bunday shaxslar har tomonlama erkin, o‘z
fikrlariga ega bo‘lishadi.
Hamkorlik pedagogikasi — shaxsdagi demokratik qarashlarni
rivojlantirishdan iborat bo‘lib, bu faqat bolalarni o‘qitish va
tarbiyalashgina bo‘lib qolmay, balki o‘qituvchi va tarbiyachilarning
shaxsiy ijodkorligini o‘stirish ham demakdir. Hamkorlik pedago-
gikasi o‘qituvchilar jamoasi bilan o‘quvchilar jamoasi o‘rtasidagi
to‘siqni bartarof etish, ularni umummaktab jamoasiga aylanti-
rishdir. Hamkorlik maktab va ota-onalarni, maktab va uning
ijtimoiy muhitini birlashtiradi.
Tarbiyachilar o‘z tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda ishlarni
yanada yaxshi yo‘lga qo‘yishni, o‘ylagan maqsadlarini amalga
oshirishni demokratik asosda hal qiladilar. Bunda ular jamoa fikri
va tajribalariga suyanadilar. O‘quvchilarda milliy axloqiy tarbiya
izchilligiga, tinchlikka bo‘lgan shaxsiy munosabat, jamiyat
oldidagi o‘z burchiga, mehnat qilishga ongli munosabatda bo‘lishi,
shuningdek, qiziqish, harakatchanlik, bilimga intilish, o‘ziga
ishonch faol hayot jabhalarida shakllanadi va rivojlanadi.
Asosiy vazifalardan biri — maktab jamoasi orasida demokra-
tik muomalani rivojlantirish, amalga oshirish, o‘quvchilarni o‘z
fikrini erkin bayon eta olishga, madaniyatga o‘rgatishdan ibo-
ratdir. Tarbiyachi demokratik takomillashgan shaxs sifatida,
kattalar va boshqa bolalar bilan teng huquqli munosabatda bo‘lishi
kerak.


88
Yuqorida bayon etilgan yo‘nalishlar tarbiyaviy ishlar rejasi-
ning tuzilishini belgilab beradi: jamoa tavsifnomasi, tarbiyala-
nuvchilar va ularning ota-onalari haqida anketa ma’lumotlari,
jamoa a’zolarining tarbiyalanganlik darajasiga pedagogik tavsif-
noma, tarbiyaviy ishlarning belgilangan muddatdagi asosiy
vositalari, jamoaning ijodiy ishini atroflicha yaxlit rejalashtirish.
Jamoaning ijodiy ishini o‘quvchi shaxsini shakllantirish
choralaridan biri deb hisoblaydi va uni quyidagi bosqichlarga bo‘ladi:
1- bosqich. Tarbiyachining taxminiy ishi.
A. Jamoa rahbarining o‘z ustida ishlashi. Pedagog uning
tarbiyaviy ahamiyati va yaxlitligi, hammasidan ko‘ra axloqiy
tarbiyaviy ahamiyati, jamoaning ijodiy ishini belgilaydi: umumiy
siyosiy xarakterli mehnat, badiiy, sport va h.k. Muayyan davrlarda
o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan ijodiy ishlar bayramgacha va bayram
vaqtida (2—3 variant) va o‘z takliflarini umumiy yig‘ishda
tayyorlanadi, bayramni tayyorlash va uni o‘tkazish vaqtida kichik
bosqich jamoalariga beriladigan ijodiy ko‘rsatmalar belgilanadi.
Tarbiyaviy mashg‘ulotlarni va ijodiy kechalarni rejalashtirish
ishlarini tarbiyalanuvchilar yoki yordamchilaridan biri o‘tkazishi
mumkin: axborotlar, suhbatlar, sayohatlar, sinfdan tashqari o‘qish,
to‘garak ishlari, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar va h.k.
Tarbiyachi quyidagi ishlarni belgilaydi: homiylar va tarbiyalanuv-
chilarning yaqin qarindoshlari shu davrda bayram uchun
nimalarni qilishi kerak; tarbiyachining boshqa pedagoglar bilan
hamkorligi nimadan iborat bo‘ladi?
B. Jamoa rahbarini homiylar bilan o‘z tarbiyalanuvchilari-
dan «sir tutib ishlashi», bayramni tashkil qilishda homiylar bilan
fikr almashish.
D. O‘quvchilarning yaqin qarindoshlari bilan bayramni o‘tka-
zish to‘g‘risida fikr almashish.
E. Aniq maqsad bilan tadbirlar o‘tkazish: suhbatlar, sayohatlar
va h.k. Bu tadbirlarni o‘tkazish borasida har kungi suhbatlarda,
o‘qituvchilar bu bayramning quvonchli tomonlari haqida hikoya
qiladilar, shu yo‘l bilan tarbiyalanuvchilar va ularning
qarindoshlarini qiziqtiradilar.
2-bosqich. Jamoa bo‘lib rejalashtirish davri.
Bu davr umumiy yig‘ilish shaklida amalga oshiriladi. Bu
yig‘ilish jamoaning ijodiy ishi uch bosqichda olib boriladi.
A. Jamoa rahbari yig‘ilish qatnashchilariga muammoli savollar
beradi:


89
— bayramni qiziqarli o‘tkazish uchun biz bayramgacha va
bayramda nimalar qilishimiz kerak? Qanday ishlar? O‘yinlar?
— kimning xursandchiligi va kimning foydasini ko‘zlaymiz?
— qayerda o‘tkazish maqsadga muvofiq?
— kim bilan birga o‘tkazish kerak?
B. Kichik bosqich jamoalarda ishlash. Har bir qatnashuvchi
o‘z fikri va taklifini aytadi. Jamoalar rahbari eng kuchsiz kichik
jamoaga «sir tutgan holda» uning ishiga yordam beradi, o‘z
takliflari bilan ruhlantiradi.
Jamoada ijodiy ishlarning to‘g‘ri tashkil etilishi kuni uzayti-
rilgan guruhlarda shaxsni har tomonlama shakllantirishga imkon
beradi. Tarbiyaning bu shakli jamoa va kattalar tomonidan amalga
oshiriladi.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyaviy ishlarning mehnat,
san’at, o‘yin, sayohatlar, musiqa va hokazo turlari amalga
oshiriladi. Tarbiyaviy ishlarda madaniyat uylaridan, stadion,
bog‘lar va xiyobonlardan foydalanish mumkin. Xonalardagi
mashg‘ulotlarda texnika vositalari, har xil buyumlar, o‘yinchoqlar,
turli qurilish ashyolari asqotadi.
Tarbiyaviy ishlarning samaradorligi o‘quvchilar harakatining
ilmiy mehnatdan to‘g‘ri asosga yo‘naltirilishiga bog‘liq. Tarbiyachi
o‘quvchilarning faoliyatini tashkil qilishda eng qulay pedagogik
metodni qo‘llaydi, tarbiyaviy ishning maqsadini, vazifalarini,
tamoyillarini, mazmunini aniqlaydi. Lekin metodsiz va tarbiyaviy
ishlarni tashkil qilish yo‘llarisiz tarbiya maqsadiga erishib bo‘l-
maydi. Pedagogikada metodlarning bir necha tabaqasi mavjud.
Ilmiy jihatdan asoslanib berilgan tarbiyaviy ishlar silsilasiga
Yu. K. Babanskiy, Omanashvili, T. I. Ilina, S. P. Baranov,
S. R. Rajabov, Z. F. Mirtursunov, O. To‘rayeva, R. Usmonov,
I. P. Ivanov va boshqalarning ishlari tavsiya etiladi.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyaviy usullarni qo‘llashda
I. P. Ivanov tomonidan tavsiya etilgan metodlar muhimdir:
I guruh. Do‘stlikni rivojlantirish metodlari.
a) mehribonlik tuyg‘ulari, erkinlik: uzoq va yaqindagi do‘stlar
bilan hamkorlik;
b) yaxshi ishdan quvonish, ijodiy fikr yuritish, qahramonlik,
go‘zallik, saxiylik, olijanoblik, xursandchilik;


90
d) do‘stona rag‘batlantirish, ma’qullash, qo‘llab-quvvatlash,
maqtash, ko‘ngil olish. Bu metodlar yordamida bolalarda qiziqish
va o‘z kuchiga ishonch tuyg‘ulari tarkib toptiriladi.
II guruh. Do‘stlikka ishontirish metodlari.
Bu metodlar yordamida mas’uliyatni his qilishga o‘rgatiladi
va shu psixologik jarayon mustahkamlanadi: o‘rtoqlarga va o‘ziga
talabchanlik, nazorat, bir-birini tushunish va yordam berish, o‘z-
o‘zini tanqid qilish. Bu guruh metodlari ichida o‘z-o‘zini tanqid
qilish tarbiyada asosiy rol o‘ynaydi. Buning natijasida bolalarda
o‘zidan qoniqmaslik, o‘z xatolarini tuzatish xohishi tug‘iladi. Bu
xususiyatlarni shakllantirishda yordam beradigan metodlar,
shuningdek, askiya va hokazolardir.
III guruh. Bir-biriga do‘stona o‘rgatish metodlari.
Do‘stona, o‘rtoqlarcha g‘amxo‘rlik qilish ko‘nikmalarini
shakllantirish:
a) odamlarga ishonch, o‘rtoqlik, o‘rtoqlarcha samimiy tanq-
id, odamga murojaat etish, o‘rtoqlarcha yordam so‘rash;
b) o‘rtoqlarcha ishontirish metodi: o‘rtoqlarcha tushuntirish,
uqtirish, hikoya qilish, suhbat, o‘z tajribasi asosida tushuntirish,
shaxsiy tajribasini muhokama qilish va boshqalar tajribasidan
o‘ziga tegishli xulosa chiqarish.
d) o‘rtoqlarcha o‘rgatish metodlari:
— hayotning optimal rejimi, tartibining ketma-ketligi aniq-
lanadi, bir-biriga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi;
— o‘rtoqlarcha ijodiy topshiriq berish, o‘quv va amaliy
masalalarni bajarish;
— do‘stona ijodiy o‘yinlar orqali jamoaning quvonchiga sherik
bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish;
— o‘rtoqlarcha musobaqa, o‘zlashtirmovchilar bilan ishlash;
— do‘stlik an’analari: ko‘pchilik quvonchi va foydasi uchun
jamoaning ilg‘or tajribalaridan ijodiy foydalanish.
Umuman olganda, yuqorida zikr qilingan tarbiyaviy yo‘na-
lishlar va metodik ishlarning rang-barang turlari boshlang‘ich
sinflarning kuni uzaytirilgan guruhlarida tarbiyaviy ishlarni tashkil
qilish, ularni mazmunan to‘g‘ri hal qilishda juda katta ahamiyat
kasb etadi.


91
O‘QUVCHI SHAXSINI VA O‘QUVCHILAR
JAMOASINI O‘RGANISH
Bugungi kunda maktabning vazifasi har tomonlama rivojlan-
gan shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Buning uchun o‘quvchilarni
va o‘quvchilar jamoasini puxta o‘rganish asosan ikki yo‘l bilan
amalga oshiriladi. Bir tomondan, umumpsixologik jarayonlar
nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, muayyan, aniq o‘quv tarbiya
jarayoni zaruriy omildir.
Bu sharoitda o‘quvchi shaxsini va o‘quvchilar jamoasini o‘rga-
nishda quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Har bir o‘quvchining psixologik rivojlanishi jarayonini
o‘rganish.
2. Diagnostika hech qanday normaga binoan o‘tkazilmaydi.
Diagnostika muayyan bir o‘quvchining ilgari aniqlangan xususi-
yatlarini taqqoslaydi.
3. O‘quvchining psixologik rivojlanishi barcha o‘qigan yillari
mobaynidagi faoliyati bilan qiyosiy o‘rganiladi.
4. Diagnostika yaqin orada bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlaydi.
5. O‘qituvchining rivojlanish darajasini aniqlagandan so‘ng,
uning mazmuni tekshiriladi.
6. O‘quvchi shaxsini va o‘quvchilar jamoasini o‘rganish mu-
ayyan pedagogik vazifalarni bajarishga qaratilishi lozim.
7. Pedagogik optimizm — bu o‘quvchi shaxsida hamkorlik
va kelajakka ishonch tuyg‘usining tarkib topishiga erishishdir.
8. O‘quvchining shaxsini psixologik o‘rganish umumiy ravish-
da olib boriladi, psixologik rivojlanishning barcha tomonlari
o‘rganiladi.
9. Eksperimental vazifalar o‘quvchi yoshiga mos bo‘lishi lozim.
10. O‘quvchining psixologik rivojlanishini tekshirish, o‘quv-
tarbiya jarayonida olib borilishi lozim.
Diagnostikaning o‘quv jarayonidagi vazifasi tarbiya, nazorat
qilish va kelajakda bajariladigan ishlarni belgilashdan iborat.
Diagnostika manbasi: mafkuraviy, ekologik, aqliy, axloqiy,
mehnat, estetik va badantarbiyadir. Quyidagi maqsad va talab-
lardan kelib chiqib, biz diagnostika mazmunini aniqlaymiz.
Shaxsning rivojlanganlik darajasini aniqlash; aniq bir taassurot


92
natijasida o‘quvchi shaxsida bo‘lgan o‘zgarishlarni tahlil qilish;
psixologik rivojlanishning imkoniyatlarini topish, izlash.
Tarbiyachi o‘quvchilar va kichik jamoa haqidagi ma’lumotlar-
ni yig‘ib, ularni tizimlashtiradi. Buning bir necha metodlari bor:
Tekshirish metodlarining tabaqalanishi:
I. Eksperimental bo‘lmagan metodlar:
a) kuzatish;
b) anketa tarqatish;
d) suhbat;
e) o‘quvchilar faoliyatining natijalarini tahlil qilish.
II. Diagnostika metodlari:
— baholash tartibi: bir, ikki, uch, to‘rt, besh.
— bilim sifatini aniqlaydigan metodlar;
— aralash metodlar.
III. Tajriba metodlari:
a) tabiiy tajriba (psixologik va pedagogik tajriba);
b) modellashtirish tajribasi: axloqiy masalalarni hal qiluvchi;
go‘zallik xususiyatlari, kerakli axborotni eslab qolish;
d) laboratoriya tajribasi.
IV. Shakllantirish metodlari.
To‘plangan ma’lumotdan tarbiyachi reja tuzishda foydalana-
di. Buning uchun dastlab reja turlarini belgilaydi, tuzilishini, reja
tuzish vositasini aniqlaydi. Bu ishlar o‘quvchilar bilan hamkorlikda
o‘tkaziladi. Reja tuzishda quyidagi ma’lumotlar ishlatiladi:
1. Tarbiya vazifalari;
2. Diagnostika natijalari;
3. Dasturlar va metodik hujjatlar.
Quyida o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasini ko‘rsatadigan
taxminiy diagnostik dastur namunasi berilgan.
O‘quvchining tarbiyalanganlik darajasini ko‘rsatadigan diagnostik dastur


93
T
ar
bi
yal
an
ga
nl
ik
b
el
gi
la
ri
Sh
ax
sn
in

xu
su
si
ya
tlar

Y
aq
qo

se
zi
la
di

da
ra
ja
Sez
ila
di
II
d
ar
aj

K
am 
se
zi
la
di
II

da
ra
ja
Sez
ilm
ay
di
IV
d
ar
aj

1.
G
‘o
ya
vi

va
s
iy
os
iy
fa
olli
k.
H
ar
d
oi
m
g
az
et


qi
yd
i, 
ra
di

tin
gl
ay
di
va
te
le
ko
‘r
satu
vl
ar
ni
k

ra
di

si
yo
si

bi
limi
ni
o
‘z
d

stl
ar

va
o
‘q
uv
ch
ila
r o
ra
si
da
tar

ib
qi
la
di

H
ar
d
oi
m
g
az
et


qi
yd
i, 
ra
di

tin
gl
ay
di
va
te
le
ko
‘r
satu
vl
ar
k

ra
di

si
yo
si

bi
limi
y
axsh
i, 
le
ki

si
yo
si

bi
lim
in
i t
ar

ib
qi
lm
ay
di
. B

is
hn

ilt
im
os
qi
lin
gan
da
v

va
zi
fa
be
ri
lg
an
da
b
aj
ar
ad
i. 
K
era
kl

da
ra
ja
da
b
ili
m

yo
‘q, 
ah
yo
n-
ah
yo
nd

gaz
et

o‘q
iy
di

Si
yo
si

m

lu
-
mo
ti 
kam, 
ga
ze
-
tal
ar
ni
k
am 

qi
yd
i. 
2. 
O
‘q
is
hg

ni
sb
at
an
mas’u
liy
at

T
ir
ish
ib
o
‘q
iy
di

bi
limg

qi
zi
qi
sh
i b
or

m
eh
na
tse
var

ya
xs
hi
y
ut
uq
la
rg

er
is
hg
an




rt
oq
la
ri
ga
y
or
da
m
be
ra
di

T
ir
ish
ib
o
‘q
iy
di

bi
limg

ch
an
qo
q, 
m
eh
na
tse
var

le
ki


rt
oq
la
ri
ga
k
at
ta
la

ilt
im
os
qi
lg
an
da
v

bu
yu
rg
an
da
yo
rd
am 
be
rad
i. 
Ti
ri
sh
ib
o
‘q
im
ay
di


qi
sh
ga
q
iz
iq
m
ay
di

un
i d
oim
n
az
or
at
qi
lish
k
er
ak

do
‘s
tla
rin
in


qi
sh
ig


tibo

be
rm
ay
di

N
az
or
at 
os
tid

ha
m
o
‘q
is
hg

qi
zi
qi
sh
i y
o‘q.
Yo
mo


qi
yd
i. 
3.
I
jti
m
oi

fo
yd
al

me
hn
atg

mu
no
sab
ati

M
eh
natn
in

jamo
at 
uc
hu

za
ru
rl
ig
in
i t
us
hun
ad
i, 
m
eh
nat
t

g‘ri
si
da
gi
b
ili
m
ga 
qi
zi
qad
i, 

z-

zi
ga
x
iz
mat 
qi
lish
ni
s
ev
ad
i, 
bo
sh
qal
ar
ni
me
hn
atga 
jal

et
ad

M
eh
natn
in

jamo

uch
un
ke
ra
kl
ig
in

tu
sh
un
ad
i, 

zi
vi
jd
on
an
m
eh
na

qi
lis
hga
in
til
ad
i, 
le
ki

atr
of
dag
ilar
ni
me
hn
atga 
jal

et
may
di

Ped
ago

va 
do
‘s
tla
ri
ta
la

qi
ls
a,
m
eh
na

qi
la
di

Ji
smo
ni

me
hn
atn

se
vm
ay
di

tal
ab
va
n
az
or
at 
bo
‘ls

ha
m
m
eh
na
td
an
bo
sh
t
or
ta
di

4.
J
am
oa

is
hi
da
ja
vo
bg
ar
lik 
va
b
ur
ch

Jamo
at 
to
psh
ir
ig
‘i
ni
x
oh
is

va
ja
vo
bg
ar
lik
b
ila

ba
ja
ra
di

bo
sh
qa
la
rd
an
h
am
sh
un

ta
la

qi
la
di

Jamo
at 
to
psh
ir
ig
‘i
ni
x
oh
is

va
ja
vo
bg
ar
lik
b
ila

ba
ja
ra
di

le
ki

bo
sh
qa
la
rd
an
b
un
i t
ala

qi
lm
ayd
i. 
Top
sh
ir
iq
la
rn
i q


uc
hi
da
b
aj
ar
ad
i, 

qi
tu
vc
hi
la

va
do
‘stl
ar
t
om
on
id
an
na
zo
ra
tn
i tal
ab
qi
la
di

Jamo
at 
to
ps
hi
ri
ql
ar
id
an
bo
sh
t
or
ta
di

mas’u
liy
at
si
zl
ik
ka
yo
‘l 
qo
‘ya
di

Davomi


94
5.
I
nt
iz
om
li-
lik

O
‘z
in
i n
amu
nav
iy
t
ut
ad
i, 
mak
tab
da

ko
‘c
ha
da

uy
da
mu
staqi
l, 

zi
ni
t
ut
is

qo
id
al
ar
ig

ri
oy

qi
la
di

O
‘z
in
i y
ax
sh
i tu
tad
i, 
le
ki

bo
sh
qa
la
rd
an
b
un

ta
la

qi
lm
ayd
i. 
F
aqat 

qi
tu
vc
hi
v

do
‘s
tlar
i n
az
or
ati
o
sti
-
da
o
‘z
in
i t
ut
is

qo
id
a-
la
ri
ga
r
io
ya
q
ila
di

Ped
ago
gl
ar
v

do
‘stl
ar
t
al
ab
la
-
ri
ga 
qar
ama
sd
an
in
tiz
om
ni
b
uz
ad
i. 
6.
J
am
oa
t-
ch
ilik
v

do‘
st
lik

Jamo
an
in

man
faa
tl
ar
in

ko
‘z
la
yd
i,
d

st
la
ri
ni
il
tim
o-
si
ni
x
oh
is

bi
la

ba
ja
ra
di

ja
mo
at
ish
la
ri
ni
t
ash
ki

et
ad
i. 
D

st
la
rin
in

ilt
im
os
in

ba
ja
ra
di

di
lk
as
h,
ja
m
oa

m
an
fa
at
in
i k

zl
ay
di,
le
kin
ja
mo

is
hl
ar
in
i tash
ki

et
m
ay
di


qi
tu
vc
hi
y
ok

ja
m
oa
a’z
ol
ar

tal
ab
i tu
fa
yl

ja
m
oa
is
hi
da
qatn
ash
ad
i. 
Al
oq
a,
d
ilk
ash
-
lik
da

bos

to
r-
ta
di

man
m
an

fa
qa


zi
ni

yl
ay
di

7.
M
eh
ri
-
bo
nl
ik

Me
hr
ib
on



xo
hi
sh
i b
ila

qi
yi

da
m
la
rda
o
da
m
la
rg

yo
rd
am 
be
ra
di

bo
sh
qal
ar
ni
ha

me
hr
ib
on
lik
ka 
ch
aq
ir
ad
i. 

zi
m
eh
ri
bo
n,
o
da
m
la
rg

qi
yi

da
m
la
rda
y
or
da
m
be
ra
di

le
ki

bo
sh
qa
la
rn

me
hr
ib
on
lik
ka 
ch
aqi
rmay
di


qi
tu
vc
hi
y
ok

ja
m
oa
bu
yu
rga
nd

do
‘s
tla
ri
ga
va
q
ar
iy
al
ar
ga
y
or
da

be
ra
di

M
eh
ri
bo

emas, 
do
‘s
tla
rin

ha
qo
ra

qi
la
di

8.
R
os
t-
go
‘y
lik

So
‘z
in
in

us
ti
da

ch
iq
ad
i, 

qi
tu
vc
hi
v

do
‘s
tlar

bi
la

ha
m
is
ha
, o
‘z
x
oh
is
hi
b
ila

ka
m
ch
ili
kl
ar
in
i b

yn
ig

ol
ad
i,
b
os
hq
al
ar
da

ha

sh
un

ta
la

qi
la
di

So
‘z
in
in

us
ti
da

ch
iq
ad
i,

qi
tu
vc
hi
la

va
d

st
la
ri
b
ila

ha
m
is
ha
, o
‘z
x
oh
is
hi
b
ila

ka
m
ch
ili
kl
ar
in
i b

yn
ig

ol
ad
i,
le
ki

bo
sh
qal
ar
da

bu
ni
ta
la

qi
lm
ay
di

V
a’d
asi
ni
h
ami
sh

ba
ja
rm
ay
di

ka
tt
al
ar 
yo
ki
d

st
la
ri
k

r-
satgan
da
h
am 
o‘z
xa
to
si
ni
t
ez
da
b

yn
ig

olm
ay
di

Ko
‘p
in
ch

ro
stg
o‘y
e
ma
s, 
ka
ttal
ar
ni
v

do
‘s
tla
rin

al
da
yd
i. 
9.
S
odda
lik
va
ka
m
ta
rl
ik.
So
dd

va 
ka
mtar
on

ki
yi
na
-
di

ka
mtar
on

mu
no
sab
atd

bo
‘la
di,
d

st
la
ri
v

ka
tt
a-
la
rg

ha

sh

xu
su
si
ya
tlar
ni
tar

ib
q
ila
di

O
‘z

so
dd

va 
ka
mt
ar

le
ki

do
‘s
tla
rin
i q

po
lli
gi
ga
be
pa
rv
o.
K
at
tal
ar
v

do
‘stl
ar

atr
of
id

kamtar

D

stl
ar
ig

ni
sb
at
an
o
‘z
in

ka
tta
tu
tad
i, 
bi
ro
vn
i k
am
sit
ad
i, 
doi
m
k
ek
ka
ya
di

10

T
ej
am
-
ko
rl
ik


zi
ni
ng
v

xa
lq
m
ul
ki
ni
te
ja
yd
i, 
atr
of
id
agi
lar
ni
h
am 
sh
un
ga
c
ha
qi
ra
di

O
‘z

tej
am
ko
r,
l
ek
in
bo
sh
qa
la
rni
bu
ng

ch
aq
ir
mayd
i. 
N
az
or
at 
os
tid

te
ja
m
kor
lik
q
ila
di

T
ej
am
ko

emas, 
m
akt
ab
m
ul
ki
ga
za
ra

ke
lti
ra
di



95
KUNI UZAYTIRILGAN MAKTAB, SINF, GURUH
VA MAKTAB-INTERNATLARDA KUN TARTIBI
Maktabda kuni uzaytirilgan sinf, guruh o‘quvchilari uchun
dars soatlaridan tashqari yana 30 soat haq to‘lanadigan pedago-
gik vaqt mavjuddir. Vaqtni ratsional taqsimlash, undan to‘g‘ri
foydalanish bolalar kamolotiga, sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir etadi.
A. S. Makarenko bolalarning kun tartibi haqida gapirib, uning
o‘quvchida mustahkam xarakterni tarbiyalashda, zarur ko‘nik-
malar hosil qilishda muhim rol o‘ynashini ta’kidlagan edi.
Bolalarning kuni uzaytirilgan sinf va guruhdagi vaqti to‘g‘ri
taqsimlangan kun tartibi asosida o‘tishi kerak. Kun tartibi, avval
ta’kidlaganimizdek, bolaning garmonik rivojlanishini nazarda
tutgan holda, ta’lim va tarbiya ishining sifatini yaxshilash,
shuningdek, maktab, ota-onalar va jamoatchilikning imkoniyat-
lariga moslashtirib tuzilishi zarur.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda 30 soat vaqtni taxmi-
nan quyidagicha taqsimlash mumkin:
Sinflar bo‘yicha soatlar soni 
Hafta davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulot 
turlari 
I sinf 
II—III sinflar 



Darsdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari 
Ijtimoiy-foydali mehnat, texnik ijodiy ishlar 




Badantarbiya (ochiq havoda mashg‘ulotlar) 


Badiiy-estetik tarbiya (tasviriy ijod, musiqa, 
teatr, adabiyot mashg‘ulotlari) 


Rejalashtirilgan ijtimoiy-tashkiliy faoliyat 


Ovqatlanish, sayr (ochiq havoda 
badantarbiyani hisobga olmaganda) 
10 
10 
Bo‘sh vaqt (o‘yinlar, 1-sinflarda uyqu) 


Vaqtni bu tarzda taqsimlash dars va darsdan tashqari mash-
g‘ulotlarni hisobga olgan holda maktabning yagona ta’lim-tar-
biya rejasi va haftalik kun tartibi mukammal jadvalini tuzish
imkoniyatini yaratadi. Kuni uzaytirilgan guruh kun tartibi darsni
o‘z vaqtida tugatish, toza havoda sayr qilish, ikki marta ovqatla-
nish, ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug‘ullanish, birinchi, ikkin-


96
chi sinf o‘quvchilarining hamda sog‘lig‘i zaif bo‘lgan bolalarning
uxlab dam olishlari, bo‘sh vaqtda to‘garaklarga qatnashish, uy
vazifasini bajarish, ochiq havoda harakatli o‘yinlar o‘ynash, sinf
xonalarini tozalash kabi tadbirlarni bajarishni nazarda tutgan
holda tuziladi. Bu faoliyat turlarining hammasini 9—10 soatga
gigiyenik va pedagogik jihatdan to‘g‘ri taqsimlash kuni uzayti-
rilgan sinf va guruhlar kun tartibining asosiy vazifasidir.
Kundalik rejim bolalarni baquvvat va ruhan chiniqqan holda
tarbiyalashda muhim omillardan biridir. Kundalik rejim har kuni
takrorlanib turuvchi, bolalarning barcha faoliyatiga ijobiy ta’sir
etuvchi omildir.
Kun tartibi maktab ma’muriyati, maktab shifokori, tarbiya-
chilar, o‘qituvchilar va ota-onalar qo‘mitalari bilan hamkorlik-
da maktab sharoiti va imkoniyatlarini hisobga olgan holda ishlab
chiqilishi kerak.
Kun tartibini tuzish jarayonida guruhdagi bolalarning qiziqish
doirasi, yosh xususiyatlari va qobiliyatlarini hisobga olish zarur.
Bu aniq kundalik rejimning vujudga kelishini ta’minlaydi.
Kundalik rejimda ta’lim va tarbiya mashg‘ulotlariga, mehnat, dam
olishga, badiiy kitoblar o‘qishga yetarli vaqt ajratish va shu
narsalarga ko‘nikmalar hosil qilish bolalarning garmonik (har
tomonlama) rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tarbiyachi o‘quvchilarning dars tayyorlashini pedagogik va
metodik jihatdan to‘g‘ri o‘tkazsa, vaqtdan unumli foydalansa, u
kun tartibining shunchalik to‘g‘ri bajarilishiga erishadi. Ayrim
kuni uzaytirilgan guruhlarning tarbiyachilari dars tayyorlash
paytida «Tez bo‘l», «Qachon bo‘lasan», «Qachongacha o‘tirasan».
Guruhda bir yoki ikkita sekin ishlovchi o‘quvchi bo‘lishi mumkin,
lekin belgilangan vaqt ichida sinfdagi ko‘pgina o‘quvchilar
topshiriqni bajarib ulguradilar. Bu bolalar kundalik rejimda mus-
taqil dars tayyorlashdan keyin aks ettirilgan navbatdagi to‘garak
mashg‘ulotlari, ijtimoiy foydali mehnat yoki har xil o‘yinlarga
qatnashishlari, ulgurmagan o‘quvchilar esa yuqoridagi mashg‘u-
lotlarning biridan qoldirilishi mumkin. Tarbiyachi vazifani ishlab
ulgurmagan o‘quvchi bilan ishlashi, dars tayyorlab bo‘lgan bolalar
bilan to‘garak rahbarlari yoki «Kamolot» YIH, «Kamalak»,
tashkiloti faollari shug‘ullanishi mumkin, bu esa bolalarning
nazoratsiz qolish hollariga butunlay barham beradi.


97
Keyingi yillarda maktab rahbarlari ilg‘or kuni uzaytirilgan
guruh rahbarlari, tarbiyachilari ta’lim-tarbiyaning samaraliroq usul
va shakllaridan foydalanib yaxshi natijalarga erishmoqdalar.
Bunda o‘qituvchi uyga berilgan vazifalarni bajartiradi, tarbiyachi
esa ovqatlantirish, sayr qildirish, ashula ayttirish, badantarbiya
mashqlarini bajartirish, rasm solishga havas uyg‘otish va turli-
tuman o‘yinlar tashkil qilish bilan shug‘ullanadi. Bu ta’lim-tarbiya
ishlarini yaxshilash bilan bir qatorda, o‘qituvchi va tarbiyachining
hamkorligini mustahkamlaydi, tarbiyachining obro‘sini oshirishga
yordam beradi.
Respublikamizdagi ayrim kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar
ish faoliyatida, ayniqsa, katta sinflarda yuqoridagi variantdan
boshqacharoq uslubda ish olib borilmoqda. Bunda o‘qituvchi
kunning birinchi yarmida yarim stavka dars mashg‘ulotlari bilan
shug‘ullansa, ikkinchi yarmida tarbiyachi sifatida yarim stavka
hisobida murakkab bo‘lgan fanlar yuzasidan mustaqil dars
tayyorlashni o‘tkazadi. Bunday usulni kuni uzaytirilgan sinf va
guruhlari ko‘p bo‘lgan maktablarda amalga oshirish samarali va
qulaydir. Ko‘pgina tadqiqotlar va amaliy ish tajribalari tarbiya-
chilik va o‘qituvchilik vazifalarini birga qo‘shib olib borish
pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi.
O‘qituvchining bu xildagi ishi bola tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yishda ijobiy rol o‘ynaydi. Chunki u har bir o‘quvchining dars
jarayonidagi faoliyatini va xulqini juda yaxshi biladi. Bu, o‘z
navbatida, o‘quvchilarning intizomini mustahkamlashda, ularni
o‘quv vazifalarini va jamoat topshiriqlarini aniq, tartibli bajarishga
odatlantirishda, tarbiya davomida ishni to‘g‘ri tashkil qilishda juda
katta yordam beradi.
* * *
Afsuski, ayrim kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda chalkash-
liklar va bir tomonlamalik hollariga ham yo‘l qo‘yilmoqda. Ku-
zatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, ba’zi maktab tarbiyachilari kun
tartibiga rioya qilmay, o‘z xohishlari bilan ish olib borganlarida
maktab rahbarlari bunga e’tibor bermaganlar. Bunday holda ba’zi
guruh bolalari o‘yin, mehnat bilan shug‘ullansa, ko‘plari to‘garak-
larda, ayrimlari mustaqil dars tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ladilar.
Oqibatda kim nima bilan shug‘ullanganini aniq bilish qiyin bo‘lib
qoladi. Shuningdek, ayrim guruhlarning mustaqil dars tayyorlash
7 — K. Hoshimov


98
vaqti, boshqa guruhlarning dam olish, o‘ynash yoki boshqa mash-
g‘ulotlar bilan shug‘ullanishiga parallel kelib qolishi natijasida,
koridor va boshqa xonalardagi bolalarning shovqin-suronlari
mustaqil dars tayyorlayotgan guruh bolalarining unumli va sifatli
ishlashlariga xalaqit beradi.
Kun tartibini tuzishda fasllarni ham e’tiborga olish foydadan
xoli emas. Masalan, qishda sport va harakatli o‘yinlar tushdan
keyin ochiq havoda o‘tkazilsa, yaxshi bo‘ladi. Chunki tushdan
keyin havo biroz iliydi. Yozda esa, bu kun tartibiga amal qilib
bo‘lmaydi, chunki yozda kunning ikkinchi yarmida havo issiq
bo‘lishi tufayli bu vaqtda bolalarni dam oldirishga, kunning
oxirida esa mehnat va sport bilan shug‘ullantirishga to‘g‘ri keladi.
Tuzilgan ma’lum rejim asosida ishlash insonda quyidagi
sifatlarni, chunonchi, boshqaruvni, tartibni, estetik didni tarbiya-
laydi. Shuni eslatish lozimki, o‘quvchilarning ochiq havoda kam
bo‘lib, ishlar bilan haddan ziyod ko‘p shug‘ullanishi bolaning
charchashiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun o‘quvchilarning
vaqtini shunday aniq rejalashtirish kerakki, bunda ularning ham
o‘qishlari, ham dam olishlari, ham ovqatlanishlarining vaqti to‘g‘ri
taqsimlansin. Bu o‘quvchilarning aqliy va jismoniy tomondan tez
rivojlanishiga yordam beradi.
Demak, kuni uzaytirilgan sinf yoki guruh kun tartibini
rejalashtirishda quyidagilarga ham e’tibor berish kerak:
— o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari, qiziqish-
larini e’tiborga olish;
— o‘quvchilarning ochiq havoda maksimal ravishda bo‘lishi;
bolalar jamoasida ish ustidan aniq nazorat olib borish;
— ularning faoliyati ustidan muntazam talabchanlik o‘rnatish.
Yuqoridagi talablarga ko‘pgina maktab jamoalari amal qiladilar
va ularning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bir kunlik kun tartib
rejasiga amal qilinishi, o‘quvchilarning o‘qish va ish faoliyatiga,
sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda, qon aylanishi,
nafas olish organlarini rivojlantirish hamda mustahkamlashga
ijobiy ta’sir qiladi, bosh miya po‘stlog‘ining charchab qolishini
kamaytiradi va bolaning ish qobiliyatini oshiradi.
Bolalarda ishlash qobiliyati kun bo‘yi ikki marta ko‘tarilib,
bir marta pasayadi. Kuzatishlarga qaraganda, ishlash qobiliyati-
ning ko‘tarilishi soat 8 dan 11 gacha va soat 16 dan 17 gacha
davom etadi, soat 11
30
dan 14
00
gacha hamda 19
00
dan keyin


99
keskin ravishda pasayadi. Shuning uchun uy vazifalarining
bajarilishi bolalarning fikrlash qobiliyatlarining ko‘tarilgan paytiga
mo‘ljallanadi — (9 dan 11 gacha, II navbatdagilar uchun soat
15 dan 17 gacha). I guruhlarda ishni uyushtirishda shuni ham
e’tiborga olish kerakki, bolalardagi mavjud ishlash qobiliyati hafta
davomida o‘zgarib turadi. Dushanba kunidan boshlab o‘quvchilar
maktab hayotiga asta kirib boradilar. Haftaning o‘rtasiga kelib
esa (chorshanba, payshanbada) yosh organizm o‘zida charchash
alomatini sezadi. Juma, shanba kunlarida esa charchash juda
kuchli bo‘lganligi sababli bolalarda ishlash qobiliyati keskin ra-
vishda pasayadi. Alohida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsata-
diki, o‘quvchilarda ishlash qobiliyati kun, hafta, chorak, yarim
yillik, hatto butun o‘quv yili davomida o‘zgarib boradi. O‘quv-
chilardagi ishlash qobiliyati yozgi ta’tildan keyin ancha past
bo‘ladi, chunki bola keskin ravishda o‘zgartirilgan rejimga va
o‘quv ishlariga asta-sekin o‘rganib boradi. Bolaning ishlash
qobiliyati maksimum I chorak oxirida esa past bo‘ladi. Davriy
ravishda o‘quvchilarda ishlash qobiliyatini oshirish uchun ularning
kun tartiblaridagi unumli dam olishdan ratsional foydalanish
kerak.
O‘quvchilarning o‘qishdan tashqari vaqtini ikki davrga bo‘lish
kerak: o‘quv mashg‘ulotlaridan keyin uy vazifalarini bajarishga
bo‘lgan payt va uy vazifalarini bajarib, uyga ketishgacha bo‘lgan
payt. Shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, birinchi davrda o‘quvchilarga
qo‘shimcha aqliy vazifani yuklash, ya’ni, suhbatlar, to‘garakdagi
mashg‘ulotlarni o‘tkazish ularning asab tizimiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Ikkinchi davr esa, yosh organizmning ishlash qobiliya-
tini tiklashga imkon yaratadi. Mana shu davr davomida bolalar
turli xil to‘garaklarda qatnashishlari, televizion tomoshalarni, kino
va diafilmlarni ko‘rishlari, kitob mutolaa qilishlari mumkin. Lekin
shunga qaramasdan o‘quv mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqish
o‘quvchilarda yo‘qolmasligi zarur. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar
1—1,5 soat davom etishi kerak. Teleko‘rsatuvlarni, kino va
diafilmlarni ko‘rish haftada 2 marta uyushtiriladi. Bu bolalarning
ko‘rish qobiliyatini pasaymasligini ta’minlaydi. Tajriba shuni
ko‘rsatadiki, turli xil qiziqarli suhbatlar o‘tkazish o‘quvchilarda
axloqiy-estetik va tarbiyaviy hislarning tobora o‘sib borishida katta
rol o‘ynamoqda. Bu ishlar hafta boshida o‘tkazilishi zarur, chunki
bu paytda o‘quvchilarda hali tetiklik yo‘qolmagan bo‘ladi.


100
«O‘rta umumiy ta’lim maktabi standarti»da o‘quvchilarga uy
vazifalarini bajarishlari uchun I sinfda — 1 soat; II sinfda —
1,5 soat; III va IV sinflarda — 2 soat; V—VI sinflarda — 2,5
soat; VII sinfda — 3 soat; VIII—X sinflarda — 4 soat vaqt tavsiya
qilingan. Shuningdek, bunda o‘quvchilarning uydagi har xil
vaziyat, sharoit va turli chegaralangan imkoniyatlar asosida dars
tayyorlashi ko‘zda tutilgan.
Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhda esa mustaqil dars
tayyorlashni tashkil etish va uni o‘tkazishning o‘ziga xos
xususiyatlari, qulayliklari va katta imkoniyatlari borligi tufayli shu
vaqtni minimum darajagacha qisqartirish mumkin.
Olib borgan tajribalarimiz va ko‘p yillik kuzatishlarimiz
o‘quvchilarning uy vazifalarini mustaqil bajarishlari uchun I—II
sinflarda — 1 soat, III sinfda — 1 soat-u 30 daqiqa, IV sinfda —
1 soat-u 40 daqiqa, V—VI sinflarda — 2 soat, VII—VIII sinflar-
da — 2 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratilishi maqsadga muvofiq ekan-
ligini ko‘rsatdi.
Kundalik rejimda uy vazifasini mustaqil bajarish uchun
ajratilgan vaqt ichida qisqa tanaffus qilib turish ko‘zda tutilishi
zarur. Chunki bolaning miyasi tez charchaydi, stulda yoki partada
qimirlamay o‘tirishi natijasida ba’zan oyoqqa qon to‘planib qolishi
qon harakatini qiyinlashtirishi mumkin. Qon aylanishining
buzilishi organizmning normal ishlashini izdan chiqaradi: bolani
passivlashtiradi. Demak, yana ta’kidlaymizki, o‘quvchilarning
o‘quv materiallarini to‘la o‘zlashtirishi, uy vazifalarini sifatli ba-
jarishi uchun ular tez-tez tanaffus qilib, harakatli ish bilan
shug‘ullanishlari lozim. Pedagog-tarbiyachilar bunga alohida
e’tibor berishlari zarur. Mustaqil dars tayyorlash vaqtida har bir
fandan berilgan vazifani bajarib, matematikadan berilgan
vazifalarni ishlashga o‘tishdan oldin kamida 3—5 daqiqalik dam
olishni tashkil qilish kerak.
Dam olish kundalik, haftalik va yillik bo‘ladi. Kundalik dam
olishning asosiy turi uyqudir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
boshlang‘ich sinf, ayniqsa, I—II sinf o‘quvchilarining kunduzgi
uyqusi, ularning ish qobiliyatini 25 foizga qadar oshiradi. Uxlab
hordiq chiqarish boshqa faol dam olishlarga nisbatan charchoqni
yozadigan va kuch-quvvatni asliga qaytaradigan muhim omillar-
dan biridir. Ammo keyingi yillarda bolalarning kechki teleko‘rsa-
tuvlarni uzoq muddat tomosha qilishi, kech yotib, erta turishi,


101
ayrim tarbiyachilarning kunduzi ham guruhdagi bolalarni har kuni
teleko‘rsatuvga jalb etishi, ularning uyqusi qisqarishiga sabab
bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, organizmning charchashiga,
asablarning taranglashishiga olib kelmoqda. Shuning uchun
imkoni boricha barcha bolalarni uxlatishga erishish kerak.
Kundalik rejimda kunduzgi uyqu uchun qishda 1 soat, yoz
oylarida esa 1 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratish maqsadga muvo-
fiqdir. Ayrim tarbiyachilar bolalarni tez uxlatish uchun kitob o‘qib
yoki ertak aytib berishni afzal ko‘radilar. Bu bilan bolalarning
tinch, yaxshi uxlashiga erishib bo‘lmaydi. Aksincha, ertak, qissa
va hikoyalar bolalarda kuchli taassurot qoldirishi, natijada ular-
ning uyqusi buzilishi mumkin.
Bolalar uyqudan turgach, uy vazifasini mustaqil bajarishga
tayyorlanadilar. Shu vaqt ichida yuz-qo‘llarini yuvib, ochiq
havoda harakat qiladilar, so‘ngra uy vazifasini bajarish uchun sinf
xonalariga, o‘quv xonalariga kiradilar.
Bolalar I—II sinflarda — 1 soat, III sinf — 1 soat-u 30 daqiqa
berilgan uy vazifasini mustaqil bajaradilar. Pedagog-tarbiyachining
shu jarayondagi muhim vazifalaridan biri bolalarning bir xilda
faol mehnat qilishiga erishishdan, vaqtdan unumli foydalanishdan
iboratdir. Tarbiyachi kun tartibida belgilangan vaqtga doimo amal
qilsa, o‘quvchilar tartib bilan unumli ishlashga o‘rganadilar. Agar
bolalarga bir kun — bir soat, ikkinchi kuni — bir soat-u 40
daqiqa, uchinchi kuni esa — 50 daqiqa vaqt ajratilsa, bolalar bir
xil rejim bilan ishlashga odatlanmaydilar. To‘g‘ri, ayrim kunlari
uyga berilgan vazifalar osonroq bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda
pedagog-tarbiyachi qo‘shimcha ish tashkil qilishi va kun tartibida
ko‘rsatilgan vaqtda ishni tugallashni mo‘ljallashi lozim.
Bolalar uy vazifasini mustaqil bajargandan keyin 30 daqiqa
maktabda bo‘lib, bu vaqtda ular sinfdan tashqari ishlar bilan, ya’ni
tabiatga sayohat uyushtirishlari, kino va diafilmlar ko‘rishlari yoki
kitob o‘qish va ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari
mumkin. Uyga ketishga 10 daqiqa qolganda bu ishlar tugatiladi.
Chunki qolgan 10 daqiqa ichida bolalar maktab formalarini kiyib,
uyga ketadilar. Yuqoridagi fikrlarimizga asoslanib tuzilgan va kuni
uzaytirilgan maktab, sinf, guruh faoliyatida sinalgan quyidagi
rejimni keltiramiz.
Birinchi smenada o‘qiydigan va kuni uzaytirilgan sinf yoki
guruhga qatnashuvchi I—II sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan kun


102
tartibi:
Dars jarayoni
9.00—12.40
O‘quvchilarni qabul qilish:
12.40—13.00
(ochiq havoda sayr qilish, dam olish,
tushki ovqatga tayyorgarlik ko‘rish)
Tushki ovqat
13.00—13.30
Ochiq havoda o‘ynash, sayr qilish
13.30—14.10
Kunduzgi uyqu
14.10—15.10
Bo‘sh vaqt (to‘garak ishlariga qatna-
shish va o‘zlari sevgan mashg‘ulotlar
bilan shug‘ullanish)
15.10—15.55
Peshingi ovqat
15.55—16.10
Uy vazifasini bajarish
16.10—17.10
Ochiq havoda bo‘lish, sayr qilish va
uyga ketish
17.10—17.40
Respublikamizdagi ayrim maktablarda sharoit nuqtayi naza-
ridan I—II sinflarda o‘qish ikkinchi smenada ham olib boril-
moqda. Shuning uchun ikkinchi smenada o‘qiydigan va kuni
uzaytirilgan sinf va guruhga qatnashuvchi I—II sinf o‘quvchilari
uchun quyidagicha kundalik rejimni tavsiya etamiz:
Sayr va badantarbiya
9.00—9.30
Uy vazifasini bajarish
9.30—10.30
Nonushta
10.30—10.45
Bo‘sh vaqt (to‘garak ishlari, o‘zlari
sevgan mashg‘ulotlar bilan
shug‘ullanish)
10.45—11.30
Kunduzgi uyqu (agar imkoniyati bo‘lsa,
bo‘lmasa toza havoda o‘yinlar
o‘ynash, sayr qilish)
11.30—12.30
Tushki ovqat
12.30—13.00
Toza havoda sayr qilish
va dam olish
13.00—14.00
Dars jarayoni
14.00—17.40
Kuni uzaytirilgan guruhga qatnashuvchi III sinf o‘quvchilari
uchun tuzilgan kun tartibi I—II sinf o‘quvchilari uchun tuzil-
gan kun tartibidan ancha farq qiladi. III sinfda o‘quv rejasiga
muvofiq bir haftada 28 soat dars bo‘ladi. Topshiriqlar hajmi ham
dars soatlariga muvofiq ko‘payib boradi. Uyga berilgan
vazifalarning ko‘pchiligini hisobga olib, kunduzgi uyqu vaqtida
kuni uzaytirilgan guruhda bolalar uxlatilmaydi, faqat sog‘lig‘i zaif
bolalargina uxlatiladi, xolos.


103
Birinchi smenada o‘qib, kuni uzaytirilgan guruhga qatnashuv-
chi III sinf o‘quvchilari uchun kundalik rejimni quyidagicha
tuzish mumkin:
Dars jarayoni
9.00—12.40
13.35
O‘quvchilarni qabul qilib olish
(ochiq havoda sayr qilish, dam olish,
tushlik ovqatga tayyorgarlik ko‘rish)
12.40—13.00
13.35—13.55
Tushki ovqat
13.00—13.30
13.55—14.25
Ochiq havoda bo‘lish, o‘yin, sayr,
ijtimoiy-foydali mehnat kabilar
13.30—14.10
14.25—15.05
Bo‘sh vaqt (to‘garak ishlariga qat-
nashish va o‘zlari sevgan mashg‘ulot-
lar bilan shug‘ullanish)
14.10—15.25
15.05—16.20
Peshingi ovqat
15.25—15.40
16.20—16.35
Uy vazifasini bajarish
15.40—17.10
16.35—18.05
Ochiq havoda sayr qilish va uyga
ketish
17.10—17.40
18.05—18.35
Tarbiyalanuvchilar toliqib qolmasliklari uchun ularni to‘rt
mahal ovqatlantirish lozim: ertalabki nonushta, dars o‘rtasidagi
katta tanaffusda ikkinchi nonushta, tushki ovqat va kechki ovqat.
Shuningdek, mustaqil o‘quv mashg‘ulotlari o‘rtasida tanaffus
davrida kech tushki ovqat uyushtirilishi kerak.
Quyida maktab-internatning 1—8-sinflarida tarbiyalanuvchi-
lar uchun tavsiya etilgan rejimning taxminiy sxemasini keltiramiz:
Kun tartibi 
1-sinf 
2—4-
sinflar 
5—6-
sinflar 
7-sinf 
8-sinf 
Uyqudan turish, 
ertalabki gimnas-
tika, oyoq-qo‘lni 
yuvish, yotoqxo-
nani yig‘ishtirish 
7.00—
7.40 
7.00—
7.40 
7.00—
7.40 
7.00—
7.40 
7.00—
7.40 
Nonushta 
7.40— 
8.00 
7.40— 
8.00 
7.40— 
8.00 
7.40— 
8.00 
7.40— 
8.00 
Sayr qilish 
8.00— 
8.30 
8.00— 
8.30 
8.00— 
8.30 
8.00— 
8.30 
8.00— 
8.30 
O‘quv mashg‘ulot-
lari 
8.30— 
12.00 
8.30— 
12.00 
8.30— 
14.00 
8.30— 
14.00 
8.30— 
14.00 
Harakatli o‘yinlar 
va sport o‘yinlari 
12.00—
13.30 
12.30— 
13.30 
— 
— 
— 


104
Davomi
Kun tartibi 
1-sinf 
2—4-
sinflar 
5—6-
sinflar 
7-sinf 
8-sinf 
Tushki ovqat 
13.30— 
14.00 
13.30— 
14.00 
14.00— 
14.30 
14.00— 
14.30 
14.00— 
14.30 
Tushki ovqatdan 
keyingi uyqu 
14.00— 
15.00 
— 
— 
— 
— 
Ochiq havodagi 
o‘yinlar, ijtimoiy-
foydali mehnat 
15.00— 
16.00 
14.00— 
16.00 
14.30— 
16.00 
14.30— 
16.00 
14.30— 
16.00 
Mustaqil o‘quv 
mashg‘ulotlari 
16.00— 
17.00 
16.00— 
17.30 
16.00— 
18.00 
16.00— 
18.30 
16.00— 
18.30 
Bo‘sh vaqt (o‘zi yoqtir-
gan ijodiy faoliyat), to‘-
garak ishi, ijtimoiy-
foydali mehnat va 
boshqalar 
17.00— 
19.00 
17.30— 
19.00 
18.00— 
19.30 
18.30— 
19.30 
18.30— 
20.00 
Kechki ovqat 
19.00— 
19.30 
19.00— 
19.30 
19.30— 
20.00 
19.30— 
20.00 
20.00— 
20.30 
Bo‘sh vaqt va 
uxlashdan oldingi sayr 
19.30— 
20.00 
19.30— 
20.00 
20.00— 
20.30 
20.00— 
21.00 
20.30— 
21.30 
Yuvinish, kiyim va 
poyabzalni tozalash 
20.00— 
20.30 
20.00— 
20.30 
20.30— 
21.00 
21.00— 
21.30 
21.30— 
22.00 
Uyqu 
20.30 
20.30 
21.00 
21.30 
22.00 
III sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan guruhning sinfdan
tashqari ishlarini tashkil etish o‘ziga xos xarakterga egadir. Bunda
maktab qoshida tashkil qilingan turli xil to‘garak mashg‘ulotla-
rida ishtirok etishlari, ijtimoiy-foydali ishlar bilan shug‘ulla-
nishlari, kutubxonada ishlashlari, harakatli, didaktik o‘yinlar
tashkil etishlari mumkin.
Tavsiya etilgan kun tartibida salomatligi zaifroq bolalarning
uxlashi uchun alohida vaqt ajratilmagan. Agar sinf va guruhda
salomatligi zaif bolalar bo‘lsa, ularning bo‘sh vaqt uchun
ko‘rsatilgan vaqtda uxlab dam olishlariga imkoniyat yaratib berish
kerak. Ikkinchi smenada o‘qib, kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhga
qatnashuvchilar uchun darsning 4 yoki 5 soat bo‘lishi rol
o‘ynamaydi. Bundan tashqari ularning peshingi nonushta qilishlari
ham hisobga olinadi. Chunki, ko‘pincha bolalar turli sabablarga
ko‘ra ertalab maktabga yaxshi ovqatlanib kelmaydilar.


105
Ikkinchi smenada o‘qib, kuni uzaytirilgan guruhga qatnashuv-
chi III sinf o‘quvchilari uchun quyidagi kun tartibi tavsiya etiladi:
Sayr va badantarbiya
9.00—9.30
Uy vazifasini mustaqil bajarish
9.30—11.00
Nonushta
11.00—11.15
Bo‘sh vaqt (to‘garak ishlari, o‘zlari
sevgan mashg‘ulotlar bilan shug‘ul-
lanish)
11.15—12.00
Ochiq havoda bo‘lish (o‘yin, sayr,
ijtimoiy-foydali mehnat kabilar)
12.00—13.00
Tushki ovqat
13.00—13.30
Sayr, dars jarayoniga tayyorgarlik
13.30—14.00
Dars jarayoni
14.00—17.40 (18.35)
Keyingi yillarda maktab tajribalari asosida ikki xil kun tartibi
vujudga keldi. Bunda vaqt quyidagicha taqsimlanadi:
I variant
Guruhga kelish,
erkin mashg‘ulotlar,
o‘z-o‘ziga xizmat,
tushki ovqatga tayyorgarlik
12.15(12.30)—13.00
Tushki ovqat
13.00—13.30
Sayr
13.30—15.00
Dars tayyorlash
15.00—16.00—(16.30)
Klub soati
16.00 (16.30)—17.00(17.30)
O‘z-o‘ziga xizmat, uyga ketish
17.00 (17.30)—18.00
Agar ob-havo ochiq, yaxshi bo‘lsa, bolalar sog‘lig‘ini mustah-
kamlash maqsadida klub mashg‘ulotlarini sayr nuqtayi nazaridan
tashkil qilish mumkin. Asosan maktablarda 16.00 da peshingi
choy tashkil etiladi.
II variant
Bolalarni qabul qilish, sayr,
o‘yinlar, maktab atrofida mehnat
8.30—9.30
Uy vazifalarini tayyorlash
9.30—10.30(11.00)
Ikkinchi nonushta
11.00—11.15
Klub soati
11.15—12.15
Sayr, tushki ovqat, maktabga, ya’ni
darsga borish
12.15—13.30 (14.00)
Agar maktabda kichik yoshdagi (I—II) sinf o‘quvchilarini ux-
latish imkoniyati bo‘lsa, uyqu uchun vaqt sayr qilish va qiziqish-


106
lari bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning qisqartirilishi
hisobiga uyushtiriladi.
Uyqu qo‘shilganda kun tartibi quyidagicha tuziladi:
Guruhga kelish
12.15—12.30
Sayr
12.30—13.30
Tushki ovqat
13.30—14.00
Uyqu
14.00—15.00
Dars tayyorlash
15.00(15.30)—16.00(16.30)
Klub mashg‘ulotlari
yoki ikkinchi sayr
16.30—17.30
Uyga ketish
17.30—18.00
Ilg‘or maktab ma’muriyati va pedagoglar sinf hayoti kun
tartibini bolalarning oiladagi sutkalik hayoti tartibi bilan moslash-
tirgan holda tuzmoqdalar.
Bu quyidagicha:
Rejim vaqti 
I sinf 
II—III sinflar
7.00—7.30 
O‘rindan turish, yuvinish, 
badantarbiya, o‘rinni 
yig‘ishtirish 
7.30—8.00 
O‘rindan turish, yuvinish, 
badantarbiya 
Nonushta, maktabga 
tayyorgarlik, kiyinish 
8.00—8.30 
Nonushta, maktabga 
kelish 
Sayr, maktabga kelish 
8.30—17.30 Sinfdagi va guruhdagi mashg‘ulotlar 
18.00—19.00 Sayr, dam olish, oila ishlariga yordam, kechki ovqat 
19.30—20.30 O‘qish, erkin mashg‘ulotlar, oilaga yordam. 
(30 daqiqalik sayr ham bo‘lishi mumkin) 
20.30—21.00 Uyquga tayyorgarlik, uyqu 
1986-yilning 1-sentabridan boshlab olti yoshli bolalarni asta-
sekin bosqichma-bosqich 1-sinflarga qabul qilish boshlandi.
Bunday sinflar maktablar qoshida, bolalar bog‘chalarida ochil-
di. O‘sha yili birinchi sinflarda 71,1 ming olti yoshli bola,
shundan 54,1 ming bola maktablarda, 17 ming bola bolalar
bog‘chalarida o‘qiy boshladi.
1-sinfda bolalarning o‘qish muddati 32 o‘quv haftasidan iborat
bo‘lib, olti yoshli bolalarga faqat birinchi smenada ta’lim berildi.
Bolalar uchun maktab rejimini ratsional tashkil etish katta
ahamiyat kasb etadi. 6 yoshli bolalar maktabda soat 17—18 gacha


107
qolishadigan bo‘lishsa, ular, albatta kunduzi 2 soat uxlashlari,
2—3 soat faol dam olib, sayr qilishlari, jismoniy sog‘lomlashtirish
mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari va 3 marta ovqatlanishlari
kerak.
O‘quv yili davomidagi jadvalni tuzishda maktabning barcha
o‘quvchilariga ko‘zda tutilgan ta’tillardan tashqari 23-fevraldan
boshlab bir haftalik qo‘shimcha ta’til o‘tkazish ham tavsiya etiladi.
To‘g‘ri rejimni tashkil etish uchun maktablarda ham, maktab-
gacha tarbiya bolalar muassasalarida ham optimal sharoitlar
yaratish, maktab va bolalar bog‘chasi ish rejimiga xalaqit ber-
maslik uchun olti yoshlilar doirasini belgilab qo‘yish lozim.
Takror aytamizki, olti yoshli bolalarning kuni uzaytirilgan
guruhlarda qancha vaqt bo‘lishi va ketish tartibi maktab direktori
hamda ota-onalarning o‘zaro fikr almashuvi bilan belgilanadi.
Sobiq pedagogika fanlari Akademiyasi bolalar va o‘smirlar fi-
ziologiyasi ilmiy tadqiqot instituti 6 yoshli tayyorlov sinflarining
kuni uzaytirilgan guruhlari uchun quyidagi taxminiy kun tartibini
tavsiya etadi:
13.00—13.30 tushlik;
13.30—15.30 uyqu;
15.30—15.45 o‘rnini yig‘ishtirish;
15.45—16.20 o‘zlari qiziqqan mashg‘ulotlar bilan shug‘ul-
lanish, tinch o‘yinlar o‘tkazish;
16.20—16.40 peshingi ovqat;
16.40—18.00 sayr qilish, ochiq havoda harakatli o‘yinlar.
Ta’tillar davrida va shanba kunlari ertalabki soatlarni o‘zlari
qiziqqan mashg‘ulotlarni bajarishga, sayohatlar, uzoq vaqtli sayrlar
hamda ochiq havoda badantarbiya va harakatli o‘yinlar o‘tka-
zishga ajratish maqsadga muvofiqdir.
Maktab-internatning kundalik tartibi umumiy ta’lim maktabi-
ning kundalik tartibidan ancha farq qiladi. Ya’ni, u o‘quvchining
yarim kunini emas, balki butun kunini qamrab oladi. Shuningdek,
o‘quvchilarning sinfdan tashqari mashg‘ulotlarini tashkil etish,
ularni maqsadga muvofiq ravishda ovqatlantirish va organizmlarini
chiniqtirish uchun qulay sharoitlar vujudga keltiradi (105-betga
qaralsin).
Kundalik tartibning maktab-internat tarbiyalanuvchilari bola-
larning ochiq havoda bo‘ladigan paytlar bilan bog‘liq jihatlariga


108
alohida e’tibor berishlari kerak. Kichik yoshdagi o‘quvchilar
3,5—4 soat, yuqori sinflarning tarbiyalanuvchilari esa 2—2,5 soat
ochiq havoda bo‘lishlari lozim. Buni amalga oshirish uchun
ayrim fanlarni, ya’ni badantarbiya, biologiya, geografiya
darslarini tez-tez sinfdan tashqarida o‘tkazish foydalidir.
Maktab-internatning shiyponlaridan tizimli ravishda foydalanish
lozim. Ko‘pgina to‘garaklar va sport seksiyalari mashg‘ulotla-
rining sinfdan tashqarida o‘tkazilishi, turli xil sayohatlarga
chiqish — bularning hammasi bolalarning ochiq havoda bo‘lish
vaqtini ancha uzaytirish imkoniyatini beradi. Agar kuni
uzaytirilgan IV—VIII sinflarning kundalik rejimida asosiy e’tibor
o‘quvchilarning maktabdagi to‘garak ishlarida ishtiroki, maktab
ustaxonasida ishlashi, otaliqqa olingan tashkilotlarga yordam
qilish, ijtimoiy-foydali mehnatga jalb qilinishi, uy ishlarida yor-
damlashishi kabi ishlarga qaratilsa, I—III sinflarnikida esa
asosan harakatli o‘yinlar o‘ynash, diafilm va kinofilmlar ko‘rish,
sayohat va sayillar tashkil etish, o‘z-o‘ziga xizmat qilish kabilar
asosiy o‘rinni egallaydi. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarning
tarbiyachilaridan kundalik tartibdan ijodiy foydalanish va
o‘quvchilar guruhini hisobga olish talab qilinadi. Agar guruh
I—II—III sinf o‘quvchilaridan tuzilgan bo‘lsa, u vaqtda
pedagog-tarbiyachi I—II sinflar va III sinflar uchun tuzilgan
kundalik tartiblardan ijodiy foydalanishi lozim. Masalan, III
sinflarda 5 soat dars bo‘lganda, pedagog-tarbiyachi I—II sinf
bolalari bilan ishlashi, I—II sinf bolalari uxlagan vaqtda esa III
sinf bolalari bilan kundalik tartibda ko‘rsatilgan tadbirlarni
amalga oshirishi mumkin. Kuni uzaytirilgan guruhlar II—III
sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan bo‘lsa, kundalik tartibdagi
tadbirlarni to‘la amalga oshirishga maktab «Kamalak» tashkiloti
va «Kamolot» YIHni, o‘quvchilar jamoasi faollarini, guruh
yetakchilarini jalb qilish maqsadga muvofiqdir.
Kuzatishlarimiz yuqoridagi kundalik tartibda ish olib borilgan
sinf va guruh o‘quvchilarining yuqori o‘zlashtirishga erishayotgan-
larini ko‘rsatdi. Lekin bunday natijaga osonlik bilan erishilmaydi.
Buning uchun kundalik tartibda ko‘rsatilgan barcha tadbirlarning
bajarilishi yoki o‘tkazilishini maktab ma’muriyati, maktab
shifokori, ota-onalar va jamoatchilik nazorat qilib borishi va bu
tadbirlarning amalga oshirilishiga har tomonlama yordamla-
shishlari zarur.


109
Bolalarning yoshi qanchalik kichik bo‘lsa, ular shunchalik
ko‘proq uxlashlari kerak. Bolaning yoshi ulg‘aygan sari uyqu
muddati kamaya boradi, 7—9 yashar bolalar 10,5—11 soat,
10—12 yashar bolalar 9,5—10 soat, 13—15 yashar bolalar esa
9—9,5 soat uxlashlari lozim. Buning uchun bola kechki 9—10
dan kechikmay uxlashga yotishi zarur. Bola uxlaydigan xona
yaxshi shamollatilgan, shovqin eshitilmaydigan bo‘lishi hamda
xonaning harorati 18°C dan oshmay, unda ko‘p bolalar yotmasligi
maqsadga muvofiqdir. Agar maxsus ajratilgan xonalar yetishmasa,
u holda veranda, zal, sinf xonasi va zal tipidagi joylardan bolalar
uxlaydigan xona sifatida foydalanish mumkin. Buning uchun
yig‘ma mebellar bo‘lishi kerak.
RF Pedagogika fanlari Akademiyasining badantarbiya va
maktab gigiyenasi ilmiy tekshirish instituti kuni uzaytirilgan
maktablar uchun tuzilgan kundalik tartibda bolalarning kunduzgi
uxlash muddatining 1 soat bo‘lishini tavsiya etadi.
Ba’zi maorif xodimlari kunduzgi uxlash uchun bir soat emas,
balki 1 soat-u 30 daqiqa lozimligini ta’kidlaydilar. O‘zbekiston
sharoitida esa bolalarni qish oylarida 1 soat, yoz oylarida kunning
uzayishi munosabati bilan 1 soat-u 30 daqiqa uxlatish ma’quldir.
O‘quv yilining boshida ba’zi tushunmovchiliklar natijasida kuni
uzaytirilgan ayrim maktablar rejimida bolalar tushki ovqatdan
keyin biror ish bilan shug‘ullanmay darhol uxlashga yotqizilsa,
ular tinch uxlay olmaydi va yaxshi dam ololmaydi. Shuning
uchun tushki ovqatdan keyin bolalar toza havoda dam olishlari
yoki biror foydali ish bilan shug‘ullanishlari zarur.
Ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil qilish kishi salomatligining
garovidir. Shuning uchun ham kuni uzaytirilgan sinf va guruh-
larda bolalarning kun bo‘yi maktabda bo‘lishini e’tiborga olib,
ularning kun tartibi rejim asosida ovqatlanishini ta’min etish
muhim masalalardan biridir. Bunda birinchi navbatda bolalar
taomining xilma-xil bo‘lishiga alohida ahamiyat berish zarur.
Chunki taomning xilma-xilligi o‘quvchilarning ishtaha bilan
ovqatlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va uning yaxshi hazm
bo‘lishini ta’minlaydi. 7—11 yoshli bolalarning bir sutkali ovqat
ratsionida 75—80 gramm oqsil, 75—80 gramm yog‘, 280—300
gramm shakar moddalari, 12 yoshdan 15 yoshgacha bolalar ratsi-
onida esa 90—100 gramm oqsil, 90—100 gramm yog‘, 270—420
gramm shakar moddalari bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.


110
Yog‘ energiya va issiqlikni ko‘p miqdorda beradi. Agar ovqatda
yog‘ kam bo‘lsa, ishlash qobiliyati yomonlashadi, tez charchaydi,
yuqumli kasalliklarga qarshiligi pasayadi. Demak, yog‘
organizmning normal o‘sishi uchun zarurdir.
Bola organizmining normal faoliyati uchun suv, mineral
tuzlar, vitaminlar ham juda zarur. Maktab yoshidagi bolalar bir
sutkada har bir kilogramm og‘irligi hisobiga 50 ml ga yaqin suv
iste’mol qilishlari kerak. Ovqatlardagi suyuqliklar ham shu hisobga
kiradi. Ayniqsa, ko‘proq sabzavotlar bilan ta’minlashga e’tibor
berish lozim. Ovqatning kaloriyasi sutka davomida sarflangan
energiya o‘rnini qoplabgina qolmay, balki bolalarning aqliy va
jismoniy jihatdan to‘g‘ri va normal o‘sishini ham ta’min etmog‘i
lozim. Shuning uchun ham o‘quvchilarga to‘yimli ovqat berish
zarur. Chunki ular katta yoshdagi kishilarga nisbatan tez va ko‘p
harakat qiladilar. Bundan tashqari o‘qish, dars tayyorlash
jarayonida kuniga I—IV sinf o‘quvchilari 5—6 soat, V—VIII sinf
o‘quvchilari 7—8 soat aqliy mehnat bilan band bo‘ladilar.
Ovqat rejimini tuzishda ovqatning miqdorigina emas, balki
uning sifatini, mazasini ham nazarda tutish va o‘quvchilarning
ovqatlanish vaqtini aniq gigiyenik talablarga mos qilib belgilab,
o‘quvchilarni sutkada 4 marta ovqatlantirish lozim.
Biror bola oldiga qo‘yilgan taomni oxirigacha yemasa, ba’zi
tarbiyachilar sababini so‘ramasdan «yemasdan oshxonadan
chiqmaysan» deb, turib oladilar. Bu xato, albatta. Chunki bola-
ning kayfiyati, salomatligi doimo bir xilda bo‘lavermaydi. Ovqatni
yemasa, yegin deb majbur qilish, boshqacha aytganda, majburan
yeyilgan ovqat ba’zan bolaning salomatligiga zarar keltirishi ham
mumkin. Masalan, Toshkent shahar kuni uzaytirilgan guruhlardan
birida tarbiyachi o‘z guruhida Sh. ismli bolani oldidagi taomni
oxirigacha yemaganini ko‘rib «oxirigacha yemasdan joyingdan
turmaysan» deb, uning tepasida turib oldi. Sh. istar-istamas o‘zini
zo‘rlab yeya boshladi va yeb tugatmasdanoq qayt qilib tashladi.
Shifokorga murojaat qilishga to‘g‘ri keldi. Bola ikki kunga qadar
o‘zini og‘ir sezib yurdi.
Keragidan ortiq berilgan taomdan bola esnay boshlaydi va
tez uxlab qoladi. Uyqudan esa og‘ir bo‘lib turadi. Bunday holda
bola ishga ham, darsga ham, hatto o‘yinga ham qiyinlik bilan
kirishadi. Shu sababli maktab direktori, ota-onalar, tarbiyachilar,


111
asosan, maktab shifokori o‘quvchilarning qanday taomlar iste’mol
qilishlaridan doimo xabardor bo‘lib turishlari zarur.
Bolalarning o‘z vaqtida to‘g‘ri ovqatlanishlarini ta’minlash
uchun kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar juda qulaydir. Akademik
I. P. Pavlovning «faqat ishtaha bilan yeyiladigan taomgina normal
va foydali bo‘la oladi» degan so‘zlariga kuni uzaytirilgan sinf va
guruhlarda doimo amal qilinmog‘i lozim.
O‘quvchilarning ishtaha bilan ovqatlanishini ta’minlash uchun
ularning ta’bi va milliy xususiyatni hisobga olish katta ahamiyatga
ega. Maktab oshxonalari ko‘proq o‘zbek milliy taomlari tayyor-
lashi zarur.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ayrim kuni uzaytirilgan sinf
va guruhlarda bolalarni ovqatlantirish qoniqarli emas. Bu sinf va
guruhlarda bolalar bir martagina ovqatlantiriladi, ya’ni bola 5—
6 soat orasida faqat bir mahal ovqat yeydi. Bunday ovqatlanishni
normal ovqatlanish, deb bo‘lmaydi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar
organizmi har 3—4 soatda ovqatlanishni talab qiladi. Shuning
uchun bola ovqatni oz-oz, ammo tez-tez yeb turishi kerak. Agar
katta yoshdagi odam uchun 3 marta ovqatlanish kifoya qilsa,
kichik yoshdagi o‘quvchilar kuniga kamida 4 marta ovqatlanishlari
lozim. Shu tufayli mavjud imkoniyatlardan foydalanib, bolalarni
maktabda bir marta ovqatlantirishdan ikki marta ovqatlantirishga
ko‘chish kerak. Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 157-
maktabning pedagoglar jamoasi ota-onalar bilan kelishib, o‘quv
yilining boshidan bolalarga ikki mahal ovqat bera boshladi. O‘quv
yilining birinchi choragida bolalarga soat 13
00
va 17
00
da ovqat
berildi. Lekin bu sanitariya-gigiyena talablariga, pedagogik
maqsadga to‘la javob bermagach, maktab jamoasi bolalarni soat
11
30
da, so‘ngra esa soat 14
00
da ovqatlantiradigan bo‘ldilar. Bu
tartib bolalarning salomatligiga, unumli ishlashiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi.
Sutkalik kun tartibining bolalar hayotida odat tusiga kirib
borishi uchun o‘qituvchi, pedagog-tarbiyachi va ota-onalar bir
xilda talab qo‘yib, ish olib borishlari kerak. Buning uchun
o‘qituvchi va pedagog-tarbiyachilarning ota-onalar bilan
muntazam ish olib borishlari talab qilinadi. Bolaning sog‘lom
o‘sishi, ularning ish qobiliyatini kuchaytirishi uchun sutkali kun
tartibiga rioya qilmaslik holatlari va uning oqibati haqida vaqt-
vaqti bilan ota-onalarga xabar berib turadilar. Ayniqsa, bahor


112
faslida o‘quvchilarning kech uxlashi, vaqtida kechki ovqatga
kelmaslik holatlari ko‘plab uchraydi. Bu esa o‘quvchining ish
faoliyatini susaytiradi. Bunday vaqtlarda ota-onalar o‘z
farzandlarini nazorat qilishlari lozim. Rejim muammolarini ota-
onalar bilan hal qilib, ularga o‘quvchilarning vaqtini ratsional
o‘tkazish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishi lozim. Chunki barcha
ota-onalar ham farzandining kunlik tartibini gigiyenik jihatdan
to‘g‘ri tashkil etishga, aqliy mehnatni jismoniy mehnat, sport
bilan bog‘lab olib borish kerakligiga birdek e’tibor beraver-
maydilar. «Insonning sihat-salomatligi to‘g‘risida, ayniqsa,
bolaning sihat-salomatligi haqida qayg‘urish — bu sanitariya-
gigiyena normalari va qoidalarining oddiy yig‘indisigina emas,
balki rejimga, ovqatlanishga, mehnatga, dam olishga bo‘ladigan
talablarning yig‘indisi hamdir. Bu, avvalo, barcha jismoniy va
ma’naviy kuchlarning to‘la uyg‘unligi to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik-
dirki, ijod, quvonch ana shu uyg‘unlikning tojidir»
1
, — degan
edi pedagog V. Suxomlinskiy. Biz quyida sutkalik kun tartibining
namunalarini ilova sifatida keltiramiz.
1
Suxomlinskiy V. «Tarbiya haqida», T., 1977. 57-bet.


113
ILOVALAR
Birinchi smenada o‘qiydigan kuni uzaytirilgan I—II sinf,
guruh o‘quvchilari uchun quyidagicha sutkalik kun tartibini tuzish
mumkin:
T/r 
Mashg‘ulot turlari 
Vaqti 
1. 
Uyqudan turish 
7.30 
2. 
Jismoniy mashqlar bajarish va o‘rinni 
yig‘ishtirish 
7.30—8.00 
3. 
Nonushta 
8.00—8.20 
4. 
Maktabga kelish va ertalabki yig‘ilish 
8.20—9.00 
5. 
Dars jarayoni 
9.00—12.40 
6. 
O‘quvchilarni qabul qilish, ochiq havoda sayr 
qilish, dam olish, tushki ovqatga tayyorgarlik 
12.40—13.00 
7. 
Tushki ovqat 
13.00—13.30 
8. 
Ochiq havoda bo‘lish; sayr, o‘yin, ekskursiya 
13.30—14.00 
9. 
Kunduzgi uyqu 
14.00—15.00 
10. 
Ochiq havoda bo‘lish: yuvinish, sayr, o‘yin 
15.00—15.30 
11. 
Peshingi ovqat 
15.30—15.45 
12. 
Uy vazifasini mustaqil bajarish 
15.45—16.45 
13. 
Bo‘sh vaqt: turli to‘garaklarga qatnashish va 
o‘zlari qiziqqan ishlar bilan shug‘ullanish 
16.45—17.30 
14. 
O‘z-o‘ziga xizmat qilish, sinflarni tozalash va 
uyga ketish 
17.30—18.20 
15. 
Kechki ovqat 
18.20—18.40 
16. 
Toza havoda sayr qilish va turli o‘yinlar 
o‘ynash 
18.40—19.10 
17. 
Televizor ko‘rish, radio tinglash va dam olish 
19.10—20.30 
18. 
Uyqu oldidan toza havoda sayr qilish 
20.30—21.30 
19. 
Uyqu 
21.30 
8 — K. Hoshimov


114
Ikkinchi smenada o‘qiydigan kuni uzaytirilgan I—II sinf,
guruh o‘quvchilari uchun quyidagicha sutkalik rejim tuzish
mumkin:
T/r 
Mashg‘ulot turlari 
Vaqti 
1. 
Uyqudan turish 
7.30 
2. 
Jismoniy mashqlar bajarish va o‘rinni 
yig‘ishtirish 
7.30—8.00 
3. 
Nonushta 
8.00—8.20 
4. 
Maktabga kelish va ertalabki yig‘ilish 
8.20—9.30 
5. 
Uy vazifasini mustaqil bajarish 
9.30—10.30 
6. 
Yarim nonushta 
10.30—10.45 
7. 
Bo‘sh vaqt: turli to‘garaklarga qatnashish va 
o‘zlari qiziqqan ishlar bilan shug‘ullanish 
10.45—11.30 
8. 
Kunduzgi uyqu (uxlatish imkoniyati 
bo‘lmasa, toza havoda turli o‘yinlar bilan 
shug‘ullanish, sayr qilish) 
11.30—12.30 
9. 
Toza havoda sayr, o‘yin, ekskursiyalar 
12.30—13.30 
10. 
Tushki ovqat 
13.30—14.00 
11. 
Dars jarayoni 
14.00—17.40 
12. 
O‘z-o‘ziga xizmat qilish, sinflarni tozalash va 
uyga ketish 
17.40—18.20 
13. 
Kechki ovqat 
18.20—18.40 
14. 
Toza havoda sayr qilish va turli o‘yinlar 
o‘ynash 
18.40—19.10 
15. 
Televizor ko‘rish, radio tinglash va dam olish 
19.10—20.30 
16. 
Uyqu oldidan toza havoda sayr qilish 
20.30—21.30 
17. 
Uyqu 
21.30 


115
Birinchi smenada o‘qiydigan kuni uzaytirilgan III—IV sinf,
guruh o‘quvchilari uchun quyidagicha sutkalik rejim tuzish
mumkin:
T/r 
Mashg‘ulot turlari 
Vaqti 
1. 
Uyqudan turish 
7.30 
2. 
Jismoniy mashqlar bajarish va o‘rinni 
yig‘ishtirish 
7.30—8.00 
3. 
Nonushta 
8.00—8.20 
4. 
Maktabga borishga hozirlik ko‘rish 
8.20—8.40 
5. 
Maktabga kelish va ertalabki lineyka 
8.40—9.00 
6. 
Dars jarayoni 
9.00—12.40 
7. 
O‘quvchilarni qabul qilish. Ochiq havoda sayr 
qilish, dam olish, tushki ovqatga tayyorgarlik 
ko‘rish 
12.40—13.00 
8. 
Tushki ovqat 
13.00—13.30 
9. 
Ochiq havoda bo‘lish (o‘yin, sayr va ijtimoiy 
foydali mehnat) 
13.30—15.00 
10. 
Peshingi ovqat 
15.00—15.15 
11. 
Uy vazifasini mustaqil bajarish 
15.15—16.45 
12. 
Bo‘sh vaqt (turli to‘garaklarga qatnashish va 
o‘zlari qiziqqan ishlar bilan shug‘ullanish) 
16.45—17.30 
13. 
O‘z-o‘ziga xizmat qilish, uyga borish 
17.30—18.10 
14. 
Kechki ovqat 
18.10—18.30 
15. 
Uy ishlarida ota-onalarga yordam berish, o‘zi 
yoqtirgan foydali ishlar bilan shug‘ullanish 
18.30—19.30 
16. 
Badiiy kitob, gazeta o‘qish, televizor ko‘rish, 
radio tinglash 
19.30—20.50 
17. 
Uyqu oldidan toza havoda sayr qilish 
20.50—21.30 
18. 
Uyqu 
21.30 


116
Ikkinchi smenada o‘qiydigan kuni uzaytirilgan III—IV sinf,
guruh o‘quvchilari uchun quyidagicha sutkalik rejim tuzish
mumkin:
T/r 
Mashg‘ulot turlari 
Vaqti 
1. 
Uyqudan turish 
7.30 
2. 
Jismoniy mashqlar bajarish va o‘rinni 
yig‘ishtirish 
7.30—8.00 
3. 
Nonushta 
8.00—8.20 
4. 
Maktabga borishga hozirlik ko‘rish 
8.20—8.40 
5. 
Maktabga kelish, sayr qilish 
8.40—9.00 
6. 
Uy vazifasini mustaqil bajarish 
9.00—10.30 
7. 
Nonushta (yarim nonushta) 
10.30—10.45 
8. 
Bo‘sh vaqt (turli to‘garaklarga qatnashish, 
o‘zlari qiziqqan ishlar bilan shug‘ullanish) 
10.45—12.30 
9. 
Ochiq havoda bo‘lish (o‘yin, sayr va ijtimoiy-
foydali mehnat) 
12.30—13.30 
10. 
Tushki ovqat 
13.30—14.00 
11. 
Dars jarayoni 
14.00—17.40 
12. 
Sinflarni tozalash, o‘z-o‘ziga xizmat qilish va 
uyga ketish 
17.40—18.20 
13. 
Kechki ovqat 
18.20—18.40 
14. 
Uy ishlarida ota-onalarga yordam berish, o‘zi 
yoqtirgan foydali ishlar bilan shug‘ullanish 
18.40—19.40 
15. 
Badiiy kitob, gazeta o‘qish, televizor ko‘rish, 
radio tinglash 
19.40—21.00 
16. 
Uyqu oldidan toza havoda sayr qilish 
21.00—21.30 
17. 
Uyqu 
21.30 
Xulosa qilib aytganda, kundalik tartib har tomonlama o‘ylab,
mavjud sharoit hisobga olingan holda tuzilsa va unga doimo amal
qilinsagina, u tarbiyalanuvchilarning aqliy va jismoniy mehnat
qilish qobiliyatini oshiradi, shuningek, ularning sog‘lig‘ini, iroda
va xarakterini mustahkamlaydi, o‘qishga ham, dam olishga ham,
o‘z-o‘ziga xizmat qilishga ham, o‘ynashga ham, oilaviy ishlarga
yordam berishga ham vaqt yetadi.


117
KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH VA MAKTAB-
INTERNAT ISHLARINI HUJJATLASHTIRISH
Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internat muassasa-
larida barcha ta’lim-tarbiya hamda xo‘jalik ishlarini hujjatlash-
tirish muhim ahamiyatga ega. Maktab rahbarlari tarbiyachi va
ota-onalar bu tipdagi maktablarda ta’lim-tarbiya ishi samara-
dorligini oshirish uchun olib boradigan ishlar quyidagicha
bo‘lgandagina qabul qilingan mavjud qonun-qoidalari asosida
ishlashni taqozo qiladi.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar tuman, shahar xalq ta’lim
bo‘limi tomonidan belgilangan miqdorda tashkil qilinadi. Buning
uchun o‘z farzandlarini berishni istagan ota-onalar yoki ular
o‘rnini bosuvchi shaxs 1-iyundan 15-avgustga qadar maktab
direktori nomiga ariza yozadi. Arizada o‘z farzandini kuni
uzaytirilgan sinf, guruh yoki maktab-internatga berish sababi
ko‘rsatiladi.
Ariza namunasi:
Zomin tuman 1-o‘rta maktab
direktori Karimov Valiga shu
tumanda istiqomat qiluvchi
Ochilov Ahmaddan
ARIZA
Oilamizda men va turmush o‘rtog‘imning korxonalarda
ishlashimiz sababli, farzandimiz 1-sinf o‘quvchisi Ochilov Shod-
monni kuni uzaytirilgan o‘quv guruhiga qabul qilishingizni iltimos
qilaman.
Sana va imzo


118
Yoki boshqacha nusxasi:
Maktab rahbariga
Ota-onalar (ismi, sharifi)dan
ARIZA
Mening farzandim (bolaning ismi sharifi, sinfi)ni XHKUGga
qabul qilishingizni so‘rayman.
(fani ko‘rsatilgan) haftaning quyidagi kunlariga (muddati
ko‘rsatiladi) haftasiga... soat.
Har bir ariza maktab ma’muriyati tomonidan ko‘rib chiqi-
lib, 20-avgustga qadar bolaning qabul qilinishi yoki qabul
qilinmasligi haqida ota-onalarga javob qaytariladi. 25-avgustga
qadar sinflar, guruhlar tashkil etilib, shu kundan maktab ma’mu-
riyati buyruq chiqaradi.
Buyruq namunasi:
BUYRUQ
¹ ...Zomin tuman 1-son o‘rta maktab bo‘yicha.
Ota-onalar tomonidan tushgan arizalarga muvofiq maktab
qoshida quyidagicha o‘quv kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar tashkil
qilinsin:
1-§
Quyidagi o‘quvchilar kuni uzaytirilgan, 1-sinfga qabul qilin-
sin:
1. Ochilov Shodmon.
2.
3.
4.
va hokazo.
2-§
Quyidagi o‘quvchilar kuni uzaytirilgan 2-sinfga qabul qilinsin:
1. Musayev Eson.
2.
3.
4.
va hokazo.


119
Shu tariqa maktabda nechta sinf yoki guruh bo‘lsa, shuncha
paragrafda buyruq beriladi. Buyruq tagida ota-onalar arizasi
buyruq uchun asos ekanligi ta’kidlanadi. Shuning uchun arizalar
doimo maktab direktorida saqlanishi kerak.
O‘quv yili davomida biror o‘quvchining sinf yoki guruhdan
chiqib ketishi zarur bo‘lsa, ota-ona maktab direktori nomiga ariza
yozadi va shu ariza asosida buyruq chiqariladi.
Yangi o‘quvchi qabul qilish kerak bo‘lsa ham ariza va buyruq
bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq maktab buyruqlar kitobiga
kiritilishi shart. Shu buyruq berilgan kundan boshlab tarbiyachi
yoki boshqa shaxslarga ish haqi to‘lanadi. Agar kuni uzaytirilgan
sinf yoki guruh birinchi sentabrdan ishlab, buyruq 20-sentabrda
berilsa, maktab ma’muriyati tarbiyachilarga 20 kunlik ish haqini
to‘lashdan mahrum bo‘ladilar.
Sinf yoki guruh jurnali. Respublika xalq ta’limi vazirligi
ko‘rsatmalariga muvofiq kuni uzaytirilgan sinf yoki guruh
haftasiga har kuni 5 soatdan yoki 5 kunda 6 soatdan ishlashi
kerak. Bu ish uchun tarbiyachiga bir stavka ish haqi to‘lanadi.
Kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhda maxsus jurnal yuritiladi.
U sinfning oddiy jurnallariga o‘xshagan bo‘lib, kuni uzayti-
rilgan sinf va guruh ishiga moslashtirilgan
1
. Tarbiyachi tomo-
nidan har kuni shu jurnalga besh soatlik ish mazmuni va
o‘quvchilarning bor-yo‘qligi qayd qilib boriladi. Ayniqsa, jur-
nalda o‘quvchilarni yo‘qlama qilishga alohida e’tibor berish
kerak. Mashg‘ulotga kelmagan bolani jurnalda kelmaganini
qayd qilish va bir ilojini topib, uning kelmaganligi haqida uyiga
xabar berish har qanday noxush voqealar yuz berishining oldini
oladi. Aks holda, kelmagan o‘quvchi bilan shu vaqtda biror
baxtsiz hodisa ro‘y bersa, maktab va tarbiyachi javobgarlikdan
soqit bo‘lmaydi.
Uzaytirilgan sinf va guruh jurnalini maktab rahbarlari vaqti-
vaqti bilan tekshirib, u haqdagi fikr va mulohazalarini jurnalda
qayd qilib qo‘yishlari lozim. Jurnal moliyaviy hujjat hisoblanadi.
U tarbiyachiga to‘langan haqning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini
isbot qila oladigan darajada bo‘lishi kerak.
1
Jurnal 10 yil ilmiy bo‘lim mudiri qo‘lida va 40 yil maktab arxivida
saqlanadi. Shu muddat davomida moliya yoki boshqa tekshiruv xodimlari
tomonidan reviziya qilinishi mumkin.


120
Bolalarni ovqatlantirish qonun va qoidalari. Kuni uzaytiril-
gan sinf, guruh o‘quvchilari ikki mahal, maktab qoshidagi internat
o‘quvchilari har kuni to‘rt mahal issiq ovqat bilan ta’minlanishi
shart. Bu davlat hujjatlarida maxsus qayd qilingan. Ma’lumki,
ovqat ota-onalar hisobidan bo‘lishi kerak. Ovqat narxi ota-onalar
xohishiga ko‘ra qoidada ko‘rsatilgan past narxda bo‘lishi mumkin.
Bu narx maktab ma’muriyati va ota-onalar hamkorligida aniq-
lanadi.
Kuni uzaytirilgan maktab guruh va internatlarda ovqat puli
har oyning boshida besh kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak.
Ayrim hollardagina direktor tomonidan buyruq bilan tayinlab
qo‘yilgan shaxs qo‘liga pul topshirilishi mumkin. Markazlashgan
buxgalteriya esa bu shaxs nomiga to‘lov xabarnomasini to‘ldiradi.
Pul hisobi 2-ilovada ko‘rsatilgan forma asosida maxsus kitob-
daftarda olib boriladi. To‘plangan pul uch kun davomida tegishli
tashkilot hisobiga davlat banki orqali o‘tkazilishi zarur. Pulni
bankka topshirmasdan xarajat qilinishi mumkin emas.
Maktab qoshidagi internatlar oshxonalariga (zarur yordam-
chi xonalar, shtatlar bo‘lsa) ota-onalar tomonidan to‘lanadigan
ovqat puli o‘rniga mahsulot topshirilishi mumkin. Qabul qilishda
uchta kirish orderi to‘ldirilib, biri buxgalteriyaga, biri qabul qilib
olgan kishiga, biri topshirgan kishiga beriladi. Unda mahsulotning
turi, nomi, necha kilogrammligi, narxi, topshirgan kuni aniq
ko‘rsatiladi.
Fermer otaliq tashkilotlari va maktab tajriba uchastkasidan
tushgan mablag‘ ham mavjud hisobga o‘tkaziladi. Agar mahsulot
bo‘lsa «nakladnoy» orqali topshiriladi.
Agar oshxonada ishlovchi shaxslar uchun shtat bo‘lmasa, u
holda hamma inventar, mahsulot va pul jamoat yo‘li bilan
ovqatlanish tashkilotlariga topshiriladi. U vaqtda bolalar talon
bilan ovqatlanadi. Bunda maktab direktori tomonidan maxsus
shaxs tayinlanadi. Bu shaxs bolalar soniga qarab, buxgalteriyadan
talon olib, tarbiyachilarga tarqatib beradi. Oy oxirida maxsus
shaxs talonlarning xarajat qilinganligi haqida hisobot tuzadi.
Buning uchun tarbiyachilar bolalarning davomati va talonning
qanchasidan foydalanganligi haqida ma’lumot beradi. Bu hisobot
asosida buxgalteriya jamoat yo‘li bilan ovqatlanish tashkilotlari,
ota-onalar bilan hisoblashadi.


121
Kuni uzaytirilgan guruhlarda ota-onalarning o‘zi jamoatchilik
asosida ovqatlanish tashkilotlaridan talon olib, zarur bo‘lishiga
qarab, maktabni aralashtirmagan holda tashkil qilishi ham mumkin.
Muallif professor Komiljon Hoshimov kuni uzaytirilgan guruhli maktab
rahbarlari bilan suhbat o‘tkazmoqda.


122
UCHINCHI QISM
KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH
VA MAKTAB-INTERNATLARDA TA’LIM-TARBIYA ISHINING
O‘ZIGA XOSLIGI VA AFZALLIKLARI
Kuni uzaytirilgan maktab, sinf, guruhlar ta’lim-tarbiya
tizimining yangi shakli bo‘lib, ular, asosan, umumiy majburiy
ta’lim maktablarining amaldagi reja va dasturlari bo‘yicha ish olib
borsa-da, bolalarga ta’lim-tarbiya berishda o‘ziga xos xususiyat-
larga ega.
Bu xususiyatlar quyidagilar bilan izohlanadi:
1. Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va internat tipidagi maktab-
larda bolalar kun bo‘yi pedagog-tarbiyachilar, «Kamalak» bosh-
lang‘ich tashkiloti va «Kamolot» YIH a’zolari nazoratida bo‘la-
dilar. Bu ta’lim va tarbiya ishida nihoyatda katta ahamiyatga ega.
2. Bolalar bilan sinfdan va maktabdan tashqarida olib borila-
digan tarbiyaviy ishlar uzluksiz amalga oshiriladi.
3. O‘quvchilar faoliyati butun kun bo‘yi, yagona kundalik
rejim asosida tashkil etiladi.
4. Bolalarga o‘zini-o‘zi boshqarish, rahbarlik qilish va
bo‘ysunish tamoyillarini singdirish imkoniyatlari nihoyatda keng.
5. O‘quvchilarni umumiy ovqatlantirish, ularning jamoa va
ko‘ngilli dam olishlari yo‘lga qo‘yiladi.
6. Jamoatchilik va ota-onalar bilan aloqa yanada yaxshila-
nadi.
7. Ta’lim sifatini yuqori darajaga ko‘taradi. Bularning ham-
masi kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlar umumiy ta’lim
maktablaridan bir qancha afzal va samarali ekanligini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda paxtachilik xalq xo‘jaligining aso-
siy tarmog‘i hisoblanadi. Ayniqsa, ekish va yig‘im-terim vaqtlarida
dala ishlari ancha davom etadi, mehnatkashlar ertadan kechgacha
dalada bo‘lishadi. O‘zbek xonadonlarining aksariyat qismi ko‘p
bolali oilalardir. Yosh bolalarning bu vaqtda ma’lum muddat
qarovsiz qolishi tabiiy. Bunday oilalarga kuni uzaytirilgan sinf-
guruhlar, internat-maktablar juda qo‘l keladi. Lekin shuni ham
aytish kerakki, bu ota-onalarni bola tarbiyasidan ozod qilmaydi
yoki bola tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan mas’uliyatdan xoli


123
etmaydi. Aksincha, bunday maktablar oilada bola tarbiyasiga
bo‘lgan talabni yanada oshiradi, uni tashkil etishni yaxshilashda
maktab, oila va jamoatchilikning hamkorligi uchun yangi
imkoniyat va qulayliklar yaratib beradi. Bola tarbiyasida oilaga
kerakli yordam ko‘rsatish imkoniyati kengayadi.
Ta’lim ishlarining o‘ziga xosligi va afzalliklari. Internat, kuni
uzaytirilgan sinf va guruhlarda o‘qituv ishlari umumiy ta’lim
maktablaridagi kabi tashkil qilinsa-da, ularning o‘ziga xos xusu-
siyatlari bor. Avval aytganimizdek, barcha fanlardan o‘quvchilarga
mustaqil bajarish uchun berilgan vazifalarning asosiy qismi
tarbiyachi-pedagog rahbarligida maktabda bajariladi. Shuningdek,
tarbiya soatlarida uyushtirilishi lozim bo‘lgan xarakterli o‘yin,
to‘garak mashg‘uloti, kino va diafilm ko‘rish, sayohat va sinfdan
tashqari o‘qish kabilar dars materiallarini mustahkamlash maqsa-
dida tashkil etiladi.
Kuni uzaytirilgan guruhlar va sinflarda o‘quv ishlari samara-
dorligini oshirish asosan dastur va darsliklarning sifati, maktabning
moddiy bazasi, muallimlarning pedagogik mahorati va o‘quvchi-
larning kamolot xususiyatlariga bog‘liq.
Mustaqil dars tayyorlash samaradorligini oshirish uchun
birinchi navbatda maktabning moddiy bazasidan, ya’ni o‘quv
kabinetlari, maktab kutubxonasi va mavjud ko‘rgazma qurollari,
texnikaviy vositalardan to‘liq foydalanish zarur. Bu esa o‘qish
jarayoni yo‘nalishini amaliy asosda tubdan yaxshilash imkoniyatini
beradi.
Mustaqil dars tayyorlashning tashkil etilishi, o‘tkazilishi xarak-
teri va davom etish vaqti o‘quvchilarning yoshiga, ularni nazariy
materiallarni, ommaviy bajarish metodlarini va o‘z-o‘zini, sinf-
doshlarini nazorat qilish usullarini qanchalik o‘zlashtirganligiga,
ko‘rgazmali o‘quv qurollar bilan qanday ta’minlanganligiga,
shuningdek, o‘quv materiali tuzilishidagi nazariy va amaliy
bilimlar nisbatiga bog‘liq bo‘lib, bularning hammasi o‘quvchilar
mustaqil bajaradigan ta’limiy ishlarning sifati va saviyasini bel-
gilaydi.
Internat tipidagi va kuni uzaytirilgan sinf hamda guruhlarda
mustaqil o‘qish mashg‘ulotlarini tashkil etish mazmun va tuzilishi
jihatdan shu maktabning spetsifik xususiyatini hisobga olishni
taqozo etadi. Internat va kuni uzaytirilgan sinf, guruh sharoitida
o‘quvchilarning mustaqil dars tayyorlashi tarbiyalanuvchilar uchun


124
ham, pedagoglar va rahbarlar uchun ham eng murakkab va
muhim holatlardan biridir. O‘quvchilarning mustaqil ishlariga
tajribali tarbiyachi va o‘qituvchilar rahbarlik qilishlari kerak.
Chunki bolalarning erkin dam olish jarayonidagi o‘quv tarbiya
ishlari o‘quvchilarning ijodiy ishlarini, to‘garak ishlarini, ularning
darsdan tashqari vaqtda maktab quchog‘ida o‘tkazadigan jo‘shqin
faoliyatlarini qamrab olishi lozim. Internat tipidagi va kuni uzay-
tirilgan sinf, guruhlarda o‘quvchilarning bu faoliyatlarini mohirlik
bilan boshqarib borish mustaqil o‘quv ishlarining samaradorligini
oshirishda muhim omildir.
Bolalarning samarali o‘qishi uchun normal sharoit yaratish,
tegishli tartib joriy etish, mustahkam mehnat intizomi o‘rnatish,
o‘quvchilarni barcha o‘quv asboblari bilan ta’minlash, ulgurmov-
chi o‘quvchilarga yordam berish, bolalarning darsda va sinfdan
tashqari ishlarda hosil qilgan bilimlarini kengaytirish va boshqa
ko‘pgina ishlar ham o‘qituvchining, ham tarbiyachining
zimmasidagi vazifadir. Bu vazifalarni bir-biridan ajratish, faqat
o‘qituvchi yoki tarbiyachi bajarishi lozim deb qarash noto‘g‘ri.
Ular inoq bo‘lib, bamaslahat ishlamoqlari darkor.
Hamma tarbiyalanuvchilarning bir vaqtda dars tayyorlashi
ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi: ba’zi bolalar diqqatni bir joyga
to‘plab shug‘ullana olmaydilar, ba’zilari o‘yinga chalg‘iydilar,
she’rni yodlay yoki berilgan materialni ovoz chiqarib takrorlay
olmaydilar. Mustaqil dars tayyorlash jarayonida bu kabi holatlarni
hisobga olish kerak. Ha, bilim, ko‘nikma va malakalarni bolalarga
singdirish oson ish emas, bu — qunt bilan bajariladigan, katta
matonat talab qiladigan mehnat.
O‘qituvchi va tarbiyachi darslarda, bolalarning mustaqil dars
tayyorlashida, sinfdan tashqari ishlarida bolalar oldiga mutlaqo
bir xilda talablar qo‘yishlari, birining qo‘ygan talabi ikkinchisiga
zid kelmasligi kerak. Rag‘batlantirish va chora ko‘rishlar ham
barcha uchun teng bo‘lishi lozim. Hamma ish bitta, umumiy
maqsadga o‘quvchilarning darsda o‘tilgan materiallarni o‘zlash-
tirishlarini yuqori darajaga ko‘tarish ularda mehnat va madaniy
xulqning mustahkam malakalarini hosil qilishga bo‘ysundirilishi
kerak.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar
o‘zining ba’zi xususiyatlariga qaramasdan, odatdagi darslarga


125
o‘xshab ketadi. Har bir mashg‘ulot xuddi dars singari ma’lum
shartlarga rioya qilgan holda o‘tkaziladi:
1. Mashg‘ulotga pedagog boshchilik qiladi.
2. Ko‘pincha jamoat bo‘lib ishlash qo‘llaniladi.
3. Ma’lum me’yorda bilim beriladi, ko‘nikma va uquvlar
mashq qilinadi.
4. Darsga qo‘yiladigan didaktik talablar kuni uzaytirilgan
guruhlarda tashkil etiladigan mashg‘ulotlarga ham joriy etiladi.
Biroq, «dars» va «mashg‘ulot» tushunchalarining ma’nosi
anglab etilmas ekan, ularni bunday qiyos qilish yuzaki bo‘ladi.
«Mashg‘ulot» o‘quvchilar faoliyatini uyushtirishni o‘z ichiga
qamrab oluvchi juda keng jarayon bo‘lib, ular ichiga dars ham
kiradi. «Dars» tushunchasi ancha tor. Guruhda mashg‘ulotlar dars
shaklida olib borilib, tashkiliy mohiyatiga ko‘ra o‘quv jarayonining
taqlidi bo‘lib qolmasligi kerak. Chunki hadeb bir xil shaklni
qo‘llayverish bolalarni zeriktiradi. Shuning uchun ham dars
tuzilishi sharoitga qarab samarali tashkil etish haqida turli fikr-
lar va urinishlar mavjud. Ba’zi olim va metodistlar 45 daqiqa
darsga 15 daqiqa mustaqil dars tayyorlashni qo‘shib, uni 60 daqiqa
davom ettirish lozim, deyishmoqda. Ayrim olimlar esa kunning
birinchi yarmida o‘quvchilar 3 soat dars o‘qigach, 4-soatda, ya’ni
oxirgi soatda mustaqil dars tayyorlashlari, unga o‘qituvchi
boshchilik qilishi, badantarbiya, mehnat, ashula va rasm darslari
kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi tomonidan olib borilishi
kerak, degan fikrni ilgari surishmoqda.
Ayrim ilg‘or maktab tajribalari kuni uzaytirilgan maktab,
sinflarda yagona o‘quv jarayonini tashkil qilish lozimligini
ko‘rsatmoqda. Masalan: maktab pedagoglari ayrim fanlar bo‘yicha
45 daqiqalik darsni saqlagan holda, ularning setkadagi haftalik
soatlarini mustaqil dars tayyorlashga ketgan vaqt hisobiga
ko‘paytirib tashkil qilishni tavsiya qilsa, Yevropa maktab-internat
pedagoglari ko‘pchilik o‘quv fanlaridan mustaqil dars tayyorlashni,
45 daqiqalik darsni saqlagan holda kunning birinchi yarmiga,
mehnat va badantarbiya darslarini esa kunning ikkinchi yarmiga
ko‘chirishni tavsiya qiladi. Barcha kuni uzaytirilgan maktab, sinf
o‘qituvchi, tarbiyachilari esa asosiy fanlar bo‘yicha dars va
mustaqil dars tayyorlashni birlashtirish va o‘quv jarayonini 35
daqiqalik juft dars shaklida (70 daqiqa), orada 5 daqiqalik tanaffus


126
bilan tashkil qilishni, chizmachilik, ashula, rasm, mehnat va
badantarbiya darslarida 45 daqiqalik darsni saqlagan holda
kunning birinchi yarmi oxirida 4-soatlarda o‘tishni tavsiya qiladi.
Asosiy o‘quv fanlari bo‘yicha dars va mustaqil dars tayyor-
lashni birlashtirish kun tartibi — rejimini to‘g‘ri tashkil qilish va
vaqtni unumli o‘tkazishga imkoniyat tug‘diradi hamda sinfdan
tashqari o‘quvchilarning qiziqishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlarga ko‘proq vaqt ajratish imkoniyatini yaratadi. Bu
xildagi darslar o‘quvchilarga amaliy ish bilan ko‘proq shug‘ul-
lanishga va o‘rganilgan dars bilan bevosita aloqa bog‘lashiga,
maktab jamoasi faoliyatini butun kun va hafta davomida unumli
tashkil etishga yordam beradi.
Darsni 60 daqiqaga qadar cho‘zish ta’lim nuqtayi nazaridan
har qancha samarali bo‘lmasin, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
uzoq vaqt partada o‘tirishga majbur qilish, mutaxassislarning
fikricha, ularning salomatligiga katta zarar yetkazadi. Shu bois
60 daqiqalik dars o‘tkazish fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi.
Umumiy maktablar tarixiy taraqqiyoti jarayonida yuqori sinf
o‘quvchilarini o‘qitish bo‘yicha katta yutuqlarga erishgan bo‘lsa-
da, boshlang‘ich sinflar faoliyatida hali hal qilinishi lozim bo‘lgan
ishlar ko‘p. A. N. Konev «Maktab I—III sinf o‘quvchilarining
jismoniy, psixologik, yosh va individual xususiyatlarini yetarlicha
hisobga olmaydi. Masalan, I—X sinflarda dars 45 daqiqa davom
etadi. Nega? Yetti va o‘n yetti yoshli o‘quvchilarning jismoniy
quvvati baravarmi? So‘zsiz, yo‘q»
1
, deb juda to‘g‘ri fikrni ilgari
suradi. U shu fikri asosida o‘qituvchi-tarbiyachilar bilan
hamkorlikda bir necha boshlang‘ich kuni uzaytirilgan sinflarda
45 daqiqalik dars o‘rniga 35 daqiqalik dars tashkil qilib (dars
soatlarini ko‘paytirish hisobiga, ya’ni 4 soat o‘rniga 6 soat) tajriba
o‘tkazdi. Tajriba butun kun mobaynida o‘quvchilar charchamas-
ligini, sog‘lom bo‘lishini, shuningdek, o‘zlashtirishda yuqori da-
rajaga erishishlarini ko‘rsatdi. Albatta, maktabni bunday turli
muddatda davom etadigan rejimga o‘tkazish ancha murakkab
bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar olib borishni, eng to‘g‘ri tavsiyalar ishlab
chiqishni taqozo etadi.

Êîíåâ À. Í. «Îðãàíèçàöèÿ ó÷åáíîãî ïðîöåññà I—III êëàññàõ â óñëî-
âèÿõ ïîëíîãî äíÿ». 1980.


127
Hozirgi kunda o‘quvchilarning, ayniqsa, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining mustaqil dars tayyorlashlari asosan tarbiyachi-
lar rahbarligida o‘tkazilishini hisobga olib, ularning bu faoliyatlari
haqida ayrim mulohazalarimizni bayon etamiz:
1. Dars tayyorlashni unumli va to‘g‘ri tashkil etish uchun tar-
biyachi (yoki dars tayyorlashni o‘tkazuvchi kishi) o‘z guruhida-
gi o‘quvchilarning bilimini, psixologik xususiyatlarini shu sinf
o‘qituvchilari kabi to‘liq bilishi va o‘qituvchi bilan bir xilda
pedagogik talab qo‘yishi kerak.
Buning uchun tarbiyachi o‘qishning birinchi kunlaridayoq
o‘qituvchilarning darslariga, mashg‘ulotlariga qatnashishi, ularning
ish metodlari, rag‘batlantirish usullari, dars davomida olib
boradigan tarbiyaviy ishlari, sinf va uy vazifalarining hajmini
diqqat bilan o‘rganishi lozim. Shuningdek, o‘qituvchilar ham
tarbiyachi olib boradigan mashg‘ulotlarga qatnashib, tegishli
maslahat va yordam berib turishlari kerak. Bu xildagi aloqa va
hamkorlik natijasida o‘qituvchi bilan tarbiyachi o‘rtasida
o‘quvchilarga nisbatan bir xil talab vujudga keladi.
2. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda dars va darsdan keyingi
ta’lim jarayonining samarador bo‘lishining eng muhim omilla-
ridan yana biri, bu o‘qituvchi bilan tarbiyachining o‘zi ishlaydigan
sinf dasturini yaxshi bilishidir. Eng yaxshi o‘qituvchi va tarbiyachi
ham dastur mazmunini, uni o‘qitishdan kutilgan maqsadni bilmas
ekan, u ta’lim ishini to‘g‘ri tashkil eta olmaydi.
Keyingi yillarda boshlang‘ich sinflarda o‘qish yangi reja va
dastur asosida olib borilmoqda. Yangi reja va dasturga binoan
hamma boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari qayta tayyorlov kurslarida
o‘qitilmoqda. Shunga ko‘ra boshlang‘ich kuni uzaytirilgan sinf
va guruhlarda ishlaydigan tarbiyachi-pedagoglar ham bu kurslarda
o‘qitilishi lozim. Aks holda o‘qituvchi bilan tarbiyachi ishida
pedagogik talab bir xil bo‘lmaydi. Shuningdek, dastur talab va
maqsadlarini bilmagan tarbiyachi mustaqil dars tayyorlash
jarayonini ham muvaffaqiyatli o‘tkaza olmaydi.
3. O‘qituvchi bilan tarbiyachining mustahkam aloqasi ta’lim-
tarbiya sifatini hozirgi talablar darajasiga ko‘tarishda, bir sinfda
ikkinchi yil qolishning oldini olishda juda katta ahamiyatga ega.
Lekin hamma vaqt ham o‘qituvchi bilan tarbiyachi har kuni
uchrashish va bir-biriga maslahat hamda yordam berish imko-


128
niyatiga ega bo‘lavermaydi, albatta. Bunday paytlarda har bir o‘qi-
tuvchi yoki tarbiyachi o‘z fikrini yozma tarzda bayon qilishi ham
mumkin. Bunga Toshkent shahridagi kuni uzaytirilgan maktab-
ning sinf o‘qituvchilari bilan tarbiyachilari o‘rtasidagi tavsiyamizga
ko‘ra tutilgan «Kundalik aloqa» daftari yaxshi misol bo‘la oladi.
O‘qituvchi sinfda olib boradigan va o‘quvchilar bilan bajarilishi
lozim bo‘lgan ishlarini shu daftarga yozib qoldiradi. Tarbiyachi-
lar ham shu yozuv asosida ishlaydi. Va u ham, o‘z navbatida,
qilingan ishlar natijasini hamda o‘z fikrlarini o‘sha daftarga
yozadi. O‘qituvchi ertalab maktabga kelganda «Kundalik aloqa»
daftari orqali tarbiyachining o‘quvchilar bilan qanday mashg‘ulot
o‘tkazganligini, o‘quvchilar intizomi kabilar bilan tanishadi.
«Kundalik aloqa» daftari quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
Fan 
Sana 
O‘qituvchining 
topshirig‘i va 
axboroti 
Vazifani 
ishlash 
muddati 
Tarbiyachi-
ning axboroti 
Masalan, 2004-yil 2-martda IV sinf o‘qituvchisi tarbiyachiga
bunday ma’lumotni yozib qoldirgan: «O‘quvchi S. ona tilidan
«Sifat» matnini yaxshi tushunmadi va bugungi darsga kecha uyga
topshirilgan 166-mashqni to‘la bajarmay keldi. Shu o‘quvchining
uy vazifalarini to‘g‘ri va doim puxta tayyorlashiga, ayniqsa, ona
tilidan topshirilgan vazifalarni bajarishiga alohida e’tibor berishi-
ngizni iltimos qilaman».
Shuningdek, 1-sinf tarbiyachisi tubandagilarni yozgan: «Ba’-
zi bir o‘quvchilar alifboni yaxshi o‘zlashtirmaganliklari sababli
bosh harflarni ajrata olmaydilar. Ular bilan harflarni tartibli
takrorlash ishida birgalikda shug‘ullansak». Demak, «Kundalik
aloqa» daftari orqali ta’lim-tarbiyaning barcha sohalarini qamrab
olish va hamkorlik qilish mumkin.
4. Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlarda vimpellar
taqdim etishni joriy qilish ham ta’lim-tarbiya ishlari sifatini yuqori
ko‘tarish vositalaridan biridir.
«Sinflararo tozalik uchun», «O‘qishda, intizomda ilg‘or
sinflar uchun», «Maktabga g‘amxo‘rlik ko‘rsatganlari uchun»


129
kabi vimpellar o‘quvchilar o‘rtasida tozalik, madaniylik, inti-
zom, bilim olishga qiziqish va maktab mulkini ko‘z qorachi-
g‘iday saqlash, ehtiyot qilish va jihozlash kabi foydali ishlarni
yo‘lga qo‘yishda, ularni faol jamoatchi qilib tarbiyalashda katta
yordam bermoqda.
«O‘qishda, intizomda ilg‘or sinflar uchun» vimpelini topshi-
rish bilan har haftada barcha sinflarning o‘qish va intizomdagi
muvaffaqiyatlari va kamchiliklari qayd qilinadi. Qaysi sinf
o‘quvchilari shu hafta ichida yomon baho olmagan, maktab
tartib-qoidasini buzmagan bo‘lsa, umummaktab o‘quvchilari
lineykasida maktab ma’muriyati tomonidan ana shu sinfga
tantanali ravishda topshiriladi. Vimpelni shu hafta mobaynida eng
ko‘p a’lo baho olgan va intizomda o‘rnak o‘quvchi qabul qilib
oladi.
Kuni uzaytirilgan maktablarda olib boriladigan bunday
tadbirlar natijasida o‘quvchilar o‘rtasida bilimni chuqur egallash,
mustaqil dars tayyorlash, o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarga yordam
va yaxshi intizmom uchun kurash faqat pedagog-tarbiyachi-
ninggina emas, balki o‘quvchilar jamoasining asosiy ishiga ayla-
nadi.
5. Kuni uzaytirilgan maktab va guruhlarda o‘quvchilarning
kun bo‘yi maktabda bo‘lishi maktab ma’muriyatining ular bilan
mustahkam aloqada bo‘lishini talab qiladi. O‘quvchilar o‘rtasida
ta’lim-tarbiya ishlarining rolini yanada oshirish maqsadida har
kuni sinf yoki guruh navbatchisining maktab direktori yoki ilmiy
bo‘lim mudiriga o‘z sinfi haqida quyidagi chizma asosida
ma’lumot berib turishi yaxshi natija beradi.
Bosh navbatchining 
familiyasi, sana 
Darsga kel- 
madi, sababi 
Kechikdi Qaysi darsda kim 
o‘zini tuta 
bilmadi 
«2» baho 
oldi 
Bunday axborot maktab ma’muriyatini bolalar hayoti bilan
yaqindan tanishtirishga, barcha guruhlardagi har kungi ahvolni
bilishga va shu asosda lozim bo‘lgan tadbirlar o‘tkazishga, ota-
onalar bilan aniq dalillar asosida suhbatlar o‘tkazishga imkon
beradi. O‘quvchilarning ongli va mustaqil, har qanday ishning
9 — K. Hoshimov


130
mazmuniga to‘la tushunib ishlashini uyushtirish tarbiyachidan
metodik mahoratni, pedagogik san’atni talab qiladi. Tarbiya-
chining ham predmet o‘qituvchisi kabi darsga tayyorlanish, shu
kuni uyga berilgan topshiriqlarni puxta bilishi, vaqtni to‘g‘ri
rejalashtirishi o‘qish sifatini ko‘tarishga imkon beradi, o‘quvchi-
larni esa tizimli, halol va mustaqil ishlashga o‘rgatadi. Shuning-
dek, dars tayyorlash paytida o‘quvchilar vazifani bajarishga
qiziqtirilsa, ular diqqati to‘la jalb qilinsa, intizomning asosi
yaratilgan bo‘ladi.
O‘quvchilarning dars tayyorlashi, ish unumini oshirish uchun
sinf xonasi yetarlicha yoritilgan, havosi toza, partalar o‘quvchilar
yoshiga, bo‘yiga mos bo‘lishi kerak. Avval ta’kidlaganimizdek,
maktabdagi mashg‘ulotlar va kuni uzaytirilgan guruhlarda uyga
berilgan vazifalarni bajarish bir butun ta’lim jarayonini tashkil
etadi. Uyga berilgan vazifalarni to‘g‘ri va mustaqil ishlashda
tarbiyachining o‘quvchilarga yo‘l ko‘rsatishi, ularni tushuntirish
katta ahamiyatga ega. Ba’zi tarbiyachilar metodikani yaxshi
bilmasligi, o‘quvchilarning dars tayyorlash jarayonini to‘g‘ri tashkil
qila olmasligi tufayli bolalarni qiynab qo‘yishadi. Yoki, ular dars
tayyorlash davomida qiynalgan o‘quvchilarga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq-
lar ko‘rsatish, ularni mustaqil o‘ylashga o‘rgatish o‘rniga topshi-
riqni o‘zlari ishlab beradilar.
O‘quvchilarga bu tarzda «yordam» berish pedagogikaga yot
metoddir.
Internat tipidagi va kuni uzaytirilgan sinf, guruhlarda ta’-
lim-tarbiyani yaxshi yo‘lga qo‘ygan va o‘quvchilarga pedago-
gika talablari asosida yaqindan yordam berib, yaxshi natija-
larga erishayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilar respublikamiz-
da ko‘p.
Masalan, Namangan viloyati, Namangan tumanidagi 23-mak-
tabda 13 ta kuni uzaytirilgan sinf tashkil qilingan bo‘lib, ularga
402 o‘quvchi jalb etilgan. Kuni uzaytirilgan I—IV sinflardagi
o‘quvchilarning 85 % i faqat «4» va «5» baholarga o‘qiydilar.
Shu faktning o‘ziyoq kuni uzaytirilgan guruhning afzalligi-
dan dalolat beradi.


131
KUNI UZAYTIRILGAN SINF VA GURUHLAR ISHIGA
PEDAGOGIK RAHBARLIK QILISH
1
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda o‘quvchilar bilan ta’lim-
tarbiya ishlarini tashkil etish, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari-
ni aniqlash va rivojlantirishda qulay shart-sharoitlar yaratish (turli
xil to‘garaklar, qiziqishlari bo‘yicha klublar, sport seksiyalari va
boshqalarni tashkil etish) ishiga mohirona pedagogik rahbarlik
qilingan taqdirdagina yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Hozirgi maktab ishiga rahbarlik qilish sinf va guruhlar ishini
tubdan ijodiy ravishda yangilashni talab etadi.
Gap kuni uzaytirilgan sinf va guruhlardagi hozirgi afzallik-
lardan ko‘ra yanada istiqbolli shakllarini o‘ylab topish va ular
ishini hozirgi zamon talablari darajasida takomillashtirish to‘g‘-
risida boradi.
Mamlakatimizda har bir maktab yoshidagi bolaning to‘liq
o‘rta ma’lumotga ega bo‘lishida kuni uzaytirilgan sinf va guruh-
larning keng imkoniyatlaridan samarali foydalanish bevosita
maktab rahbarining mahoratiga, tashkilotchiligiga, kasb-korlik
tayyorgarligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Bunda pedagoglar jamoasining birligi katta rol o‘ynaydi.
A. S. Makarenko yozganidek, mohir rahbar boshchilik qilayotgan
inoq, ahil jamoadagi eng yosh, eng tajribasiz pedagog pedagoglar
jamoasi bilan chiqisha olmaydigan har qanday iste’dodli va
tajribali pedagogdan ko‘ra ko‘proq ishni bajaradi
1
.
O‘qituvchi va tarbiyachi mehnatining samaradorligini oshi-
rish maktabda unga qulay sharoitlar yaratilib berilishiga: o‘quv
xonalari yaxshi jihozlangan va texnika vositalari bilan ta’min-
langan bo‘lishiga, o‘qituvchiga metodik adabiyotlar bilan yordam
ko‘rsatilishiga, maktab metodika xonasida o‘quv-tarbiya ishiga
doir didaktik material va ko‘rsatmali qurollar to‘plangan bo‘lishi-
ga, qulay psixologik iqlim, o‘zaro yordam vaziyatining vujudga
keltirilishiga ham bog‘liqdir. Uzaytirilgan kun tartibiga o‘tkazilgan
sinf va guruhlar uchun moddiy baza oddiy umumta’lim maktabi
moddiy bazasidan ancha farq qilishini ham hisobga olish lozim.

Ushbu mavzu 1992-yil «O‘qituvchi» nashriyotida chop etilgan T. Sot-
likovning «Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda ta’lim-tarbiya ishlari (qishloq
maktablari misolida) qo‘llanmasi» va ilg‘or tajribalar asosida tayyorlandi.


132
Shuningdek, faqat maktab pedagoglar jamoasi faoliyati bilan
cheklanibgina qolmay, maktab rahbariyati sharoitga qarab baza
korxonalari, otaliq tashkilotlari, mahalla madaniyat muassasalari,
maktabdan tashqari muassasalar bilan yaqin aloqada bo‘lish lozim.
O‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan tadbirlar faqat o‘qituvchi va
tarbiyachilar, maktab jamoasi kuchi bilangina emas, keng jamoat-
chilik imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda o‘tkazilishi
maqsadga muvofiqdir.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda o‘quv-tarbiya va sog‘lom-
lashtirish ishlariga rahbarlik qilish murakkab jarayon bo‘lib,
rahbarlardan ijodiy ishlashni talab qiladi.
Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlarda ta’lim-tarbiya
va sog‘lomlashtirish jarayonlariga rahbarlik qilishda quyidagilarga
e’tibor berish kerak.
Birinchi darajali boshqarish: maktab direktori, pedagoglar
kengashi, maktab kasaba uyushmasi, yoshlarning «Kamalak»
tashkiloti va «Kamolot» YIH, ota-onalar jamoasi, otaliq tashkilot
va maktabdan tashqari muassasalar bilan hamkorlik.
Ikkinchi darajali boshqarish: ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha
maktab direktori o‘rinbosarlari, ma’naviyat va ma’rifat ishlari
bo‘yicha direktor o‘rinbosari, boshlang‘ich harbiy ta’lim tayyor-
garligi rahbari, bosh yetakchi, maktab direktorining xo‘jalik ishlari
bo‘yicha o‘rinbosari.
Uchinchi darajali boshqarish: o‘qituvchi, tarbiyachi, sinf rah-
bari.
To‘rtinchi darajali boshqarish: o‘quvchilar, o‘quvchilarning
o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, maktab umumiy yig‘ilishlari,
«Kamolot» YIH yig‘inlari va boshqalar.
Maktab rahbari ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil qilishda va
maktab ichki nazoratini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda boshqarishning
yuqoridagi barcha bo‘g‘inlari o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatib,
ular bilan hamkorlikda ishlagandagina yaxshi natijalarga erishish
mumkin. Bugungi kun talabi asosida maktab direktori boshqa-
rayotgan va bajarishi lozim bo‘lgan ishlarni ko‘z oldimizga
keltiradigan bo‘lsak, u ta’lim-tarbiyada birinchi shaxs ekanligiga
ishonchimiz komil. U o‘quvchilar jamoasining murabbiysidir,
pedagoglar jamoasining ustozi, teng huquqli a’zosi, mohir
tashkilotchisidir. Ma’lum pedagogik talablarga va maktabning
o‘ziga xos xususiyatlariga javob beradigan, puxta o‘ylangan va


133
jamoa fikri asosida tuzilgan rejani ishlab chiqish va uning mu-
vaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash maktab direktorining eng
muhim vazifalaridandir.
Maktabning umumiy ishlar rejasi imkoni boricha aniq va qisqa
bo‘lmog‘i darkor. Ish rejasida o‘quv-tarbiya ishlarini yaxshilash,
maktab ichki nazoratini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish asosiy o‘rinni
egallamog‘i kerak. Fan asoslarini o‘qitish jarayonida har
tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalashga, har bir fanni
o‘qitish sifatini yaxshilashga, o‘quvchilarning mustaqil bilim olish-
lariga, o‘quv rejalari talablariga muvofiq, o‘quvchilarni chuqur
va mustahkam (bazaviy) bilim bilan qurollantirishga, bolalarning
qobiliyatlari, iste’dodlarini hisobga olgan holda chuqur bilim
olishga asosiy e’tibor qaratilishi kerak: Kuni uzaytirilgan sinflarda
har bir darsni takomillashtirish va uning samaradorligini oshi-
rish uchun, o‘qituvchini dars sifati uchun kurashga tayyorlash
va tarbiyalash maktab rahbarining bosh vazifasidir. Darsdan keyin
o‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari va maktabdan
tashqari tadbirlarga «Kamalak» tashkiloti va «Kamolot» YIH
faoliyatiga, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari ishi-
ga rahbarlik, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri uyushtirish
ishlari, bolalar salomatligini mustahkamlash ishlariga alohida
e’tibor berilishi lozim.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda tarbiyalanuvchilarning
ijtimoiy-foydali mehnati, ularga madaniy axloq malakalarini
singdirish ishlari, madaniy-ommaviy to‘garaklar va klub ishlari,
texnik va badiiy ijodkorlik ishlarini rivojlantirish, o‘quvchi-
larning mustaqil dars tayyorlashlari uchun sharoit yaratish,
maktab moddiy bazasidan o‘quvchilarning istagan vaqtda
foydalanish imkoniyatini tug‘dirish kabi masalalar asosiy o‘rin
tutishi lozim.
O‘qituvchilar, sinf rahbarlari bilan ishlash, ularning fao-
liyatini muvofiqlashtirib borish, eng muhimi — o‘qituvchi,
tarbiyachi, sinf rahbarining o‘quvini tashkil qilish, ularga
malakali metodik yordam berish rahbarning diqqat markazida
bo‘lmog‘i kerak.
Har bir o‘qituvchi, tarbiyachi, sinf rahbari ishiga baho ber-
ganda har bir dars, mashg‘ulotning, sinfdan va maktabdan
tashqari ishlarning hamda tarbiyaviy tadbirlarning rolini oshirish
masalasi, sinf va guruhlar tarbiyalanuvchilarini o‘qish va mehnatga


134
o‘rgatishda qanday natijalarga erishilayotgani e’tiborda bo‘lishi
lozim. O‘quvchilarga bo‘lgan pedagogik talablarning puxta ishlab
chiqilganligi va izchillik bilan unga rioya qilinishi, o‘quvchilar,
tarbiyachilar, maktab va ota-onalar jamoasi hamkorligida xilma-
xil tadbirlarni amalga oshirish orqaligina ko‘zlangan natijalarga
erishish mumkin.
Tashkiliy va pedagogik tadbirlar:
1. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar dars o‘tkazadigan va
mustaqil dars tayyorlaydigan xonalarni jihozlash.
2. Sinf va guruhlarda mustaqil dars tayyorlash uchun zarur
ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalarni hozirlab qo‘yish.
3. Har bir sinf va guruhda to‘plangan didaktik materiallarni
hisobga olib borish va tartibga solish, ulardan to‘g‘ri foydalanish
yuzasidan nazorat o‘rnatish.
4. Har bir sinf va guruhda o‘qituvchi va tarbiyachi hamkor-
ligida mustaqil dars tayyorlash uchun har bir fandan matnlar,
variantlar, mashqlar, misol va masalalar, didaktik o‘yinlar
tayyorlash.
5. O‘quv yili davomida kamida ikki tarbiyachining mustaqil
dars tayyorlash sohasidagi ish tajribasini o‘rganish va omma-
lashtirish.
6. Mustaqil dars tayyorlash bo‘yicha ochiq darslar o‘tkazish.
7. Har bir o‘qituvchi va tarbiyachining yil davomida o‘tila-
digan mavzularga doir ko‘rgazmali qurollar tayyorlashi.
8. Tarbiyachi va o‘qituvchilar malakasini oshirish uchun
sharoit yaratish, ular malaka oshirish kurslaridan qaytgach,
axborotlarini eshitib borish.
9. O‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘z ustida mustaqil ishlash
rejalarining bajarib borilishini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish.
10. Metod birlashma yig‘ilishlarida o‘qituvchi va tarbiyachi-
larning ilg‘or pedagogik tajribalarini ommalashtirish va axborot-
larini eshitib borish.
11. Har bir sinf va guruh uchun kutubxona tashkil qilib, vaqti-
vaqti bilan o‘quvchilar o‘qishi lozim bo‘lgan kitoblar ko‘rgaz-
masini tashkil qilish.
Maktabda pedagogik jarayonni takomillashtirishga, ijodiy
ishlashga maktabning barcha o‘qituvchilari va tarbiyachilarining
faol jalb qilinishi maktab ichidagi nazoratning to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilganligi va pedagogik jamoaning ishiga to‘g‘ri baho berilishiga


135
ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Keyingi yillarda ilg‘or maktablarda
o‘qituvchi, tarbiyachi va boshqa faollar ishini baholashning
mezonlari ishlab chiqilib, bunga amal qilayotganligi yaxshi
natijalar bermoqda. Bog‘ot tumanidagi I. Do‘sov nomli o‘rta
maktabda ham maktab kengashi, ota-onalar jamoasi, pedagoglar
kengashi hamkorlikda o‘qituvchi, tarbiyachi va boshqa xodimlar-
ning ishiga baho berish mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular
asosida har bir xodim mehnati baholanib borilmoqda.
O‘QITUVCHI MEHNATINI BAHOLASHNING
TAXMINIY MEZONI
1. Dars sifati va o‘quvchi shaxsini rivojlantirish bo‘yicha olib
borilayotgan sinfdan tashqari ish natijalari.
2. O‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining samarasi.
3. O‘qituvchining ijodiy izlanishi va uning samarasi.
4. Mehnat intizomi, ishga vijdonan munosabat.
5. Pedagogik munozaralarda ishtirok etish.
6. O‘quv-tarbiyaviy ishni yaxshilashda ota-onalar va jamo-
atchilik hamkorligining natijalari.
7. O‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlariga peda-
gogik rahbarlik.
8. Xonalarni zamonaviy jihozlash va ularning saranjomligi.
9. Jamoat ishlarida qatnashish.
10. Yil davomida uzluksiz ishlash.
11. O‘quvchilar ota-onalarining o‘qituvchi haqidagi fikrlari.
12. O‘z-o‘ziga baho berish.
TARBIYACHI ISHINI BAHOLASH MEZONI
1. O‘quvchi shaxsini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan
ishlarning natijasi.
2. Tarbiyachi va o‘quvchi hamkorligining samarasi.
3. Mehnat intizomi va ishga vijdonan munosabat.
4. Tarbiyachining ijodiy izlanishi va uning samarasi.
5. Pedagogik munozaralarda ishtirok etish.
6. Tarbiyaviy ishni yaxshilashda ota-onalar va jamoatchilik-
ning hamkorligi.


136
7. Tarbiyalanuvchilar qarovsizligining oldini olish bo‘yicha
ishlari.
8. O‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlariga
pedagogik rahbarlik.
9. Jamoat ishlarida ishtirok etish.
10. Guruhdagi tejamkorlik.
11. Ko‘rik-tanlovlar yakuni.
12. O‘quvchilar kontingentining saqlanishi.
13. Yil davomida uzluksiz ishlash.
14. O‘quvchilar ota-onalarining tarbiyachi ishi haqidagi
fikrlari.
15. O‘z-o‘ziga baho berish.
MAKTAB SHIFOKORI MEHNATIGA BAHO
BERISHNING TAXMINIY MEZONI
1. Birkitilgan uchastkadagi ish sifati.
2. Mehnat intizomiga rioya qilinishi.
3. Jamoat ishlarida ishtirok etishi.
4. O‘quvchilarning sanitariya-gigiyena ishlarida qatnashishi.
5. Davolash sohasidagi ijodiy faolligi.
6. O‘z ustida mustaqil ishlashi.
BOSHQA XODIMLAR MEHNATIGA BAHO
BERISH MEZONI
1. Birkitilgan uchastkadagi ish sifati.
2. Ishdagi tashabbuskorlik.
3. Mehnat intizomiga rioya qilinishi.
4. Mehnat qilish madaniyati.
Maktabda xodimlar ishiga oshkora ravishda baho berib borish
mehnat intizomini mustahkamlashga, jamoadagi o‘quv-tarbiyaviy
ishlari uchun mas’uliyatni oshirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH VA MAKTAB-
INTERNAT TARBIYACHILARINING FAOLIYATI
Tarbiyachining vazifasi shu qadar xilma-xilki, hatto ular
umumta’lim maktablari qoidasida ham to‘la bayon qilinmagan.


137
Tarbiyachi pedagogika-psixologiyani chuqur egallagan, sanitariya
va gigiyenani, shuningdek, «Kamalak» va «Kamolot» YIH bilan
ishlash forma va metodlarini hamda tarbiyaning ijtimoiy vazifa-
larini bilishi shart. Bu maxsus bilimlar tarbiyachiga tarbiya
jarayonini ilmiy asosda boshqarish uchun zarurdir. Nazariy tay-
yorgarlikdan tashqari tarbiyachi quyidagilarni bilishi lozim:
a) bola va bolalar jamoasini pedagogik-psixologik jihatdan
o‘rganishni;
b) jamoani shakllantirish (jamoa modelini loyihalash) va uni
vujudga keltirishni;
d) bolalar jamoasiga rahbarlik qilish va jamoa faoliyatini to‘g‘ri
shakllantira borish; jamoadagi har bir shaxs va butun jamoaning
ijtimoiy va jismoniy o‘sish jarayonini tashkil etishni;
e) tarbiyalanuvchilar, ularning ota-onalari hamkasblar bilan
munosabat jarayonida pedagogik etika va pedagogik takt
normalariga qat’iy rioya qilishni;
f) o‘z mehnati natijalarini analiz va sintez qilishni;
g) o‘z bilimini, siyosiy-pedagogik va madaniy qarashlarining
o‘sishini uzluksiz davom ettirishni.
Bu muassasalarda ta’lim-tarbiya masalalarini ijodiy hal etish
uchun tarbiyachilarning atroflicha bilimdon, bolalarga chinakam
rahnamolik qila oladigan kishilar bo‘lishi talab etiladi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning mu-
vaffaqiyati, eng avvalo, o‘qituvchi-murabbiyga, uning g‘oyaviy-
siyosiy yetukligiga, bilimdonligiga, kasb mahoratiga, metodik
san’atiga, bolalarni chin dildan sevishiga, ularning taqdiri uchun
davlat va xalq oldidagi ulkan mas’uliyat hissini to‘la anglab
yetishiga bog‘liq.
O‘qituvchi, tarbiyachi, sharafli hurmati o‘rniga qo‘yiladigan
kasblardan hisoblanadi. Zero, inson o‘z mehnati bilan ona tabi-
atga sayqal bersa, o‘qituvchi-murabbiy insonning qalbini go‘zal-
lashtiradi, tilini burro, fikrini ravon qiladi.
«Tarbiyachini, — degan edi atoqli pedagog-mutafakkir
V. G. Belinskiy, — bog‘bon bilan taqqoslash qanchalik eski ta’rif
bo‘lsa ham, lekin bu juda to‘g‘ridir. Ha, go‘dak bamisoli o‘z uru-
g‘idan endigina unib kelayotgan murg‘akkina och yashil niholdir,
tarbiyachi esa unib chiqayotgan ana shu nozik niholni parvarish
qiladigan bog‘bondir». Tarbiyachi o‘zining kamtarona mehnatini,
butun ma’naviy kuchini, mehr-muhabbatini bolalarni tarbiya-


138
lashga sarflaydi. U insonning shakllanishi va mukammal bo‘lib
yetishishida dastlabki poydevorni qo‘yadi.
Yosh avlodni tarbiyalash, unga bilim berish jamiyat taraqqi-
yoti bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda butun
insoniyatning oliy maqsadi — rivojlangan jamiyat qurish uchun
umumxalq kurashining tarkibiy qismi bo‘lgan maktabning
kundalik ishini o‘sib borayotgan talablar darajasiga ko‘tarish, uni
tobora takomillashtirishdan iboratdir. Bu masalada o‘qituvchi va
tarbiyachilarning roli juda kattadir.
Maktablarda ta’lim-tarbiya berish metodlari takomillasha
borgan sari o‘qituvchi va tarbiyachining roli orta boradi. Yangi
tip muassasa tarbiyachilarining faoliyati o‘quvchilarda mustaqil
ishlash, topshiriqlarga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish,
yoshligidan boshlab o‘z-o‘ziga talabchanlikni oshirish kabi
ko‘nikmalarni hosil qilib borishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Tarbiyachi kelajak quruvchisining ma’naviy qiyofasini
shakllantirib boradi. Shuning uchun ham ta’lim tizimini takomil-
lashtirish bo‘yicha amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlarimizning
hal qiluvchi faktori — yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan tarbiya-
chilar va maktabning mohir rahbarlaridir. Tarbiyachi ta’lim-
tarbiya ishida hamma vaqt asosiy figura bo‘lib keldi va shunday
bo‘lib qoladi. Shunday ekan, tarbiyachi ta’lim-tarbiya ishlarini
aniq belgilashi, jamiyat oldidagi fuqarolik burchini doimo his
qilishi lozim.
K. D. Ushinskiy: «Yangi bino qurayotgan arxitektor qanday
bino qurmoqchi ekanini sizga ayta olmagan arxitektorga nima
deyish kerak bo‘lgan bo‘lsa... o‘zining tarbiyachilik faoliyati oldiga
qo‘yilgan maqsadni aniq va to‘g‘ri tushuna olmagan tarbiyachi
haqida ham shunday fikrni aytishingiz mumkin»
1
, degan edi.
Tarbiyachi faqatgina bolalar bilan olib boriladigan ish soati
jarayonidagina tarbiyachi bo‘lib qolmay, u doimo, hamma joyda,
hamma vaqt pedagog bo‘lib qoladi.
Tarbiyachining bolalar tarbiyasida muvaffaqiyatga erishish
uchun ba’zan o‘zining bo‘sh vaqtlarini, ya’ni dam olish daqi-
qalarini ham ularning tarbiyasiga sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Sustkashlik, loqaydlik, «ish vaqtini shunchaki o‘tkazish bilan
1
Ushinskiy K. D. Asarlar to‘plami. 2-t, M., 1948, 63-bet.


139
cheklanish» — iste’dodli tarbiyachi uchun yot narsa. Tarbiya-
chilik mehnati shundayki, u har kuni, har soatda uning oldiga
yangi-yangi muammolar qo‘yadi. Bu murakkab vazifalarni
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tarbiyachi tinimsiz, munta-
zam ravishda ijodiy mehnat bilan shug‘ullanishi lozim.
Bolalar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, ularni o‘z
farzandidek sevish, ardoqlash va ayni choqda talabchanlik, sabr-
bardosh, matonat tarbiyachiga xos xususiyatdir. Tarbiyachi
talabchan bo‘lish bilan birga adolatli bo‘lishi ham lozim. Ba’zida
tarbiyalanuvchilar tarbiyachining nohaqligidan norozi bo‘lishib,
uning adolatsizligini betiga aytadilar. Afsuski, shunday noshud
tarbiyachilar ham uchrab turadiki, ular tarbiyalanuvchilar,
qolaversa, butun jamoa oldida o‘z obro‘larini yo‘qotadilar.
Tarbiyalanuvchilarning noroziligi — tarbiyachi sha’niga bo‘lgan
o‘ziga xos tanqidlar. Tarbiyachi o‘z faoliyatida xatoga yo‘l qo‘ysa,
uni vazminlik bilan pedagogik nuqtayi nazardan hal qilmog‘i va
o‘z xatosini tuzatmog‘i kerak. Shuningdek, hamkasblari, maktab
rahbarlarining tanqidiy mulohazalarini ham vazminlik bilan
do‘stona qabul qilishi lozim.
Tarbiyachi faoliyatida hamma narsa har doim silliq bo‘laver-
maydi, kelishmovchiliklar, ba’zida ziddiyatlar vujudga keladi. Agar
tarbiyachining o‘zi shu ish yuzasidan to‘g‘ri xulosa chiqarib,
boshqalarning aralashuvisiz, masalani to‘g‘ri hal qilsa, albatta,
durust bo‘ladi.
Ma’lumki, inson dunyoga tayyor fikr, g‘oya va tushunchalar
bilan kelmaydi. Bunday falsafiy va psixologik jarayonlar ijtimoiy
hayot mahsuli va natijasi bo‘ladi. Shaxs jamiyatning tarkibiy
qismidir. Ijtimoiy sharoitda shaxsni jamiyatdan ajratish mumkin
bo‘lmagani singari, shaxsni jamiyatga qarshi ham qo‘yib bo‘l-
maydi. Shuning uchun inson kamolotida ta’lim-tarbiya qudratli
kuchdir. O‘quvchilarning ma’naviy qobiliyatini ta’minlovchi
murabbiyning eng asosiy vazifasi o‘zining ibratli xulqi va xatti-
harakati bilan o‘z shogirdlariga yetakchi, rahnamo bo‘lishga
erishishdan iboratdir.
Aksincha, bolaga behuda do‘q qilish, koyish uning o‘jar bo‘lib
o‘sishiga, bilimlarni o‘zlashtirmasligiga sabab bo‘ladi. Bolaning
tabiati ehtiyotkorlik bilan muomala qilishni talab etadi.


140
Buning uchun har bir tarbiyachi jamoa bilan ishlashni va
bolalar bilan muomala qilishni yaxshi bilishi kerak. Unda
jamoatchilik, faollik, intiluvchanlik kabi xislatlar mujassam bo‘lsa,
u ishda yangi yutuqlarni qo‘lga kiritib boradi.
N. G. Chernishevskiy ta’biri bilan aytganda, tarbiyachi tar-
biyalanuvchida qanday sifatlar bo‘lishini istasa, o‘sha sifatlarga
o‘zi ham ega bo‘lishi kerak.
Kuni uzaytirilgan maktab va maktab-internatlarda ta’lim-
tarbiya jarayonini takomillashtira borish tarbiyachilar zimmasiga
tushadi. Bunda tarbiyachilarning bolalarda to‘g‘ri mantiqni,
dunyoqarash asoslarini shakllantirib borishga e’tibor berishlari,
yoshlarni turmushga, mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlash
nazarda tutiladi. Kuni uzaytirigan guruh, maktab-internatlarda
o‘quvchilar faoliyatining mazmuni ma’lum bir pedagogik
maqsadga qaratilgan bo‘lib, ularning har tomonlama kamolotga
yetishishini ta’minlab boradi. Yangi tipdagi tarbiya muassasalariga
rahbarlik qilish — bu son jihatdan uncha ko‘p bo‘lmagan
o‘quvchilar jamoasiga shunchaki rahbarlik qilish emas, balki
bolalarni jismoniy mehnat va madaniy-ommaviy ishlarga jalb
etish, jamoatchilik ishlariga, turli to‘garak va tanlovlarga
qatnashtirish demakdir. Shuningdek, bunday guruhlar o‘quvchi-
larning dam olishlari va hordiq chiqarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalar: o‘z-o‘ziga xizmat qilish, bolalarni rejim bilan ovqat-
lantirish, ularning har tomonlama bilim olishlariga bo‘lgan talab
va ehtiyojlarni to‘la qondirish, kundalik rejimni to‘g‘ri tashkil
etish kabi murakkab sohalarni ham qamrab oladi.
Kuni uzaytirilgan guruhlarga rahbarlik o‘quvchilar jamoasi
ishini chegaralab qo‘ymasdan, ularning ko‘proq mustaqil
faoliyatiga va intilishiga imkon berishi lozim. Shu jihatdan
qaraganda, kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlar-
da ishlayotgan tarbiyachilarning faoliyati nihoyatda mas’uliyatlidir.
Chunki bolalarning har bir daqiqasini mazmunli va qiziqarli
o‘tkazish uchun tarbiyachining o‘zi maxsus tayyorlangan
bo‘lmog‘i kerak. Biroq, musiqa, rasm, ashula va mehnat
sohasidagi bilimlardan yetarli xabardor bo‘lmagan tarbiyachi
o‘quvchilar turmushini mazmunli uyushtira olmaydi.
Shuningdek, tarbiyachi tarbiyalanuvchilar uchun namuna
bo‘la oladigan sofdil, bilimdon va insonparvar bo‘lishi kerak.


141
Ayrim tarbiyachilar bolalar bilan qo‘pol muomalada bo‘ladilar.
«Agar to‘polon qilsang, shovqin solsang, sinfdan chiqarib
yuboraman» deb do‘q-po‘pisa qiladilar, jerkib beradilar. Bunday
muomala ongli intizom o‘rnatishga ko‘p jihatdan putur yetkazadi.
Aksincha, tarbiyachi bolalar diqqatini jalb qilishi, turli vositalar
bilan ularning faolligini, qiziqishini oshirishi, bekorchilikka,
zerikishga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Tarbiyachi o‘qituvchi singari bolalarning ijobiy fazilatlarini har
doim e’tiborga olishi, o‘ta sinchkov bo‘lishi, sinfdan tashqari
mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishga salbiy ta’sir etadigan
tomonlarini yo‘qota borishi zarur. Chunki internat va kuni
uzaytirilgan guruhlar sharoitida o‘quvchilarda bilim asoslarini
yanada chuqurroq, atroflicha egallab olish imkoniyati bo‘lgani
singari, ularda turmushga ishonch, e’tiqod hosil qila borish,
ularning iste’dod va qobiliyatlarini ham tarbiyalab borish mumkin.
Tarbiyachi bolaning o‘sib kamol topishiga katta e’tibor berar
ekan, dastlab uning ijobiy xususiyatlarini ko‘ra bilishi kerak.
Bolani seva oladigan, uni hurmat qila oladigan tarbiyachigina
uning yaxshi xislatlarini sezadi. Bu bilan u, shubhasiz o‘quvchilar-
ning hurmatiga sazovor bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, tarbiyachi
tomonidan olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning samarali
kechishiga olib keladi. Tajribali murabbiylar pedagogik maqsadni
o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotning mazmun va
xarakteriga qarab belgilaydilar. Bu ular tomonidan olib borila-
digan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning qiziqarli va mazmunli
o‘tishini ta’minlaydi.
Kuni uzaytirilgan guruh va sinflarda mustaqil o‘quv mash-
g‘ulotlari hamda tarbiyaviy ishlarning mazmunli bo‘lishini
ta’minlaydigan vositalardan yana biri tarbiyachining o‘quvchilar
oldidagi obro‘sidir. Obro‘li tarbiyachi o‘quvchiga do‘q-po‘pisa
qilmaydi, baqirmaydi. Ular o‘z obro‘si bilan o‘quvchilarning
tashabbus ko‘rsatib ishlashiga, topshiriqlarni his qilishlariga
erishadi. Demak, kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya
ishining samarasi tarbiyachining ijobiy fazilati bilan bevosita
bog‘liq. Ha, tarbiyachi qancha obro‘li bo‘lsa, o‘quvchilar uning
topshiriqlarini shuncha yaxshi bajaradilar.
Bolalar tarbiyachi bilan o‘qituvchining xoh darsda bo‘lsin, xoh
turmushda bo‘lsin, ularning o‘zlarini qanday tutishini, qanday
kiyinganini, o‘z atrofidagi kishilar bilan qanday muomalada


142
bo‘lishini doimo kuzatib yuradilar. Ayniqsa, ishi bilan so‘zi bir-
biriga to‘g‘ri kelmaydigan pedagoglarni bolalar yoqtirmaydilar.
Bolalar samimiy, g‘amxo‘r, dilkash tarbiyachini hurmat qiladilar
va unga ishonadilar.
Demak, tarbiyachining pedagogik mahorati va shaxsiy namu-
naviy sifatlari bola tarbiyasida asosiy va muhim rol o‘ynaydi.
Tarbiyachi va o‘qituvchining obro‘si har qanday intizomsiz bolaga
ham kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi.
Tarbiyachining tashqi qiyofasi: uning kiyinishi, so‘zlashish
madaniyati, o‘zini tutishi, salobati, bola tarbiyasining shaklla-
nishida alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, uning jismoniy
jihatdan sog‘lomligi, ko‘rish-eshitish qobiliyatlari, nutqi tarbiyala-
nuvchi uchun o‘rnak bo‘lishi maqsadga muvofiq. Shuning uchun
guruh tarbiyachilarini shifokor ko‘rigidan o‘tkazish, sog‘lig‘ini
tekshirib turish lozim. Yurak-qon, markaziy nerv tizimida,
psixikasida kasal va nuqsoni bor, sil kasalining xavfli shakllari
va yuqumli teri kasalliklari bilan og‘rib yurgan, ko‘rish va eshitish
a’zolari ishdan chiqa boshlagan kishilar tarbiyachilik kasbiga jalb
etilmaydi.
Afsuski, tarbiyachilar orasida boshlang‘ich sinflar bo‘yicha oliy
ma’lumotli mutaxassis kishilar ozchilikni tashkil etadi. Ba’zi
qishloq maktablarida yuqori sinflarning predmet o‘qituvchilari
yoki pedagogik ma’lumoti bo‘lmagan kishilar, yosh o‘qituvchi-
lar, ayrim hollarda nafaqaga chiqish arafasida turgan o‘qituvchilar
tarbiya san’atini bilish, bilmasligidan qat’i nazar tarbiyachi qilib
tayinlanadilar. Bunday holatlar yangi tip muassasalar ishini
yaxshilashga, o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning samarali bo‘lishiga
salbiy ta’sir etadi. Tarbiyachilar orasida qisman bo‘lsa-da,
qo‘nimsizlik, ularni tez-tez almashtirish kabi hollar uchrab turadi.
Tarbiyachilik kasbiga nisbatan bunday munosabat kuni
uzaytirilgan guruh, maktab va maktab-internatlardagi ta’lim-
tarbiya ishlarining mazmuniga salbiy ta’sir etishi shubhasizdir.
Ba’zan maktablarda guruhlarga tarbiyachilar bir stavka ta’min-
lanmay qolgan o‘qituvchilarning stavkasini to‘ldirish maqsadida
tayinlanadilar.
Tarbiyachilarning tez-tez almashib turishlariga quyidagilar:
a) xalq maorifi xodimlarining, jamoatchilikning kuni uzayti-
rilgan maktab, sinf va guruhlarning ta’lim-tarbiya ishini yanada
yaxshilashga, yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash-


143
da jamoatchilikning ishtirokini kuchaytirishga joylarda yetarli
ahamiyat berolmayotganliklari;
b) ba’zan kuni uzaytirilgan guruhlarda ishlaydigan tarbiya-
chilarning mehnatlari maktab ma’muriyati tomonidan yetarli
darajada baholanmayotganligi;
d) tarbiyachilarni moddiy, maishiy va ma’naviy jihatdan
rag‘batlantirish ular bajaradigan ishga nisbatan yetarli darajada
emasligi;
e) tarbiyachilar orasida o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar bilan
ishlash guruhi degan tushunchaning mavjudligi sabab bo‘lmoqda.
Juda ko‘pchilik maktablar ma’muriyati kuni uzaytirilgan
guruhlarga tarbiyachilar tanlashda ularning pedagogik ma’lumo-
tinigina hisobga olish bilan chegaralanadilar. Vaholanki, guruh-
larda o‘quvchilarning sinfdan tashqari faoliyatiga rahbarlik qilish,
ularning mustaqil faoliyatlarini samarali uyushtirib borish, bola-
larning talab va ehtiyojlariga har tomonlama javob berish uchun
pedagog-tarbiyachidagi pedagogik bilimning o‘zigina kamlik
qiladi. Bu muassasalarda ishlaydigan tarbiyachilar texnikaga
qiziqishi, tasviriy san’at sohasida ma’lumotli, ommaviy o‘yinlar
tashkil qila oladigan bir yoki bir necha sport turlari bo‘yicha ja-
moatchi-trener, ekskursovod, lektor, tashviqotchi bo‘la oladigan
qobiliyatli kishilar bo‘lmog‘i lozim. Bularning hammasi tarbiya-
viy ishlar doirasini yanada kengaytirishning asosiy omilidir.
Xullas, tarbiyachi jamoat o‘rtasida, ayniqsa, bolalar bilan
muloqotda bo‘lganda o‘zini tuta bilishi katta ahamiyat kasb etadi.
Oddiylik, tabiiylik, qadr-qiymat, so‘zlashganda imo-ishorasiz,
baland ovoz bilan gapirmaslik, o‘zini tuta bilish, shuningdek,
iltifotlilik, kamtarinlik, inson yoshidan qat’i nazar uni hurmat
qilish — bu har bir pedagog egallashi zarur bo‘lgan muomala va
axloqning asosiy qoidalaridir.
Boshlang‘ich sinf tarbiyachilarining asosiy vazifalari. Tarbi-
yachining vazifalari va ish faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular ilmiy
ishlarda, metodik qo‘llanmalarda hali to‘la o‘z ifodasini top-
magan. Shuning uchun ham yosh tarbiyachilar yoki endigina
tarbiyachi etib tayinlangan o‘qituvchilar ish jarayonida ma’lum
qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Ilg‘or tarbiyachilarning ish
tajribasiga tayanib, ularning vazifasini ikki guruhga bo‘lish
mumkin — kundalik va joriy (epizodik). Birinchi kuni uzaytiril-
gan guruh o‘quvchilarining bir kunlik faoliyatini o‘z ichiga olsa,


144
ikkinchi guruhga sinfda, shuningdek, sinfdan va maktabdan
tashqari o‘quvchilar bilan olib boriladigan perspektiv, joriy ishlarni
o‘z ichiga oladi.
Tarbiyachi o‘zining guruh bilan olib boradigan ishini hujjatlar
bilan tanishishdan boshlaydi. Shundan so‘ng u davomatni
aniqlaydi, bolalarning ruhiy ahvoli, kayfiyati, salomatligi,
o‘zlashtirishi haqidagi ma’lumotlarni o‘qituvchidan so‘rab biladi.
Keyin uyga berilgan vazifalarning xususiyatlarini o‘rganadi,
maktab rahbariyatidan aniq ko‘rsatmalar oladi, zarur bo‘lganda
o‘qituvchilar darslarida bo‘ladi va olingan ma’lumotlar (axbo-
rotlar) asosida kundalik rejaga tuzatishlar kiritadi. Tarbiyachi
xonani ko‘zdan kechirishni, o‘yinchoqlar, texnik asboblarning
mavjudligi va holatini tekshirishni nazardan qochirmaydi.
Bolalarni qabul qilgach, ota-onalarning iltimoslarini, shuningdek,
guruh sardori yoki navbatchining axborotini eshitib, bolalarning
istak va talablari asosida ularning individual xususiyatlarini
hisobga olgan holda tarbiyalanuvchilarga bir kunlik ish rejasini
e’lon qiladi.
Bolalarning ovqatlanishini to‘g‘ri tashkil etish uchun, oshxo-
naga navbatchi tayinlanishi, sochiqlarning tozaligiyu, bolalarning
ozodaligini tekshirish, ovqatlanish qoidalari xususida ikki daqiqalik
suhbat o‘tkazish va ularning oshxonada o‘zini tutishiga e’tibor
berish, ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng oshxonadan tashkiliy sur’atda
chiqishini kuzatish lozim.
Xonada tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazayotganda tarbiyachi zim-
masiga muhim vazifalar yuklatiladi. Chunonchi, dastlab u
mashg‘ulot rejasini e’lon qiladi, o‘tkazilayotgan tadbirlarda
bolalarning ishtirokini kuzatadi, faol qatnashayotgan bolalar
rag‘batlantiriladi, o‘tkazilgan tadbirlar tahlil qilinadi.
Uy vazifasini bajarishga tayyorlash chog‘ida tarbiyachi mash-
g‘ulot o‘tkaziladigan xonani shamollatishni nazorat qiladi, zarur
ko‘rgazmali o‘quv qurollari bilan ta’minlash, ish o‘rinlarining
tayyor bo‘lishi va bolalarni joy-joyiga o‘tqazish, bo‘sh o‘zlash-
tiruvchi o‘quvchilarni kuzatib borish, bajarilgan mustaqil ishlarni
frontal tekshirish, yordamga muhtoj bolalarga o‘z vaqtida yordam
ko‘rsatish, vaqti-vaqti bilan o‘quvchilarning kundaligini tekshirish,
o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mustaqil ishning sifatini aniq-
lash uchun savol-javoblar o‘tkazish, mustaqil dars tayyorlashni
yakunlash va vazifani qunt bilan bajargan ba’zi o‘quvchilarni rag‘-


145
batlantirish hamda mustaqil dars tayyorlashning natijalari
to‘g‘risida o‘qituvchilarni o‘z vaqtida xabardor qilish lozim.
Guruh ishini tugallash chog‘ida tarbiyachi ertaga bo‘ladigan
navbatchilarni tayinlashi, sinfning tozalanishini kuzatishi,
o‘yinchoqlarni joy-joyiga qo‘yishi, bolalarini olib ketishga kelgan
ota-onalar bilan suhbatlashishi, bolalar uyga ketayotganlarida
ularning kiyinishini kuzatishi va kun bo‘yi qilingan ishlarning
hisob-kitobini olishi, shuningdek, o‘qituvchilarga o‘z mulohaza
va tavsiyalarini yozib qoldirishi maqsadga muvofiqdir.
Ochiq havoda dam olishni uyushtirishda tarbiyachining va-
zifasi ko‘p qirralidir. Ob-havoni hisobga olgani holda tarbiyachi
bolalarning qanday kiyinganligini ko‘zdan kechiradi, ularga dam
olish rejasini e’lon qiladi, ular o‘rtasida vazifalar taqsimlanib,
topshiriqlar beriladi, rejada belgilangan mavzu asosida yakka yoki
guruh holda suhbatlar o‘tkazadi. Ochiq havoda dam olish
nihoyasiga yetgach, qilingan ishlarga va dam olishga qisqacha
yakun yasab, darsga kirishdan oldin bolalarning tartib-intizomini
kuzatadi.
O‘QITUVCHI VA TARBIYACHILARNING MALAKASINI
OSHIRISH TIZIMI
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» yoshlarni ham jismoniy, ham aqliy mehnatga qobiliyatli,
xalq xo‘jaligida, hayotining turli sohalarida, fan va madaniyat
jabhalarida faol ishtirok ko‘rsatishga qodir ongli, bilimdon qilib
tarbiyalash va tayyorlash yo‘li izchil olib borilayotgani qayd
etiladi. Shu masalalarni davr talablari asosida amalga oshirishda
maorif muassasalarining faoliyati, pedagog kadrlarning ish uslubi
va metodlarini yaxshilash, ularning malaka tizimini rejali amalga
oshirish ko‘zda tutiladi.
Ma’lumki, har qanday kasbda faoliyat samaradorligi va
muvaffaqiyati kasb sohiblarining tayyorgarligi, mahorati, malakasi,
o‘z omilkorligini takomillashtirish ustida qunt va izchillik bilan
ishlashiga bog‘liq.
O‘qituvchi kasb mahoratini takomillashtirish uchun umr bo‘yi
o‘z ustida ishlashi, izlanishi lozim.
Chunki o‘qituvchi-tarbiyachi jamiyatning yosh avlod ta’lim-
tarbiyasiga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisidir.
10 — K. Hoshimov


146
Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov o‘qituvchi-tarbiya-
chilarning fazilati haqida gapirib:
«Tarbiyachi ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini
o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy fuqaro etib
yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi aynan shunday
yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga
ega bo‘lishi kerak», deydi.
Ma’lumki, maktab, maorif ishi juda murakkab, ko‘p qirrali
va g‘oyat mas’uliyatli ish. Hozirgi zamon taraqqiyoti maktab
oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda: o‘qituvchilar,
tarbiyachilar ishiga talab tobora oshmoqda. Ana shunday bir
sharoitda eski metod bilan ishlash, qachonlardir olgan bilimlar
bilan cheklanib qolish aslo mumkin emas. Xullas, pedagog o‘z
kasbining ustasi bo‘lishi shart. K. D. Ushinskiyning «Tarbiyachi-
ning faqat o‘qituvchigina bo‘lishi yetmaganidek, o‘qituvchining
ham nimani o‘qitish kerakligini bilishi va buni nazariy jihat-
dangina emas, balki amaliy jihatdan ham bilishi lozim», degan
so‘zlariga to‘la amal qilish kerak.
O‘qituvchi va tarbiyachilar malakasini oshirish zarurligiga
«Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning Asosiy
yo‘nalishlari»da alohida e’tibor berilib, unda «Pedagog kadrlarning
malakasini oshirish tizimi yanada takomillashtirilishi lozim. Peda-
goglar mahoratini oshirish, ilg‘or tajribani umumlashtirish va om-
malashtirishning ilmiy-metodik markazlari bo‘lmish o‘qituvchilar
malakasini oshirish institutlari rivojlantirilsin. Bu institutlarda
tegishli kafedralar tashkil qilinsin, ularda ishlash uchun malakali
mutaxassislar jalb etilsin. Qoida tariqasida pedagog har to‘rt-besh
yilda bir marta qayta tayyorgarlikdan o‘tib turishi maqsadga
muvofiqdir», deb qayd qilingan.
Hozirgi vaqtda pedagoglarning ma’naviy dunyosini boyitish,
ularning har tomonlama bilimli, mahoratli bo‘lishlarini ta’minlash
masalasi maktabni isloh qilish talablari sirasiga kiradi. O‘qituv-
chilar, tarbiyachilar va boshqa xalq maorifi xodimlarining
malakasini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va om-
malashtirish, xodimlarning o‘z ustlarida mustaqil ishlashlariga
katta e’tibor berilmoqda.
Malaka oshirish uzluksiz va doimiy jarayondir. Bu jarayon-
ning samarali bo‘lishi, asosan, pedagog-tarbiyachilarning mustaqil
o‘qishini izchil nazorat qilish va boshqarish bilan birga, ularni


147
vaqti-vaqti bilan qayta tayyorlash kurslarida o‘qitib turish, turli
formadagi metodik ishlarga faol jalb etishga bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi ana shu masalaga
doimo jiddiy e’tibor berib kelayotir. Chunonchi, vazirlikning
o‘qituvchi kadrlar malakasini oshirishda pedagogika institut-
larining maktablarga yordam berishi to‘g‘risidagi (1973-yil)
buyrug‘ida, o‘qituvchilarga bilimi va pedagogik mahoratini
oshirishda, hozirgi zamon fanini, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishda
yaqindan ko‘maklashish, ularga zaruriy ilmiy-pedagogik
ma’lumotlar izlashning metodlarini, ommaviy axborot vositala-
ridan mohirona foydalanish usullarini o‘rgatish, kafedralarning
ko‘chma majlislarini tashkil etish, joylarda seminar va amaliy
mashg‘ulotlar o‘tkazish hamda boshqa tadbirlar orqali qishloq
maktablarining pedagoglari bilan uzluksiz ish olib borish, ularning
ta’lim-tarbiya ishlarini tahlil qilish singari vazifalar belgilangan
edi. Shu ishlarni amalga oshirishda o‘qituvchi va tarbiyachilarning
pedagogik mahoratini, malakasini oshirish muhim omildir.
Keyingi yillarda o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlarida
ana shu masala bo‘yicha ba’zi tadbirlar amalga oshirilmoqda: se-
minarlar, yozgi, qishki kurslar, viloyatlar, tumanlardagi tayanch
maktablar, tajribali tarbiyachilarning ishlarini yoritadigan metodik
xatlar shular jumlasiga kiradi. Bu tadbirlar tarbiyachilarning
malakasini oshirib borishda ijobiy natijalar berayotir. Shuning-
dek, respublika va viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan turli konfe-
rensiyalar, seminar-kengashlar internat va kuni uzaytirilgan
maktablar, guruhlar tarbiyachilarining ishini yanada yaxshilashda
katta yordam bermoqda. Yana bir narsani alohida ta’kidlash
lozimki, pedagogika universitetlari orqali mazkur muassasalarga
tarbiyachilar tayyorlash shu kunning muhim talabidir. Zero,
tarbiyachi ishining muvaffaqiyati, eng avvalo, uning g‘oyaviy-
siyosiy va professional tayyorgarligiga bog‘liqdir. Hozirgi zamon
pedagogi fikr doirasining kengligi, hukumat tomonidan xalq va
xalq maorifi organlari oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalarni
bilishi va tushunishi, kundalik, siyosiy voqealardan xabardorligi,
chuqur bilimi, shaxsiy madaniyati, san’at va fanga muhabbati
bilan ajralib turadi. Ilg‘or tarbiyachi o‘z ishiga doir ilmiy-nazariy
yangiliklarni, pedagogik va psixologik tadqiqotlarni o‘rganib,
ularni tarbiyaviy ishlariga tatbiq etib borishi lozim.


148
O‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari konferensiyalar
tashkil etish yo‘li bilan ilg‘or maktablar va guruhlarda qo‘lga
kiritilayotgan yutuqlarni ommalashtirib bormoqdalar. Shuningdek,
tarbiyachilarning metod kengashlari qo‘lga kiritilgan ilg‘or
tajribalarni yoyishning yaxshi vositasi sifatida har xil seminar-
lardan ham foydalanmoqda. Bu tadbirlar kuni uzaytirilgan sinf
va guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar malakasini oshirishga ham
yordam bermoqda. Seminarning ahamiyati shundaki, u o‘qi-
tuvchi-tarbiyachiga sinfda, sinfdan tashqari ishlarda maktab o‘quv
tizimidagi didaktik usullarni, faollashtirish tajribasini qo‘llashni,
suhbatlar olib borishni, nutq madaniyatini o‘rgatadi.
O‘qituvchi-tarbiyachilarga umumiy fan yutuqlarini, xususan,
pedagogika, metodika fani sohasidagi yangiliklarni o‘rganish,
o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlarining asosiy vazifala-
ridan biridir. Respublikamizda shu masalaning to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilishi o‘qituvchi-tarbiyachilarga ilmiy-metodik yordam berish
maqsadida amalga oshirilayotgan ko‘chma seminarlar, qishloq va
tumanlarda, viloyatlarda o‘tkazilayotgan konsultatsiyalar, metodik
birlashmalar yaxshi natija berayotir. Toshkent, Andijon, Buxoro,
Qashqadaryo va Farg‘ona pedagogika oliy o‘quv yurtlaridagi
kafedralar tashabbusi bilan har yili o‘tkazilayotgan seminar
mashg‘ulotlari yosh o‘qituvchi-tarbiyachilarga ilmiy-metodik va
amaliy yordam berishning juda qiziqarli va g‘oyat foydali omiliga
aylanib qoldi.
Ma’lumki, maktablarning bir-biriga o‘zaro yaqinligi, ularning
o‘quv-moddiy bazasi, ta’limning qaysi tilda olib borilishi va
hokazolar metod birlashmaning tuzilishini belgilovchi omillardir.
Qishloq joylarda qaysi maktab malakali xodimlar bilan yetarli
darajada ta’minlangan, moddiy jihatdan yaxshi bazaga ega bo‘lsa,
o‘sha maktab metod birlashmalarning markazi sifatida xizmat
qilishi lozim. Birlashma yig‘ilishlarini ta’til paytlarida har yili to‘rt
marta o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Yig‘ilishlarda ayrim peda-
goglar va pedagogik jamoalarning ijodiy hisobotlarini tinglash,
ularning faoliyatidagi mavjud tadbirlarni belgilash, tuman va un-
dagi xo‘jaliklarning hozirgi ahvoli, kelajakdagi vazifalari, ana
shularga bog‘liq holda maktabdagi ta’lim-tarbiya masalalarini
muhokama qilish, uning sifati va samaradorligini yaxshilash
yo‘llarini aniqlash kabi ishlar amalga oshiriladi.


149
Birlashma metod birlashma faoliyatidan ko‘zlangan natijalarga
erishish uchun, avvalo, birlashma rahbarlarining nazariy
tayyorgarligini har tomonlama yaxshilash va tashabbuskorligini
oshirish lozim. Shuningdek, viloyat o‘qituvchilar malakasini
oshirish institutlarining xodimlari qishloq maktablarida xilma-xil
ishlarni olib borishda birlashma metod birlashmalarga yaqindan
yordam berishlari kerak. Malaka oshirish ishi qanchalik chuqur
o‘ylanib, har tomonlama maqsadga muvofiq tashkil etilsa, u
shunchalik yaxshi natija beradi.
Yosh tarbiyachining mehnatdagi muvaffaqiyati ko‘p jihatdan
maktab jamoasiga, maktab rahbarlari va pedagoglari, tuman,
shahar xalq maorifi bo‘limlari va metodist xodimlarning unga
qanchalik e’tibor berishlari hamda g‘amxo‘rlik qilishlariga ham
bog‘liqdir. Respublikamizning ko‘pgina maktablarida, tuman va
shaharlarida yosh o‘qituvchi va tarbiyachilarni tantanali kutib
olish an’anaga aylanib qolgan. Maktabning birinchi pedagogik
kengashida yosh o‘qituvchi va tarbiyachilarga kitoblar, gullar
taqdim qiladilar. Bu xildagi tadbir endi ish boshlovchi yosh mu-
taxassisning ko‘nglini, kayfiyatini ko‘taradi, unga madad va da-
dillik baxsh etadi.
Pedagog-murabbiy, maktab rahbarlari yosh o‘qituvchi-tarbi-
yachilarga ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish yo‘llarini o‘rgatadi,
bu borada amaliy yordam beradi. Shuningdek, yosh mutaxassis-
lar ham, o‘z navbatida, peshqadam o‘qituvchi-tarbiyachilarning
ilg‘or tajribalari asosida malakalarini oshiradilar.
Ko‘pgina maktablarda boshlang‘ich sinflar bo‘yicha ishlay-
digan tarbiyachilarning alohida metodik birlashmalari mavjud.
Ularda ilg‘or tajribalar atroflicha o‘rganiladi, tahlil qilinadi va
ommalashtiriladi. Bunday metodik birlashmalar tarbiyachilar
kuchini bir yerga to‘plash va uni bir maqsad sari yo‘naltirish,
o‘quv-tarbiya ishlarini uyushtirishning samaradorligini oshirishga
katta yordam beradi. Bu ishlarga tajribali tarbiyachilar yoki
boshlang‘ich sinflar bo‘yicha ilmiy bo‘lim mudirlari boshchilik
qilmoqdalar. Kuni uzaytirilgan guruhlari oz bo‘lgan maktablar-
ning territorial joylashishiga qarab uch, to‘rt maktab tarbiya-
chilarining metodik birlashmasini bir maktabda tashkil etish ham
yaxshi natija bermoqda. Katta bo‘lmagan maktablarda bu
metodik birlashmaga katta tarbiyachilardan biri yoki ilmiy
bo‘lim mudiri boshchilik qiladi. Katta maktablarda esa tajribali


150
tarbiyachilardan bittasini bu metod birlashmaga rahbar qilib
saylash maqsadga muvofiqdir. Metod birlashma rahbarlari
to‘g‘ridan to‘g‘ri tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining rahbarligida
ish olib boradi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, kuni uzaytirilgan
guruhlari ko‘p, to‘liq o‘rta maktablarda sinf rahbarlari va tar-
biyachilarning uchta metod birlashmalari tashkil etilgan: I—III;
IV—VI va VII—IX sinflarda.
Har bir metod birlashma o‘ziga rahbar saylaydi. Ayniqsa,
yosh pedagoglarga ochiq mavzuli kechalarda ishtirok etish katta
foyda beradi. Bularga musiqali kechalar, harbiy vatanparvarlik
mavzusidagi kechalar, o‘quvchilarning tug‘ilgan kunlarini
nishonlash (stol yasash), mashhur kishilar bilan uchrashuvlar
o‘tkazish va hokazolar. Bunday tadbirlardan so‘ng o‘quvchilarni
uyga kuzatib, metod birlashma rahbarlari o‘sha tadbirni
pedagogik yig‘ilishlarda muhokama qiladilar, o‘z fikrlari bilan
o‘rtoqlashadilar.
Metod birlashma ishi hech qachon maktab ichida qolib ket-
masligi kerak. Pedagoglarning maktablararo aloqalari to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilib, ularning yutuq va muvaffaqiyatlarini konferensiyalar,
murakkab pedagogik vaziyatlar muhokamasiga olib chiqish, xullas,
tajriba almashish lozim. Maktablararo pedagogik birlashmalarda
ilg‘or ish tajribalarini umumlashtirgan metodik guruhlar tashkil
etiladi. Ularda mavzu jihatdan qiyin bo‘lgan muammolar hal
qilinadi, referatlar, maqolalar muhokama etiladi. Bunday birlash-
malarda kuni uzaytirilgan maktab-internatlar ham ishtirok etishi
mumkin.
Nihoyat, sinf rahbarlari metod birlashmasini tashkil etish juda
muhimdir. Kuni uzaytirilgan sinf-guruhlar va maktab-internat-
lardagi pedagoglarning ish rejimi murakkabdir. Ko‘pchilik
o‘qituvchilar dars berish jarayonida tarbiyaviy ishlarni qo‘shib olib
borsalar, boshqalari shu ish bilan ertalab, yana birlari esa
o‘quvchilar bilan butun kun davomidagi tanaffus paytlarida
shug‘ullanadilar.
Pedagogik yig‘ilish o‘tkazadigan maktab pedagogik talab-
larga har tomonlama javob berishi lozim. Bunday metodik bir-
lashmalarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan kuni uzayti-
rilgan guruhlarda mustaqil o‘quv ishining samaradorligini oshi-
rishga yordam beradigan mavzular, metodik usullardan
foydalanish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilishi ke-


151
rak. Quyida biz kuzatish olib borgan maktablarda tarbiyachi-
larning metod yig‘ilishlarida muhokama qilingan ayrim ma-
salalarning namunasini keltiramiz. Mavzularni rejalashtirganda
asosan o‘quvchilar bilan mustaqil o‘quv ishini uyushtirish va
unga rahbarlik qilish, dam olishni uyushtirish, bolalarning ov-
qatlanishini tashkil etish, kundalik vaqtni taqsimlash, tarbiyachi
ishini rejalashtirish kabi muhim masalalarga ko‘proq e’tibor
berilgani diqqatga loyiq.
Tadbirlarni 
o‘tkazish 
muddati 
Muhokama qilingan 
mavzular 
Shu ishga 
mas’ullar 
Mulohazalar 




Sentabr Kuni uzaytirilgan 
guruh va sinflarni 
tuzish tartibi, tarbiya-
chi ishini rejalashti-
rish. 
Maktab direktori, 
tarbiyachilar. 
Oktabr Mashg‘ulot uyushti-
riladigan xona, o‘yin 
xonasi, sport maydon-
chasini jihozlash. 
Kuni uzaytirilgan gu-
ruhlarda o‘quv ishini 
uyushtirish uchun ke-
rakli jihozlarni hozir-
lash. O‘quvchilarning 
ovqatlanishini yo‘lga 
qo‘yish, mustaqil 
o‘quv mashg‘ulotlarini 
amalga oshirishda 
o‘quvchilarning indi-
vidual xarakterlarining 
ahamiyati. 
Direktor o‘rinbo-
sari, maktabning 
xo‘jalik ishlari 
bo‘yicha mudiri, 
«Kamolot» YIH-
ning xo‘jalik 
ishlari bo‘yicha 
boshlig‘i, metod 
birlashmaning 
boshlig‘i, ota-
onalar qo‘mitasi 
raisi, otaliqqa 
olgan tashkilot 
vakili. 
Qo‘shimcha 
ravishda biror guruh 
tarbiyachisini va 
ota-onalar 
qo‘mitasining reja-
sini muhokama 
qilish. 
Noyabr Kuni uzaytirilgan 
guruhlarda boshlan-
g‘ich sinf o‘quvchilari 
bilan mustaqil o‘quv 
mashg‘ulotini uyushti-
rish, to‘garak seksiya-
larini tashkil etish. 
Tarbiyachilar. 
Ikki yoki uch tar-
biyachining mash-
g‘ulotini kuzatib, 
uni tahlil qilish. 


152
Davomi




Dekabr Kuni uzaytirilgan gu-
ruhlarda o‘quv mash-
g‘ulotlarini tashkil 
etishda tarbiyachi bilan 
o‘qituvchining hamkor-
ligi. 
O‘qituvchi va 
tarbiyachilar. 
Ikki nafar 
tarbiyachi olib 
borgan to‘garak 
mashg‘ulotini 
qiyoslab, tahlil 
qilish. 
Yanvar Mustaqil o‘quv mash-
g‘ulotlarining samara-
dorligini oshirishda 
o‘quvchilar bilimini hi-
sobga olishning aha-
miyati. 
Tarbiyachilar. 
Fevral Kuni uzaytirilgan gu-
ruhlarda sinfdan tash-
qari mustaqil o‘quv 
mashg‘ulotlari, ularni 
o‘tkazishda maktab, oila 
va otaliqqa olgan 
tashkilotlarning ham-
korligi. 
Maktabning ilmiy 
ishlar bo‘yicha 
mudiri, maktabni 
otaliqqa olgan 
tashkilot rahbari, 
ota-onalar 
qo‘mitasining raisi. 
Kuni uzaytirilgan 
guruhlarning 
umumiy hayoti 
bilan tanishish. 
Mart Kuni uzaytirilgan guruh 
o‘quvchilari bilan 
sayohatlar tashkil etish. 
Tarbiyachilar, 
«Kamolot» YIH 
sardori. 
Bir necha o‘quv 
mashg‘ulotlarini 
tahlil qilish. 
Aprel Kuni uzaytirilgan sinf va 
guruhlarda o‘tka-
ziladigan o‘quv mash-
g‘ulotlarida o‘quv-texnik 
vositalaridan va sinfdan 
tashqari mashg‘ulotlarda 
turmush tajribalaridan 
foydalanish. 
Tarbiyachilar. 
Bir necha 
mashg‘ulot tahlili. 
May Bir yillik ta’lim-tarbiya 
ishida qo‘lga kiritilgan 
yutuqlar va yo‘l 
qo‘yilgan kamchiliklar. 
Kelgusi o‘quv yilida 
amalga oshirilishi zarur 
bo‘lgan vazifalar. 
Maktab direktori, 
ilmiy bo‘lim mudiri, 
tarbiyachilar, 
«Kamolot» YIH 
sardori, ota-onalar 
qo‘mitasining raisi, 
otaliqqa olgan tash-
kilot va tuman 
(shahar) xalq maorifi 
bo‘limidan vakil. 
Maktabning 
o‘quvchilar bilan 
yozgi ta’tilda 
amalga oshirilishi 
lozim bo‘lgan ish 
rejasini 
muhokama qilish. 


153
Mavzularning muhokamasida uning xarakteriga qarab, sinf
o‘qituvchilarining ishtirok etishini ta’minlash maqsadga muvofiq-
dir. Tarbiyachilar metodik birlashmasining bo‘lishi, metodik
xarakterdagi mavzular yuzasidan muttasil seminarlar uyushtirilishi,
yordam berish, sinfdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlarini ijodiy
tashkil etish muhim ahamiyatga egadir.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, kuni
uzaytirilgan sinf va guruh, maktab-internatlar tarbiyachilarining
pedagogik malakasini oshirib borish hozirgi kunning muhim
masalasidir. Shu muammolarni to‘la amalga oshirish uchun
quyidagi muhim ishlarga alohida e’tibor berish kerak:
1. Pedagogika kollejlari va pedagogika universitetlarining
boshlang‘ich ta’lim metodika fakulteti o‘quv dasturiga internat,
kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarning maqsadi, vazifasi, amalga
oshiriladigan ishlarning metodlariga oid mavzularni ko‘proq
kiritish;
2. Ilg‘or tarbiyachilarning ta’lim-tarbiya ishlari jarayonidagi
yutuqlarini mahalliy matbuotda izchil ravishda yoritib borish;
3. Respublika va viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish
institutlari tomonidan joylardagi internat, kuni uzaytirilgan
maktab va guruhlar tarbiyachilari tajribasini atroflicha o‘rganib,
shu asosda tavsiyalar, metodik xatlar ishlab chiqish bilan birga
tajribalarni ommalashtirishga yordam beradigan tayanch mak-
tablari tashkil etish;
4. Maktablar qoshidagi kuni uzaytirilgan sinf, guruh va mak-
tab-internatlar tarbiyachilari metodik birlashmasining muntazam
ishlashiga erishish; bu metodik jamoa ish uslubini fan-texnika
yutuqlariga moslash; bu yangi tip muassasalarda ta’lim-tarbiya
borasida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini
qidirish. Shuningdek, bu mavzular muhokamasida maktab ma’-
muriyati, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, tarbiyachilar, «Kamolot»
YIH, «Kamalak» boshlang‘ich tashkiloti, ota-onalar qo‘mitasi va
jamoatchilik tashkilotlarining faol ishtirokini ta’minlash lozim.
Zero, xalq maorifi faoliyatida kadrlarni tayyorlash va ularning
malakasini oshirish eng muhim vazifa hisoblanadi. Ta’lim va
tarbiya ishining sifatini hamda samaradorligini oshirish shu
vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishiga bog‘liqdir.


154
KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH
VA MAKTAB-INTERNATLARDA BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL DARS TAYYORLASHI
VA ULARGA PEDAGOGIK RAHBARLIK
Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlarda o‘quv
mashg‘ulotlarini tashkil etish mazmun va tuzilishi jihatidan
ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi.
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan
eng muhimi — o‘quvchilarning tarbiyachi yoki o‘qituvchi rahbar-
ligida vazifalarini belgilangan kun tartibi asosida bajarishidir. Kuni
uzaytirilgan sinf va guruhlarda dars tayyorlashdan asosan ikki
maqsad ko‘zda tutiladi:
a) dars davomida olgan bilimlarni mustahkamlash;
b) bolalarda mustaqil ishlash malakasini tarbiyalash.
Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlarda dars
tayyorlashning xususiyatlaridan yana biri, tarbiyachi ota-onalar-
ning uy vazifasini tayyorlatish va nazorat qilish vazifasini o‘z
zimmasiga olishidir. Bu maktablarning faoliyati xilma-xil va
murakkab bo‘lganligi uchun o‘quvchilar bilan olib boriladigan
tadbirlarga, ayniqsa, mustaqil o‘quv ishlarini o‘tkazishga mohir
tarbiyachi-o‘qituvchilarning rahbarlik qilishlari talab etiladi. Kuni
uzaytirilgan sinf, guruh, maktab-internatlar kun tartibida darslar
bilan bir qatorda, o‘quvchilarning uy vazifasini mustaqil
tayyorlashi ham asosiy omillardan hisoblanadi. Kuni uzaytirilgan
sinf va guruhlarda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini pedagogik
nuqtayi nazardan to‘g‘ri tashkil qilish, ularni mustaqil bilim
olishga o‘rgatish katta ahamiyatga ega.
Mustaqil dars tayyorlash jarayonida o‘quvchilar darsni tak-
rorlaydilar, uy vazifalarini bajaradilar, ba’zan qo‘shimcha vositalar
orqali bilimlarini mustahkamlaydilar va kengaytiradilar. Kuni
uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarda o‘quvchilar bilan
mustaqil o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish deganda, tarbiyachi
yoki o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning ma’lum vaqt ichida
topshiriqlarni ongli ravishda bajarishlarini, shu xususda har
tomonlama mulohaza yuritishlarini, faol fikrlashlari va o‘zlarining
bilimlarini ishga solgan holda bajaradigan ishlarini tushunmoq
lozim. Ayniqsa, I—II sinf o‘quvchilari tarbiyachining yordami-
ga ehtiyoj sezadilar. Shu sababli ham kuni uzaytirilgan sinf, guruh


155
va maktab-internatga qatnaydigan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
bilan o‘tkaziladigan mustaqil o‘quv mashg‘ulotlarining samara-
dorligini oshirish uchun ularda mustaqil ishlash ko‘nikma va
malakalarini hosil qilish muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarda
mustaqil bilim olish malakasini hosil qilish va takomillashtirib
borish ta’lim-tarbiya ishining ajralmas, muhim tarkibiy qismidir.
Bu bolalarning barcha fanlardan atroflicha bilim olishga bo‘lgan
havasini orttiradi. Mustaqil ish izlanuvchanlik, erkin fikrlash kabi
qobiliyatlarni o‘stirib boradi, o‘quvchilarning bilim doirasini
kengaytiradi va mustahkamlaydi.
Har bir o‘qituvchi va tarbiyachi o‘quvchilarning bilimga
bo‘lgan ishtiyoqi-yu havasini oshirish borasidagi faoliyati jarayo-
nida ularni o‘z ustida mustaqil ishlab bilimini tizimli oshirishga,
siyosiy voqealardan, yangi texnologiyalardan xabardor bo‘lishga
o‘rgatadi. Bu, eng avvalo, ularga o‘z ustida mustaqil ishlashning
shakl va usullarini egallashga yordamlashish, dars tayyorlash
jarayonida kun tartibiga rioya qilish va har bir daqiqadan unumli
foydalanish kabilarni taqozo etadi. O‘qituvchi-tarbiyachilar o‘quv-
chilarning uy vazifalarini muvaffaqiyatli, mustaqil bajarishlariga
erishish uchun ishni to‘g‘ri tashkil etib, aniq pedagogik talablarga
rioya qilishlari lozim. Chunonchi:
1. O‘quvchilarning mustaqil mashg‘uloti oldidan sinf xona-
sini gigiyenik jihatdan tayyorlash.
2. Mashg‘ulot uchun kitoblar, ko‘rsatmali qurollar, yozuv
anjomlari va shu kabilarni tayyorlash.
3. O‘quvchilarning mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida va ma’lum
formada kelishlarini ta’minlash.
4. Har bir o‘quvchi uchun doimiy ish joyini biriktirish.
5. O‘qituvchilar bilan tarbiyachilarning doimiy aloqasi va
o‘zaro yordami.
6. Tarbiyachilarning mashg‘ulot o‘tkazish uchun puxta tay-
yorgarlik ko‘rishi.
7. Uy vazifalarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash.
O‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir
pedagogik qoida va rejim talablarini bajarish maktab rahbarlari
yoki katta tarbiyachi tomon nazorat qilib boriladi. Bu esa
o‘quvchilarni har bir daqiqadan unumli foydalanishga, vaqtni
to‘g‘ri taqsimlashga, uy vazifalarini sifatli bajarishga o‘rgatadi,


156
shuningdek, ularda ishchanlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish va tartib-
intizom kabi sifatlarni tarbiyalaydi. Uyga berilgan vazifalarni mus-
taqil bajarish vaqtida o‘quvchilar darsda olgan bilimlarini
mustahkamlaydilar, bilim malakasini oshiradilar hamda darslik-
lardan, yordamchi kitoblardan va boshqa qo‘llanmalardan foy-
dalanish yo‘llarini mukammal o‘rgana boradilar. O‘qish jarayo-
nida o‘quvchilarni bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi, mehnatsevar-
ligi (tashabbuskorligi) oshadi, ularda berilgan topshiriqni mustaqil
bajarishga intilish va unga mas’uliyat bilan qarash kabi xususiyat-
lar paydo bo‘ladi. O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqini
uyg‘otishda ularni mustaqil ishlashga o‘rgata borish va aqliy
mehnat samarasini ko‘ra bilishni ta’minlash muhim rol o‘ynaydi.
Kichik yoshdagi, ya’ni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan
uyga berilgan topshiriqni har kuni bir xil rejim asosida bajarish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘quvchilarning bardam, tetik va yaxshi dam olgan holda ish
boshlashlari juda muhim pedagogik ahamiyatga ega. Shuning
uchun ham tajribali tarbiyachi sayrning yakuniy qismida bola-
larni asta-sekinlik bilan dars tayyorlashga o‘rgata boradi, bu ishni
tarbiyachi har xil «kam harakat talab» qiladigan o‘yinlar o‘tkazish
yo‘li bilan amalga oshiradi. Agar bu jarayon sinf xonasida
o‘tkazilayotgan bo‘lsa, unda tarbiyachi o‘quvchilarning tinch
o‘tirishlarini ta’minlaydi.
Uyga berilgan vazifani bajarishga kirishishdan oldin, o‘quvchi-
larni tinchlantirib, ularning kuch-g‘ayrati va diqqat-e’tiborini
berilgan topshiriqni bajarishga qaratish kerak. Dars borayotgan
xonaga boshqa (begona) kishilarning kirmasligini va zalda
shovqin-suron bo‘lmasligini ta’minlash zarur. Agar tarbiyachi
o‘quvchilarga tanbeh yoki ogohlantirish bermoqchi bo‘lsa,
guruhga qarab emas, balki aybdorning o‘ziga yarim ovozda aytishi
kerak.
O‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlash davrida, barcha
kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalarning dam olishi uchun
tanaffuslar tashkil qilinadi. Ko‘pincha 45 daqiqalik darsdan so‘ng,
10 daqiqa tanaffus beriladi. O‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsata-
diki, 10 daqiqalik tanaffusdan so‘ng kichik maktab yoshidagi
bolalarning ishlash qobiliyati ancha susayib qoladi. Bu o‘quvchilar
diqqat-e’tiborining boshqa narsaga jalb bo‘lganligi bilan bog‘liqdir.


157
Shuning uchun ham o‘quvchilar aniq bir ishni bajargandan so‘ng,
ularning erkin dam olishlariga sharoit yaratib berish kerak.
Birinchi sinf o‘quvchisi 10—15 daqiqa davomida, 3—4-sinf
o‘quvchisi esa 20—25 daqiqa uzluksiz ravishda ishlash qobiliyatiga
egadir. Shu vaqtdan keyin ishning samarali bo‘lishi uchun 2—3
daqiqalik «jismoniy daqiqa»lar o‘tkazish kerak. Bunda o‘quvchilar
o‘rnidan turib, 3—5 ta mashq bajaradilar: qo‘llarini ko‘tarib
tushirish mashqi, barmoqlarini ochib-yopish mashqi, burundan
chuqur nafas olib o‘tirib-turish, gavdani har tomonga egish, oyoq
uchida ko‘tarilish va boshqa mashqlar 4—6 martadan
takrorlanadi. Ba’zi o‘quvchilar tez charchab qoladi, ularga
tarbiyachining o‘zi dam olishni tavsiya etadi. Ayrim bolalar
topshiriqni hamma bilan birgalikda bajara olmaydi, ko‘pincha
og‘zaki bajariladigan topshiriqlarni bajarishda tez charchab
qolishadi, keyin har xil harakatlar qila boshlab, boshqalarga
xalaqit berishadi, ba’zi bir bolalar esa uyga berilgan topshiriqni
ovoz chiqarib o‘qish yo‘li bilan bajarishga odatlanadilar. Shuning
uchun boshqa o‘quvchilarga mashg‘ulotlari uchun sharoit yaratib
berish choralarini izlash kerak bo‘ladi. Bunday hollarda bo‘sh
sinf xonalaridan, o‘ynaladigan xonalardan, yetakchilar yig‘ilishi
o‘tkaziladigan va dam olish xonalaridan foydalanish mumkin. Bu
xonalarda ota-onalar yoki yuqori sinf o‘quvchilaridan navbatchilar
turishni tashkil qilish mumkin.
Tajribali tarbiyachi-o‘qituvchilar o‘quvchilarni mustaqil dars
tayyorlatishga kirishishdan oldin tartib-intizom, saranjom-
sarishtalik, vaqtdan unumli foydalanish masalalariga e’tibor
beradilar va quyidagi zarur qoidalarni aniq bajarishni talab
qiladilar:
1. Ish oldidan qo‘lingni toza yuv va o‘zingni tartibga keltir.
2. Ish joyingni egalla va uni toza tut.
3. Ish uchun kerakli bo‘lgan barcha narsalarni tayyorla.
4. Barcha uy vazifalarini o‘qituvchi tushuntirgandek bajar.
5. Jimlikni (sukunatni) saqla va o‘rtoqlaringni ishdan chalg‘it-
ma.
6. Har bir topshiriqni belgilangan vaqtda bajarishga harakat
qil.
7. Agarda qiyinchilikka duch kelib qolsang, uni bartaraf
qilishga, qilgan xatoyingni mustaqil to‘g‘rilashga harakat qil.
8. Yordam uchun faqat tarbiyachingga murojaat qil.


158
9. Yozma topshiriqlarni bajarishdan oldin ularning mazmu-
nini, qoidasini, masalasini o‘qib chiq, keyin ishlashga kirish.
10. Har bir topshiriqni bajarib bo‘lganingdan so‘ng hamma-
sini diqqat bilan tekshir, og‘zakilarini esa mustaqil tuzgan rejang
asosida so‘zla.
11. Uy topshiriqlarini bajarib bo‘lganingdan keyin ish joyingni
tartibga keltir.
O‘quvchilar mustaqil ishlarining metodik jihatdan to‘g‘ri
tashkil qilinishi juda muhimdir. Har bir topshiriqni bajarishdan
oldin tarbiyachilar dastlab o‘quvchilarda o‘quv ishlari uchun
kerakli bo‘lgan barcha qo‘llanma va o‘quv asboblari bor yoki
yo‘qligini, ular nimani va qanday bajarishi kerakligini aniqlaydilar,
so‘ngra uy vazifasini ishlashda qiynalayotgan ayrim o‘quvchilarga
alohida e’tibor beradilar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
o‘quvchilar o‘rtasida o‘quv dasturini puxta o‘zlashtirmaslik, bir
sinfda ikki yil qolish kabi salbiy holatlarning asosiy sababi ham
mustaqil ishlashni bilmaslikdir. Shu sababdan ham kuni uzayti-
rilgan sinf, guruh va maktab-internatlarda o‘tkaziladigan mus-
taqil o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish uchun
o‘quvchilarda mustaqil ishlash ko‘nikmasini hosil qilishga alo-
hida e’tibor berish kerak. O‘quvchilarni mustaqil ishlash faoli-
yatida muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagilarga amal qilish
lozim:
— o‘qituvchi va tarbiyachilar yaqindan o‘zaro muloqotda
bo‘lishlari, bir-biriga axborot berib, o‘quvchilarga bir xil talab
qo‘yishlari;
— dars va darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilarning qobiliyat-
larini hisobga olib, o‘quv materiallari va ish sur’atini aniqlab,
ularga differensial va individual yondashish;
— o‘quvchilarning faqat darsda olgan bilimlarini mustahkam-
lab qolmay, balki ularning mustaqilligi va ijodkorligini hisobga
olgan holda uy vazifalari hajmi va mazmunini kengaytirish;
— o‘qituvchi uyga berilgan vazifalarni oldin o‘zi bajarishi,
so‘ngra bajarish kuni va bajarishga ketgan vaqtni ko‘rsatib, guruh
tarbiyachisiga berishi;
— o‘quvchilar dars tayyorlaydigan xonani kerakli anjomlar,
ma’lumotlar, ilmiy va badiiy adabiyot, didaktik material hamda
boshqa o‘quv qurollari bilan jihozlash, vaqtdan unumli foyda-
lanish;


159
— o‘z-o‘zini va o‘zaro bir-birini tekshirish usullaridan keng
foydalanib, o‘quvchilarni o‘quv ishlarini mustaqil bajarishga
o‘rgatish;
— jamoada ijobiy pedagogik-psixologik iqlim va shart-sharoit
yaratish imkonini beradigan o‘zaro munosabatni vujudga keltirish;
— o‘qituvchilar o‘quvchilarga uy vazifasini topshirayotgan-
da, ularning darsdan tashqari vaqtda mustaqil ijod qilishlarini
hisobga olish;
— o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarini to‘la o‘zlash-
tirilishi uchun uy vazifasi hajmini oldindan dastur asosida
belgilash va unga amal qilish.
Mustaqil dars tayyorlash jarayonida tarbiyachi o‘quvchilarga
ayrim zaruriy yo‘l-yo‘riqlarni berishi mumkin. Bu vaqtdan unumli
foydalanishga, uy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga yordam
beradi. Respublikamizdagi ayrim tajribali, ilg‘or pedagoglar
mustaqil dars tayyorlash jarayonida har kuni, kundalik jadval
asosida doskaga narsalarning nomi va unga sarf qilinadigan vaqtni
ko‘rsatib ish olib borsalar, ayrimlari «Kundalik aloqa» daftari
tutish yo‘li bilan mustaqil dars tayyorlashda yaxshi natijaga
erishmoqdalar.
«Kundalik aloqa» daftarida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar
tayyorlashi lozim bo‘lgan narsalar, unga ketadigan vaqt ko‘rsatilsa
vazifalar, maslahatlar yozilsa, tarbiyachi tomonidan esa o‘quv-
chilar bu vazifalarni qay tarzda bajarganligi haqidagi fikr va
mulohazalar qayd etiladi.
«Kundalik aloqa» daftaridan namuna
vaqt 
Oy

ku
n,
h
af
ta
Fa
nl
ar
Va
zi
fa
la


qi
tu
vc
hi
masl
ah
ati
v

m
ulo
ha
za
la


qi
tu
vc
hi
to
mo
ni
da

Ta
rb
iy
ac
hi
to
mo
ni
da

Ta
rb
iy
ac
hi
m
ulo
ha
za
la
ri
«Kundalik aloqa» daftariga o‘qituvchi sinfda olib borgan ishi
va o‘quvchilar bilan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni yozib
qoldiradi. Tarbiyachi shu yozuv asosida ish olib boradi va u ham,
o‘z navbatida, qilingan ishlar natijasini hamda o‘z fikrlarini yozib


160
qoldiradi. O‘qituvchi ertalab maktabga kelganda «Kundalik aloqa»
daftari orqali tarbiyachining o‘quvchilar bilan qanday ishlar
o‘tkazganligi va ishning natijasi, o‘quvchilar intizomi, qiziqishi,
ayrim o‘quvchilarga nisbatan qo‘llanishi zarur bo‘lgan tarbiyaviy
tadbirlar bilan batafsil tanishadi.
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Abu Ali ibn Sino
nomli maktabning III sinf tarbiyachisi Zaripov H. quyidagi
xarakterli fikrlarni yozgan: «Qurbonov I. mustaqil o‘quv mashg‘u-
lotlarida ko‘pincha boshqa narsalar bilan shug‘ullanib o‘tiradi,
uning cho‘ntaklarida hamma vaqt gayka, mix va boshqa har xil
temir-tersaklar bo‘ladi. U ko‘pincha mustaqil mashg‘ulotlarda
shular bilan shug‘ullanib o‘tiradi. Bu o‘quvchi bilan suhbatlashish
jarayonida uning texnikaga qiziqishi borligi ma’lum bo‘ldi».
«Niyozov A. mustaqil ishni tez bajaradi, lekin u shoshib juda
ko‘p xatoga yo‘l qo‘yadi. Tarbiyachi unga xatosiz yozish uchun
nimalarga e’tibor berib borish kerakligini tushuntirib berdi.
Shundan so‘ng u o‘zidagi kamchiliklarni yo‘qotishga muvaffaq
bo‘ldi. Shuningdek, o‘quvchilardan ba’zilarining sog‘lig‘i yomon-
ligi, mashg‘ulotlarda diqqatini bir yerga to‘play olmasligi, chiroyli
yozishga yetarli e’tibor bermasligi aniqlandi. O‘quvchilarga yuz
berayotgan yuqoridagi singari kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha
tadbirlar belgilandi».
Demak, «Kundalik aloqa» daftari tarbiyachi bilan o‘qituvchi
o‘rtasidagi pedagogik aloqanigina emas, balki ta’lim-tarbiya ish-
larini yaxshilashda va ayrim o‘quvchilardagi nuqsonlarni yo‘qo-
tishda ham asosiy vosita hisoblanadi. Bu tarzdagi yozishmalar
bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilashga
katta pedagogik ta’sir etadi.
O‘qituvchi-tarbiyachi tomonidan vaqtni predmetlar asosida
taqsimlanishi ham maqsadga muvofiqdir. Bunday holda vaqt
faoliyatni tezlashtiruvchi omil sifatida xizmat qiladi. Boshlang‘ich,
o‘rta va yuqori sinflarda mustaqil dars tayyorlashda tarbiyachining
metod va uslubi turlichadir. I—III sinflarda o‘quvchilarni
muntazam ravishda nazorat qilib turish talab etiladi. Hamma
o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida bir xil predmetdan dars
tayyorlaydi.
Yana shuni aytish lozimki, o‘quvchilarning yozma ishlari
tarbiyachi tomonidan mustaqil dars tayyorlash jarayonida tekshirib
boriladi, og‘zaki vazifalar esa matnni ovoz chiqarib o‘qish, qayta


161
hikoya qildirish, rollarga bo‘lib o‘qitish va o‘yindan foydalanib,
dialog tarzida o‘tkaziladi. IV sinfning ba’zi o‘quvchilari o‘qish
uchun topshirilgan materiallarni oxirigacha bir yo‘la sidirg‘asiga
o‘qish yo‘li bilan yaxshiroq o‘zlashtirsalar, boshqalari materialni
ayrim qismlarga bo‘lib, alohida-alohida muhokama qilish yo‘li
bilan o‘rganadilar. Bunday hollarda o‘quvchilarning qismlarni bir-
biri bilan mantiqiy bog‘lanishi va matnning umumiy mazmunini
tushunib, ongli xulosa chiqara olishlari ta’minlanishi lozim. Matn
o‘qib chiqilgandan keyin, o‘quvchi materialni qay darajada
o‘zlashtirilganini aniqlash uchun o‘z-o‘zini tekshirib ko‘rishi
lozim. Bu, odatda, kitobni yopib qo‘yib, o‘qilganlarini yoddan
qaytarib chiqish (ovozsiz) yo‘li bilan olib boriladi.
Bu xildagi takrorlashda yoddan ko‘tarilgan o‘rinlar qayta
o‘qiladi.
O‘rta sinflarda tarbiyachilar mustaqil dars tayyorlashni aniq,
rang-barang metodlar asosida tashkil qilishlari zarur. Masalan,
ona tilidan o‘tilgan mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan misolni adabiyot-
dan o‘tilgan matndan topish tavsiya etiladi va shu metod orqali
adabiyot darsi ham mustahkamlanadi. Tushunilishi qiyin bo‘lgan
so‘zlar uchragan taqdirda, o‘quvchilarga lug‘atdan foydalanish
taklif qilinadi.
Matematikadan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda bola masala
yechishda qiynalayotgan bo‘lsa, tarbiyachi unga qoidalarni qayta
ko‘rib chiqishni, yechish yo‘llarini, hisoblashni, masala shartla-
rini ilgari yechilgan masalalarga solishtirib ko‘rishni tavsiya qiladi.
Yuqori sinf o‘quvchilari mustaqil dars tayyorlashda texnik vosi-
talardan, ko‘rsatmali materiallardan, yordamchi kitoblardan,
lug‘atlardan, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanishi zarur. Shuning
uchun yuqori sinf o‘quvchilariga o‘quv xonalaridan va kutubxonadan
foydalangan holda dars tayyorlash imkoni yaratilgan.
Kuni uzaytirilgan sinf va maktab-internatlarda mustaqil
mashg‘ulot jarayonini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarni
ijodiy izlanishga, ularni savollar tuzish, javobini mustaqil topish
kabi ishlarga o‘rgatib borish mashg‘ulot samaradorligini, shuning-
dek, bolalarning faol qatnashishini ta’minlashda muhim aha-
miyatga ega.
Ko‘pchilik tarbiyachilar ishini o‘qitish, yozma ish bo‘lsa
ko‘chirtirish, sinf xonasida o‘tirib, biror kitobni o‘qitish yoki
matematikadan misol va masalalar yechtirish kabi ishlar bilan
11 — K. Hoshimov


162
o‘quvchilarni ortiqcha band qilib qo‘yadilar. Ilg‘or tarbiyachilar
esa o‘quvchilarning erkin, ijodiy ishlashi uchun tarqatilgan
savollarga atrofni kuzatish yo‘li bilan mustaqil javob topishga
undaydilar. O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida
mustaqil ishlashning xilma-xil turlaridan, laboratoriya, amaliyot,
ekskursiyadan, ustaxonalardan, o‘quv-tajriba uchastkasidan
korxonalardagi va tashkilotlardagi ishlab chiqarish tajribasidan
keng foydalaniladi.
Nemis pedagogi Adolf Disterveg o‘quvchilarda fikrlash
qobiliyatini o‘stirish, ularda tafakkur, faollik, mustaqillik
uyg‘otish g‘oyasiga alohida ahamiyat berdi. O‘quvchiga oddiy-
gina idrok qilish yoki passivlikni o‘rgatadigan har qanday metod
ham, — deb yozgan edi A. Disterveg, — yomon metod, unda
mustaqillik uyg‘otadigan metod esa yaxshi metoddir. Rivojla-
nuvchi metod o‘quvchilarga aqliy kuch baxsh etadi, ularga iz-
lanish, mushohada qilish imkonini beradi. Distervegning fikri-
cha, yomon o‘qituvchi o‘quvchiga bor haqiqatni aytib qo‘ya
qoladi, yaxshi o‘qituvchi esa uni izlab topishga o‘rgatadi. Eng
muhimi — o‘quvchida mustaqil ishlash istagini uyg‘otish, uni
o‘ylashga da’vat etishdir.
Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlar tajribasini
o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, mustaqil mashg‘ulotlarning sama-
radorligini oshirishda o‘quvchilarning diqqatini bir joyga jamlash
muhim ahamiyatga ega. K. D. Ushinskiy aytganidek, «Diqqat
ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga
kiradigan narsalar shu eshik orqali o‘tib kiradi. Demak, bilim-
larning zarrasi ham shu eshik tashqarisida qolmasligi kerak, aks
holda u bolaning ongiga singmaydi. Bolani shu eshikni doimo
ochiq tutishga o‘rgatish eng muhim vazifadir, chunki bu o‘qitish-
ning muvaffaqiyatini ta’min etadigan shartdir».
Kichik yoshdagi bola diqqati uncha barqaror bo‘lmaydi. U
bir narsaga uzoq vaqt diqqat bilan tikilib tura olmaydi, undan
tez chalg‘iydi, chunki bu vaqtda ularning ixtiyoriy diqqati ham
yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi. Tajriba sinf va guruhlarda
pedagoglar maslahatimiz asosida o‘quvchilarning diqqatlarini
tarbiyalab borish maqsadida quyidagi usullardan foydalandilar:
— o‘qitilayotgan matnlarning mazmuniga qarab maqol va
topishmoqlar topish orqali o‘quvchilar diqqatini faollashtirib,
barqaror saqlash;


163
— matn mazmunini aks ettiruvchi rasmlar haqida suhbat
o‘tkazish;
— maqol va topishmoqlarga oid rasm ko‘rgazmalaridan
foydalanish.
Bunday usullar o‘quvchilar diqqatini tarbiyalashda muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi. Quyida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
bilan uyushtirilgan mashg‘ulotlardan birining qisqacha mazmu-
nini keltiramiz.
Mashg‘ulot mavzusi: «O‘z sinf xonasini kim yaxshi biladi?»
Tarbiyachi bir o‘quvchini doskaga chiqarib, sinf xonasini yax-
shilab kuzatishni va ko‘rgan narsalarini eslab qolishni taklif qildi.
O‘quvchi sinf xonasini yaxshilab kuzatganidan so‘ng, uning
ko‘zlari ro‘molcha bilan berkitildi, qolgan o‘quvchilar navbat bilan
unga savollar bera boshladilar: tarbiyachimiz o‘tirgan stul qayerda
turibdi? Kitob javonining soni nechta va qayerlarda turibdi? Senga
nisbatan qaysi tomonda? Sinfimizda nechta parta bor? O‘ng va
chap tomoningda nechtadan parta joylashgan? Sinfimizda qanday
rasmlar osilgan? Sinfimizda nechta deraza bor?
Ko‘zi berkitilgan o‘quvchi savollarga javob berib bo‘lgandan
so‘ng, ro‘molcha yechilib, javoblar tahlil qilinadi. Tarbiyachi
savollarga javob berishni istagan yana bir o‘quvchini doskaga
chiqarib, sinf xonasini yaxshilab kuzatishni taklif qiladi. Bola
sinfni kuzatib bo‘lgach, hamma narsalarni eslab qolganini aytdi.
So‘ng uning ko‘zi berkitilgach, ikki o‘quvchi sinf xonasidan
sekingina chiqib ketdi. Xuddi shuningdek, sinf xonasidagi jihoz-
lardan bir nechasining o‘rni almashtirib qo‘yildi. Ko‘zini ochga-
nidan so‘ng, u sinf xonasidagi ana shu o‘zgarishlarni tez aytib
berishi kerak.
Uchinchi holat «Kim o‘rtog‘ini tovushidan yaxshi taniydi?»
deb nomlandi. Hamma o‘quvchilar «bilamiz» deb qo‘llarini ko‘ta-
rishdi. Tarbiyachi yana bir o‘quvchini doskaga chiqarib, ko‘zini
berkitgach, navbat bilan o‘quvchilar tovush chiqarishdi. U qaysi
o‘rtog‘i gapirganini aytdi. Bu o‘quvchining ham javoblari tahlil
qilindi. Mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarning
asosiy sababi aniqlandi.
Shu metod bilan atrofni o‘rab turgan narsalarga e’tibor berib,
ularni kuzatib yurish va eslab qolish bilimlarni oshirishga, xotirani
mustahkamlashga; diqqatni uzoq vaqt bir joyga to‘play bilishga
yordam berishini tushuntiriladi. Tarbiyachilar shunga o‘xshash


164
«Maktabim», «Men qaytmaydigan yo‘l», «Xo‘jalikda ekiladigan
ekinlar», «Maktab bog‘i» va shu kabi mavzularda o‘yin xarakte-
ridagi bir necha mashg‘ulotlar uyushtiradilar. Bu mashg‘ulotlar
o‘quvchilarni har bir narsani diqqat bilan kuzatishga, ko‘rgan va
eshitgan narsalarini esda saqlab qolishlariga har tomonlama
yordam beradi. Boshlang‘ich sinf tarbiyachilarining muhim
vazifasi bolalarning diqqatini o‘stirish, ularni o‘qituvchi va ota-
onalarining so‘zlarini tinglash, mustaqil mulohaza yuritib fikrlash,
ko‘rgan va eshitgan narsalarini esda saqlab qolishga o‘rgatib
borishdan iborat.
Pedagog o‘quvchilarga to‘g‘ri pedagogik yordam berishi uchun
mustaqil dars tayyorlash jarayonida ularni unumli ishlash
qoidasiga o‘rgatishi, mustaqillik berishi, ish usullari, qo‘llanma-
lardan foydalanishi, o‘zaro yordam va ishning yakuni kabilarga
e’tibor berishi kerak. Mustaqil ishlar jarayonida o‘quvchilarda
matonatlilik, qat’iyatlik, tashabbuskorlik va o‘z mehnatini tashkil
eta olish kabi sifatlar vujudga keladi. O‘qituvchi dars tayyorlash
paytida o‘quvchilarning quyidagi mustaqil ishlarini tashkil etadi:
— materialni o‘zlashtirish uchun takrorlashni;
— o‘quvchilar bilimidagi kamchiliklar va nuqsonlarni aniq-
lashni, ularni to‘ldirish va bartaraf etishni;
— mustaqil ishlash jarayonida zarur hollardagina o‘quvchi-
larga individual yordam berishni;
— dars tayyorlash jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan
suhbat o‘tkazganda, matn yuzasidan savol berish bilan chegara-
lanmay, ko‘proq «asoslab ber», «sababini aniqla», «izohla» kabi
topshiriqlar berishi va to‘liq javobni talab qilishi maqsadga muvofiq.
Boshqacha aytganda, pedagog mumkin qadar savolga bolalarning
o‘zlarini javob topishga da’vat etishi va, ayniqsa, u yoki bu
mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning oldindan o‘zlashtirgan
nazariy bilimlaridan foydalana olishlarini ta’minlamog‘i lozim.
Mustaqil dars tayyorlashning yakunida ishning bajarilishi va
natijasi, o‘quvchining dars tayyorlashdagi oz bo‘lsa ham
muvaffaqiyati qayd etilsa yaxshi bo‘ladi. Shuningdek, o‘qituvchi
o‘quvchilarning ishdagi xatolarini ko‘rsatib, tuzatishlar kiritadi
va umumiy xulosa chiqaradi.
To‘rtinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarning bilimi, bir-biriga
munosabati, umumiy rivojlanishi nuqtayi nazaridan ularni kichik


165
guruhlarga bo‘lib mustaqil dars tayyorlashlarini tashkil etish maq-
sadga muvofiqdir. Har bir guruhga bilimi kuchli, xulqi namunali
o‘quvchilar rahbarlik qiladi.
Do‘stlariga yordam berishi va nazorat qilishi orqali rahbar —
o‘quvchida tashkilotchilik, ishchanlik kabi fazilatlar tarkib topadi
va rivojlanadi. Bundan tashqari, o‘quvchilarning bilim darajalariga
qarab, kuchli, kuchsiz va o‘rta bilimga ega bo‘lgan bolalar
guruhini tashkil qilish va ularga bolalarning o‘zlaridan konsultant-
lar belgilash mumkin. Guruhdagi har bir o‘quvchi biror fandan
konsultant qilib belgilanadi. Ular tarbiyachilar, fan o‘qituvchilari
ishtirokida guruh a’zolari tomonidan saylanadi. Konsultant bo-
lalar ishini nazorat qilish bilan birga mas’uliyatni his qilishga ham
odatlanadi, IV sinfda yozma va og‘zaki vazifalarni tayyorlash
jarayonida konsultant faoliyati taxminan quyidagicha bo‘lishi
mumkin:
Yozma vazifalarni tayyorlash:
— konsultant o‘quvchilardan biriga vazifani o‘qishni taklif
qiladi, qolganlari uni kundalik bilan solishtiradilar;
— u matnni, qoida yoki masala shartini o‘qiydi;
— shundan so‘ng konsultant o‘qilgan matn yuzasidan sa-
vollar beradi, guruh a’zolari esa navbat bilan javob beradilar;
— masala, qoida tahlil qilingandan so‘ng, yozma ravishda
vazifani bajarishga kirishiladi;
— yozilgan mashq, misol yoki masala o‘qituvchi-tarbiyachi-
ning talabini hisobga olgan holda tekshiriladi.
Og‘zaki vazifalarni bajarish:
— konsultant paragrafni navbat bilan ovoz chiqarib o‘qishni
taklif qiladi;
— so‘ngra har bir o‘quvchi darslikdagi paragrafning oxirida
berilgan bir, ikkita savolga javob beradi;
— material bo‘laklarga bo‘linib, qayta hikoya qilinadi.
O‘zaro bir-birining ishonchini qozongan guruhlarda predmet
bo‘yicha matnlar oldindan bo‘lib olinadi va har bir o‘quvchi
o‘ziga tegishli qismni qayta hikoya qiladi. Bu har bir fanga tayyor-
garlik uchun ketadigan vaqtni tejash maqsadida qilinadi. Ishning
bunday tashkil etilishi natijasida o‘quvchilar o‘z konsultantidan
aniq topshiriq oladi va ular shu ishga sidqidildan yondashadi.
Natijada intizom, o‘zaro nazorat yaxshilanadi. Bu o‘qishga nisba-
tan munosabatning o‘zgarishiga, bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan


166
intilishining kuchayishiga olib keladi. Ko‘pchilik bolalar fan
bo‘yicha mustaqil dars vazifalarini konsultant sifatida ko‘rib chi-
qadilar, qiynalganlarida pedagog va yuqori sinf o‘quvchilariga
murojaat qiladilar. Guruhlarni bu tarzda guruhlash faqat didaktik
tomondan emas, balki tarbiyaviy tomondan ham yaxshi natijalar
bermoqda. Bunda tarbiyachi ko‘proq o‘zlashtirishi sust bo‘lgan
o‘quvchilar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mustaqil bilim olishni tartibga solishda maktab direktori va
uning o‘rinbosari tomonidan olib boriladigan nazorat katta
ahamiyatga egadir. Uni uch yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirish:
birinchidan, o‘qituvchi-tarbiyachining qanday ish ustida
mashg‘ulot olib borayotganini bilish, ikkinchidan, qanday ishlat-
ganini aniqlash (ish uslubining samaradorligi), uchinchidan,
nazariy bilimlarning amalda qanday qo‘llanilayotganini bilish
hamda uy vazifasi normasini belgilash tavsiya qilinadi. Bunday
nazoratni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun maktabda sentabr oyidan
boshlab mustaqil bilim olish jadvali tuzilishi va maktab rahbarlari
jadvalning bajarilishini tekshirib borishlari lozim.
O‘quvchilar o‘z faoliyatlariga ko‘ra yuqori, o‘rta va past ish
qobiliyatiga egadirlar. Davomli, og‘ir mehnatga qodir, hamma
ishni ko‘ngildagidek bajaruvchi, pedagog va o‘rtoqlari tomonidan
nazoratga muhtoj bo‘lmagan, qisqa vaqtda yuqori o‘zlashtirish-
ga erisha oladigan o‘quvchilar yuqori ish qobiliyatli bolalar
hisoblanadi.
O‘rtacha ish qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar qatoriga uzoq
muddat mehnat qiluvchi, lekin har qanday ishni doimo oxirigacha
bajara olmaydigan, vaqti-vaqti bilan o‘qituvchi yoki o‘rtoqlari
tomonidan nazoratga muhtoj o‘quvchilar kiradi.
Ish qobiliyati past o‘quvchilar qatoriga o‘quv jarayonida
vazifalarni belgilangan vaqtda bajarib ulgura olmaydigan, ishni
to‘liq bajarishga qodir bo‘lmagan, doim o‘qituvchi, o‘rtoqlari, ota-
onalar tomonidan nazoratga muhtoj o‘quvchilar kiradi.
Yana bir narsani alohida ta’kidlash lozimki, bolaning
individual xususiyati va psixologiyasini hisobga olish ancha
murakkabdir. Masalan, bir bolada ko‘ruv xotirasi, ikkinchisida
eshitish, uchinchisida harakat xotirasi yaxshi, yoki biri tez
anglaydi va farosatli, ikkinchisi sust fikr yuritadi va qisman
fahmsizroq; biri hovliqma, ikkinchisi vazmin; yana biri sergap,
serg‘ayrat, boshqasi tepsa tebranmas, yalqov; qay biri tirishqoq,


167
boshlagan ishini oxiriga yetkazadi, ayrimlari pala-partish, chala
ishlaydi, ishga tez kirishib, tez soviydi. Bu jarayonlarning
hammasini tarbiyachi yaxshi o‘rganib, ta’lim ishi jarayonida
shularga e’tibor berishi kerak.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning individual bilim
saviyasini hisobga olmasdan topshiriqlar berilishi yangi tip
maktablar ishida sezilarli darajadagi nuqsonlarning kelib chiqishiga
sabab bo‘ladi. Natijada, sekin ishlaydigan o‘quvchilar vazifani
oldin bajargan o‘rtoqlaridan mexanik ravishda ko‘chirib oladilar
yoki xato bajaradilar, ba’zilari esa o‘rtoqlaridan uyalib, «ishladim»
deb yolg‘on gapiradilar. Bu kamchiliklarning oldini olish uchun
sinf o‘qituvchilari bilan tarbiyachilar hamkorlikda o‘quvchilarga
beriladigan uy ishini differensiallashtirishlari lozim. Bu o‘quv-
chilarni mashg‘ulotlarda faolroq ishtirok etishga, har bir o‘quv-
chini vazifani mustaqil ishlashga o‘rgatadi. Ayrim guruh tarbiya-
chilari o‘quvchilarning tez, sekin ishlashlarini hisobga olmaydilar
va vazifani differensiallashtirishga e’tibor bermaydilar. Natijada
vazifani oldin bajargan o‘quvchilar orqada qolgan o‘quvchilarning
ishlab bo‘lishlarini kutib o‘tiradilar. Bunday holat, birinchidan,
vazifani oldin ishlagan bolalarning bekor turib qolishlariga sabab
bo‘lsa, ikkinchidan, ular bekorchilikdan o‘rtoqlariga xalaqit berishi
yoki zerikkanidan intizomni buzishi mumkin.
O‘quvchilarning tez, sekin yoki o‘rtacha ishlashini aniqlash
maqsadida 29 nafar o‘quvchiga bir xil mazmundagi vazifa
topshirildi. Buning natijasi quyidagicha bo‘ldi:

qu
vc
hi
la
rn
in

um
um
iy
s
on

Te

(7
—

da
qi
-
qad
a)
i
sh
lagan
la


rt
ac
ha
(
10
—
12 
da
qi
qad
a)
is
hl
a-
gan
lar 
Ju
da
s
ek
in
(1

15
d
aqi
qad
a)
is
hl
agan
la

Is
hl
ay
o
lm
agan
la

29 o‘quvchi 
8 o‘quvchi 
11 o‘quvchi 
8 o‘quvchi 
2 o‘quvchi 
Demak, topshiriqni bajarish uchun sekin ishlaydigan o‘quv-
chilarga tez ishlaydigan o‘quvchilarga nisbatan ikki marta ko‘p
vaqt kerak ekan. Bizningcha, o‘qituvchi bilan tarbiyachilar


168
kelishgan holda o‘quvchilarga topshiriq berishda ularning tez,
sekin ishlashlarini ham hisobga olishsa, bu topshiriqlarning sifatli
bajarilishiga va mashg‘ulotning samarali o‘tishiga yordam beradi.
Bundan tashqari mustaqil mashg‘ulotlarning samaradorligini
oshirish uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ayrim tashkiliy
ishlar bo‘yicha elementar ko‘nikma va tushunchalarni ham
singdira borish maqsadga muvofiqdir. Masalan, daftarlarga har
kungi sanani qo‘yib borish, o‘quv qurollarini hozirlab qo‘yish
kabilar. Ko‘pchilik o‘quvchilarda esa bu masalalar bo‘yicha yetarli
darajada ko‘nikma va malakalar yetishmaydi. Shuning uchun ham
butun mashg‘ulot davomida ayrim o‘quvchilar «Sana qo‘yib
yozaymi?», «Hoshiya qoldiraymi?», «Sumkadan daftarimni
olaymi?», «Bu mashg‘ulotlar uchun nima kerak?» kabi ortiqcha
savollar bilan murojaat qiladilar. O‘quvchilarda bunday masalalar
bo‘yicha ko‘nikma va malakalar hosil qilish ularning boshqa
keraksiz narsalarga chalg‘imasdan asosiy masalaga kirishib keta
olishlari uchun imkon beradi, vaqtdan unumli foydalanishga
odatlantiradi.
Mustaqil dars tayyorlashni unumli tashkil qilish va uning
samaradorligini oshirishning muhim shartlaridan biri, yana
ta’kidlaymizki, o‘qituvchi bilan tarbiyachi o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishidir. O‘zaro munosabat o‘z-
o‘zidan kundalik aloqa daftari orqaligina vujudga kelmaydi. U
yaxshi o‘ylangan, maktab rahbariyati tomonidan o‘qituvchi-
tarbiyachi imkoniyatlari hisobga olinib, rejalashtirilgan holda
maktab o‘quv dasturiga binoan tashkil etiladi.
Ba’zi maktablarda o‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ish-
lash ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ayrim vaqtlarda o‘qituvchi
dars jarayonida yangi mavzuni to‘liq tushuntirmay, uy vazifasi
berish qoidasiga amal qilmay, uni kuni uzaytirilgan guruhning
zimmasiga yuklaydi. Natijada uyga berilgan topshiriqni bajarish
vaqti ancha cho‘ziladi, bu esa kun tartibiga, ishning sifatli
bajarilishiga, o‘quvchilarning o‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir etadi.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, o‘qituvchi o‘zi o‘qitayot-
gan o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturining bajarilishiga asosiy
javobgar shaxsdir. Tarbiyachi esa o‘quvchilarni mustaqil dars
tayyorlashlariga rahbarlik qilish orqali o‘qituvchi darsda boshlagan
ishni davom ettiradi. O‘qituvchi-tarbiyachining muvaffaqiyati
ularning o‘zaro munosabati va bamaslahat ishlashlariga bog‘liq.


169
O‘qituvchi va tarbiyachining dars hamda mustaqil dars jara-
yonida tizimli qatnashishlari ularning o‘zaro munosabatini
belgilovchi omillardan biridir. O‘qituvchilar mustaqil dars tayyor-
lash jarayonini kuzatish orqali uyga berilgan vazifaning qiyinchi-
ligini bilib oladilar. Xuddi shuningdek, tarbiyachilar ham darsga
qatnashishi tufayli o‘qituvchilarning dars uslublari bilan tanisha-
dilar, har bir bolaning bilim darajasini aniqlaydilar va shu yo‘l
bilan mustaqil dars tayyorlash samaradorligini oshirish yo‘llarini
belgilaydilar.
O‘qituvchi va tarbiyachi mustaqil dars tayyorlash hamda uni
tashkil qilish metodikasi haqida o‘zaro kelishib, o‘quvchilarga bir
xil pedagogik talab qo‘ygan holda o‘zaro bir-birlariga axborot
berib borsalar, ta’lim va tarbiya ishida katta muvaffaqiyatga
erishadilar. Shuningdek, tarbiyachining ham predmet o‘qituvchisi
kabi darsga tayyorlanishi, shu kuni uyga berilgan topshiriqlarni
puxta bilishi, vaqtni to‘g‘ri va yaxshi rejalashtirishi o‘qish
sifatining ko‘tarilishiga imkon beradi, o‘quvchilarni esa tizimli,
mustaqil ishlashga o‘rgatadi.
Har bir pedagog o‘quvchilarning uyga berilgan vazifalarni qunt
va diqqat bilan mustaqil ishlashlariga, o‘rtoqlariga xalaqit
bermasliklariga va mustahkam intizomga erishishi kerak. Agar
pedagog dars tayyorlash paytida o‘quvchilarni ishga qiziqtira olsa
va ularning diqqatini to‘la jalb qila bilsa, u intizomning asosini
yaratgan bo‘ladi. Sinfda zaruriy sharoit yaratish; intizomni
mustahkamlash, parta, stol va stullarning o‘quvchilar yoshiga
muvofiqligi, doskaning bolalar bo‘yiga mos bo‘lishi va ozoda-
likni ta’minlash ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda katta
rol o‘ynaydi. Bularning hammasi o‘quvchilarning ish unumini
oshiradi.
Uyga berilgan vazifalarni to‘g‘ri va mustaqil bajarishda tarbiya-
chining o‘quvchilarga ishlash yo‘llarini to‘g‘ri tushuntirishi katta
pedagogik ahamiyatga ega. Agar tarbiyachi o‘quvchiga dars
tayyorlash vaqtida vazifani qanday, qaysi usullar bilan bajarishning
to‘g‘ri yo‘llarini tushuntirib bera olsa, u holda o‘quvchilar uy
vazifasini tez va to‘g‘ri bajaradilar. Ba’zi tarbiyachilar pedagogik
mahoratining yetishmasligi, o‘quvchilarning dars tayyorlash
jarayonini to‘g‘ri tashkil qila bilmasligi, ularning mustaqil
ishlashlarini yaxshi uyushtira olmasligi tufayli ta’lim ishida
qiyinchiliklarga duch keladilar.


170
Demak, kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlarda
o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishda quyidagi
narsalarga e’tibor berish lozim:
1. Har qanday mustaqil ish o‘quvchilarning kuchiga muvo-
fiq, ular diqqatini jalb qiladigan va ularni qiziqtiradigan bo‘lishi;
2. Hamma mustaqil ishlar o‘quv dasturlariga mos bo‘lib,
muayyan o‘quv dasturi yuzasidan olinadigan bilimlarni chu-
qurlashtirish va mustahkamlashga qaratilishi;
3. Har bir mustaqil ish oldidan o‘qituvchi uni qanday baja-
rish kerakligi to‘g‘risida aniq ko‘rsatma berishi;
4. Mustaqil ishni tashkil qilish vaqtida o‘quvchilarga belgili
vazifa berish va ularning bajarilishini tekshirib borish;
5. Mustaqil ish vaqtida o‘qituvchi o‘quvchilarga tegishli
yordam berishi (konsultatsiya, ishning ayrim turlarini qanday qilib
bajarishni ko‘rsatish va hokazolar) kerak.
Ayrim maktablarda dars tugashi bilanoq tarbiyachi o‘quvchi-
larni matematika yoki yozuvdan uyga berilgan vazifalarni
ishlatishga kirishadi. Bu bolalar sog‘lig‘iga zarar bo‘lib, bilimni
yaxshi o‘zlashtirishga imkon bermaydi, chunki o‘quvchining
miyasi charchagan bo‘ladi. O‘quv materialini yaxshi bilib olish,
uy vazifalarini sifatli bajarish uchun o‘quvchilarning aqliy ish bilan
shug‘ullanish, dam olish vaqti to‘g‘ri taqsimlanishi, ya’ni ularning
dars tayyorlashi dam olish, ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug‘ul-
lanish yoki toza havoda turli o‘yinlar o‘ynash bilan almashinib
turishi lozim.
Mustaqil dars tayyorlash vaqtida har bir fandan berilgan
vazifani bajargandan so‘ng, ya’ni ona tili topshirig‘ini ishlab
bo‘lgach, matematikadan berilgan vazifalarni ishlashga o‘tishdan
oldin kamida 2—3 daqiqalik dam olishni tashkil qilish mumkin.
Dam olganidan so‘ng ular diqqatini yangi ishga jalb etish oson
bo‘ladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning nerv tizimini bir xil ish —
mustaqil dars tayyorlash tez charchatadi, natijada ular boshqa
narsalar bilan mashg‘ul bo‘lishga harakat qiladilar. Shuning uchun
pedagog-tarbiyachi sinfdagi o‘quvchilarning nerv tizimi va
kayfiyatining qanday holatda ekaniga, diqqatining barqarorligiga,
tushunish va idrok qilish qobiliyatiga alohida ahamiyat berishi
kerak. O‘quvchilarning nerv tizimi tetik va sog‘lom bo‘lsa,
o‘zlashtirish juda tez va mustahkam bo‘ladi, bilimni to‘liq va


171
puxta egallaydi. Agar bola charchagan bo‘lsa, u qiyin o‘zlashtiradi
va olgan bilimini tezda unutadi. O‘quvchilar bilimining puxta
va mustahkam bo‘lishiga erishish uchun, birinchidan, dars
tayyorlashi dam olish, ijtimoiy-foydali mehnat yoki toza havoda
turli o‘yinlar o‘ynash bilan almashinib turishi lozim, ikkinchidan,
o‘quvchilarning uy vazifasi ustida muvaffaqiyatli ishlashi darsda
o‘tilgan mavzuni qanchalik o‘zlashtirishiga ham bog‘liqdir. Xullas,
dars qanchalik to‘laqonli, mazmunli bo‘lsa, bilimni egallash ham
shuncha puxta bo‘ladi. Natijada mustaqil dars tayyorlash davrida
tegishli samaraga erishiladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning ishini kuzatib, ular ishiga baho
qo‘yayotganida o‘z ishining natijasini ko‘radi va mavzuni qan-
chalik tushuntirganu qanchalik tushuntira olmaganini yaqqol
sezadi.
Tizimli va izchil ta’lim o‘quvchilarning bilim va malakalari-
ni chuqurlashtirish, kengaytirish hamda mustahkamlashda katta
ahamiyat kasb etadi. Progressiv pedagogika klassiklari, ta’limning
izchil bo‘lishi prinsipining klassiklari ta’limning izchil bo‘lishi
prinsipining dastlabki va boshlang‘ich didaktik qoidalarini yaratib
berganlar. Jumladan, Ya. A. Komenskiy shunday deydi: «Izchil-
likka rioya qilib o‘qitish lozim, toki, bugun o‘rganilgan ilmlar
kecha o‘rganilganlarni mustahkamlasin, erta o‘rganiladiganiga
zamin hozirlasin»
1
.
Yana bir narsani aytish kerakki, ayrim o‘qituvchilar tarbiya-
chilarga ishonib, uyga ko‘p vazifa beradilar va uy vazifasi
me’yorini buzadilar. Bu yaxshi natijaga olib bormaydi. Shuning-
dek, o‘qituvchi uy vazifasini tushuntirish va uni kundalik daftarga
yozdirish uchun yetarli vaqt ajratishi lozim. Afsuski, ayrim
o‘qituvchilar vaqtni to‘g‘ri taqsimlamay, uy vazifasini qo‘ng‘iroq
chalingandan so‘ng beradi. Bunda o‘quvchilar koridordagi shovqin
tufayli vazifa shartlarini, ishlash yo‘llarini yaxshi tushuna olmay-
dilar.
Shuni ham aytish kerakki, ko‘pgina o‘qituvchilar o‘quvchi-
larga uy vazifasi berish qoidasi va normasiga amal qilmay,
o‘quvchilarni uy vazifalari bilan haddan tashqari band qilib

Komenskiy Ya. Buyuk didaktika. «O‘qituvchi» nashriyoti. T., 1975, 159-
bet.


172
qo‘yadilar. O‘qituvchilar tizimli dars o‘tish va asosiy bilimni
darsda berish o‘rniga, materialni uyga vazifa qilib beradilar.
Buning oqibatida bolalarning darsga qiziqishi susaya boshlaydi,
o‘qituvchi so‘rab qolishi mumkin, degan nuqtayi nazardan uy
vazifalarini shunchaki tayyorlaydilar. Demak, bolalar uy vazifasini
darsda o‘tgan materialni mustahkamlash uchungina oladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining instruk-
tiv-metodik xatida kuni uzaytirilgan maktab va guruhlardagi
o‘quv-tarbiya ishlari quyidagicha qayd qilingan; ya’ni, O‘zbekiston
Respublikasining ko‘pgina maktablarida kuni uzaytirilgan guruh-
larda o‘quvchilar faqat o‘quv mashg‘uloti bilan banddirlar. Bu
o‘quvchilarni o‘quv ishi bilan ortiqcha 8—9 soatlab band qilib
qo‘yishga va tarbiyaviy ishlarning bo‘shashib ketishiga sabab
bo‘lmoqda.
Shuningdek, uy vazifasi berishdagi bir xillik, darslikdan chetga
chiqmaslik o‘quvchilar qiziqishini so‘ndiradi. Ko‘pincha, ayrim
o‘qituvchilarning dars oxirida «Uyga vazifa: kitobning falon
betidan piston betigacha» deb topshiriq berishlari va o‘quv-
chilarning esa «Muncha ko‘p, shunchani ishlab bo‘ladimi?» kabi
so‘roqlarining guvohi bo‘lasiz. Ko‘p hollarda o‘qituvchilar uyga
vazifa berganlarida bolaning o‘tilgan mavzuni tushungani yoki
tushunmaganini hisobga olmaydilar. Natijada bolalar topshirilgan
ishning yechilish yo‘llarini bilmay, mustaqil dars tayyorlash
vaqtida tarbiyachini o‘sha materialni takror tushuntirishga majbur
qiladi, oqibatda, mustaqil dars tayyorlashning cho‘zilib ketishiga
sababchi bo‘ladi.
O‘quvchilar qiziqishini orttirish maqsadida pedagog-tarbiya-
chining uy vazifalarini tayyorlash davomida faqat darslik bilan
chegaralanmay, har bir fanga doir hayotiy mavzular ustida
bolalarni mustaqil ishlatish va yuqorida aytib o‘tganimizdek, uy
vazifasining mazmunini to‘ldiradigan kitoblar, jurnallar, gazetalar
o‘qitish hamda turli mavzuli o‘yinlar tashkil qilishi maqsadga
muvofiqdir.
Quyida shu momentlarga amal qilingan holda IV sinfda ayrim
fanlar bo‘yicha olib borilgan bir kunlik mustaqil dars tayyorlash
mazmunini keltiramiz:
1. Ona tilidan: sifat mavzusi bo‘yicha «Kim narsalarning
sifatini ko‘proq o‘ylab topadi?» (O‘yin xarakterida).


173
2. Matematikadan: sinfda ishlanganidek, o‘z hayotidan yoki
maktab hayotidan masala o‘ylab tuzish.
3. Tabiatshunoslikdan: «Tabiatning xilma-xilligi» mavzusidagi
bo‘limini guruh bo‘lib yoki jamoa bo‘lib o‘qish.
Mustaqil dars tayyorlashning bu shakli bolalarda uy vazifasini
bajarishga havas va qiziqish uyg‘otadi.
Shuningdek, dars tayyorlashning bu usuli bolalarni erkin
fikrlashga, har bir narsa to‘g‘risida o‘ylashga o‘rgatadi.
Ona tilidan «Kim ko‘p sifat topa oladi?» mavzusida o‘tkazi-
ladigan o‘yin turidagi savol-javob orqali bolalar shu fanni puxta
o‘rganadi. Va ayni chog‘da ularning charchog‘i ketadi. So‘ng
esa — matematikadan masala yechadilar. «Tabiatshunoslik»dan
«Tabiatning xilma-xilligi»ni o‘qiydi. Shu yo‘sinda, birinchidan,
bolalarning tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbati tarbiyalanadi,
ikkinchidan, ular tabiat fani asoslarini o‘rganadilar.
O‘quvchilar kitobxonligini to‘g‘ri uyushtirish ham ta’lim-
tarbiya ishida juda katta ahamiyatga ega. Bu o‘qituvchi-tarbiya-
chidan yuksak pedagogik mahoratni talab qiladi. O‘qituvchi
kutubxonachi bilan birgalikda har bir mavzuga oid bo‘lgan
adabiyotlar ro‘yxatini aniqlab, ularni o‘quvchilarga tavsiya etishi
kerak. Bu kitoblarni o‘quvchilarning o‘qiyotgani yoki o‘qimayot-
ganini darsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda alohida savol-
javoblar davomida tekshirib borish lozim. Bu tadbir o‘quvchi-
larning kitobxonlikka bo‘lgan muhabbatini, bilim darajasini
oshirishda katta rol o‘ynaydi.
Kitob o‘qishning tizimli ravishda tashkil qilinishi va o‘qilgan
kitoblar yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib turilishi o‘quv-
chilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada orttiradi, biror
kitobni jamoa bo‘lib muhokama qilishga o‘rgatadi. O‘quvchilar
asar qahramonlarining xarakterlari ustida o‘ylaydigan, fikrlasha-
digan va ba’zi bir jumla hamda so‘zlarni matndan yozib oladigan
bo‘ladilar. Mana shularning barchasi bolalarning tilini taraqqiy
ettiradi, so‘z boyligini oshiradi, dunyoqarashini shakllantiradi.
Shuning uchun quyi sinflardan boshlaboq bolalarni kitobxonlikka
o‘rgatish va bu sohadagi kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish
lozim.
Ayrim tarbiyachilar kitob o‘qishga endigina odatlanayotgan
o‘quvchining kamchiliklariga nisbatan «O‘qishni bilmaysan», «Sen
o‘qishga o‘rgana olmaysan», «Bo‘ldi, sen qo‘yaqol, eshitib


174
o‘tiraver» kabi so‘zlarni aytadilar va qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yadi-
lar. Bunday qo‘pol muomala ularning psixologiyasiga salbiy ta’sir
etadi, o‘qishga bo‘lgan havasini so‘ndiradi, ruhan cho‘ktiradi.
Bolaning nuqsonlarini uning shaxsiga tegmay yotig‘i bilan
tushuntirish va yaxshi o‘qib ketishiga ishonch hosil qilish, aniq
ko‘rsatmalar berish hamda uni yanada yaxshiroq o‘qishga
rag‘batlantirish lozim.
Kuni uzaytirilgan 79-maktab tarbiyachisi S. Irismatova
o‘quvchilarda kitobxonlikni yaxshilashga to‘g‘ri munosabatda
bo‘layotgani uchun IV sinfda 100 foiz o‘zlashtirish berishga
erishdi va shu o‘quvchilarning ko‘pchiligi V sinfda ham «yaxshi»
va «a’lo» baholar bilan o‘qiy boshladilar.
Bir narsani eslatish lozimki, yuqori sinflarda mustaqil dars
tayyorlash uchun kundalik rejimda ajratilgan ikki soat vaqt
ko‘pincha kamlik qiladi. Yuqori sinflarda xilma-xil fan o‘qitilishi
va bolalarning uyda ozmi-ko‘pmi mustaqil sharoitda ishlashga
odatlanganligi kabi xususiyatlar ishning me’yorda borishiga,
rejimda belgilangan vaqtda bajarilishiga xalaqit beradi. Buni
aniqlash maqsadida V—VI sinf o‘quvchilarining mustaqil dars
tayyorlashlarini bir necha marta xronometraj bilan kuzatdik.
Quyida biz VI sinfda olib borilgan bir kunlik kuzatishimiz
natijasini ilova qilamiz:
Bajarish vaqti 
Fan 
15 daqiqada 
20 daqiqada 
30 daqiqada 40 daqiqada 
Ona tilidan 
Adabiyotdan 
Rus tilidan 
Algebradan 
Fizikadan 
2 o‘quvchi 
— 
2 «—» 
2 «—» 
1 «—» 
20 o‘quvchi 
4 «—» 
8 «—» 
4 «—» 
2 «—» 
5 o‘quvchi 
11 «—» 
8 «—» 
11 «—» 
14 «—» 
— 
12 o‘quvchi 
9 «—» 
10 «—» 
10 «—» 
O‘rta hisob bilan mustaqil dars tayyorlash uchun ona tiliga
21 daqiqa, adabiyotga 33 daqiqa, rus tiliga 28 daqiqa, algebraga
31 daqiqa va fizikaga 31 daqiqa, jami ikki soat-u 26 daqiqa vaqt
sarf bo‘lgan. O‘quvchilarning bir qismi — yaxshi o‘zlashtiruv-
chilar mustaqil ishni 1 soat-u 30 daqiqada ishlab ulgursalar, bo‘sh
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bunga 3 soat va undan ham ortiq vaqt
sarf qildilar.


175
V—VI sinflarda o‘quvchilarning mustaqil dars tayyorlash
jarayonini uzluksiz kuzatish natijasida quyidagi kamchiliklarni
aniqladik: o‘quvchilarning mustaqil dars tayyorlashlarida tarbiya-
chi ish funksiyasining hamda rahbarlik qilishdagi ish uslubining
aniqmasligi, bu sohada tarbiyachi huquqining chegaralanganligi;
tarbiyachilarning predmet o‘qituvchilari bilan yaxshi aloqada
bo‘lmasligi; tarbiyachilarning barcha predmetlardan, ayniqsa,
aniq fanlardan to‘la tushunchaga ega emasligi kabi kamchiliklar
ma’lum bo‘ldi. Tarbiyachining hamma fanni birday yaxshi
bilishi, mustaqil dars tayyorlash vaqtida o‘quvchilar tomonidan
beriladigan xilma-xil savollarga doimo to‘liq javob berishi qiyin,
albatta. Shuning uchun V—VIII sinflarda mustaqil dars tayyor-
lashni fan o‘qituvchilari olib borishi maqsadga muvofiqdir.
Keyingi yillarda bu masalaga katta e’tibor berilmoqda.
Ko‘pincha ulgurmovchi o‘quvchilarning dars tayyorlashiga
ko‘proq vaqt ajratish maqsadida ular sinfdan, maktabdan
tashqaridagi ishlardan, to‘garaklardan ozod qilib qo‘yiladi. Kuni
uzaytirilgan 157-, 79-maktablarda olib borgan tajribalarimiz esa
buning aksicha ish olib borish ma’qulligini ko‘rsatdi. Biz birinchi
chorakda ulgura olmagan 6 o‘quvchini yaxshi o‘zlashtirmagan
predmetlari bo‘yicha to‘garaklarga qatnashtirdik. Natijada ular
o‘quv yilining ikkinchi yarmida ulguruvchilar qatoriga qo‘shil-
dilar.
Demak, ta’lim sifatini oshirishda ulgurmovchilarni o‘sha
o‘zlashtira olmagan predmetlari bo‘yicha to‘garaklarga qatnash-
tirish, sinf rahbari, fan o‘qituvchisi va tarbiyachilarning yordami
bilan shu fanlar bo‘yicha o‘qishga bo‘lgan havaslarini oshirish
maqsadida, birinchi galda ularni kichik-kichik badiiy asarlar bilan
ta’minlash juda foydalidir.
Yuqorida bayon qilingan sinfdan tashqari tadbirlarni ko‘proq
kuni uzaytirilgan maktablarda va maktab-internatlarda guruhlar
faoliyatiga tatbiq qilish mumkin. Chunki bu maktablarning
moddiy material bazasi, mutaxassislar, tarbiyachilar bilan ta’min
etilganligi, bolalarning kun bo‘yi maktabda bo‘lishi, darsda
boshlagan ishini kunning ikkinchi yarmida, ya’ni darsdan tashqari
vaqtlarda davom ettirish kabi imkoniyatlar barcha ta’lim-tarbiya
ishlarini muvaffaqiyatli olib borishga katta yordam beradi.
O‘quvchilarning dars tayyorlashini tashkil qilish va boshlashda
ularning diqqatini vazifani bajarishga jalb qilishda pedagog


176
tarbiyachilarning tushuntirish olib borishi katta ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham doimo o‘quvchilarning uy vazifasini bajarishi
tarbiyachining tushuntirishi bilan boshlanadi.
Tarbiyachi uy vazifasini ishlatish vaqtida hamma o‘quvchi-
larning mustaqil ishlashini kuzatib borishi, topshiriqni bajarishda
qiynalgan o‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlashi va unga yordam
berishi, birorta o‘quvchini nazardan chetda qoldirmasligi kerak.
Lozim bo‘lganda parta oralab yurib bolalar ishini ko‘rishi, ayrim
tortinchoq bolalarga alohida e’tibor berishi kerak. Chunki, bunday
bolalar tushunmagan bo‘lsa ham uyalganidan tarbiyachidan
so‘ramaydi, savol bermaydi. Shunday hollarda tarbiyachi
tortinchoq va bo‘sh o‘zlashtiruvchi bolaga o‘zi murojaat qilib,
tushungani yoki tushunmaganini so‘rab tekshirib turishi kerak.
Ba’zi bir bola esa, o‘rinsiz bo‘lsa ham ustma-ust savollar
beraveradi, tortinmaydi, tarbiyachini chalg‘itadi, tartibni buzadi.
Tarbiyachi bunday bolaga boshqa bolalarga nisbatan ko‘proq talab
qo‘yishi, unga qo‘shimcha mashg‘ulotlar berishi va shu kabi
vositalar bilan to‘g‘ri pedagogik ta’sir ko‘rsatishi lozim. Tarbiyachi
bolalardan uy vazifasini aniq belgilangan vaqtda, qunt va diqqat
bilan bajarilishini talab qilsin.
Bolalarning mustaqil ishlashini uyushtirishdagi muhim xusu-
siyatlardan yana biri tarbiyachining bolalar jamoasi o‘rtasida olib
boradigan ishidir. Ko‘pchilik o‘quvchilar qunt va diqqat bilan
ishlash malakalariga ega emaslar. Ular ishga kirishishdan oldin
diqqatni dars tayyorlashga jalb qila olmay turadilar, sal sharpa
bo‘lgan tomonga chalg‘iydilar, agar biron narsa tushunarli
bo‘lmasa, baland ovoz bilan so‘raydilar. Bolalarni mustaqil ish-
lashga, ortiqcha gapirmaslikka, tug‘ilgan qiyinchiliklarni mustaqil
bartaraf etishga o‘qishning birinchi kunidan boshlaboq o‘rgatib
borish kerak.
Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi kuni uzaytirilgan 79-
maktabning III sinf tarbiyachisi S. Irismatova tubandagilarni
aytadi: «Kuni uzaytirilgan guruh bilan ishlashning birinchi oyida
men juda qiynaldim, uch yil birga o‘qib, bir-biriga o‘rgangan
bolalar ham bu sharoitda dars tayyorlashga tez o‘rgana olmadilar.
Hadeb chalg‘ir, ishlash o‘rniga ko‘proq bir-birlari bilan gapla-
shishga urinar, o‘zlari bosh qotirishni xohlamas, bir-biridan
ko‘chirishga harakat qilar edilar. Ba’zi bolalar topshiriqni bajarib
bo‘lganlarini baland ovoz bilan bildirardilar. Bolalardagi bunday


177
kamchiliklarni yo‘qotish uchun men o‘qituvchi bilan birgalikda
«Jamoa bo‘lib o‘qish», «Mehnat qilishning ahamiyati va ta-
moyili», «Bir daqiqani ham qadrla», «O‘rtoqlik, do‘stlik, ham-
korlik qanday bo‘lishi kerak?», «Sinf sharoitida dars tayyorlash»
kabi mavzularda suhbatlar o‘tkazdik va har bir bolaning individual
xususiyatlarini o‘rganib, to‘g‘ri pedagogik munosabatda bo‘lishga
erishdik».
Birinchi sinfda dars tayyorlash vaqtida tarbiyachining o‘zi
rahbarlik qiladi. Ularni ravon o‘qishga o‘rgatadi. II—III—IV
sinflarda esa matnlarni mustaqil o‘qish yuzasidan topshiriqqa yana
ham ko‘proq e’tibor berish talab etiladi. Tarbiyachi o‘quvchilar-
ning mustaqil o‘qish ko‘nikmasini kuzatadi, o‘quvchilar ham o‘z
navbatida bir-birlarining qanday o‘qishlarini o‘zaro tekshirib
ko‘radilar. Keyin uyga berilgan vazifalarning bajarilish sifatini
bilish maqsadida ayrim o‘quvchilar o‘qitiladi. To‘rtinchi sinfda
tabiat va o‘lkani o‘rganish materiallarini o‘zlashtirishni mustaqil
o‘qishdan boshlaydilar.
Umuman olganda, mustaqil mashg‘ulotlar jarayonida o‘quv-
chilar bilimini o‘rganish, nazorat qilish katta ahamiyat kasb etadi.
Bu quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: maxsus yozma ishlar
(diktant, insho, bayon, ijodiy insho, ko‘rgazmali diktant va shu
kabilar) uyushtirib, uni tahlil qilish; o‘qilgan matnlar bo‘yicha
suhbatlar o‘tkazish; o‘quvchilarning daftarini, og‘zaki nutqini,
mustaqil kitob o‘qishini, o‘qilgan narsalarni o‘z so‘zi bilan gapira
olishini nazorat qilish; yozma ishlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarning
sababini aniqlash; harf elementlarining to‘g‘ri ishlatishlarini
o‘rganish; mustaqil ishlash ko‘nikmasini; mustaqil o‘quv ishlarida
elementar talablarga amal qilishni tahlil qilish. Bular asosida
tarbiyachi o‘quvchilarning har tomonlama o‘rganib, ta’lim ish-
larini, ayniqsa, mustaqil dars tayyorlash jarayoni samaradorligi-
ni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tarbiyachi dars tayyorlatishga ajratilgan vaqtdan unumli
foydalanib, uyga berilgan hamma vazifalarni o‘z nazorati ostida
ishlatsa va bunda to‘g‘ri yordam berib tursa, yaxshi natijaga
erisha oladi. Nazoratning tubandagi xillaridan foydalanish
mumkin:
a) tarbiyachi tomonidan;
b) bir-birlarini;
d) o‘zini o‘zi.
12— K. Hoshimov


178
Tarbiyachi tomonidan qilinadigan nazoratning maqsadi
o‘quvchilarning mustaqilligini tekshirish, vazifaning bajarilishi
va uning sifati, materialni o‘zlashtirish darajasi, bo‘sh o‘zlash-
tirishning sabablarini aniqlashdan iborat. Tarbiyachi bolalarning
yozma ishini, kundalik daftarini va sinf jurnalini ko‘rib borishi
kerak. Har qanday holda ham nazorat bolalarning tashab-
buskorligiga xalal bermasligi lozim. Bolalar mustaqil ishlayotgan
vaqtlarida tarbiyachi ularni boshqalar yordamisiz mustaqil
ishlashini kuzatib turadi. O‘quvchi vazifani bajarishda qiyinchi-
likka duch kelsa, tarbiyachiga murojaat etadi, tarbiyachi esa
yordamchi savollar orqali uni to‘g‘ri yo‘lga soladi. Sinfda dars
tayyorlash davomida tarbiyachi doim yurib turmasligi kerak, bu
o‘quvchilar diqqatini chalg‘itishi mumkin. Tarbiyachining
hamma vaqt ham barcha ishni tekshirib chiqishi shart emas.
Ba’zan yaxshi, to‘g‘ri bajarilgan vazifalarning ayrimlarini ustidan
qarab chiqishi kifoya qiladi. Bunda tarbiyachi yaxshi bajarilgan
ishni o‘z ishlari bilan solishtirib, tekshirib chiqishi uchun o‘quv-
chilarga topshiradi. Bunday topshiriq uy vazifalarini muntazam
va o‘z vaqtida ishlab turishga rag‘batlantiruvchi omillardan biri
bo‘lib xizmat qiladi. Chunki o‘quvchilar o‘z o‘rtoqlarining ishini
ko‘rishni xohlaydilar. Ular har bir ishni mayda-chuydalarigacha
tekshiradilar. Bu metod o‘quvchilarda o‘ziga talabchanlik
xislatini vujudga keltiradi.
Tarbiyachi uyga berilgan hamma topshiriqlarning ham ba-
jarilishini to‘liq tekshira olmaydi. Shu tufayli o‘quvchilarning
o‘zlari bajargan ishni o‘zlariga o‘zaro tekshirtirish foydalidir.
Bu, ayniqsa, og‘zaki vazifalarni tekshirishda samara beradi.
Tarbiyachi guruhdagi hamma o‘quvchilarning qay darajada
o‘zlashtirganliklarini tekshirib chiqishi qiyin. Shunga ko‘ra bu
maktablarda og‘zaki vazifaning bajarilishini tekshirishga
ko‘pincha yuqori sinf o‘quvchilarini ham jalb qilish mumkin.
Qobiliyatli o‘quvchilar odatda yozma ishlarni tezroq bajaradilar.
Tarbiyachi bunday o‘quvchilarning ishi yaxshiligiga, xatosiz
bajarganligiga to‘la ishonsa, ularga o‘rtoqlarining ishini
tekshirishga ruxsat beradi. Bunda o‘zi ham ishtirok etadi,
albatta. O‘quvchi o‘rtog‘ining xatosini tuzatmaydi, balki unga
qaysi qatorda xato borligini va uni tekshirish kerakligini aytadi.
Bu usul o‘quvchilarga uy vazifasini tez va yaxshi ishlashda, dars


179
tayyorlash uchun ajratilgan vaqtni qisqartirish imkoniyatini tug‘-
dirishda asosiy stimul bo‘lib xizmat qilmoqda.
Poytaxtdagi 47-maktab huzurida tashkil qilingan kuni uzay-
tirilgan guruhlar turli sinf o‘quvchilaridan tuzilgan. Shuning
uchun guruhdagi yuqori sinf o‘quvchilariga vaqti-vaqti bilan quyi
sinf o‘quvchilarining ishini tekshirish vazifasi berib boriladi.
Masalan, 2-sinf o‘quvchisi qiynalsa, 3-yoki 4-sinf o‘quvchilari
tekshiradi va yordam beradi, 4-sinf o‘quvchisi qiynalsa, tarbiya-
chining o‘zi tekshiradi. Ishning bunday shakli o‘quvchilar
o‘rtasida faollikni oshirish bilan birga o‘zaro tekshirishdagi mas’u-
liyatni sezish va shu orqali o‘quvchilarda o‘rtoqlik va g‘amxo‘rlik
hislarini tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatdi.
Bolalarni mustaqil ishlashga o‘rgatish nihoyatda zarurdir,
yaxshi maktab ham qiyosan uncha katta bo‘lmagan bir hajmda
bilim beradi. Texnika taraqqiyoti, fan taraqqiyoti, kasb-korning
doim almashinib turishi, funksiyalarning almashinib turishi, yangi
paydo bo‘lgan bir qancha masalalarni o‘ylab olish va hal qilish
zarurligi bilim hosil qilish sohasida mustaqil ishlay bilishni talab
qiladi.
O‘zi mustaqil o‘qib bilim orttira olmaydigan va faqat o‘qituv-
chining, tarbiyachining og‘zidan eshitganlarinigina qulog‘iga quyib
oladigan, faqat boshqalarning yo‘l-yo‘rig‘i bilangina ish qila
oladigan o‘quvchi noshud bo‘ladi. Shuning uchun yosh avlodni
mustaqil sur’atda bilim ola bilishga o‘rgatish shu kunning tala-
bidir.
Umuman olganda, tarbiyachining barcha tadbirlari o‘quvchi-
larning uy vazifasini bajarishda mustaqil o‘qib, bilim olish
malakasini hosil qilishiga qaratilmog‘i kerak.
O‘QUVCHI SHAXSINI TARBIYALASHDA BO‘SH VAQT
Bo‘sh vaqt haqida tushuncha. Insoniyatning tarixiy taraq-
qiyoti jarayonida bo‘sh vaqt muhim ahamiyatga ega. Shuning
uchun ham bo‘sh vaqt muammosining ilmiy tahlili faylasuflar,
iqtisodchilar, pedagoglar va siyosiy arboblar diqqatini jalb etib
kelgan.
Olimlar, ziyolilar, klassik yozuvchilar insonning ishdan bo‘sh
vaqtini asosan jamiyat va o‘zining manfaatlari uchun hamda
ma’naviy kamoloti yo‘lida sarflashiga asosiy e’tiborni qaratganlar.


180
Bo‘sh vaqt yoshlarni kamolotga yetkazish va ta’lim-tarbiya
ishlari uchun katta imkoniyat yaratadi. Insonning bo‘sh vaqti
jamiyatning ijtimoiy boyligidir. Chunki inson mehnati va bo‘sh
vaqti to‘g‘ri tashkil etilsa, bu inson shaxsining va jamiyatning
rivojlanishiga bevosita yordam beradi. Modomiki, bo‘sh vaqt
jamiyatning ijtimoiy boyligini oshiruvchi omil ekan, uni tashkil
etishga jamiyat g‘amxo‘rlik qiladi. Demak, o‘z navbatida, bo‘sh
vaqt — jamiyat oldidagi mas’uliyatdan xoli bo‘lgan vaqt emas.
Mamlakatimiz rahbariyati bo‘sh vaqtning ahamiyatiga katta
e’tibor berib, uning samarali kechishiga doimo g‘amxo‘rlik qilib
kelmoqda. Yoshlarni bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishga o‘rga-
tish, uni jismoniy va ma’naviy kamolotni rivojlantirishga yo‘nalti-
rish juda muhimdir.
Boshqacha aytganda, insonning bo‘sh vaqti uning dam olishi,
intellektual taraqqiyoti, bilim olish, oz o‘rtoqlari bilan fikr almashi-
shi, erkin jismoniy va intellektual kuchlarini tiklash vaqtidir. Inson
o‘zining bo‘sh vaqtini faqat o‘z shaxsiy manfaatlari uchun sarf
qilmasdan, balki jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishi lozim.
Jamiyat taraqqiy qilib borishi bilan kishilarning bo‘sh vaqti
strukturasi ham takomillashib boradi. Ayniqsa, bo‘sh vaqt
strukturasida jamoat ishlari alohida o‘rin egallaydi.
Keyingi yillarda xalqimizning bilim va madaniy saviyalarining
yuqori darajaga ko‘tarilishi, ularning o‘qishga ajratgan vaqt
miqdorining ko‘payishiga olib kelmoqda.
Mamlakatimizning ilg‘or kishilari ishdan bo‘sh vaqtda faqat
dam olish, o‘qish bilangina chegaralanib qolmay, balki o‘zlarining
madaniy saviyalarini oshirish, fan, san’at, badantarbiya va shu
kabi ishlar, ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladilar, shuningdek,
jamiyat va xalq manfaatlari yo‘lida turli jamoat topshiriqlarini
bajaradilar.
Jamiyat qurilishi va yoshlarning ma’naviy kamolotida bo‘sh
vaqtdan unumli foydalanish juda muhimdir. Ayniqsa, yoshlarning
chuqur bilim egallashi nuqtayi nazaridan butun o‘quv jarayonini
ratsional tashkil etish, faoliyatning hamma turlaridan vaqtni
tejash, ularda vaqtdan unumli foydalanishga nisbatan ko‘nikmalar
hosil qilishning yo‘l va vositalarini o‘rganish alohida ahamiyat
kasb etadi. Chunki vaqt o‘zgarmas qiymatga egadir. Shuning
uchun ham vaqtni materialning hajmiga emas, balki materialning
hajmini vaqt miqdoriga bo‘ysundirish talab etilmoqda.


181
Vaqtning o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Vaqtni kishi-
lar ko‘rishi, eshitishi, tutishi, hidlashi mumkin bo‘lmasa-da, u
bor narsa: u hech qachon to‘xtamaydi, ovozsiz va betinim doimo
harakat qiladi. Vaqtning eng muhim xususiyati orqaga qaytmaslik,
to‘xtamaslikdir, cheksizlikdir. U hamisha bir yo‘nalishda —
o‘tmishdan kelajakka yuradi. Shu sababdan o‘tgan vaqtni, o‘tgan
kunni va o‘tgan daqiqalarni qaytarib bo‘lmaydi.
Vaqt sekundlar, minutlar, soatlar, kunlar, oylar, yillar, asrlar...
Vaqtning bunday beto‘xtov oqimi odamlarga ma’lum. Qator
hayotiy, falsafiy masalalar kabi vaqt muammosi ham necha
asrlardirki, inson tafakkurini band etib kelgan. Chunki inson
butun o‘tmishi, hozirgi hayoti davomida hal etilmagan muam-
molarni aniqlashga, ularni jamiyat uchun foydali tomonga
bo‘ysundirishga intiladi. Shunig uchun ham insoniyat tafakkuri
taraqqiyoti jarayonida vaqt to‘g‘risida falsafiy fikrlar, nazariya va
qarashlar, astronomik xulosalar, fizik taxminlar, matematik
hisoblar, geografik o‘lchovlar, pedagogik-psixologik tushunchalar
yaratilgan.
Inson madaniyati yuksalgan sari vaqt to‘g‘risidagi bilimlari
ham tobora kengayib borgan. Bu jarayon bizning davrimizda ham
o‘ziga xos ravishda davom etayotir. Shu sababdan vaqtning
qadriga yetish, uni behuda o‘tkazmaslik, turmushning oliy sharti
ekanligi haqida xalqimiz maqol, matal, hikmatli so‘zlar to‘qigan.
Shuningdek, u ijodkorlar va olimlarning sevimli mavzusi bo‘lib
kelayotir. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy yil davomida
kunni tunga ulab, tinmay ishlashi natijasida fanning turli sohalari
bo‘yicha 150 dan ortiq asarlar yaratdiki, buning uchun barcha
insoniyat undan abadiy minnatdordir. Yoqut-al Kamoliy o‘zining
«Adiblar qomusi» kitobida Beruniy zamondoshi — qonunshunos
al-Valvolijiy hikoyasini keltiradi. Unda qayd qilinishicha, Abu
Rayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotganida ham, jon berayotgan
vaqtda ham fan to‘g‘risida o‘ylagan va hayotining so‘nggi daqi-
qalarida uni ko‘rgani borgan al-Valvolijiydan merosiy huquqqa
oid chigal masalani yechishda yordam berishini iltimos qilgan.
Unga al-Valvolijiy: «Shunday holatda-ya?» desa, Abu Rayhon
Beruniy: «Men bu dunyo bilan xayrlashayapman, o‘sha masalani
bilmay ketganimdan ko‘ra, bilib ketganim yaxshiroq emas-
mi?» — deb javob bergan ekan. Shuningdek, al-Xorazmiy o‘lim
to‘shagida yotganida undan Abu Bakir: «Ko‘ngling nimani


182
xohlaydi, ishtahang nimani taqozo qilmoqda?» — deb so‘ragan-
larida, al-Xorazmiy: «Kitob yuziga bir qarasam!» degan ekan.
Taraqqiyot muqarrar ravishda yangi talab va ehtiyojlarni kel-
tirib chiqaradi, shuning uchun ham maktablarda ta’lim-tarbiya
ishlarini yanada takomillashtirish talab etiladi.
Maktabda bolalarni yuksak madaniyatli qilib tarbiyalash
ularni bir me’yorda mehnat qilishga, vaqtdan unumli foydala-
nishga, tartibli hayot kechirishga o‘rgatish demakdir. Kishining
vaqtdan foydalanish madaniyati yuksak bo‘lsa, uning ish
unumining oshishiga, o‘zining intizomli bo‘lishiga yordam
beradi. Bunday xususiyatlar ratsional hal etilgan kun tartibi
orqali amalga oshiriladi. Oqilona tashkil etilgan kun tartibi inson
uchun o‘z-o‘zini tarbiyalashda ongli intizom vositasi bo‘lib
xizmat qiladi. Atoqli pedagog A. S. Makarenko o‘zining intizom
to‘g‘risidagi ma’ruzasida shunday degan edi: «Biz fuqarolardan
har tomonlama intizomli bo‘lishni talab etamiz. Biz fuqarolar-
dan buyruqni nima uchun va nimaga bajarish zarurligini tushu-
nishnigina emas, balki bu buyruqni mumkin qadar yaxshiroq
bajarish uchun uning faol harakat qilishini ham talab qilamiz.
Bu ham ozlik qiladi.
Biz fuqarolardan farmoyish, buyruq berilishini kutib turmas-
dan, o‘z hayotining har bir daqiqasida uning itoatkor, irodali,
tashabbuskor bo‘lishini talab qilamiz»
1
.
Vaqt budjetining yana bir xususiyati shundan iboratki, uni
uzaytirish va qisqartirish mumkin emas, uning har daqiqasidan
o‘z o‘rnida foydalanish mumkin. Tejalgan vaqtdan yoshlar ijodiy
faoliyat va kamolot uchun foydalanmoqlari lozim. Vaqtni o‘rinsiz
sarflashning oqibati, umrni befoyda o‘tkazish to‘g‘risida
K. D. Ushinskiy shunday degan edi: «Hammadan ham shu narsa
zarurki, tarbiyalanuvchi qo‘lida bir ishi, boshida bir fikri yo‘q
bekorchi odamlar kabi, o‘z vaqtini bekorga laqillab o‘tkazishga
sira tobe bo‘lmasin, chunki qo‘l ham, miya ham mashg‘ul
bo‘lmagan ana shunday chog‘da insonning fikri, qalbi va axloqi
buziladi».
2

Maêàðåíêî A. Ñ. Èçáðàííûå ïåäàãîãè÷åñêèå ïðîèçâåäåíèÿ. — Ì.:
Ó÷ïåäãèç, 1946, 253 ñòð.

Ushinskiy K. D. Tanlangan pedagogik asarlar. — T.: 1959, 157-bet.


183
Xulosa qilib aytganda, bo‘sh vaqt yoshlar shaxsining shaklla-
nishiga ijobiy yoki salbiy omil sifatida xizmat qilishi mumkin.
KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH
VA MAKTAB-INTERNATLAR SHAROITIDA
O‘QUVCHILARNING BO‘SH VAQTLARINI UYUSHTIRISH
Kuni uzaytirilgan maktab va maktab-internatlar sharoitida
yosh inson shaxsini har tomonlama shakllantirishda tarbiyaning
barcha vositalari qatori o‘quvchilarning o‘qishdan tashqari,
xususan, bo‘sh vaqtdagi faoliyatlarini o‘rganish va uni to‘g‘ri
rejalashtirish hamda mazmunli o‘tkazishning o‘rni benihoya
kattadir. O‘qishdan tashqari bo‘sh vaqt faqat ko‘ngil ochish uchun
emas, balki ilmiy, badiiy yoki texnikaviy ijod bilan shug‘ulla-
nishni ham taqozo etadi. Pedagogik tadqiqotlarimizning natijasiga
qaraganda, qonunbuzarchilik, kashandalik, bezorilik, ichkilikboz-
lik, giyohvandlik singari noaxloqiy holatlar maktabdan tashqari
vaqtni to‘g‘ri, rejali uyushtirilmasligidan kelib chiqadi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi»da jamoat tashkilotlarining maktab va oila bilan doimiy
ravishda uzviy aloqada bo‘lishi zarurligi, yosh avlodni tarbiya-
lashdagi jamoat tashkilotlari ishini oilaviy tarbiya bilan yanada
ko‘proq qo‘shib olib borish ko‘rsatilgan.
Bo‘sh vaqt ijtimoiy boylik asosidir. Ammo ana shu bo‘sh
vaqtdan kishi qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, shuning-
dek, butun jamiyatning moddiy va ma’naviy imkoniyatlarini
yanada ko‘paytirish maqsadida foydalanilsa, haqiqatan ham
ijtimoiy boylik orta boradi. Jamiyatimiz qurilishi va yoshlarning
ma’naviy kamolotida bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish juda
muhimdir. Ayniqsa, o‘quvchi yoshlarni chuqur bilim egallashi
nuqtayi nazaridan butun o‘quv jarayonini ratsional tashkil etish,
faoliyatning hamma turlarida vaqtni tejash, ularda vaqtga nisbatan
ko‘nikmalar hosil qilishning yo‘l va vositalarini o‘rganish alohida
ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, ota-onalari ishlab chiqarishda band bo‘lgan ay-
rim boshlang‘ich sinf o‘quvchilari darsdan keyingi bo‘sh vaqtla-
rini reja asosida tartibli uyushtira olmaydilar. Bunday bolalarga
shu masala bo‘yicha pedagogik ta’sir etish talab qilinadi. Kuni
uzaytirilgan guruh va maktab-internatlar ana shunday pedagogik


184
ta’sirning muhim omili bo‘lishi bilan birgalikda, ular o‘quv-
chilarning bo‘sh vaqti muammosini hal etishda qator qulayliklarga
egadirlar. Bu tipdagi maktablar o‘quvchilarning bo‘sh vaqti
ommaviy maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtiga qaraganda ikki
barobar ko‘pdir. Shuningdek, bu vaqtning asosiy qismi pedagog-
tarbiyachi tomonidan nazorat qilinadi va uyushtiriladi. Bundan
tashqari bu maktablarda o‘quvchilar bo‘sh vaqtini uyushtirishning
bir qator jihatlari ham mavjuddir. Birinchidan, bu yangi tip mak-
tablarda o‘quv vaqtini tejash hisobiga o‘quvchilarning bo‘sh vaqti
ko‘paysa, ikkinchidan, ularning deyarli hamma vaqti o‘quvchilar
jamoasi sharoitida o‘tadi. Bu esa o‘quvchilarning bo‘sh vaqtdan
yaxshiroq, yanada samaraliroq foydalanish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan esa, o‘quvchilarning ko‘cha-ko‘ylarda o‘tadigan
bo‘sh vaqti ancha qisqaradi. Masalan, umumiy ta’lim maktab-
larining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtacha bir o‘quv kunida
3 soat bo‘sh vaqtga ega bo‘lsalar, kuni uzaytirilgan maktab
o‘quchilari bir kunda o‘rtacha 4 soat-u 50 daqiqa bo‘sh vaqtga
ega bo‘ladilar. Umumiy ta’lim maktablarining IV—VIII sinf
o‘quvchilari bir o‘quv kunida o‘rtacha 2 soat bo‘sh vaqtga ega
bo‘lsalar, kuni uzaytirilgan maktab o‘quvchilari 3 soat-u 40 daqiqa
bo‘sh vaqtga egadirlar (bu, albatta, rejimni to‘g‘ri tuzishga va
unga amal qilishga bog‘liq). Shuni nazarda tutmoq kerakki,
o‘quvchilar bo‘sh vaqtini haddan tashqari ko‘paytirib yuborish
ularning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Vaqtning
pedagogik ma’nosi, mazmuni, yo‘nalishi, motivi, formasi hal
qiluvchi faktor hisoblanadi.
Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatdagi o‘quvchilar-
ning bo‘sh vaqti shunchaki rejimda ko‘rsatilgan tadbir bo‘lmas-
dan, u biror maqsadni ko‘zlab tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarga
o‘lchov bo‘lmog‘i lozim. Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi
oldiga o‘quvchilar bo‘sh vaqtini tashkil etishda quyidagi talablar
qo‘yiladi:
— bo‘sh vaqtni uyushtirishning qulay yo‘llarini aniqlash;
— o‘quv ishlari va bo‘sh vaqt orasidagi o‘zaro bog‘liqlik
qonuniyatlarini yechish;
— o‘quvchilarning o‘quv, dam olish, bayram va ta’til payti-
dagi bo‘sh vaqtini o‘tkazishning turli tizimlarini ishlab chiqish;
— bo‘sh vaqtda mashg‘ulotlar o‘tkazishning moddiy-texnika
bazasini yaratish yo‘llari va mazmunini belgilash;


185
— o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini uyushtirishda o‘qituvchilar,
tarbiyachilar, ota-onalar va keng jamoatchilikning hamkorligini
yo‘lga qo‘yish;
— o‘quvchilarga u yoki bu ishlarni bajarishda yordam berish,
shuningdek, ularning mazmunli dam olishlarini uyushtirish.
Ma’lumki, kuni uzaytirilgan guruh, maktab-internatdagi
o‘quvchilarning bo‘sh vaqti ularning kundalik rejimida aks
ettiriladi va bu vaqtda qator tarbiyaviy ishlarni bajarish ko‘zda
tutiladi. Har bir tarbiyachi va pedagog oldiga o‘quvchilarning
bo‘sh vaqtini uyushtirish davrida o‘quvchi shaxsini har tomon-
lama rivojlantirish, sinfda o‘tkazilgan tarbiyaviy ishlarni davom
ettirish, bolalarga u yoki bu topshiriqlarni bajarishda yaqindan
yordam berish hamda o‘quvchilarning mazmunli dam olishlarini
ta’minlash vazifalari qo‘yiladi. Kuni uzaytirilgan guruh va
maktab-internatlarda bo‘sh vaqtning rang-barang o‘tkazilishi
tarbiyachilarning pedagogik mahoratiga hamda o‘quvchilarning
kontingentiga bog‘liq. Bo‘sh vaqtda o‘tkaziladigan tadbirlar
qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, tarbiyachi tomonidan
qo‘yiladigan aniq vazifaga javob berishi o‘quvchilarning tashab-
buskorligi va ijodkorligining o‘sishiga xizmat qilishi lozim.
O‘quvchilarning bo‘sh vaqti — ularning o‘z saviyasiga, o‘z
xohishiga ko‘ra foydalanadigan vaqtdir. O‘quvchilarning bo‘sh
vaqtini uyushtirishda quyidagilardan keng foydalanish mumkin:
— o‘quvchilarning ijtimoiy axborotlarni o‘zlashtirishi bilan
bog‘liq bo‘lgan faoliyatlari: badiiy kitob va gazeta-jurnallar o‘qish;
kinofilm, televizion ko‘rsatuvlarni, teatr tomoshalarini ko‘rish,
muzeylarga borish;
— o‘quvchilarning ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan
faoliyatlari: o‘rtoqlari bilan sayr, suhbat, muhokama qilish,
uchrashuvlar o‘tkazish, jamoatchilik ishlari bilan shug‘ullanish,
bayramlar, kechalar, sayohat va ekskursiyalar uyushtirish;
— o‘quvchilarning sport bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlari:
badantarbiya daqiqalari, harakatli va tinch o‘yinlar, sport muso-
baqalari, sport o‘yinlari, o‘quvchilarning o‘z xohishiga ko‘ra
o‘ynaladigan o‘yinlar;
— o‘quvchilarning bo‘sh vaqtni individual o‘tkazishlari:
havaskorlik mashg‘ulotlari, passiv dam olish, yakka holda sayr
qilish;


186
— o‘quvchilarning boshqa xilma-xil to‘garak mashg‘ulotla-
riga qatnashishi, maktab yer maydonida ishlashi, «Kamolot» YIH,
«Kamalak» tashkilotlaridagi va o‘quvchilar jamoasidagi ishlari.
O‘quvchilarning maktab va maktabdan tashqaridagi bo‘sh
vaqtlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar rejasini ishlab chiqishda
o‘quvchilarda vaqtni qadrlash hissini tarbiyalash va ularni
o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini yuqori saviyada o‘tkazishga o‘rgatish
masalalariga alohida e’tibor berish lozim. Ayrim o‘quvchilar bo‘sh
vaqtlarini past saviyada o‘tkazadilar. Ular foydasiz o‘yinlarni
o‘ynaydilar yoki o‘zlarining kamol topishlariga yordam beradigan
mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanmaydilar. Tarbiyachi xuddi shunday
o‘quvchilarga bo‘sh vaqtni yuqori saviyada, mazmunli o‘tkazish
uchun yo‘llanma va yordam berishi zarur. Bo‘sh vaqtni uyushti-
rishning tamoyillari ixtiyoriylik, mustaqillik va romantiklikka asos-
lanadi.
Ixtiyoriylik bo‘sh vaqt mazmunidan kelib chiqadi, chunki
bunday vaqtda bolalarning xarakteri ularning istagi va tashabbu-
si bo‘yicha amalga oshadi. Har qaysi o‘quvchiga barcha imko-
niyat va layoqatini ko‘rsatish uchun sharoit yaratiladi. Bolalar
bo‘sh vaqtda o‘tkaziladigan tadbirlarning tashkilotchilari va
ijrochilari bo‘ladilar. Bu esa ularda tashabbuskorlik, ishchanlik,
mustaqillik, tashkilotchilik, jamoatchilik kabi xislatlarni tarkib
topishiga yordam beradi.
Mustaqillik. Kuni uzaytirilgan guruh, maktab-internatlarda
bo‘sh vaqtda dam olish, o‘ynash yoki biror foydali narsa bilan
shug‘ullanishni o‘quvchilarning o‘zlari belgilaydi.
Romantika esa bolalarning ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib
chiqadi. Bolalarning bo‘sh vaqtlarini uyushtirish va qiziqarli
o‘tkazishda maktabda zarur bo‘lgan barcha moddiy texnika bazasi
yaratilishi lozim, ya’ni maktab sport zali, xonalar, o‘quv ishlab-
chiqarish ustaxonalari, o‘yin xonalari, kutubxona, oshxona,
musiqa, milliy cholg‘u asboblari komplekti zali, sport va harakatli
o‘yin, dam olish maydonlari, maktab stadioni kabilar ularning
ixtiyorida bo‘lishi kerak.
Hozirga qadar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini uyushtirishda
pedagoglar, ota-onalar va jamoatchilik o‘z bilganlaricha faoliyat
ko‘rsatib kelmoqdalar. Afsuski, ular o‘rtasida mustahkam aloqa
mavjud emas. Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlari


187
faoliyati va tajribasi ular o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkam
hamda tizimli bo‘lishini taqozo qiladi. Ota-onalar tez-tez sinf
va guruhlarga kirib, farzandlarining bo‘sh vaqtdagi faoliyatlarini
kuzatishlari, ular bilan tanishishlari hamda bolalarga turli
mavzularda suhbatlar uyushtirishlari, mutaxassis (rassom,
xonanda, bastakor, sportchi va hokazo) ota-onalar esa ayrim
mashg‘ulotlarni o‘tkazishlari ham mumkin.
Toshkent shahridagi 147-, 157- va 185-maktablarda kuni
uzaytirilgan sinf va guruh o‘quvchilarining ko‘pchiligi sport
ishlariga jalb etilgan. 147-maktabning ikkita sport zalida har kuni
kech soat 19 gacha voleybol, basketbol, yengil atletika va badiiy
gimnastika bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Sport seksiyalariga
faqat mazkur maktab o‘qituvchilarining o‘zlari rahbarlik qilmay-
dilar. Maktab bazasidagi sport to‘garaklarini bolalar va o‘smirlar
sport maktablarining, «Lokomotiv» sport jamiyatining trenerlari
boshqaradilar. Maktab o‘quvchilarining bir qismi sport maktabi,
sport jamiyati va suv sporti saroyidagi mashg‘ulotlarga ham
qatnashadi.
185-maktabning kuni uzaytirilgan guruhlarining pedagogik
jamoasi madaniy-oqartuv muassasalari, sport maktabi, mahalla
va jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlik qilib, o‘quvchilar bilan
o‘tkaziladigan tarbiyaviy ishlarni sermazmun va qiziqarli o‘tishiga
erishmoqdalar.
Ushbu maktab bilan 25-musiqa maktabi jamoasi o‘rtasida
koordinatsiya kengashi tuzilib, ularning o‘zaro hamkorligida
maktabda rejali, namunaviy estetika kabineti tashkil qilindi. Musiqa
maktabi o‘quvchilarining yordami bilan 50 nafar o‘g‘il bolalardan
2 ta ovozli xor tashkil qilindi. Ular shahar ko‘riklarida qatnashib,
an’anaviy «San’at bayrami»da doimo ishtirok etadilar. Tuman ma-
daniyat uyi xodimlari yordamida dutorchi qizlar ansambli tashkil
etilgani hamda bunga kuni uzaytirilgan sinf va guruh o‘quvchi-
larining jalb qilingani katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Shuningdek, bu maktabda O‘zbekiston xalq rassomi Hikmat
Rahmonov boshchiligidagi rassomlar to‘garagi ishlamoqda. Tar-
biyachi M. Ikromova va H. Rahmonov rahbarligida o‘quvchilar
tomonidan ishlangan rasmlar to‘planib, ko‘rgazma tashkil etildi.
10-sport maktabi trenerlari rahbarligida tumandagi kuni uzaytiril-
gan sinf va guruh tarbiyachilari uchun seminar mashg‘ulotlari,
praktikumlar o‘tkazib turiladi.


188
Bu maktabning otaliq tashkiloti tomonidan maktab sport
maydonchasi kompleks ravishda jihozlandi. Bularning hammasi
kuni uzaytirilgan sinf, guruhlar faoliyatini mazmunan boyitishda,
ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirishda katta yordam
bermoqda.
Faol ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlarining tarbiyachi-
larga, o‘qituvchilarga tarbiya ishlari sohasida yaqindan bergan
yordami tufayli maktabda mas’uliyatsizlik, qarovsizlik holatlari-
ning oldi olindi, sinfdan tashqari ishlar, to‘garak ishlari yaxshi
yo‘lga qo‘yildi. Bu borada Abdulla Nabiyev nomli mahallaning
raisi, maktab ota-onalar qo‘mitasining faol a’zosi, atoqli
san’atkor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist
G‘ani A’zamovning xizmatlari nihoyatda katta bo‘lgan.
Kuni uzaytirilgan maktab, maktab-internatlarda o‘quvchilar-
ning bo‘sh vaqtlari ikki davrda, ikki xil prinsipda tashkil qilinadi:
1. Dars tugagandan keyin uy vazifalarini tayyorlaydigan
vaqtgacha bo‘lgan davrda.
2. Uy vazifasini bajarib bo‘lgandan keyin o‘quvchilar uylari-
ga ketadigan vaqtgacha bo‘lgan davrda.
Birinchi davrdagi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlari o‘qishdan
tashqari vaqtda toza havoda sayr qilish tarzida o‘tkaziladi.
Bolalarning sayr qilishlari ularning jismoniy o‘sishiga va yaxshi
dam olishiga ijobiy ta’sir qilishi kerak. Bolalarning qiziqarli dam
olishlari, jismoniy rivojlanishi va sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun
bo‘sh vaqtdan qanday foydalanish to‘g‘risida ularga elementar
ma’lumotlar berish ham o‘qituvchi va tarbiyachilarning asosiy
vazifasidir. Bunda quyidagi asosiy masalalarga: kundalik rejimga
rioya qilish, ochiq havoda o‘ynash, organizmni chiniqtirish
qoidalariga alohida e’tibor berish zarurligi tushuntiriladi.
Bolalarning tushunchalarini har tomonlama rivojlantirishda
shahar (qishloq) bo‘ylab o‘tkaziladigan sayrlar foydalidir. Chunki
bolalar shahardagi yodgorliklarni, muzeylarni ko‘radilar va o‘zi
yashayotgan shahar yoki qishloq hayoti bilan tanishadilar.
Tarbiyachi sayr qilish vaqtida tashkil qilgan har bir o‘yinda
bolalarni ma’lum bir maqsadga yo‘llashi, yangi o‘yin qoidalari
bilan tanishtirishi, tashkil qilingan o‘yinlarni me’yorida o‘tkazishi
kerak. O‘qituvchi o‘yin va mashg‘ulotlarni polizda, bog‘da ishlash,
kitoblar o‘qish, kashta tikish va hokazolar bilan qo‘shib olib borish


189
foydali ekanini tushuntiradi. Piyoda sayr qilish va ekskursiyalarga
alohida e’tibor berish kerak. (Bir sayr davomida ikki, uch o‘yin
o‘tkazish mumkin, ammo bunda tez bajariladigan o‘yinlarni tan-
lash va o‘tkazish lozim). Bu sohada bolalarga boshlang‘ich
turizmga oid bilimlar berish, bunda turistik anjomlar, kiyim-bosh,
poyabzal, oziq-ovqatlar olish, poxod dori-darmon qutisi va
hokazolar haqida hikoya qiluvchi ko‘rsatma qurollar, rasmlardan
keng foydalanish zarur.
Kuni uzaytirilgan sinf guruhlarining ikkinchi davri uy vazifasi-
ni bajarib bo‘lgandan keyin boshlanadi va klub soati shaklida har
kuni o‘tkaziladi. U o‘z ichiga kitob bilan ishlash, musiqa bilan
shug‘ullanish, siyosiy va estetik mavzularda suhbat, estetik
o‘yinlar, ekskursiyalar va hokazolarni oladi. Ayrim maktablarda
kuni uzaytirilgan guruhlarning ish rejimi quyidagicha tuzib
qo‘yilgan: dushanba — badiiy to‘garak bilan shug‘ullanish;
seshanba — «Kamalak yulduzchasi»; chorshanba — fan
to‘garaklari ishlari; payshanba — mehnat faoliyati bilan bog‘liq
ishlar; juma — badantarbiya va sport ishlari; shanba — ekskursiya,
sayr, muzey, kino va teatrlarga borish, ko‘rgazmalarni ko‘rish
va tomosha qilish.
Shanba kunlari o‘quvchilarda uy topshiriqlari yo‘qligi hisobga
olinib, ular bilan ikki soat atrofida shug‘ullanish mumkin. Klub
soati haftaning ma’lum kuniga rejalashtiriladi. Yuqorida keltirilgan
mashg‘ulotlar o‘zining mazmuni va xarakteri bilan bir-biridan
farq qiladi. Masalan, agar kitob bilan ishlash rejalashtirilgan
bo‘lsa, bu tadbir bolada mustaqil o‘qish, o‘qilgan matnni so‘zlab
bera olish xususiyatlarini rivojlantirmog‘i lozim. Shuningdek,
guruh o‘quvchilari klub soati vaqtida yangi chop qilingan bolalar
adabiyoti bilan tanishadilar.
Haftada bir marta kuni uzaytirilgan guruh klub soati musiqa
va drama to‘garaklarining mashg‘uloti uchun ajratiladi. Bolalar
bilan ishlashning bu shakli qator tarbiyaviy ishlarni yaxshilashda,
ya’ni bolalar jamoasini uyushtirish, ularning umummadaniy
saviyasini oshirish, san’at sohasidagi bilim doirasini kengaytirish,
madaniy hayot ko‘nikmalarini hosil qilish masalalarida yordam
beradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini teatr va kino san’ati bilan
tanishtirib borish tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishda
muhim rol o‘ynaydi. Bolalarni san’at, kino bilan tanishtirishda


190
tarbiyachi qiziqarli suhbatlar o‘tkazadi. Kino mazmuni va
qahramonlardan ta’sirlangan o‘quvchilar ularga mustaqil baho
bera boshlaydilar.
Respublikamizdagi kuni uzaytirilgan guruh va maktab-
internatlarida ilg‘or tarbiyachilar quyidagi o‘yin turlaridan keng
foydalanmoqdalar:
— «Quvnoq startlar» tipidagi o‘yinlardan. Bu o‘yinlar o‘quv-
chilarni fanga, mehnatga va hayotga tayyorlashda muhim rol
o‘ynaydi:
— «Inoqlar tanlovi» tipidagi o‘yinlar esa o‘quvchilarning ijodiy
faoliyatini o‘stirishga xizmat qiladi;
— kasbiy ta’lim va tarbiyaga oid o‘yinlardan. Bunga texnik
modellashtirishning barcha turlari, harakatlanuvchi mashinalar
yasash va boshqalar kiradi;
— adabiy teatr tipidagi o‘yinlardan. Bu o‘yinlar o‘quvchilar-
ning madaniy nutqini va havaskorlik faoliyatini o‘stiradi;
— «Bilimdonlar musobaqasi» o‘quvchilarning mantiqiy fikr-
lash qobiliyatini o‘stiradi;
— har xil attraksionlardan. Bular o‘quvchilarning dam olishini
ta’minlaydi, ularga quvnoqlik baxsh etadi;
— jamoa bo‘lib badantarbiya-sport o‘yinlarini o‘ynash esa
o‘quvchilarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantiradi, ularni
chaqqonlikka, go‘zallikka o‘rgatadi.
Yuqoridagi o‘yinlarning hammasi yagona, umumiy ta’lim-
tarbiya jarayonini yaxshilashga, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtdagi
faoliyatini mazmunli, qiziqarli o‘tishiga yordam beradi.
Shuningdek, avval yozganimizdek, o‘yinda har bir guruhning
sardori belgilanadi. Sardor tarbiyachining yordamchisi hisob-
lanadi. O‘yinning tartibi, qonun-qoidasi o‘yinni boshlashdan oldin
tushuntiriladi. Har qanday o‘yinni quyidagi tartibda tushuntirish
mumkin:
1. O‘yinning nomi, maqsadi, vazifalari.
2. O‘yinchilarning roli va ularning maydonda joylashishi.
3. O‘yinning borishi.
4. G‘oliblarni aniqlash tartibi.
5. O‘yinning qoidasi. O‘yin qoidasini tushuntirish savollarga
javob berish bilan tugaydi.
Harakatli o‘yinlarni tushuntirish davrida tarbiyachi o‘yinni
to‘xtatib, har xil ko‘rsatmalar berishi mumkin. Ammo, bu o‘yin-


191
chilar kayfiyatiga ta’sir etmasligi, o‘yinni sovutmasligi lozim.
Shuni qayd qilish kerakki, o‘yinda berilgan tanaffus davrida
tarbiyachi o‘z yordamchilari orqali guruhdagi o‘yin qoidasini,
tartibini qanday bajarayotganini o‘yinchilarga tushuntiradi. O‘yin
davomida qo‘pollikka, janjalga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik, aksincha,
o‘rtoqlik, haqgo‘ylik, o‘zaro yordam, birodarlik, maqsadga intilish
kabi odatlarni tarbiyalash kerak.
Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarda o‘quvchi-
larning bo‘sh vaqtini uyushtirishda bayramlar katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega. Bayramlar bolalar o‘yinlariga yaqin turadi.
Odatda, u bolalarni to‘lqinlantiruvchi taassurotlar bilan bog‘liq.
Bu tantanali voqea fan, adabiyot, san’at va amaliy ishni bir-biriga
bog‘lashda muhim rol o‘ynaydi. Bayramni kutish, unga
tayyorlanish guruh bolalarining hayotini alohida mazmun bilan
boyitadi. O‘quvchilar bayramga adabiy-musiqali chiqish, xor,
qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishi tayyorlaydilar. Bu jarayonlar o‘quv-
chilarni inoqlik, do‘stlik ruhida tarbiyalaydi.
Bayramlarga tayyorlanish davrida har qaysi guruh kichik
guruhlarga bo‘linib, ularga ishlar taqsim qilinadi. Masalan,
birinchi guruh badiiy havaskorlik bo‘yicha shug‘ullansa, ikkinchi
guruh sinf va guruhlarni jihozlash, kostum va dekoratsiyalar
tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ladi. Uchinchi guruh devoriy gazeta
tayyorlash, bayram dasturini tuzish, mehmonlarni kutib olish
bilan band bo‘lsa, to‘rtinchi guruh o‘yinlar, attraksionlar, o‘yinlar
uchun musiqa tayyorlaydi.
Qarshi shahridagi 2-maktabda bayramlarga tayyorlanish
jarayonida sinflar bo‘yicha yig‘ilish, suhbatlar o‘tkaziladi. Kino-
filmlar namoyish etiladi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va
Armiya jangchilari bilan uchrashuvlar uyushtiriladi. Bu tadbirlar
bolalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta
ahamiyat kasb etadi.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda umumxalq bayramlari singari
o‘quv bayramlari ham hishonlanib turiladi. Bular jumlasiga
«Yangi o‘quv yilining boshlanishi», «Yulduzcha», «Alifbe
bayrami», «Kamalak» tashkiloti tashkil topgan kun» va shunga
o‘xshagan boshqa bayramlar kiradi.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda tug‘ilgan kunni guruh bilan
nishonlash o‘quvchilarda do‘stona tuyg‘ularni vujudga keltiradi.
Tarbiyalanuvchilar tug‘ilgan kunini nishonlayotgan o‘rtog‘iga


192
o‘zlari yasagan buyumlar, kashtalar, chizgan rasmlarini sovg‘a
qilishadi.
Yangi tip muassasalarda adabiyot to‘garaklarini yaxshiroq
tashkil qilish imkoniyatlari mavjud. Bunda bolalar hikoya va
ertaklarni o‘qish orqali tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar
haqidagi tasavvurlarini boyitadilar. Bu tadbir bolalarning g‘oyaviy-
siyosiy, axloqiy hamda estetik tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda
muhim vositadir. Bolalar va o‘smirlarning to‘garaklari kundalik
turmush hodisasi bo‘lib qolmog‘i zarur.
To‘garaklarda qatnashish orqali o‘quvchilarning tashabbuskor-
ligi va mustaqilligi hamda axloqiy fazilatlari yanada ortadi. Eng
muhimi, ularning vaqti to‘g‘ri maqsadga yo‘naltiriladi.
O‘quvchilarni mehnatsevar va axloqli qilib tarbiyalashda,
ularni kasb tanlashga o‘rgatishda Qarshi shahridagi Alisher Navoiy
nomli maktab, shuningdek, Chiroqchi tumani maktablarida
tashkil etilgan to‘garaklar e’tiborga loyiq ishlarni amalga oshir-
moqda.
Bu maktablarda to‘garak va klub hayoti qaynaydi. Ota-ona-
lar maktabning doimiy mehmoni, ular o‘quvchilar ko‘rgazmala-
rida, kechalarida ishtirok etadilar. O‘z bolalarining qanchalik
mazmunli va qiziqarli hayot kechirayotganliklarini ko‘radilar.
Dam olish va ta’til kunlarida bolalarning bo‘sh vaqtlari qanday
tashkil etilganligi, ular qanday tarbiyalanayotganligi, dam olish,
baynalmilal do‘stlik klublari, o‘quvchilar ilmiy jamiyatlari va
to‘garaklari qanday ishlayotganligi bilan tanishadilar.
Kuni uzaytirilgan guruh, sinflar va maktab-internatlarga jalb
qilingan o‘quvchilarning hammasi ham uy ishlarini bajarishga
o‘rgangan bo‘lavermaydi. Shu sababli guruhdagi bolalar bilan
bo‘sh vaqtlarda ijtimoiy-foydali mehnat va uy-ro‘zg‘or ishlari
haqida suhbatlar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib turish maqsadga
muvofiqdir. Bekobod tumanidagi 12-maktabning ilg‘or, tajribali
o‘qituvchilari o‘quvchilar bilan «Tozalik — salomatlik garovi»,
«Navbatchining vazifalari», «Hamma joyda tozalik uchun
kurashaylik» kabi mavzularida suhbatlar o‘tkazib turadilar.
Bundan tashqari «Sinf xonamiz — o‘z xonamiz», «Tugma
qadash», «O‘z joyini yig‘ishtirish» kabi mavzularda amaliy
mashg‘ulotlar o‘tkazilishi natijasida tarbiyalanuvchilar o‘z-o‘ziga
xizmat ko‘rsatish malakalariga ega bo‘ladilar. Buning tarbiyaviy
ahamiyati shundaki, u bolalarni ijtimoiy-foydali ishlarga


193
tayyorlash bilan birga, ularni axloqiy ruhda tarbiyalashda ham
muhim vositadir. O‘quvchilarning maktab hovlisini, tevarak-
atrofni supurib-sidirishi, suv sepishi, ariqlarni tozalashi, sinflar-
ni yig‘ishtirishi, deraza, eshik va pollarni yuvishi, maktab gulzori
va atrofdagi o‘simliklarni parvarish qilishi kabi yumushlarning
tarbiyaviy roli juda ham katta.
Xalqimizda «bola yoshidan» degan naql bor. Yoshlar, xususan,
qizlar bichish-tikish, ovqat tayyorlash ishlarini yaxshi bilishlari
uchun ularga shu ishlarni ularga bolaligidan o‘rgata borish lozim.
Bichish-tikishning dastlabki elementlari I—III sinflarda o‘rgatib
boriladi. Bunda tarbiyachi qizlarga dastlab igna bilan muomala
qilishning yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatadi. Bu jarayonda oddiydan
murakkablikka qarab borish tamoyiliga amal qilinadi.
Albatta, biz yuqoridagilarni barcha maktablarda tadbiq qilish
majburiy deb ayta olmaymiz, lekin ulardan o‘zlari uchun
keraklilarini olib, o‘z maktablari sharoitiga moslashtirsalar
foydadan xoli bo‘lmaydi.
Tarbiyachi o‘tkazilayotgan har bir tadbirning muvaffaqiyatli
yakunlanishiga javobgardir, chunki u har bir ishda sezdirmagan
holda o‘quvchilarga yordam beradi. Ayniqsa, bo‘sh vaqtni ko‘ngil-
dagidek o‘tkazishda klublar faoliyati salmoqlidir. Toshkent uy
boshqarmalari huzuridagi bir qator klublarga bolalar jalb etilgan.
Masalan, Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 157-maktab,
Olim Xo‘jayev nomli mahallada o‘quvchilarning yig‘ma guruhlari
asosida maktab klubi tashkil qilingan. Keyinchalik bu klubning
faoliyati hamma sohalarda keng avj olib ketdi. «Kamalak»
tashkiloti va «Kamolot» YIH hamda mahalla jamoatchiligining
yordami bilan klub ancha ishlarni amalga oshirdi. «O‘quvchi,
sening bo‘sh vaqting», «Bir onning qadri», «Vaqtingni va yosh-
ligingi qadrla» kabi mavzularda bir qancha suhbat va munozaralar
uyushtirdi. Ularda bir daqiqa ichida bajariladigan ishning qim-
mati, uning ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati ishonarli misollar
yordamida bayon etildi.
O‘tkazilgan shu munozarada o‘quvchilar vaqtga nisbatan
to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni, vaqtni bekor o‘tkazmaslik zarur-
ligini bilib oldilar. Ayniqsa, keksalarning, mehnat faxriylarining
suhbatlari samarali bo‘ldi.
Shunday qilib, o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqti katta
ijtimoiy-pedagogik qimmatga egadir. Bu vaqtda ular faqat dam
13 — K. Hoshimov


194
olibgina qolmay, balki o‘zlarining o‘quv doirasidagi bilimini,
madaniy saviyalarini takomillashtiradilar. Bundan tashqari bolalar
jamoat topshiriqlarini bajarishlari yoki oila a’zolariga yordam-
lashishlari mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchilarning darsdan keyingi bo‘sh
vaqtining samarali o‘tishi va maqsadga muvofiq bo‘lishi mak-
tabning sharoitiga, undagi tarbiyaviy ishlarning holatiga, «Kama-
lak» va «Kamolot» YIHning faoliyatiga, sport va maktabdan
tashqari tarbiya muassasalarining ishlariga bog‘liq ekan.
Tadqiqotlarimizning natijasida shu narsa aniqlandiki, 77—85
foizgacha bo‘lgan o‘quvchilar har kuni bo‘sh vaqtining 40 daqi-
qasini, shanba va yakshanba kunlari esa 1 soat-u 40 daqiqasini
badiiy kitob o‘qish uchun sarf qiladi, 35 foiz o‘quvchilar bo‘sh
vaqtini to‘garaklarda va har xil klublarda o‘tkazadilar.
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini uyushtirishda o‘quvchi uchun
zarur bo‘lgan foydali mashg‘ulotni o‘qituvchi yoki tarbiyachi tan-
laydi, unga esa jamoat tashkilotlari va oila yordam beradi. Biroq,
o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi faqat maktabda yoki
bo‘sh vaqt jarayonida emas, balki axloqiy va ma’naviy fazilatlarga
asos solinadigan oilada ham amalga oshadi. Basharti oilaga
axloqsizlik, nopoklik, o‘g‘rilik, yulg‘ichlik illatlari aralashsa, shu
oilada o‘sayotgan bolaning axloqiy va ma’naviy tarbiyasida xunuk
hodisalar ro‘y berishi turgan gap.
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashning hozir-
gi bosqichida oilaning tarbiyachilik funksiyasi bilan bog‘liq
vazifalar beqiyos darajada o‘zgaradi va kengayadi. Oila bolaning
ma’naviy o‘sishi, fuqarolik sifatlari, dunyoqarashi, e’tiqodi,
mehnatga va o‘z vazifalariga munosabati kabi fazilatlari uchun
jamiyat oldida javobgardir. Oila bolaning birinchi tarbiyachisi,
ayni vaqtda maktabning ham eng birinchi, eng yaqin, faol
yordamchisidir. Ijtimoiy tarbiya bilan oiladagi tarbiyani birga
qo‘shib olib borishning ahamiyati nihoyatda kattadir.
Har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashda maktab va
oilaning birgalikdagi roli benihoya kattadir. Jamiyatimizda bola
tarbiyasi har bir o‘qituvchi va ota-onaning jamiyat va davlat
oldidagi ijtimoiy burchidir. Maktab tarbiyasi bilan oila tarbiyasi
tarbiyada bir-biriga uzviy bog‘langan yagona bir jarayondir.
Oilalar bilan dastlabki tanishishimiz ularning turmush tarzi,
hayoti, ota-onalarning pedagogik iqtidori, ya’ni oilaning tarbiyada


195
muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini o‘rganish shuni ko‘rsa-
tadiki, agar oila yaxshi uyushgan jamoa sifatida qaror topgan
bo‘lsa, tarbiya muvaffaqiyatli hal qilinadi.
Biz ota-onalar va tarbiyachilar bilan «Bo‘sh vaqtda bolalari-
miz nima bilan shug‘ullanadilar?» degan savol bo‘yicha anketa-
so‘roqlar o‘tkazdik. Bunda 350 dan ortiq ota-onalar, tarbiyachilar
qatnashdilar. Ularning javobi quyidagicha bo‘ldi:
1. Sport bilan shug‘ullanadi — 180 kishi.
2. Badiiy adabiyotlar o‘qiydi — 175 kishi.
3. Uyni yig‘ishtirish va tozalashda qatnashadi — 115 kishi.
4. Uy ishlarida qatnashadi — 100 kishi.
5. Kinoga boradi — 102 kishi.
6. Stol tennisi bilan shug‘ullanadi — 80 kishi.
7. Jamoat ishlarini bajaradi — 85 kishi.
8. Musiqa, badiiy havaskorlik bilan shug‘ullanadi — 80 kishi.
9. O‘z ishi bilan shug‘ullanadi, o‘rtoqlari bilan birga bo‘ladi —
110 kishi.
10. Cho‘milish, rasm chizish, velosiped minish, qo‘l mehnati
va hokazolar bilan shug‘ullanadi — 150 kishi.
Shunday qilib, yuqoridagi javoblardan ma’lum bo‘lishicha,
o‘quvchilarning ko‘pchiligi bo‘sh vaqtlarini badiiy adabiyot o‘qish,
sport to‘garaklariga qatnab, o‘z o‘rtoqlari bilan o‘tkazar ekan.
Bundan tashqari biz bolalar tarbiyasi bo‘yicha ota-onalarga va
tarbiyachilarga «Siz bo‘sh vaqtda bolalaringizda qaysi sifatlarni
tarbiyalashga ahamiyat berasiz?» degan savol bilan murojaat etdik.
Ular esa quyidagicha javob berdilar:
1. Axloqiy sifatlarni tarbiyalashga (vatanparvarlik, kamtarin-
lik, to‘g‘rilik, sofdillik) — 150 kishi.
2. Madaniy saviyalarini oshirishga — 50 kishi.
3. Intizomli qilib tarbiyalashga — 55 kishi.
4. Mehnatsevar qilib tarbiyalashga — 45 kishi.
5. Bilim olishga qiziqishini o‘stirishga — 65 kishi.
6. Irodali qilib tarbiyalashga — 45 kishi.
7. Tashabbuskorlik va faollikni tarbiyalashga — 30 kishi.
8. Boshqa sifatlarni tarbiyalashga — 80 kishi.
Anketa-so‘roqlarining birinchi va ikkinchi savollariga berilgan
javoblar va ularni taqqoslash shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarda
axloqiy sifatlarni paydo qilish va ularni o‘stirish ko‘proq oilaviy
tarbiyaga bog‘liq ekan. Shunisi xarakterliki, qaysi oilada hamjihat-


196
lik, yakdillik bo‘lsa, o‘sha joyda mustahkam oila jamoasi qaror
topgan. Shunday oilada turli ixtiloflar, kelishmovchilik va janjallar
bo‘lmaydi, bolalarning bo‘sh vaqtlari qiziqarli, maqsadga muvo-
fiq o‘tadi.
Xalqimizda «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan hikmat
bor. Bola ham oilada nimani ko‘rsa, eshitsa, shunga qarab ish
tutadi. Demak, bu oilalarda bolalar tarbiyasi yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan bo‘ladi. Lekin shunga qaramasdan oilada duch keli-
nadigan qiyinchiliklar mavjud. Shu nuqtayi nazardan, oiladagi
axloqiy muhitni aniqlash uchun ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan
«Oilada bolalar tarbiyasida duch keladigan qiyinchiliklar. Ularni
yengmoq mumkinmi va qanday yordamga muhtojsiz?» — degan
savolni o‘z ichiga olgan anketamizga quyidagicha javoblar oldik:
1. Bolalar bilan shug‘ullanish uchun bo‘sh vaqt oz — 133
kishi.
2. Bolalarda hafsalaning kamligi — 93 kishi.
3. Bolalardagi o‘jarlik va o‘zboshimchalik — 84 kishi.
4. Bolalar o‘z vazifalarini bajarishni xohlamaydilar — 89 kishi.
5. Bolalar kun tartibiga rioya qilishmaydi — 85 kishi.
6. Axloqsizlik (egoizm, qo‘pollik, aldash va hokazo) — 77
kishi.
7. Bolalar to‘g‘risida adabiyotlarning kamligi — 74 kishi.
8. Boshqa qiyinchiliklar — 35 kishi.
Ko‘rib turganingizdek, berilgan javoblarning 38 foizi bolalar
bilan shug‘ullanish uchun bo‘sh vaqt yetishmasligi, 29 foizi
bolalarga yordam berishda bilim darajasining kamligi, 20 foizi
oilada bolalar tarbiyasi to‘g‘risidagi adabiyotlarning ozligi to‘g‘-
risidadir. Keltirilgan faktlarga asoslanib oiladagi munosabatlar
tizimi, hayot qonun va qoidalari, shart-sharoitlar, ota-onalarning
tarbiyada qo‘llaydigan vosita va usullari tarbiya maqsadlariga mu-
vofiq bo‘lishi kerak, degan xulosani chiqarish mumkin. Buning
uchun ota-onalar bolalarda axloqiy sifatlarni tarbiyalash nimalar-
dan iborat ekanligini aniq tasavvur etishlari lozim. Shundagina
oila tarbiyasidagi strategiya va taktika bir-biriga muvofiq, maqsad-
ga to‘g‘ri yo‘naltirilgan, vazifa aniq belgilangan bo‘ladi va bu
samarali natijalarga olib keladi. Faqat shundagina oilaning yaxshi
axloqqa ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalashdagi imkoniyatlari optimal-
lashadi. Maktab tarbiya masalasida ommaviy pedagogik tashviqot
orqali ota-onalarga yordam berishi: tarbiyaviy soatlar, siyosiy ax-


197
borot va boshqalar orqali o‘quvchilarga g‘oyaviy-siyosiy, estetik
bilimlar berish, oila sharoiti va undagi muhitni o‘zgartirishga
erishish, ota-onalarga ham, o‘quvchilarga ham egallangan
bilimlarga muvofiq odatlarni shakllantiradigan mashqlar ishlab
chiqilishi kerak.
Demak, asosiy masala ota-onalarning pedagogik madaniya-
tini o‘stirish, oilada bo‘sh vaqtni to‘g‘ri tashkil etish, munosa-
batlar tizimi va oila hayotini to‘g‘ri uyushtirish, bolalarni tarbiya-
lash san’ati va mahoratini egallashlariga bog‘liqdir.
Jamiyat rivojlanishining hozirgi jadallashtirish bosqichida yangi
kishini kamol toptirish, har tomonlama rivojlangan shaxsni
tayyorlash uchun zarur shart-sharoit yaratilgandir. Shaxsning
garmonik rivojlanishi uchun uning aqliy kuch va qobiliyatlarining
ravnaq topishi, o‘z ustida muntazam ishlashi ahamiyatga ega.
Buning uchun shaxs o‘z vaqtini maqsadga muvofiq o‘tkazishi va
uyushtira olishi kerak. Shaxsdagi shunday malakalar maktab

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin