Milliy tadqiqot



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə1/5
tarix21.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#118664
növüReferat
  1   2   3   4   5
gidrologiya

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI
MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
“MILLIY TADQIQOT” UNIVERSITETI

FAN: ________________________________________________


KAFEDRA: _____________________________________________________


REFERAT
MAVZU: GIDROLOGIYA FANINING RIVOJLANISHI TO’G’RISIDA QISQACHA TARIXIY MA’LUMOTLAR TAHLILI. GIDROLOGIYADA KOSMIK USULLARNI QULLASH ISTIQBOLLARI.

Bajardi: _____________________


Tekshirdi: ___________________

TOSHKENT 2023



Gidrologiya fanining rivojlanishi to’g’risida qisqacha tarixiy ma’lumotlar tahlili. Gidrologiyada kosmik usullarni qullash istiqbollari.
Reja:

  1. Gidrologiya

  2. Gidrologiyaning bosh vazifalaridan biri

  3. O’rta Osiyoda gidrologiyaning rivojlanish tarixiga oid ayrim ma’lumotlar. 

  4. Yurtdoshlarimizning gidrologiya faniga qo’shgan hissasi

Gidrologiya Yer to’g’risidagi fanlar turkumiga kiradi. "Gidrologiya" yunoncha so’z bo’lib, "gidro"-suv va "logos"-bilim yoki fan degan ma’noni beradi. Umumiy qilib ayt­ganda gidrologiya suv haqidagi fandir.


Yer kurrasining suv qobig’i­ gidrosfera bir necha qismlardan tashkil topgan va undagi har bir suv ob’ekti faqat o’ziga xos xususiyatlargagina ega bo’ladi. Shu sababli gidrologiyaga kengroq ma’noda quyidagicha ta’rif berish mumkin: gid­rologiya­gidrosferadagi suvlarni, ya’ni okeanlar va den-gizlarni, daryolar va ko’llarni, doimiy qorliklar va muzliklarni, botqoqliklarni, yer osti suvlarini, ular-ning joylashishini, xususiyatlarini hamda ularda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlarning atmosfera, litos-fera va biosferadagi boshqa hodisalar bilan o’zaro aloqasini o’rganuvchi fandir.
Gidrologiya fani o’rganiladigan suv ob’ektlarining turiga ko’ra ikki qismga-okeanologiya (okeanlar, dengizlar gidrologiyasi) va quruqlik gidrologiyasiga bo’linadi.
Okeanologiya okeanlar va dengizlarning umumiy xusu­siyatlarini hamda ularda sodir bo’ladigan hodisa va jara­yonlarni atrof­muhit bilan aloqador holda o’rganadi.


Quruqlik gidrologiyasi esa o’z navbatida daryolar gid­rologiyasi (potamologiya) ko’llar va suv omborlari gid­rologiyasi (ko’lshunoslik-limnologiya), muzliklar gidro-logiyasi (glyatsiologiya) va botqoqliklar gidrologiyasi (tal­matologiya)ga bo’linadi. Ko’p hollarda gidrologiya deganda quruqlik gidrologiyasi nazarda tutiladi.
Gidrologiyaning bosh vazifalaridan biri suv ob’ekt­larining gidrologik rejimini o’rganishdan iboratdir. O’rganiladigan muammolari va tadqiqot usullariga qarab hamda suv resurslaridan foydalanish bo’yicha tarixan vu­judga kelgan masalalarni hal etish bilan bog’liq holda gidrologiyadan uning bir necha bo’limlari-gidrometriya, gidrografiya, gidrologik hisoblashlar, gidrologik basho­rat(prognoz)lar kabilar mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Oxirgi ikki fan, ba’zan, umumiy nom bilan mu­handislik gidrologiyasi deb ham ataladi.
Gidrometriya-gidrologiyaning o’lchov qismi bo’lib, suv ob’ektlarining gidrologik rejimi elementlari (suv sathi, suv sarfi, suvning tezligi, suv yuzasi nishabligi)ni o’lchash, kuzatish uslublarini ishlab chiqish va ularni bevosita amalga oshirish ishlari bilan shug’ullanadi.


Gidrografiya-esa ma’lum hududdagi suv ob’ektlari-ning o’ziga xos xususiyatlarini joyning tabiiy geografik sharoiti bilan bog’liq holda o’rganib, ularga gidrologik va xalq xo’jaligidagi ahamiyati nuqtai nazaridan yondoshgan holda yozma tavsif beradi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin