Bola huquqlari to’g’risidagi Konventsiya muqaddimasidan ko’chirma:
―Ushbu Konventsiyaga ishtirokchi davlatlar,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavida e‘lon qilingan printsiplarga
muvofiq, jamiyat barcha a‘zolarining o‘ziga xos bo‘lgan qadr- qimmati, teng va
ajralmas hukuqlari e‘tirof etilishi Er yuzida erkinlik, adolat va tinchlikni
ta‘minlashning asosidir deb hisoblab,
Birlashgan Millatlarning xalqlari Ustavda insonning asosiy huquqlariga,
inson shaxsining sha‘ni va qadr-qimmatiga bo‘lgan o‘z ishonchlarini
tasdiqlaganliklari hamda katta erkinlik asnosida ijtimoiy taraqqiyot va turmush
sharoitlarini yaxshilash borasida ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e‘tiborga
olib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
va inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro paktlarda har bir inson mazkur hujjatlarda
ko‘rsatib qo‘yilgan huquq hamda erkinliklarga irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini,
siyosiy yoki boshqa e‘tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli,
tug‘ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq belgilariga ko‘ra har qanday
tafovutdan qati nazar, ega bo‘lishini e‘lon qilganligi va bunga rozilik
bildirganligini e‘tirof etib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida
bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e‘lon qilganligini
eslatib,
jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanmish oila va tabiiy muhit uning barcha
a‘zolari, ayniqsa bolalar o‘sib-ulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari uchun
jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishiga
erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan
ta‘minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda,
bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamol
topishi uchun u oila muhitida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida
o‘sishi zarurligini e‘tirof etib,
bola jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Ustavida e‘lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa tinchlik, qadr-
qimmatni his etish, sabr-toqatlilik, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida
tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib,
bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi‖ 1924 yilgi Bola
huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959 yil 20 noyabrda Bosh Assambleya
tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida nazarda tutilganligini
hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy hukuqlar
to‘g‘risidagi xalqaro paktda (jumladan, 23 va 24-moddalarida), Iqtisodiy, ijtimoiy
va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda (jumladan, 10-moddasida),
shuningdek ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari
bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning ustavlari va tegishli hujjatlarida
e‘tirof etilganligini e‘tiborga olib,
Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek, "bola, hali u jismoniy
va aqliy jihatdan kamolotga etmaganligi bois, alohida muhofaza va g‘amxo‘rlikka,
shu jumladan tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyin ham lozim darajadagi huquqiy
himoyaga muhtoj" ekanligini e‘tiborga olib,
Ijtimoiy va huquqiy printsiplar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar
himoyasi va baxt-iqboli, ayniqsa bolalarni milliy va xalqaro darajalarda
tarbiyalashga berish hamda ularni farzandlikka olish paytidagi himoyasi va baxt-
iqboliga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Voyaga etmagan
bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari ("Pekin
qoidalari") va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va
bolalarni himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalariga tayanib,
jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan
bolalar borligini hamda ular alohida e‘tiborga muhtoj ekanliklarini e‘tirof etib,
bolaning himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir
xalqning an‘analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini
munosib tarzda hisobga olib,
har bir mamlakatda, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning
turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini
e‘tirof etib,
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
(Konventsiyadagi moddalardan tayyorlangan tarqatma yordamida guruhlar
ishi tashkil etiladi).
Bola huquqlarini ta‘minlashda O‘zbekistonRespublikasi BMTning:
1) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;
2) Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro
pakt;
3) Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham
berish to‘g‘risidagi konventsiya;
4) Irqiy kamsitishlarga barham berish to‘g‘risidagi konventsiya va Qiynoq
va muomala va jazoning shafqatsiz, noinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi
boshqa turlari to‘g‘risidagi konventsiyasi kabi boshqa asosiy xalqaro
shartnomalariga ham tayanadi.
BMTning oltita asosiy xalqaro hujjatiga qo‘shilgach, O‘zbekiston
Respublikasi xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan printsiplari va normalariga
muvofiq tarzda bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muayyan xalqaro
majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.
2008 yilda O‘zbekiston parlamenti bola huquqlariga ham tegishli
bo‘lgan bir qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi:
1. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi XMT ning
konventsiyasini (2008 yil 4 aprelda);
2. Bolalar mehnatining eng yomon shakllarini taqiqlash va tugatishga
doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi XMTning konventsiyasini (2008 yil 8
aprelda);
3. Birlashgan
Millatlar
Tashkilotining
Transmilliy
uyushgan
jinoyatchilikka qarshi konventsiyasini (Nyu-York, 2000 yil 15 noyabr)
to‘ldiruvchi odam savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini
olish hamda unga chek qo‘yish va uning uchun jazolash haqidagi protokolini
(2008 yil 8 iyulda);
4. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyaga doir bolalar savdosi,
bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ
protokolni (2008 yil 11 dekabrda);
5. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyaga doir, bolalarning qurolli
mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokolni (2008 yil 12 dekabrda).
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq yoshlarga bo‘lgan munosabat
davlatning e‘tibor markazida bo‘lganligini 1991 yil 20 noyabr kuni qabul
qilingan ―Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to‘g‘risida‖gi Qonunning
qabul qilinganligi ko‘rsatadi. 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasida
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha
chora- tadbirlar Dasturining yaratilishi, 2016 yilda ―Yoshlarga oid davlat
siyosati to‘g‘risida‖gi Qonunning qabul qilinishi mamlakatda istiqomat
qilayotgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 60%dan ortiq aholi vakillarining
ijtimoiy, huquqiy, qonuniy manfaatlari doimo davlatning diqqat markazida
ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Ushbu qonun 4 bob, 33 moddadan iborat
bo‘lib, 2016 yilning 15 sentyabridan kuchga kirgan.
•
• TOPSHIRIQLAR
• BOLA HUQUQlARI TO‗G‘RISIDA BOSH QONUNIMIZDA
NIMALARGA TO‗XTALGAN?
• XALQARO VA MILLIY QONUNCHILIGIMIZNING FARQlI
TOMONLARI NIMADA?
Dostları ilə paylaş: |