Ariza to‘liq qanoatlantirilgan va qarzdor a mchJ soddalashtirilgan tartib-taomil asosida bankrot deb topilgan, hamda tugatishga doir ish yuritish boshlanishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan



Yüklə 25,68 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü25,68 Kb.
#169132
казус якуний ИПҲ


КАЗУС №1
Arizachi sudga ariza bilan murojaat qilib, arizasida A MChJ 2020 yil 06 may kuni yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi, jamiyatning yagona taʼsischisi o`zi hisoblanishi, korxonaning 2023 yil 04 aprel kuni holatiga soliq va boshqa yig‘imlardan 59 547 499,73 so‘m qarzi mavjudligi, yuzaga kelgan qarzni undirish bo‘yicha soliq organi tomonidan qarzdorning bankiga yuborilgan inkasso topshiriqnomasi bank hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ bo‘lmaganligi sababli bank tomonidan 2-sonli Kartotekaga joylashtirilganligi, arizachi tomonidan soliq qarzlarini mol-mulkidan undirish to‘g‘risida 26.04.2022 yilgi qarori chiqarilib, A MChJga taqdim qilinganligi, ushbu ijro hujjatlari asosida ijro organi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan bo‘lib, qarzdorning mol-mulklari aniqlanmaganligi, qarzdorlikning undirish imkoniyati yo‘qligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 40-moddasi 1-qismi 3-bandiga asosan ijrosiz qaytarilganligi bayon qilinib,A MChJni mol-mulki yo‘qligi, uning hisob raqamida pul mablag‘lari mavjud emasligi, soliq va boshqa yig‘imlardan 59 547 499,73 so‘m qarzi mavjudligi va ushbu qarzlarni undirish uchun jamiyatning boshqa aktivlari yo‘qligi natijasida jamiyat tomonidan pul majburiyatlari bo‘yicha kreditor talablarini qanoatlantirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi hamda tegishli majburiyatlar va to‘lash majburiyati yuzasiga kelgan kundan eʼtiboran uch oydan oshiq vaqt mobaynida qarzdor tomonidan to‘lovlar amalga oshirilmaganligini inobatga olib, qarzdorni soddalashtirilgan tartibda bankrot deb topish so‘ragan. Ariza to‘liq qanoatlantirilgan va qarzdor A MChJ soddalashtirilgan tartib-taomil asosida bankrot deb topilgan, hamda tugatishga doir ish yuritish boshlanishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Qarzdorni tugatishga doir ish yuritishni boshlash uchun A.Hakimov tugatish boshqaruvchisi etib tayinlangan.


Kazus 2
Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi iqtisodiy sudga murojaat qilib, “Nurbuloq maʼdanli suv bilan davolash” xususiy shifoxonasiga Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan 2014-yil 6-dekabrda tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan 4029-TIB-sonli litsenziyaning amal qilishini tugatishni soʼragan. Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi arizasi sudga 2021-yil 22-avgust kuni kirim qilingan boʼlsada, ushbu arizani ish yurituvga qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʼgʼrisidagi ajrim 2021-yilning 02-sentabr kuni chiqarilib, ishni koʼrish 20 sentabrga tayinlangan. Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan shifoxonaga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 2014-yil 6-dekabrda 4029-TIB-sonli (seriyasi А №001255) litsenziya berilgan boʼlib, ushbu litsenziyaga asosan shifoxonaga ambulator vastatsionar sharoitda fizioterapiya boʼyicha davolashga ruxsat etilgan.Ushbu litsenziyaga asosan Sogʼliqni saqlash vazirligi va shifoxona oʼrtasida 2015-yil 22-fevralda 1577-sonli litsenziya shartnomasi tuzilgan boʼlib, ushbu shartnomaning 2.1-bandiga koʼra, shifoxona tibbiy faoliyatni litsenziya talablari va shartlariga rioyaqilgan holda amalga oshirishi koʼrsatilgan, shartnomaning 2.2-bandida tibbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida litsenziya talablari va shartlari nimalardan iboratligi belgilangan. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining 2021-yil 19-iyuldagi 06-10432-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida Sogʼliqni saqlashvazirligining 2021-yil 20- iyuldagi 220-sonli buyrugʼiga asosan Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Nurbuloq koʼrgʼonida joylashgan shifoxonada 2021-yil 25-iyul kuni litsenziya shartnomasi talablari va shartlarining bajarilishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirishoʼtkazilgan. Tekshirishda Sogʼliqni saqlash vazirligi vashifoxona oʼrtasida 2015-yil 22-fevralda tuzilgan 1577-sonli litsenziya shartnomasining shartlari qoʼpol ravishda buzilgani aniqlangan.Litsenziya shartnomasida shifoxonaga laboratoriya tashkil etishga ruxsat berilmagan boʼlsa-da, javobgar tomonidan ushbu faoliyat turi bilan shugʼullanilgan.


Kazus 3
10.10.2021-yilda “Chilonzorteks” MCHJ va “Kilakum textile” (Turkiya) oʻrtasida toʻqimachilik sanoati uchun 12 mln. AQSH dollari miqdoridagi texnika va ehtiyot qismlari yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgan. 2021-yil dekabr oyida mahsulot Toshkentdagi “Ark-buloq” bojxona postiga yetib kelgan. Mahsulotlarni koʻzdan kechirish davomida 1 mln. AQSH dollari miqdoridagi tovarlar sifatsiz ekanligi aniqlangan. Biroq, “Kilakum textile” vakillari ushbu kamchilikni tan olishmagan va uni bartaraf etishdan bosh tortishgan. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib, “Chilonzorteks” MCHJ tovarlar uchun toʻlovni ataylab kechiktirgan. “Kilakum textile” Hakamlik sudiga murojaat qilib, oʻzaro shartnomaning 18.2.2-bandiga muvofiq “Chilonzorteks” MCHJdan 6 mln. AQSH dollari miqdoridagi qarzdorlikni undirishni soʻragan. Hakamlik sudi hakamlik bitimi mavjud emasli sababli ushbu nizoni koʻrishga vakolati yoʻqligi sababli daʼvo arizasini koʻrishni rad etgan. Shunda “Kilakum textile” Toshkent shaxar iqtisodiy sudga murojaat qilgan. Iqtisodiy sud mazkur nizoni muhokama qilish davomida “Chilonzorteks” nizoni hakamlik sudida koʻrish boʻyicha “Kilakum textile” bilan kelishgan. Iqtisodiy sud ishni hakamlik sudida koʻrish uchun kelishuvga kelishgan boʻlsa ham davlat boji qaytarilmasligini maʼlum qilgan va shundan soʻng “Kilakum textile” hakamlik sudida koʻrish uchun erishilgan kelishuvdan voz kechib iqtisodiy sudga nizoni koʻrishni davom ettirishini bildirgan. Shundan soʻng, iqtisodiy sud nizo koʻrib “Kilakum textile” foydasiga hal qiluv qarori qabul qilgan.


Kazus 4
2022-yil 7-iyulda “BUILDER BEST” MCHJ (bundan buyon matnda MCHJ deb yuritiladi) ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oʻtkazilib, unda ishtirokchilar M.Kambarova (ulushi 21 %, 210.000.000 soʻm) va A.Azizovni (ulushi 13 %, 130.000.000 soʻm) jamiyatdan chiqarish, yangi taʼsis hujjatlarini tasdiqlash va ustav fondi miqdorini belgilash hamda yangi ishtirokchilarni hisobga olgan holda ustav fondidagi ishtirokchilar ulushlarini taqsimlash masalalari koʻrib chiqilgan. MCHJ ishtirokchilarining ushbu umumiy yigʻilishida ishtirok etmagan va tegishli tartibda xabardor qilinmagan M.Kambarova va A.Azizov unda qabul qilingan qarorlardan norozi boʻlib, yaʼni qarorlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmagan holda qabul qilingan degan vaj bilan iqtisodiy sudga murojaat qilib, MCHJ ishtirokchilarining 2022-yil 7-iyuldagi umumiy yigʻilishi qarorini va mazkur qarorga asosan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan 2022-yil 11-iyuldagi MCHJ ustavini haqiqiy emas deb topishni soʻragan. Biroq, sud alohida xonaga kirgunga qadar taraflar mazkur nizoni hakamlik sudida koʻrishni lozim topganligini sudga ogʻzaki ravishda murojaat qilgan. Shunda, sud nizoni koʻrmasdan qoldirgan va taraflar hakamlik sudiga murojaat qilgan. Hakamlik sudi MCHJ ustavida maʼlum bir nizo kelib chiqqan taqdirda hakamlik sudiga murojaat qilish haqida alohida band mavjud emasligidan kelib chiqqan holda, alohida hakamlik bitimi tuzishni va shundan soʻng hakamlik sudi mazkur nizoni koʻrib chiqishi mumkinligini maʼlum qilgan. Lekin M.Kambarova va A.Azizovlar hakamlik sudining qoʻshimcha talablari maʼqul kelmaganidan soʻng, ular qayta iqtisodiy sudga murojaat qilgan.


Kazus 5
Hakamlik sudining hal qiluv qaroriga asosan “A” MChJ “B” MChJga nisbatan daʼvo talablari qisman qanoatlantirilib, taraflar oʼrtasida tuzilgan lizing shartnomasi muddatidan avval bekor qilinib, javobgardan daʼvogar foydasiga 700 000 000soʼm muddati oʼtgan lizing toʼlovlari, 28 000 000 soʼm penya, 3 500 000 000 soʼm muddatidan avval lizing toʼlovlari, hakamlik yigʼimi va pochta xarajatlari undirilgan. Birinchi instantsiya sudining ajrimi bilan hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berilgan. Keyinchalik daʼvogar sudga ariza bilan murojaat qilib, ijro varaqasi MIBga topshirilganligi, ijro varaqasi doirasida ijro ishi qoʼzgʼatilib, qarzdorlikni majburiy tartibda undirish choralari koʼrilganligi, biroq javobgarning bank hisob raqamida pul aylanmasi boʼlmaganligi, unga tegishli mol-mulklar mavjudligi aniqlanmaganligi sababli qarzdorlik toʼliq undirilmaganligi uchun ijro varaqasini ijro etish usuli va tartibini oʼzgartirib, undiruvni lizing obyekti hisoblangan Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur mahallasida joylashgan “Choyxona va savdo doʼkoni bino-inshootlari”ga qaratishni soʼragan. Birinchi instantsiya sudining ajrimi bilan daʼvogarning ijro varaqasini ijro etish usuli va tartibini oʼzgartirish toʼgʼrisidagi arizasini qanoatlantirish rad etilgan. Da`vogar ushbu ajrim ustidan shikoyat qilgan.Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori bilan birinchi instantsiya sudining ajrimi oʼzgarishsiz qoldirilgan.Daʼvogar apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, shikoyatda sud hujjatini ijro qilishga toʼsqinlik qiluvchi holatlar mavjudligi, sudlar ushbu holatlarni inobatga olmasdan asossiz xulosaga kelganligi haqida vajlar keltirilib, birinchi instantsiya sudining ajrimi va apellyatsiya instantsiyasi sudining qarorini bekor qilishni, ijro varaqasining usuli va tartibini oʼzgartirish boʼyicha yangi qaror qabul qilishni soʼragan.Javobgar sud muhokamasini oʼtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan boʼlsa-da, ularning vakili sud majlisiga kelmadi.


Kazus 6
“Аsia alliance bank” АTB va “Oybek” MChJ oʼrtasida 2-sonli kredit shartnomasi tuzilgan. Unga koʼra, daʼvogar javobgarga yillik 20 foiz ustama toʼlash sharti bilan 18 oy muddatga 1 500 000 000 soʼm miqdorida kredit mablagʼlari ajratish, javobgar esa belgilangan toʼlov grafigi asosida kredit toʼlovlarini amalga oshirib borish majburiyatini olgan. Javobgar tomonidan kredit shartnomasida kelishilgan taʼminotga oid shartlar bajarilmagan va tegishli mulk garovga taqdim etilmaganligi, daʼvogarning talabnomalari javobgarlar tomonidan eʼtiborsiz qoldirilganligi sababli daʼvogar iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgarlar zimmasiga koʼchmas mulkni, daʼvo arizaga ilova qilingan garov shartlarida, kadastr organlaridan roʼyxatdan oʼtkazgan holda ipoteka shartnomasini tuzish majburiyatini yuklashni soʼragan. Iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo talabini qanoatlantirish rad etilgan. Apellatsiya instansiyasining qarori bilan birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori oʼzgarishsiz qoldirilgan. Sud qarorlaridan norozi boʼlib daʼvogar kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, birinchi va apellyatsiya instantsiya sudlarinining qarorlarini bekor qilib, daʼvo talabini qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishni soʼragan. Sud majlisida daʼvogar vakili shikoyatni quvvatlab, javobgar tomonidan olingan kredit uchun “Munisa” XKga tegishli koʼchmas mulkni garovga qoʼyishi lozim boʼlganligi, biroq garovga qoʼyib bermaganligi, kredit va unga hisoblangan foizlar toʼlanmayotganligi sababli, shikoyatni qanoatlantirib, sud qarorlarini bekor qilib daʼvoni qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishni soʼradi. “Munisa” XK “Oybek” masʼuliyati cheklangan jamiyatining rahbari uning tanishi ekanligi sababli dastlabki olingan kreditlarga oʼz mulkini garovga qoʼyib berganligi, oldingi garovlar tuzilgan vaqtda uch tomonlama shartnomalar imzolanganligi, biroq daʼvogar bilan xech qanday uch tomonlama shartnomalar imzolanmaganligi, uning mulklari garovga olinishiga qarshi ekanligini maʼlum qilib shikoyatni qanoatlantirishni soʼradi. “Oybek” masʼuliyati cheklangan jamiyati sud muhokamasi haqida xabardor qilingan boʼlsa-da, vakillari sud majlisiga ishtirokini taʼminlamadi. Shartnoma shartlariga asosan kreditga olinayotgan pul mablag’lari “Munisa” XKga tegishli koʼchmas mulk bilan taʼminlanishi, notarial rasmiylashtirilgan garov predmetining garov (ipoteka) shartnomasi shartnoma imzolangan kundan 90 (toʼqson) kalendar kun ichida javobgar tomonidan daʼvogarga taqdim etilishi belgilangan.


Kazus 7
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” АJ bilan 8-son Аkusherlik majmuasi oʼrtasida 2021-yil 3-yanvarda tuzilgan 5636-sonli elektr energiyasi yetkazib berish va undan foydalanish shartnomasi shartlariga koʼra, daʼvogar “taʼminotchi” sifatida zimmasiga ulangan tarmoq orqali shartnomaning 1-ilovasida koʼrsatilgan miqdorda elektr energiyasini yetkazib berish, javobgar esa “isteʼmolchi” sifatida olingan elektr energiyasi haqini oʼz vaqtida toʼlash majburiyatini olgan. Shartnoma shartlariga koʼra, daʼvogar tomonidan elektr energiyasi yetkazib berish boʼyicha majburiyatlar bajarilgan boʼlsada, javobgar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun toʼlovlar vaqtida toʼlanmaganligi bois, 2023-yil 12 fevral holatiga javobgarning kommunal toʼlovlardan qarzdorligi 20.523.944 soʼmni tashkil qilgan. Qarzdorlikni oldini olish va nizoni sudgacha hal etish boʼyicha javobgar yuridik manziliga 2023-yil 18-martda yuborilgan 13/440-sonli talabnoma natijasiz va javobsiz qoldirilganligi bois, daʼvogar sudga murojaat qilib, javobgar hisobidan 20.523.944 soʼm miqdorda asosiy qarzni va toʼlov kechiktirilganligi uchun 3078591,6 soʼm neustoyka undirib berishni soʼragan.Sud majlisida daʼvogar vakili sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar tomonidan asosiy qarz summasi 2023-yil 28-mart kuni toʼliq toʼlanganligi bois, daʼvo talablarining ushbu qismidan voz kechishini bildirdi va suddan daʼvo talablarining neustoyka qismini, shuningdek sud xarajatlarini qanoatlantirib berishni soʼradi. Javobgar vakili sudga qarz summasi toʼliq toʼlanganligini bildirdi va suddan daʼvo talablarini rad etishni soʼradi.


Kazus 8
Аrizachi Sergeli tuman Davlat soliq inspektsiyasi qarzdor “BEK” АJning mol mulkidan 42 819 481 soʼm muddati oʼtgan soliq qarzini undirib olish uchun Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudga sud buyrugʼini berish toʼgʼrisidagi 2022-yil 3-sentabrda ariza bilan murojaat qilgan. Sud 7-sentabr kuni ushbu arizani IPKning 138-moddasi 1-qismi 1-bandiga ko`ra qaytargan. Arizachi ajrimda ko`rsatilgan kamchilikni bartaraf etib 8-sentabrda takroran sudga murojaat qilgan. Qarzdordan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga 2022-yil 10-sentabrda ariza kelib tushib, unga koʼra qarzdorga 3-sentabrda Sergeli tuman Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan sudga sud buyrugʼini berish toʼgʼrisidagi ariza nusxasi yuborilganligi, shu sababli 5 sentabr 2022-yilda qarz summasining 30 000 000 soʼmini toʼlanganligini bildirgan, toʼlovni tasdiqlovchi hujjatni nusxasini ilova qilgan va kreditorga sud buyrugʼi berishni rad etishni soʼragan. Sud qarzdorning arizasini inobatga olib 12 819 481 so`m muddati o`tgan soliq qarzini undirish to`g`risida sud buyrug`i chiqargan. Qarzdor sud buyrug`ini bekor qilish to`g`risida ariza bilan yuqori instansiya sudiga murojaat qilib o`zining e`tirozini sudga taqdim qilganligiga qaramasdan sud tomonidan sud buyrug`i berilganligini ma`lum qilgan.


Kazus 9
Daʼvogar “OQBULOQ GAVHARI” fermer xo‘jaligi manfaatida Payariq tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, unda javobgar “PAYARIQKLASTER” MCHJdan daʼvogar foydasiga 151 570 672 so‘m qarzni undirishni, taraflar o`rtasida tuzilgan ijara shartnomasini bekor qilishni va ijara mulklarini qaytarishni so‘ragan. Sud muhokamasida ishtirok etgan daʼvogar vakili N.Qosimov tushuntirish berib, ish bo‘yicha taraflar o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilganligini bildirdi. Javobgar vakili L.Arziqulov buni tasdiqladi. Kelishuv bitimida daʼvogar daʼvo talabining ijara shartnomasini bekor qilish va ijara mulklarini qaytarish, qarzning 6 570 672 so‘mlik qismidan voz kechganligi, javobgar 145 000 000 so‘m qarz va 30 000 so‘m pochta xarajatini 2023 yil 25 aprel sanasiga qadar hisobraqam orqali daʼvogarning hisobraqamiga to‘liq to‘lab berishi belgilangan. Sud ushbu kelishuv bitimini tasdiqlab ishni tugatdi. Biroq javobgar kelishuv bitimida belgilangan majburiyatini bajarmadi. Da`vogar sudga kelishuv bitimini bekor qilishni so`rab murojaat qildi.​
Kazus 10


"A" MCHJ iqtisodiy sudga daʼvo ariza bilanmurojaat qilib, "A" MCHJ va "B" xususiy korxonasio`rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasinio‘zgartirishni so`ragan. Daʼvogarning sud majlisida bildirgan fikrlariga ko‘ra "A" MChJning sobiq rahbari 150 kv.m maydonga ega zamonaviy uslubda ta`mirlangan va jihozlangan ko`chmas mulkning bozor bahosini aniqlamasdan shartnoma tuzgan. Ish hujjatlaridan maʼlum bo‘lishicha, da`vogar nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilmagan. Shu sababli sud “A” MChJning arz qilingan talabini ko`rmasdan qoldirishni lozim topgan. "A" MCHJ ushbu ajrim ustidan shikoyat qilib ular o`rtasidagi shartnomada nizoni hal qilishning hech qanday tartibi belgilanmaganligini ma`lum qilgan. Sud shikoyatni ko`rib chiqib ajrimni o`zgarishsiz qoldirishga qaror qildi. Shundan so`ng da`vogar nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilib, sudga yangi da`vo arizasi bilan murojaat qildi. Sud ish yuzasidan holatni batafsil o`rganib va dalillarni tekshirib da`vo talabini qanoatlantirdi.
Kazus 11
“Salt” MCHJ bilan “O’zbekiston temir yo’llari” AJ o’rtasida 2023-yil 10-fevralda “Borsa kelmas” stansiyasidan “Marg’ilon” stansiyasiga texnik tuz mahsulotini temir yo’l orqali yetkazib berish haqidagi yuk tashish shartnomasi imzolangan. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tomonidan ushbu mahsulot belgilangan muddatdan 30 kun kechiktirilgan holda yetkazib berildi. “Salt” MCHJ kechiktirilgan 30 kun uchun shartnomada belgilangan 35 000 000 so’m miqdordagi jarimani undirishni so’rab iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Sudya IPKning 107-modda 1-qism 5-bandiga asosan, ushbu da’vo arizasini ko’rmasdan qoldirish to’grisida ajrim chiqardi. Da’vogar sudgacha nizoni hal qilish tartibiga rioya qilib yana da’vo ariza bilan sudga murojaat qildi. Lekin davlat bojini to’lamasdan birinchi marta bergan da’vo arizasiga to’lagan davlat boji kvitansiyasini ilova qildi.


Kazus 12

“Aziya” MCHJ va “Lux” MCHJ o’rtasida 2023-yil 30-yanvarda mahsulot yetkazib berish shartnomasi imzolangan. Ushbu shartnomaga asosan, “Aziya” MCHJ 2023-yil 30-martda shartnomada ko’rsatilgan mahsulotni “Lux” MCHJga yetkazib bergan. Lekin “Lux” MCHJ tomonidan ushbu mahsulot uchun to’lov amalga oshirilmadi. Natijada “Aziya” MCHJ yetkazilgan mahsulot haqini undirish uchun iqtisodiy sudga sud buyrug’i chiqarishni so’rab murojaat qildi. Sud IPKning 144- moddasi 1- qism 2- bandiga ko’ra sud buyrug’i berishni rad etish to’g’risida ajrim chiqardi. ​“Aziya” MCHJ ajrim ustidan shikoyat qildi. Shikoyat rad etildi va ​“Aziya” MCHJga da’vo tartibida shikoyat berish huquqi tushuntirildi.​
Kazus 13


“Navbahor” AJ (ishda daʼvogar) tomonidan tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga nisbatan berilgan apellyatsiya shikoyatida ishni birinchi instantsiyada koʼrib chiqishda sud tomonidan iqtisodiy ish yuritishning asosiy prinsipi boʼlgan - oshkoralik tamoyili qoʼpol ravishda buzilganligini koʼrsatgan. Аniqlanishicha, daʼvogar sud jarayonida AJ mehnat jamoasining bir nechta aʼzosini ishtirok etishini istagan boʼlsada, ular sud majlisi binosiga kiritilmagan. Sudya sud majlisi zaliga hammani sigʼdira olmasligini bildirib, “Navbahor” AJ vakilining mehnat jamoani sud zaligi kiritish haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirishni rad qilgan. Apellatsiya instansiyasi IPKning 268-moddasi 1-qismi 2-bandiga ko`ra apellatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilishni rad etdi. “Navbahor” AJ birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori hali qonuniy kuchga kirmaganligi sababli hal qiluv qaroridagi sud xarajatlarining taqsimoti ustidan apellatsiya shikoyati yozdi.


Kazus 14


Аrizachi “Madad-Xamkor” xususiy korxonasi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilib, unda oʼz hisobidan va oʼz tashabbusiga koʼra qulaylik yaratish maqsadida umumiy ovqatlanish shahobchasi yonidagi chiqindi tashlash joyida alohida chiqindi toʼplash modulini barpo etilganligini, undan doimiy ravishda foydalanib kelinayotganligini, bu bilan antisanitariya holatlari barham topganligini, arizani qanoatlantirish ushbu modulni va unga tutash hududni ijaraga berish uchun kerakligini bildirib, Toshkent shahar, Mirobod tumani, I.Karimov koʼchasi, 87-uy manzilida joylashgan 120 kv.m. boʼlgan yer maydoni hududida oʼz mablagʼi hisobidan qurilgan yengil tipdagi modul inshooti hamda chiqindi yigʼish bino qurilmasi qurilganligi va undan foydalanib kelganligi faktini belgilab berishni soʼragan. Sud majlisiga ishda manfaatdor shaxs sifatida jalb qilingan shaxslar sud majlisiga kelmadilar va kelmaganlik sabablarini maʼlum qilmadilar. Tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga asosan arizachi “Madad-Xamkor” xususiy korxonasining yuridik ahamiyatga ega boʼlgan faktni belgilash haqidagi arizasini qanoatlantirgan. Аniqlanishicha, “Madad-Xamkor” xususiy korxonasi Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan boʼlib, toʼqqiz qavatli uyning birinchi qavatida aholiga umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʼrsatib kelgan. Аrizachi oʼz faoliyatini boshlagan vaqtda umumiy ovqatlanish joyiga tutash hududlardan, xususan koʼp qavatli uylar va muassasalardan chiqqan chiqindilar 120 kv.m. maydonda antisanitariya holatida saqlanib kelgan.Mirobod tuman hokimining 2000 yil 27 iyuldagi Sh.454-02-sonli rozilik xati bilan Toshkent shahar hokimining 2000 yil 17 maydagi 93-sonli qaroriga asosan ushbu joyda yengil tipdagi chiqindi yigʼish moduli oʼrnatilgan va hudud obodonlashtirilgan.


Kazus 15
Hakamlik muhokamasi taraflaridan biri muvaqqat hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʼgʼrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilgan. Arizaga hal qiluv qarorining ko’chirma nusxasi, hakamlik bitimi, davlat boji to’langanilgini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan.
Iqtisodiy sud tomonidan hakamlik sudi daʼvo talablari notoʼgʼri qanoatlantirilganligi, daʼvo talablariga asos boʼlgan holatlar toʼliq isbotlanmaganligini asos qilib, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad qilib, hakamlik sudining qarorini bekor qilgan va bu bo’yicha hal qiluv qarori chiqarilib uni kuchga kirish muddati 1 oy etib belgilangan.


Kazus 16


Da'vogar “ENDO” MCHJ 2021-yil 12-aprelda iqtisodiy sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “GAMMA” MCHJ dan 15 000 000 so'm asosiy qarz, 3 000 000 so'm penya va 1 000 000 so'm jarima undirishni so'ragan. Da'vo arizaga da’vogarning ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqish to'g'risidagi iltimosnomasi ham ilova qilingan.
2021-yil 20 aprelda iqtisodiy sud tomonidan da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va iqtisodiy ishni qo'zg'atish to'g'risida ajrim chiqarilib, ushbu ajrim bilan da'voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan – bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oshmasa ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqish mumkinligi asos qilinib taraflarning iltimosnomasi rad qilingan.
Taraflar o'rtasida 2020-yil 1-yanvarda №1-sonli shartnoma tuzilgan bo'lib, unga ko'ra, da'vogar javobgarga tibbiy uskuna vositalarini yetkazib berish, o'z navbatida javobgar mahsulotni qabul qilib olishi va shartnomada belgilangan muddatda va tartibda to'lovni amalga oshirish majburiyatini olgan.
2021-yil 30-mayda sud muhokamasida aniqlangan ish holatlariga ko'ra, shartnoma shartlariga asosan da'vogar o'z majburiyatini bajarib, javobgarga 2020-yildagi 1 martdagi №1-sonli hisobvaraq-fakturaga asosan jami 15 000 000 so'mlik mahsulotni yetkazib bergan. Biroq, javobgar shartnoma bo'yicha yetkazib berilgan tovar uchun da'vogarga to'lovlarni to'liq amalga oshirmagan.
Sud muhokamasida javobgar tomonidan 15 000 000 so'm asosiy qarz to'langanligini tasdiqlovchi bank ma'lumotnomasi sudga taqdim etilgan
Kazus 17


Daʼvogar Olmazor tuman hokimiyatining javobgar “Navo” xususiy korxonasiga nisbatan noqonuniy qurilmani buzish to‘g‘risidagi daʼvo arizasi bo‘yicha Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 1314-sonli iqtisodiy ishi bo‘yicha 2022 yil 07 avgustda chiqarilgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi “Navo” xususiy korxonasi ariza murojaat qilgan. Sud “Navo” xususiy korxonasining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizasini asossiz deb hisoblab, uni qanoatlantirishni rad qilib, ish yuritishni tugatgan.


Kazus 18


Daʼvogar “Navo” AJning “Orzu” MCHJ hisobidan 77.963.000 so‘m undirish va shartnomani haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi daʼvo arizasi bilan Asaka tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qilgan. Sud muhokamasida daʼvogar vakillari tomonidan “Navo” AJ 2021 yil 28 noyabrdagi 78-sonli ryestr raqami bilan “Navo” masʼuliyati cheklangan jamiyati sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida Guvohnomasini taqdim etib, uning huquqiy vorisi ekanligini bildirishgan. Sud protsessual huquqiy voris kirib kelishi uchun ish yuritishni ishini yangidan ko‘rish uchun to‘xtatgan.


Kazus 19
2023 yil yanvarida “AAA” MCHJ va “Nurafshon” MCHJ o’rtasida mahsulot yetkazib berish shartnomasi imzolangan bo’lib, shartnomani 1,5 bandiga ko’ra, “AAA” MCHJ 15 favralga qadar mahsulot yetkazib berishi va 1,9 bandiga ko’ra, “Nurafshon” MCHJ tomonidan yetkazib berilgan mahsulotga dastlab 70% to’lovni, mahsulot yetkazib berilganidan keyin 1 martgacha qolgan 30% to’lovni amalga oshirish belgilangan.
Da’vogar “AAA” MCHJ 2023 yil aprel oyida iqtisodiy sudga murojaat qilib mahsulotni belgilangan muddat va tartibda javobgarga yetkazib berilgan bo’lsada, shartnoma bo’yicha qolgan 30 % to’lov, 15 mln so’m to’lovni amalga oshirmayotganligini ma’lum qilib, asosiy qarz va 3 mln so’m penya undirishni so’ragan. Da’vogar o’z arizasiga ishni soddalashtirilgan tartibda ko’rib hal qilish yuzasidan iltimosnoma kiritgan.
Javobgar “Nurafshon” MCHJ vakili shartnomada taraflar o’rtasida nizo kelib chiqsa, sudgacha nizoni hal qilish chorasi ko’rish kerakligi belgilanganligini va sud tomonidan ariza ko’rmasdan qoldirishni so’ragan.
Iqtisodiy sud sudyasi Xolmatov Iqtisodiy protsessual kodeksiga ko’ra, faqat nizo summasi kam bo’lgan ishlargina soddalashtirilgan tartibda ko’rib chiqilishini ma’lum qilib, da’vogarning iltimosnomani qanoatlantirishni rad qilgan va umumiy tartibda ishni mazmunan ko’rishni davom ettirgan.
Kazus 20


Arizachi “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJ manfaatida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza bilan murojaat qilib, qarzdor «BEST» MCHJdan 30 363 531,70 so‘m asosiy qarz, 20 102 703,56 so‘m penya undirishni so‘ragan.
Qarzdor «BEST» MCHJ arizachi tomonidan javobgarga elektr energiyasi yetkazib berganligi taqqoslash dalolatnomasi jo‘natilmaganligi va ogoxlantirilmaganligini vaj qilib keltirdi.
Shuningdek, yuqoridagi xolat yuzasidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi vakili ishtirokini rad qilishni, sababi bu nizo “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJ va «BEST» MCHJ o‘rtasida nizo ekanligini takidladi.
Yuqoridagi xolatlarni va pandemiya sharoiti «BEST» MCHJ faoliyatiga salbiy tasir qilganligi, xozirda MCHJ moddiy sharoiti yaxshi emasligini inobatga olib, davogarning davo talablarini to‘liq rad qilishni va sud xarajatlarini davogar zimmasiga yuklashni so‘radi.
Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi A.Abdullayev javobgarni da’vo talablarini qanoatlantirish bo‘yicha sud buyrug’i chiqargan.
Yüklə 25,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin