Korrupsiya eng xavfli tomoni shundaki, davlat xizmatchisi hisoblanuvchi mansabdor
shaxs ma`lum haq – pora evaziga ikkinchi tomon -
pora beruvchini qonunga zid
bo`lgan talabini bajaradi yoki uning g`ayriqonuniy qilmishlaridan ko`z yumadi, bu
esa davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazadi.
O`zbekiston Respublikasining
―Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida‖gi qonuni 2017-yilning 3-yanvar kuni
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qonunni imzoladi. Ushbu
Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi
munosabatlarni
tartibga solishdan iborat.
Qonun 4-yanvardan kuchga kirgan 6 та bob, 34 та moddadan tashkil topgan.
Qonunning 4-moddasida ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
quyidagilardan iborat:
1. Qonuniylik;
2. Fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustivorligi;
3. Ochiqlik va
shaffoflik;
4. Tizimlilik;
5. Davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
6. Korrupsiyaning oldini olishga doir chora tadbirlar ustivorligi;
7. Javobgarlikning muqarrarligi.
Korrupsiya darajasi eng past bo‘lgan mamlakatlar qaysi?
Transparency International tashkilotining hisobotiga ko‘ra
quyidagi davlatlarda
korrupsiya darajasi eng past deb e‘lon qilindi.
Tashkilot reyting ro‘yhatidagi mamlakatlar
0 baldan 100 ballgacha baholanadi.
Dostları ilə paylaş: