Eritmalar. Ularning turlari. Suyultirilgan eritmalar,xossasi,osmotik bosim. Reja: Eritma turlari Eritma konsentratsiyasini ifodalash turlari



Yüklə 342,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix21.06.2022
ölçüsü342,84 Kb.
#61975
1   2   3   4   5   6   7   8   9
8-Ma\'ruza. (2)

Osmotik bosim. Vant-Goff qonuni. Eritmadagi erigan modda va erituvchi 
zarrachalarining tartibsiz harakati tufayli eruvchi modda erituvchining butun hajmi 
bo’yicha bir tekisda taqsimlanadi. Agar silindrga qandning konsen- trlangan eritmasini 
quyib, uning ustiga ehtiyotlik bilan suyultirilgan qand eritmasini solsak, qandning 
konsentrlangan eritmadan suyultirilgan eritmaga o ’tishi, suvning esa suyultirilgan 
eritmadan konsentrlangan eritmaga o’tishi yuz beradi. Har bir modda o’zining 
konsentratsiyasi kam bo’lgan tomonga o’ta boshlaydi. Ana shunday moddalarning o’z-
o’zidan o’tishiga, ya’ni ular konsentratsiyalarining tenglashishiga olib keluvchi jarayon 
diffuziya deyiladi. 
Agar shishi silindrga KMnO
4
ning eritmasini quysak va unga chayqatmasdan 
turib, suv qo’shilsa, diffuziya hodisasini kuzatish mumkin. Avval keskin chegara 
kuzatiladi, lekin sekin-asta chegara yo’qola boshlaydi; bir necha vaqtdan keyin erigan 
modda erituvchining butun hajmi bo’yicha bir tekis taqsimlanadi va butun suyuqlik bir 
xil rangga kiradi. Bunda erituvchi va eruvchi moddalar zarrachalari qarama -qarshi 
yo’nalishda diffuziyalanadi. Bu jarayonni ikki yoqlama diffuziya deb ataladi.
Agar ikki eritma orasiga erituvchi o’ta oladigan, lekin eruvchi modda o’ta 
olmaydigan to’siq parda qo’yilsa, ahvol boshqacha bo’ladi. Bunday pardalar yarimo 
‘tkazgich pardalar deb ataladi. Ular tabiatda ham uchraydi va sun ’iy yo’l bilan ham 
hosil qilinadi. Masalan, mis ko’porosi eritmasi shimdirilgan g’ovak sopol silindr 
kaliygeksatsiano (II)- ferrat eritmasiga tushirilsa, silindr g’ovaklariga mis geksatsiano 
(Il)-ferrat cho’kib qoladi. Shunday usul bilan ishlangan silindr yarimo ’tkazgich parda 
xossasiga ega bo’lib qoladi. Silindrga shakar eritmasi solinib, suvga botirilsa, faqat suv 
molekulalarining o’tishi hisobiga sopol idishdagi eritmaning hajmi ko ’paya boshlaydi, 
undagi qandning konsentratsiyasi kamaya boshlaydi. Yarimo ’tkazgich orqali bo’ladigan 
bunday bir yoqlama diffuziya osmos deb ataladi. Eritm aning ko’tarilishi hisobiga nayda 
suv ustunining ortiqcha bosimi vujudga keladi. Bunday gidrostatik bosim eritmaning 
osmotik bosimi deyiladi. Gidrostatik bosim ma’lum qiymatga yetganda osmos to’xtaydi 
va muvozanat hosil bo’ladi. 
Osmos hodisasi xayvonlar va o’simliklar organizmi hayotida muhim rol 
uynaydi. Xujayralar po’sti suv yaxshi o’ta oladigan, lekin xujayra ichi suyuqligida 
erigan moddalar deyarli o’ta olmaydigan pardadan iborat. 
Turli eritmalarning osmotik bosimini o’lchash natijasida 1886 yilda golland 


olimi Vant-Goff elektrolit bo’lmagan moddalarning uncha yuqori bo’lmagan 
konsentratsiyali eritmalarini osmotik bosimini konsentratsiya va haro - ratga bog’-
liqligini aniqladi (Vant-Goff qonuni): 
P = C • R • T 
bu yerda: 
P - eritmaning osmotik bosimi; 
C - eritmaning molyar konsentratsiyasi;
R - gazlarning universal doimiysi; 
T - harorat. 
Eritmaning molyar konsentratsiyasi: m 
Bundan: n = —. U holda: M 
P
= mRT M 
tenglama Mendeleev-Klaypeyron tenglamasiga o’xshaydi. 

Yüklə 342,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin