Yangi o‘zbekiston taraqqiyotida musiqa san’atining o‘rni



Yüklə 46,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü46,35 Kb.
#191122
  1   2
yangi-o-zbekiston-taraqqiyotida-musiqa-san-atining-o-rni



YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA MUSIQA SAN’ATINING O‘RNI 
Abdupatto Ahmadjanovich Ibragimov 
abdupattoibragimov6161@gmail.com 
Namangan davlat universiteti
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada musiqa san’ati insonlar uchun qanchalik muhim 
ekanligi, musiqa san’atini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, 
musiqa san’atiga doir qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati, Yangi 
O‘zbekistonda musiqaning o‘rni qay darajada ekanligi yoritilgan. 
Kalit sо‘zlar:
Yangi O‘zbekiston, musiqa, san’at, madaniyat, maqom, cholg‘u, 
kuy 
THE ROLE OF MUSIC ART IN THE DEVELOPMENT OF THE NEW 
UZBEKISTAN 
 
Abdupatto Ahmadjanovich Ibragimov 
abdupattoibragimov6161@gmail.com 
Namangan State University 
 
Abstract:
This article describes how important the art of music is for people, the 
work being done to further develop the art of music, the essence of the decisions 
made regarding the art of music, the role of music in New Uzbekistan. 
Keywords:
New Uzbekistan, music, art, culture, status, instrument, melody 
Musiqa - ohang (intonatsiya) san’ati, sadolarda ifodalangan voqelikning badiiy 
aksidir. U borliqni o‘ziga xos tarzda aks ettirib, uni boyitadi, hamda uni tushunib 
olish va o‘zgartirishga yordam bеradi. Ma’lumki, musiqa jamiyat hayotida muhim rol 
o‘ynaydi. Musiqa insonning turmush tarzi va ijtimoy hayotida, mеhnat va dam olish 
chog‘larida albatta ishtirok etadigan bo‘lib, kishini ma’naviy qadriyatlarga 
erishtiradigan noyob vositadir. U shaxsning ma’naviy olamini, axloqiy maqsadlarini 
shakllantiruvchi estеtik tarbiyaning samarali quroli hisoblanadi. Musiqaning o‘zi, 
uning yaratuvchilari, ijro etuvchilari, tinglovchilaridan iborat musiqa madaniyati 
jamiyat madaniyatidagi muhim bir sohadir.[1:3] Umuman olganda musiqa ham 
dastavval inson ongiga ona allasi orqali singadi. Vaqt o‘tishi sayin musiqaga bo‘lgan 
ehtiyoj va qiziqsh ham shu tarzda shakllanadi. 
Musiqa inson ijtimoiy-ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi va ma’lum darajada 
uning holatini belgilovchi unsurdir. Musiqa shaxs psixologiyasini turli holatda 
harakatlantiruvchi bir lamchi omildir. Sababi insonning eshitayotgan musiqasi 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
214
http://oac.dsmi-qf.uz


kayfiyatini ko‘tarishi, yaratuvchanlikka, ijodkorlikka undashi, xafa qilishi, 
tushkunlikka tushirishi mumkin. Aytilgani kabi bular musiqaga bog‘liq. Lekin biz 
yuqorida keltirib o‘tganlar ko‘p jihatdan qo‘shiqqa xos. Qo‘shiqni esa biz fiziologik 
jihatdan (ohangni) eshitish, psixologik jihatdan (so‘zlarni)tahlil qilish orqali 
o‘zimizga qabul qilamiz. Musiqashunoslida musiqiy idrok tushunchasi bo‘lib, biz 
qo‘shiq yoki musiqiy asrni musiqiy idrok orqali his qilamiz. Tom ma’noda shu orqali 
musiqaning ruhiy va jismoniy holatimizga ta’sirini anglaymiz.[2:567] 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevral “Madaniyat va san’at 
sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
112-sonli qarori o‘quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini ularning 
qalbida milliy madaniyatga bo‘lgan muhabbatini shakllantirish, yosh iste’dodlarni 
aniqlash va qo‘llab quvvatlash qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan. 
Qarorga ko‘ra, musiqa fani uchun ajratilgan o‘quv soatlari doirasida “Hayotimga 
hamrohdir cholg‘u” shiori ostida cholg‘u ijrochiligi dars mashg‘ulotlari yo‘lga 
qo‘yiladi. Shuningdek, 2022-2023-o‘quv yili davomida ro‘yxatida keltirilgan milliy 
musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish ko‘nikmalari o‘rgatiladi hamda 
ularning ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (shahodatnoma)ga tegishli qayd kiritiladi. 
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab esa, kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega 
bo‘lish musiqa fani o‘qituvchilariga majburiy hisoblanadi[3:1]. Albatta, mazkur qaror 
ijrosi to‘laqonli ta’minlansa, o‘sib borayotgan yosh avlodda, musiqaga, 
milliyligimizga muhabbat kun sayin rivoj topib boradi desak adashmaymiz. Sababi, 
bizning xalqimizda qadimdan musiqaga muhabbat, oshuvtalik jo‘sh urgan. Mohir 
sarkarda Sohibqiron Temur bobomiz ham hatto, janggi kirishda qo‘shinni 
ruhlantirishda shoshmaqomni eshittirishlari, jangga kirishishda nog‘oralar jo‘rligida 
jangovarlik ruhini olg‘a surganligiga tarix guvoh. [4:653] 
Buyuk mutaffakkir shoir Alisher Navoiy o‘z asarlarida musiqa tarbiyasining 
qirralarini chuqur o‘rganib, shunday degan: “Musiqa jamiyat hayotining muhim 
negizidir. Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o‘z-o‘zidan 
qanot tuyg‘usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi”. 
Musiqiy ta’lim nafaqat, bola tarbiyasida, balki butun jamiyat, xalq tarixi 
oynasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tarixga ega bo‘lgan xalq, albatta, 
madaniyati kuchli xalq sanaladi. Har bir inson qalbining tub-tubida bo‘lsa ham 
musiqaga oshno bo‘ladi. Ammo uni eshita olganlargina buyuk san’atkor bo‘la oladi. 
Musiqaga sevgi, unga o‘zgacha muhabbatni uyg‘ota olish - ustozning ham harakatlari 
tufayli bo‘ladi, albatta.
O‘qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda murakkab kasbdir, o‘qituvchi musiqa 
nazariyasini egallashi bilan birga, bolalarni sevishi, pedagogik amaliyotni ham o‘tgan 
bo‘lishi kerak. Chunki, maktab hayotidagi pedagogik jarayon juda xilma-xildir. Bu 
esa musiqa o‘qituvchisidan puxta bilim, amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
215
http://oac.dsmi-qf.uz


mahorat va ijodkorlikni talab etadi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi kiyinish madaniyati 
va nutq madaniyatiga ega bo‘lishi kerak. U o‘qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi 
ko‘rishi hamda ularni barkamol inson sifatida kamol topishiga ko‘maklashishi, har bir 
darsni o‘quvchilarni hayot tajribasiga bog‘lagan holda olib borishi, xilma-xil 
metodlar, innovatsion texnologiyalar, ko‘rgazmali qurollar, kompyuter slayd
tarqatma materiallaridan foydalanishi kerak. O‘z kasbiy mutaxassisligini puxta 
egallagan bo‘lishi, bolalar ovoziga o‘zining ovozini moslab kuylay olishi, ijrochilik 
mahoratiga ega bo‘lishi, sinfdan tashqari to‘g‘araklarga o‘quvchilarni jalb etish bilan 
turli tanlovlarda, tadbirlarda o‘quvchilar faol ishtirok etishi kerak[5:7]. 
Bugungi kunda Madaniyat va turizm vazirligi tizimida 323 ta bolalar musiqa va 
san’at maktablari faoliyat yuritadilar. Ularda jami 14 ta yo‘nalish bo‘yicha 86015 
nafar o‘quvchi ta’lim oladi[6:376]. 
2023-yil 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev ijtimoiy sohalarni belgilab olish maqsadida bir nechta vazirlar bilan 
uchrashib majlis o‘tkazdi. Majlida Prezidentimiz Yosh avlodni yuksak madaniyat 
ruhida tarbiyalash masalasiga ham to‘xtalib o‘tib, teatr, musiqa va kino sohalarini 
rivojlantirish, maqom va baxshichilikni asrab-avaylash muhimligini ta’kidladi. Ko‘rib 
turibmizki, madaniyat va san’at sohasining bir qismi bo‘lgan musiqa san’atini 
rivojlantirish borasida juda katta salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Bugungi kunda ta’lim muassasalari va ijodiy jamoalarni zamon talabiga mos va 
usta-hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan sifatli musiqa cholg‘ulari bilan 
ta’minlashda yetarlicha imkoniyatlar mavjud emasligi, shuninglek, milliy musiqa 
cholg‘ulari yasovchi usta-hunarmandlar bilan yaqindan hamkorlik о‘rnatish va shu 
yо‘nalishdagi ustalarning yangi avlodini tarbiyalash, usta-hunarmandlar о‘rtasida 
о‘zaro tajriba almashish tizimini yanada kengaytirish, hunarmandchilik mahsulotlari 
uchun yangi bozorlarni topish borasida qо‘shimcha choralar kо‘rish talab etilmoqda. 
Moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash, targ‘ib etish va 
yanada 
ommalashtirish, 
yurtimizning 
jahon 
madaniy 
makoniga 
faol 
integratsiyalashuvini ta’minlash, bu borada olib borilayotgan keng kо‘lamli 
islohotlarimizga hamohang tarzda milliy musiqa cholg‘ularini ommalashtirish va 
ishlab chiqarish sohasini davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash maqsadida Madaniyat 
va turizim vazirligi tomonidan “Milliy musiqa cholg‘ularini ommalashtirish va ishlab 
chiqarish sohasini davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash tо‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Prezidenti qaror loyihasi tayyorlangan va muhokamadan o‘tkazilgan. 
Har qanday musiqiy asar va har qanday qo‘shiq inson kamoloti uchun xizmat 
qilishi lozim. Bu borada asosan yoshlar bilan targ‘ibot ishlari tashkil qilinishi, ularni 
milliy musiqalarimiz, maqom san’atimiz va xalq og‘zaki ijodiga qiziqtirish kerak. 
Gap shundaki, ko‘pgina yoshlar bularga zerikarli yoki qo‘pol qilib aytganda eskilik 
sarqiti sifatida qarashlari juda achinarlidir. Bugungi kunda musiqiy asarlarning 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
216
http://oac.dsmi-qf.uz


tarbiyaviy ahamiyati uchun ijodkorlar ya’ni bastakorlar, cholg‘uchilar, shoirlar, 
ijrochilar va tinglovhilar ham mas’uliyatni his etishlari zarur. Ma’lum vaqt davomida 
yashab so‘ng unitiladigan sayoz asarlardan voz kechishimiz jamiyat uchun ham 
foydali deb o‘ylayman. Chunki musiqa shunchaki ohanglarning ritmik moslashishi, 
tushinarsiz tovushlar yoki qofiyasi mos kelgan ma’nosiz she’rning qo‘shiq qilinishi 
emas. Har qaysi ijodiy ishlardan ko‘zlangan ijobiy natija bo‘lishi kerak. Masalan 
qaysidir ijtimoiy holatni ifodalash yoki ota-onaga, Vatanga muhabbat ruhini 
singdirish, do‘stlik va mehr-oqibat tushunchalarini targ‘ib etish uchun xizmat qilishi 
kerak. Insoniylik, insof, manfaat, kibr kabi ijobiy va salbiy tushunchalarning to‘gri 
talqin etilishida qo‘shiqlar va musiqiy asarlarning o‘rni kattadir. 
Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak 
ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va 
kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda. [7:88] 
Yangi O‘zbekistonda musiqa san’atini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar 
hech qachon to‘xtab qolmaydi. Qolaversa, yanada rivonlantirilib, o‘zbek musiqasi 
dunyo sahnalarini ko‘radi, albatta. Musiqa san’atini targ‘ib qilish va rivojlantirish, 
musiqa san’atiga doir xalqaro festivallar va yarmarkalar o‘tkazilishini ko‘zda tutuvchi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul 
qilingan. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston 
kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi qarori 
(15.08.2017, PQ-3212), “О‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojantirish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida” gi qarori (17.11.2017, PQ-3391), “Xalqaro maqom san’ati 
anjumanini о‘tkazish tо‘g‘risida” gi qarori (06.04.2018, PQ-3656), “Sharq taronalari” 
xalqaro musiqa festivalini о‘tkazishga tayyorgarlik kо‘rish chora-tadbirlari 
tо‘g‘risida”gi (26.02.2019, PQ-4214), “Bolalar musiqa va san’at maktablari rahbar
о‘qituvchi va konsertmeysterlari mehnatiga haq tо‘lash va ularni moddiy 
rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi qarori (30.09.2019, PQ-4468) 
va Vazirlar Mahkamasining “Buyuk ipak yо‘li” xaqlaro folklor musiqa festivalini 
tashkil etish va о‘tkazish tо‘g‘risida” gi qarori (18.05.2018, 371-sonli), “О‘zbekiston 
davlat konservatoriyasi huzurida Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi qarori 
(20.02.2019, 149-sonli), “Yunus Rajabiy nomidagi О‘zbek milliy musiqa san’ati 
instituti faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi qarori (02.09.2020, 536-sonli), “Oltin 
davr” xalqaro musiqa yarmarkasini tashkil etish va о‘tkazish chora-tadbirlari 
tо‘g‘risida”gi qarorlaridir(06.11.2020, 692-sonli)[8:470-477]. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki musiqa san’ati bu bebaho san’atdir. 
Musiqa bilan hamohang bo‘lgan kishi hech qachon noto‘g‘ri yo‘ldan yurmaydi. 
Insonlarni ezgu ruhda fikrlashlari uchun Yangi O‘zbekistonda musiqa san’atiga 
yuqorida sanab o‘tilgan ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Maqolada Yangi 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
217
http://oac.dsmi-qf.uz


O‘zbekiston taraqqiyoti uchun musiqa san’ati qanchalik muhim ekanligini yoritib 
berishga harakat qildik. Musiqa san’ati insonlar ma’naviyati uchun doim xizmat 
qilishiga ishonamiz. 

Yüklə 46,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin