2-rasm. Qo‘zg‘aluvchan qatlamli katalizatorli katalitik riforming qurilmasi: 1-
regenyerator; 2-4-reaktorlar; 5-ko‘p kamyerali isitgich; 6-issiqlik almashtirgich; 7
-sovutgich; 8,11- gaz separatorlar; 9-kompressor; 10-nasos.
Jarayonda uchta reaktor bir biriga ustma-ust ulangan bo‘lib, bitta
kolonna
konstruksiyasi ko‘rinishiga ega, lekin ular diametr jixatidan bir-biridan farq qiladi.
Katalizator yuqoridagi birinchi reaktordan ikkinchiga, ikinchidan uchinchi tomon
harakatlanadi. Pastki reaktordan keyin katalizator 1-regenyeratorga o‘tkaziladi.
Xomashyo 5-nasos yordamida 6-issiqlik almashtirgichga kelishdan avval
sirkullangan vodorodli gaz bilan aralashtiriladi, so‘ngra 7-ko‘p seksiyali pechning
birinchi seksiyasiga yuboriladi. 520 oS gaz-xomashyo aralashma 2-reaktorga
o‘tkaziladi. Reaksiya aralashmasining oraliq isitilishi 7-pechning keyingi
seksiyasida amalga oshiriladi. 4-reaktorning pastkidan
kelayotgan reaksiya
mahsulotlari issiqlikni regenyerasiyalash tarmog‘idan (6-almashtirgich va 7-suv
sovutgich) o‘tib 8-past bosimli gaz separatorida suyuq va gaz fazasi bir-biridan
ajratiladi. 8-separatordan so‘ng gaz 9-kompressorda 1,5 MPa bosimgacha siqiladi
va 10-nasosdan kelayotgan suyuq
faza bilan aralashtiriladi, aralashma 7-
sovutgichda sovutiladi va 11-yuqori bosimli gaz separatorida ajratiladi.
Bunday sharoitda separasiyaning olib borilishiga sabab, vodorodli gaz bilan
benzinni olib ketilishini kamaytirish va gaz tarkibidagi vodorod miqdorini
ko‘paytirishdan iboratdir. 10-kompressor yordamida vodorodli gaz gidrotozalash
blokiga o‘tkaziladi va 6-issiqlik almashtirgichga
kelishdan avval platforming
xomashyosi bilan aralashtirish tarmog‘iga sirkulyasiyalash uchun yuboriladi.
4-reaktorning pastki tomonidan zaxarlangan katalizator 1-regenyeratorga
o‘tkaziladi. U yerda koksni yoqish, oksixlorlash (platina kristallarini yiriklashtirish
uchun) va promotor xloridlarni qo‘shish ishlari bajariladi. Katalizatorni tiklashda
vodoroddan foydalaniladi. Regenyerasiyalangan katalizator sovutilgandan so‘ng 2-
reaktorning yuqori tomoniga yuboriladi.
Texnologik sharoit:
Xomashyoning reaktorga kelish tempyeraturasi 490-520 oS;
Reaktor blokidagi bosim 1,2-1,3 MPa;
Xomashyoning kelish tezligi 1,5-2 soat-1;
Bosqichlar bo‘yicha katalizorning taqsimlanishi-1:2:4.
5. Aromatik birikmalarni ajratish va tozalash. Katalitik riforming jarayonida
olinadigan katalizatdan aromatik uglevodorodlar olish uchun foydalaniladi.
Sanoatda aromatik uglevodorodlarni ajratish uchun ekstraksiya usulidan
foydalaniladi (6-rasm). Uglevodorod fraksiyasini 1-chi
ekstraksiya kolonnasining
pastki qismiga yuboriladi, u yerda uglevodorod yuqoriga ekstragent tomonga
harakat qiladi. Ekstragent kolonnaning yuqori qismidan yuboriladi.
Oqimlarni usti va tagida hosil bo‘lgan bo‘shliq
separator vazifasini
bajaradi. Kolonnaning tepasidan keladigan rafinat o‘zi bilan ekstragentning bir
qismini olib keladi, uning rekupyerasiyasi uchun rafinat 2-chi
skrubbyerda suv
bilan yuviladi, shundan so‘ng undan yoqilg‘i sifatida foydalaniladi.
6-rasm. Aromatik uglevodorodlarni ekstraksiya usuli bilan ajratish
texnologik sxemasi: 1,4 rektifikasiya kolonnalari; 2-
skrubbyer; 3-issiq almashtirgich; 5-separator; 6-ekstragentni
rekupyerasiyalash kolonnasi; 7- deflegmatorlar; 8-qaynatgichlar
1-kolonning pastidagi to‘yingan ekstragent 3-isitgichda issiq regenirlangan
ekstragent yordamida isitiladi va 4-kolonnaga
yuborildi, u yerda aromatik
uglevodorodlarni suv bilan ekstraktiv haydash jarayoni sodir bo‘ladi. 5-separatorda
suv ajratiladi va uni 4-kolonnaga qaytariladi, aromatik
uglevoorodlar aralashmasi
esa oxirgi rektifikasiya jarayoniga jo‘natiladi. Ekstragent sovutilgandan so‘ng 4-chi
kolonnaning pastki qismidan ekstraksiya uchun yuboriladi, uning bir qismi esa
regenyerasiya (qayta tiklash) uchun 6-chi kolonnaga chiqariladi. U yerda ortiqcha
suv xaydab olinadi va kondensasiya mahsulotlaridan tozalanadi.
Ushbu usul
yordamida ajratilgan aromatik uglevodorodlar miqdori 93-99% tashkil qiladi.
Kondensirlangan siklli aromatik uglevodorodlarni ajratish uchun, asosan
kristallanish usulidan foydalaniladi.
Toshko‘mir smolasining 270-350 oS fraksiyasini kaliy gidroksid bilan
o‘zaro ta’siri va keyingi gidroliz reaksiyasi orqali organik sintez uchun muxim
bo‘lgan moda - karbazol olinadi: