6. Aromatik uglevodorodlar fraksiyalari. Aromatik xom-ashyoning ikki
asosiy: koks kimyoviy va neft kimyoviy turi mavjud. Ular bir-biridan, oltingugurt
organik birikmalar miqdori jihatidan farq qiladi. Neft kimyoviy mahsulotlar
tarkibida oltingugurt faqat 0,0001-0,002% bo‘ladi, kokskimyoviy mahsulotlar
tarkibida taxminan 100 marta ko‘p oltingugurt bo‘ladi. Oltingugurt miqdori
ko‘pligi sababli katalizator ko‘p sarflanadi yoki uning tez zaxarlanishi sodir
bo‘ladi. Boshqa aralashmalarga olefinlar va parafinlar kiradi.
Uchmetil benzol riforming katalizatlari va piroliz mahsulotlarining 160-180
0S da olingan fraksiyalari tarkibida bo‘ladi. Bu fraksiyalar tarkibida uchmetil
benzol izomyerlaridan tashqari, etiltoluol izomyerlari va boshqa aralashmalar
mavjud bo‘ladi. Shuning uchun fraksiyalardan individual moddalarni ajratib olish
ancha qiyin bo‘lganligi sababli, ushbu usul sanoatda kam qo‘llaniladi.
Tetrametil benzol kokslash, piroliz va riforming mahsulotlarining 180-210
oS da olingan fraksiyalari tarkibida bo‘ladi. Bu fraksiya murakkab tarkibga ega
bo‘lganligi sababli, sanoatda uni ajratish kamdan-kam xolatlarda amalga oshiriladi.
Naftalin. Naftalin toshko‘mir smolasining 210-230 oS fraksiyasidan
olinadi. Uni suv bilan sovutiladigan barabanli kristallizatorlarda kristallanadi va
barabandan maxsus pichoq yordamida tushiriladi. Xo‘l mahsulotni moydan ajratish
uchun gidravlik presslarda qizdiriladi va presslangan naftalin olinadi (kristallanish
tempyeraturasi 78 oS dan past bo‘lmaydi, naftalin miqdori 96-98 %). Sulfat kislota
bilan ishlov byerilgandan so‘ng, haydash natijasida nisbatan toza naftalin kristallari
hosil bo‘ladi (tkrist.=79,6-79,8 oS natijasida 99,0-99,5% naftalin olinadi).
Aromatik uglevodorodlarni izomyerlanish va dealkillash reaksiyalari bilan olish. Aromatik uglevodorodlarni izomyerlanishi.
Toshko‘mir
yoki
neftni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlardan ajratilgan ksilol fraksiyalari
tarkibida o- va n-ksilollar miqdori ancha kam bo‘ladi. Shuning uchun ushbu
uglevodorodlarni qo‘shimcha ravishda olish uchun sanoatda benzol gomologlarini
izomyerlash usulidan foydalaniladi. Benzol gomologlarini izomyerlash qaytar
jarayon bo‘lib, ksilollar uchun muvozanat barcha uchta izomyerlar orasida qaror
topadi: