Markaziy Osiyo hududidagi uch xonlik va madaniy hayot.
XVIIasrning birinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyo hududida uchta
yangi davlat: Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklari vujudga
keldi. O‘rta asrlarda butun dunyo madaniyati va ma’naviy hayotiga
o‘zining muhrini bosa olgan hududlarda iqtisodiy, siyosiy va
madaniy hayot butunlay izdan chiqa boshladi. Bu uchala davlatda
ham beqarorlik, o‘zaro yakdillikka rahna solindi. Jaholatparastlik
kuchaydi. Fan va madaniyatga bo‘lgan e’tibor susayib, o‘zaro
iqtisodiy, madaniy va savdo-sotiq aloqalari izdan chiqa boshladi.
XVIIIasr madaniyatining asosiy xususiyati – ma’naviy hayotida
o‘ta tushkun kayfiyatning hukmronlik qilishidir. Bu davrda tabiiy
fanlar rivoji uchun barcha yo‘llar berkitib qo‘yilgan, hukmdorlar
ruhiyatiga zid keladigan barcha g‘oyalar va qarashlarga keskin
zarba berilgan. Mintaqa madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan
buyuk karvon yo‘llarining ahamiyati ham ancha susaygan edi. Din
va davlatning kuchi bir joyga birlashtirildi. Shu boisdan endigina
shakllanayotgan demokratik fikrlar ana shu qudratli kuch oldida
ojizlik qilib qoldi. Jamiyatning yakka mafkuraviy hukmroni hisob-
langan din jamiyatning moddiy va ma’naviy taraqqiyotiga, uchala
xonlikda istiqomat qiluvchi xalqning yakdilligiga to‘sqinlik qildi.
Bu davr madaniyatining asosiy tomonlaridan yana biri – xalq og‘zaki
ijodi va xalq tomosha san’atining rivojlanganligidir. Bu davrda xalq
baxshilari, sozanda va xonandalari, qiziqchilari va masxarabozlari
xalq tomonidan yaratilgan ko‘plab hikoyalar, rivoyatlar, dostonlar,
masallar va matallarning haqiqiy targ‘ibotchilariga aylandilar. Bu
davrda “Yusuf va Zulayho”, “Tohir va Zuhra”, “Bo‘z o‘g‘lon”,
“Yusuf va Ahmad” kabi dostonlar vujudga kelgan bo‘lsa, “Alpomish”
va “Go‘ro‘g‘li” dostonlarining ko‘plab variantlari yaratila boshlandi.
Qiziqchi va masxarabozlar hamda qo‘g‘irchoqbozlar esa xalqning
nochor ahvolini tasvirlovchi sahna ko‘rinishiarini, hukmdorlar,
boylar va ularning gumashtalari munofiqliklarini fosh etuvchi
kichik-kichik asarlarni namoyish qildilar.
Umuman olganda, xalq og‘zaki ijodi va tomosha san’ati
targ‘ibotchilari hisoblangan baxshilar va san’atkorlar o‘zlarining
ijodlari hamda tomoshalari bilan uchala xonlikda istiqomat qiluvchi,
yagona diniy e’tiqodga, turmush tarzi va ma’naviyat qadriyatlariga
127
Turkiston xalqlari tarixini o‘rganish va yoritish xalqimizning o‘tmish
madaniyatini ilmiy tadqiqot qilishda sharqshunos olimlar V.V.Radlov,
V.V.Bartold, E.E.Bertels va boshqalarning xizmatlari oz emas. Shu
davr mobaynida bir qator ijodkor rus adiblari asarlarining mahalliy
xalqlar tillariga o‘girilishi ham ijobiy faoliyatlardan hisoblanadi.
1871-yilda O‘rta Osiyo ilmiy jamiyati vujudga keldi, bu jamiyat
o‘z oldiga O‘rta Osiyo tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, statistika
va iqtisodiyotiga oid ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va
tarqatish vazifasini qo‘ygan edi. 1874-yilda Toshkentda dastlabki
observatoriya tashkil qilindi. Observatoriya xodimlari O‘rta Osiyo
hududlarida 870 astronomik punktni belgiladilar. O‘lkada ish olib
borgan arxeolog xavaskorlar 1895-yilda Turkiston arxeologiya
xavaskorlar to‘garagiga birlashdilar. Lekin fanning boshqa sohalarida
bo‘lgani singari arxeologiya sohasidagi ishlar ham plansiz olib
borilgan. Arxeologik ishlar asosan qadimgi yodgorliklarni yozma
manbalarga qarab tasvirlash va o‘rganishdan, ayrim arxeologik
yodgorliklarni qidirish va qazuv ishlarini olib borishdan iborat
bo‘l gan. Bu kabi ishlar asosan Samarqandda olib borildi. 1895-
yili arxitektor A.V.Shchusev ishtirokida tashkil etilgan ekspeditsiya
natijasida Go‘ri Amir maqbarasining arxitekturasi albom shaklida
nashr etiladi.
Rus olimlari tomonidan o‘lka tarixini o‘rganish XIX asr ikkinchi
yarmida nisbatan avj oladi. O‘lka rus mustamlakasiga aylanganidan
keyin qator rus sharqshunoslari o‘z faoliyatlarini kengaytiradilar.
XIX asrning ikkinchi yarmida bir qancha yodgorliklar to‘g‘risida
ma’lumotlar to‘plagan va Xiva tarixi bilan shug‘ullangan A.
Kun, shuningdek, V. Nalivkinni (Qo‘qon xonligi tarixi) ko‘rsatib
o‘tish kerak. O‘rta Osiyo tarixiga oid muhim manbalardan biri
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari N.S. Likoshin tomonidan rus
tiliga tarjima qilinishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘lkani boshqarish ehtiyojlari xalq ommasi hayotini o‘rganishda
hozir ham muhim manba hisoblangan turli xil statistik ma’lumotlarni
to‘plash va nashr etishni talab etgan. 1871-1874-yillarda har-yili
“Turkiston o‘lkasini statistik jihatdan o‘rganish uchun materiallar”
bosib chiqarilgan.Turkiston o‘lkasining ayrim oblastlarining, ayniqsa
muhim paxtachilik sanoati rayoni sifatida mustamlakachi hokimiyat
rasmiy doiralarining e’tiborini o‘ziga tortgan Farg‘ona viloyatining
126
Zavqiy (1853-1921) o‘zbek demokratik xalqchil adabiyotining
Muqimiy va Furqat ijod etgan an’analarini davom ettirdi. Zavqiy ijod
etgan asarlar yo‘nalishini quyidagi to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: 1.
Lirik she’rlar. 2. Hajviyalar. 3. Sayohatnomalar. 4. Dostonlar. Shoir
o‘zining “Aylab keling” “Kelmasa kelmasun netay”, “Ofarin”, “Ajab
ermas”, “Farg‘ona”, “Ahli rasta hajvi”, “Ajab zamona” kabi lirik va
hajviy she’rlarida insoniy fazilat va sadoqatni tarannum etadi.
Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishidan ancha ilgari
rus olimlari o‘lkani o‘rganish borasida ancha ishlarni amalga oshir-
gan edilar. XIX-asrning 2-yarmida o‘lkani ilmiy jihatdan o‘rganish
yanada avj oladi. N.YA.Seversov, P.P.Semyonov-Tyan-Shanskiy
(1827-1914) lar O‘rta Osiyoni geografik joylashuvi va uning relyefini
o‘rganish borasida muhim ishlar qildilar. Rus sayyohi A.P.Fedchenko
Turkistonni tabiiy-tarixiy jihatdan o‘rganib, Farg‘ona va Oloy
vodiysini tekshirdi. Shuningdek, u Zarafshon vodiysi va Qizilqumni
ham tabiiy tarixini o‘rganadi. 1877-1879-yillarda I.V.Mushketov
Oloy, Pomir, Buxoro, Xisor, Amudaryo bo‘ylari va Qizilqumni
geologik jihatdan tekshirib, Turkistonning birinchi geologik kartasini
tuzdi. U “Turkiston” nomli monumental monografiyasini yozgan.
Rus mustamlakachiligi davrida bir qator rus ziyolilari va olimlari
tomonidan Turkistonning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tarixiga oid
turli materialalr “Turkiston to‘plami” nomi ostida jamlana boshlagan.
Bu to‘plam Turkiston o‘lkasiga oid asarlar va maqolalarning ajoyib
majmuasi bo‘ldi. Bu to‘plam 594 tomdan iborat bo‘lib, Oktabr
to‘ntarishigacha bo‘lgan Turkiston haqidagi kitoblardan, ro‘znoma
va oynomalardan olingan maqolalardan tashkil topgan. To‘plamning
416 tomi mashhur rus bibliografi V.I.Mejov tomonidan tayyorlangan.
Bu tomlarga 1867-1887-yillarga oid materiallar kiritilgan. So‘ngra
to‘plam ustida olib borilayotgan ish to‘xtab qolgan va 1907-yildan
1917-yilgacha bo‘lgan davrda har xil bibliograflar to‘plamning 175
tomini tuzganlar.
XIX asrning 80-90-yillarida Toshkent va boshqa yirik shaharlarda
turli ilmiy jamiyatlar (arxeologiya, jug‘rofiya, etnografiya kabilar)
tashkil etilgan. 1896-yilda Samarqand “Tarixiy muzey” ish boshladi.
Bir qator ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Bu borada rus olimlari
I.V.Mushketov, N.A.Seversov, A.P.Fedchenko, P.P.Semenov Tyan-
Shanskiy, N.M. Prjevalskiy va boshqalar samarali ishlar olib bordilar.
115
ega bo‘lgan elatlarning boshini bir joyga qovushtirishga va milliy
o‘zligini anglatishga xizmat qildilar.
XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida adabiy jarayon quyi-
dagi uch yo‘nalishda mavjud bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Bi-
rinchi yo‘nalish saroy adabiyoti doirasidagi, ikkinchi yo‘nalish
unga qarama-qarshi yo‘nalishdagi va uchinchi yo‘nalish – bu aza-
liy an’analarga sodiq qolgan va uning rivojlanishiga ulkan hissa
qo‘shgan ijodkorlarning faoliyati shaklidagi adabiy jarayondir.
Birinchi yo‘nalishda ijod qilgan shoirlar asosan hukmdor va yirik
mulk egalarining madhi bilan shug‘ullanganlar. Ikkinchi yo‘nalishda
ijod qilgan shoirlar esa o‘z asarlarida ko‘proq xalqni talash evaziga
boylik orttirayotgan, elga zulm o‘tkazayotgan amaldor va boylarni
tanqid ostiga olganlar. Xalqning ularga bo‘lgan noroziliklari
hamda g‘azabini tasvirlaganlar. Masalan, bu davrda ijod etgan Mu-
ham
mad Sharif Gulxaniy, Maxmur, G‘oziy kabilarning asarlari
xalqning nochor ahvoli, boy-badavlat kishilar, amaldorlar, riyokor
nihoniylarning qilmishlarini tasvirlab beradi.
Uchinchi yo‘nalish – azaliy an’analarni davom ettirgan ijodkorlar
o‘z asarlari orqali o‘tgan asrlar davomida shakllanib va rivojlanib
kelayotgan poetik ijodning hali noma’lum bo‘lgan qirralariga qo‘l
urib, o‘zlarining lirik g‘azallari bilan inson ruhiy kechinmalarining
sahifalarini ochib beradilar. Bu an’anaga sodiq qolgan shoirlar har
uchala xonlik hududida o‘ziga xos ijodiy-badiiy jarayonni vujudga
keltira olganlar. Bu davrda Qo‘qon xonligida Amiriy taxallusi bilan
g‘azallar bitgan Qo‘qon xoni Umarxon, uning rafiqasi, Nodira
taxallusi bilan ijod qilgan Mohlaroyim, shuningdek, o‘z davrining
mashhur shoirlari sanalgan Uvaysiy, Mahzuna, Maxmur, Mushtariy,
Fazliy Namangoniy kabilar ijod etganlar. Buxoro amirligi hududida
esa “Malik ush-shuaro” nomini olgan Mushfiqiy, Shahrisabzda ijod
qilgan Xiromiy o‘z davrining yirik iste’dod egalari bo‘lganlar. Xiva
xonligida Munis Xorazmiy va Ogahiylar mashhurlikda tengsiz
shoirlar edi. Munis nafaqat o‘zining lirik g‘azallari bilan dovrug‘
taratgan, balki hokimiyat uchun kurashib, xalq boshiga og‘ir kunlarni
solayotgan, ko‘plab kulfatlarning sababchilari bo‘lgan hukmdorlar
va boylarni tanqid ostiga olgan. Ogahiy she’riyati esa o‘zining
xalqchilligi, fikrlar nafisligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi.
Bundan tashqari, Ogahiy tarixchi olim sifatida ham mashhur
116
bo‘lgan. U XIX asrda Xiva xonligi va uning atrofidagi davlatlar
tarixini yoritib beruvchi “Zubdat ut-tavorix”, “Riyoz ud-davla”,
“Jomiy ul-voqeoti Sultoniy” nomli asarlar yozgan. Shuningdek,
Ogahiy ko‘plab tarixiy asarlar, masalan, Muhammad Mahdixonning
“Nodirnoma”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Muhammad
Mun-Yusuf Munshiyning “Tazkirai Muqimxoniy”, Nizomiddin
Ahmad Xiraviyning “Tabaqoti Akbarshohiy”, Rizoqulixon Hidoyat-
ning “Ravzat us-safoi Nosiriy” kabi asarlarini, Nizomiy Ganjaviyning
“Haft paykar”, Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, Xusrav Dehlaviyning
“Hasht bihisht”, Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho”,
“Solomon va Ibsol”, “Bahoriston”, Badriddin Hiloliyning “Shohu
gado”, Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’” asarlarini hamda falsafiy-
axloqiy mavzudagi Kaykovusning “Qobusnoma”, Husayn Voiz
Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” asarlarini o‘zbek tiliga tarjima
qildi.
Xulosa qilib aytganda, uchta xonlikning vujudga kelishi, eng
avvalo, hududiy va milliy parchalanishning yaqqol namunasi bo‘l-
gan. O‘z navbatida, milliy parchalanish milliy yakdillikni yemirib,
mahal liychilikning avj olishiga zamin hozirlab berdi. Milliy par-
chalanish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab milliy va ma’-
naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzulni kuchaytirdi, davlatlarning
iqtisodiy va harbiy qudratini yemirib tashladi. Milliy parokandalik
Markaziy Osiyo xalqiarini Rossiya imperiyasiga iqtisodiy, siyosiy
va ma’naviy qaramlikka olib keldi.
Dostları ilə paylaş: |