Muhokama-inshoning qurilishi Muhokama-inshoning qurilishi quyidagicha bo‘ladi:
Isbot talab qiladigan tezis-holatdan iborat kirish.
Dalillash: tezisda ifodalangan muammoning 2-3tadan kam bo‘lmagan isboti.
Tezisda ko‘rsatilgan fikrning qat’iy isboti ifodalangan xulosa.
Insho hajmi quyidagicha bo‘lishi lozim:
Kirish+xulosa=insho hajmining 1/3 qismi– ya’ni agar insho uch sahifadan iborat bo‘lsa, kirish va xulosa qismi bir betdan oshmasligi lozim.
Muhokama-inshoning har bir qismini qizil chiziqdan boshlash lozim.
Kirish qanday yoziladi? Muhokama-inshoning kirish qismi o‘quvchini muammoning qo‘yilishi bilan tanishtirishi, ya’ni qoidaga muvofiq, savol yoki sitata bilan ifodalanishi lozim. Masalan:
“O‘tkan kunlar” romanida Otabek-Kumush fojeasining aybdori kim?
“Zamonaviy manqurtlar” – ular kimlar?
Navoiyning “Hayratul-abror” dostonida so‘z qudratini tasvirlash masalalari.
Bu mavzular o‘quvchini mumtoz adabiy asarlar haqida o‘ylashga undaydi, shuning uchun inshoning kirish qismida aynan nimani tasvirlash, nima haqida fikr yuritish lozimligini ko‘rsatadi.
Savollar:
1. DTSda belgilab qo‘yilgan yozma ish darslarini tashkil etishdagi asosiy me’yorlar haqida ayting.
2. Yozma ish darslarini tashkil etishda nimalarga e’tibor berish kerak?
3. Inshoni loyihalashda qanday bosqichlar amalga oshiriladi?
4. Yozma ish darslarini loyihalashda AKTning o‘rni?
Adabiyotlar: O.Madayev, A.Sobirov, Z.Xolmanova, Sh.Toshmirzayeva, G.Ziyodullayeva, M.Shamsiyeva. Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant. -Toshkent “Turon zamin ziyo”, 2017.