1. Kirish: tezis, asosiy g‘oya O‘quvchi muhokama-insho yozishga kirishganida, uning birinchi satrlaridanoq kishi diqqatini tortish maqsadida muammoning mohiyatini bayon qilishi juda muhim. Qoidaga muvofiq, mavzuning yoritilishida o‘quvchi o‘z nuqtayi nazarini aniqlab olishi uchun 3-4 gap yetarli sanaladi.
2. Asosiy qism: dalillar va isbotlar Asosiy qism insho hajmining 2/3 qismidan iborat bo‘lishi kerak. Bu bo‘limda insho mavzusida ilgari surilgan fikrni kamida uchta har xil isbotlar (barchaga ma’lum tarixiy voqealar, statistika ma’lumotlari, mavzuga doir vaziyatlar tasvirlangan badiiy asarlar) bilan dalillashi, mavzuning mohiyatini ochib berish kerak. Shuni yodda tutish lozimki, shaxsiy tajriba faqatgina asosiy dalillarga qo‘shimcha bo‘la oladi. O‘quvchiga o‘z mulohazalarining nechog‘li to‘g‘riligini aniqlab, tushunib olishi uchun o‘z tezisini ichida, ovoz chiqarmay aytib berish va “Nima uchun?” degan savolga javob berish topshiriladi.
Bunda dalillarni to‘g‘ri joylashtirish uchun zinapoya tamoyilidan foydanish tavsiya qilinadi: butunlay ishonchli→yetarlicha ishonchli→ eng ishonchli 3. Xulosa Inshoning xulosa qismida natijalar, albatta, keltirilishi zarur: o‘quvchi bunda olg‘a surilgan muammoni hal qilish bo‘yicha o‘z fikrlarini keltirishi, maslahatlashishi va hatto yangi qoidalarni keltirishi mumkin. Xulosa qismining hajmi, taxminan, kirish qismi hajmi bilan bir xil bo‘lishi kerak.
Muhokama-insho yozish sirlari Maktab insholari – tasviriy insho, rivoya-insho, muhokama-insholar orasida eng murakkabi muhokama-insho sanaladi. Birinchidan, muhokama-insho o‘quvchidan nafaqat o‘z fikrlarini chiroyli tarzda savodxonlik bilan ifodalash, balki mavzu bo‘yicha o‘z shaxsiy fikriga ega bo‘lishni, uni badiiy ifodalab, homiya qilish qobiliyatini ham talab qiladi. Ikkinchidan, o‘quvchi o‘rganilayotgan muammo bayon qilinayotgan daliliy materialni chuqur bilishi lozim bo‘ladi. Shu sababli, muhokama-insho va uni yozish bu boradagi dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Muhokama-insho haqidagi fikrlarimizni quyidagicha rejalashtirsak bo‘ladi:
*muhokama-inshoning qurilishi;
*kirish qismini yozish;
*fikrlarni dalillash;
*xulosa qismini yozish;
*muhokama-inshoni “bezash”;