7. MUSTAQIL TA‟LIM MAVZULARI Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Talabalarning mustaqil ishi o’rganilayotgan mavzu Yuzasidan ma‘lumotlarni axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalangan xolda yig’ish, olingan ma‘lumotlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish, tahlil qilish va amaliyotda qo’llay olishdan iborat bo’lib, uning shakllari turli ko’rinishda bo’lishi mumkin. Mustaqil ishga mo’ljallangan mavzular quyida keltiriritilgan.
Mustaqil ishni bajarish natijalari baholanadi. Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma‘lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma‘lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma‘ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning mashg’ulotlarda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.