7.Davlat bojini qaytarish tartibi haqida aytib bering 8.Sug‘urta badallarini to‘lash qanday amalga oshiriladi. 9.Davlat bojini to‘lashdan kimlar ozod qilinadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:O‘zbekiston, 2007 y.
2.O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. - T.: “Norma”, MJCh. 2008 y. -416 b.
3.Yuldashev A. Soliq va soliqqa tortish. O'quv qo'llanma. -T.: ”Fan va texnalogiya”. 2007.
4. R.R. Xusainov , A.Q. Isxfqov , D.T. Urmanova X,Z, Djurayev . 2 qism Moliya ya soliqlar 2 qism. Toshkeht “Voris‑ Nashriyot” 2014
5.Aleksandrov I. Nalogi i nalogooblojenie.: Uchebnik. –M.: “Dashkov i K”. 2006..
6.Jo‘raev A. Soliq nazariyasi: O‘quv qo‘llanma. -T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2004.
1-Keys Iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun foyda solig‘i stavkalari va summasining hisob-kitobi.Agar 1- misolda keltirilgan korxona iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lsa quyidagilar asosida imtiyozni hisobga olgan daromad (foyda) solig‘ini hisoblang. va hisob - kitobini tuzing. Mahsulot sotishning umumiy hajmida eksport hajmi – 90 000 ming so‘m. Sotishning umumiy hajmida iste’mol tovarlarini sotish hajmi -120 000 ming so‘m
Echish
Iste’mol tovarlarini sotishdan olingan foyda summasi foyda solig‘i hisob-kitobiga ma’lumotnoma asosida to‘ldiriladi.
O‘zi ishlab chiqargan tovarlarning erkin almashtiriladigan valyutadagi eksportining ulushi:
sotishning umumiy hajmida 15 dan 30 foizga qadarni tashkil etgan eksportchi korxonalar uchun foyda solig‘ining belgilangan stavkasi 30% ga pasaytiriladi;
sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan ziyodni tashkil etsa, foyda solig‘ining belgilangan stavkasi 2 baravar kamayadi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar uchun iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdan olingan foyda bo‘yicha foyda solig‘ining belgilangan stavkasi 20 foizga pasaytiriladi.