Vazirligi huzuridagi


Markaz direktori F. Farhodov



Yüklə 60,94 Kb.
səhifə2/9
tarix29.11.2022
ölçüsü60,94 Kb.
#71206
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DK81546725

Markaz direktori F. Farhodov


Ijrochi:M. Turobov Tel.: (71) 246-95-43

Markazning 2022-yil 28-noyabrdagi
1/05-175-sonli xatiga ilova


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY, IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR MAʼLUMOTLAR




KOSMIK TARMOQNI YANADA RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
https://uza.uz/oz/posts/kosmik-tarmoqni-yanada-rivojlantirish-boyicha-qoshimcha- chora-tadbirlar-togrisida_428725


O‘ZBEKISTON PREZIDENTI QOZOG‘ISTON PREZIDENTINI UMUMXALQ SAYLOVIDAGI G‘ALABASI BILAN TABRIKLADI


    1. noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari Qasim-Jomart Toqayevni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti umumxalq saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani va unda ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy muborakbod etdi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
Savdo, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.


O‘ZBEKISTON PREZIDENTI VA FRANSIYA PARLAMENTINING QUYI PALATASI RAISI PARLAMENTLARARO MULOQOTNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARINI MUHOKAMA QILDILAR


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni Parijdagi Burbon saroyida Fransiya Milliy yig‘ini Raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Parlamentlar o‘rtasidagi hamda ijtimoiy-siyosiy hayotni yanada demokratlashtirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish borasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Fransiya Milliy yig‘ini rahbari O‘zbekistonda, shu jumladan parlamentarizmni rivojlantirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish, gender tenglikni ilgari surish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik yangilanishlarning borishini yuksak baholadi.
Gender tenglikni ta’minlash jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishgani, mamlakatimizda xotin-qizlar qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat idoralarida, tadbirkorlik va ijtimoiy sohada munosib o‘rin egallayotgani qayd etildi.
2022 yil sentyabr oyida mamlakatimizda ilk bor jahon parlamentlari yetakchi ayollarining 14-sammiti o‘tkazildi. Yetakchi ayollarning rolini oshirish to‘g‘risida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
Uchrashuvda o‘lim jazosini bekor qilish, inson huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, ekologik muammolarni hal etish to‘g‘risidagi normalar va boshqa muhim qoidalarni mustahkamlab qo‘yish ko‘zda tutilgan konstitutsiyaviy islohotni amalga oshirishga tayyorgarlik borasidagi asosiy yondashuvlar muhokama qilindi.
Parlamentlararo do‘stlik guruhining uchrashuvlarini o‘tkazish, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi, Yevropa Parlamenti, Parlamentlararo ittifoq, YeXHT Parlament assambleyasi doirasidagi hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida Prezidentimiz Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi. Shuningdek, Fransiya Milliy yig‘ini Raisini o‘zi uchun qulay vaqtda tashrif bilan mamlakatimizga borishga taklif etdi.



Yüklə 60,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin