Variant №1 Boshqaruv usullarining mazmun-mohiyati


VARIANT № 2 Globallashuvga bag‘ishlangan ilmiy qarashlarning vujudga kelishi va rivojlanishi



Yüklə 107,67 Kb.
səhifə4/40
tarix22.06.2023
ölçüsü107,67 Kb.
#134145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
4-5-6

VARIANT № 2

  1. Globallashuvga bag‘ishlangan ilmiy qarashlarning vujudga kelishi va rivojlanishi

Jahon tajribasini o’rganish shundan dalolat beradiki, integratsiya davlatning jahon xo’jaligiga kirishini rag’batlantirish uchun samarali, tub tashqi iqtisodiy o’sishni, aholi daromadlari o’sishini, inson kapitali jamlanishini, iqtisodiyotda ilg’or texnologik va tarkibiy siljishlar yuz berishini, ishlab chiqarish, investitsiyalarni boshqarish va ularning sifati oshishini ta’minlashidan dalolat beradi. Real iqtisodiy integratsiya o’zida qatnashuvchi mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarining muayyan tengligini nazarda tutuvchi ishlab chiqarishning xalqaro umumlashtirilishi darajasini ifodalaydi.
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotining integratsiyasi muammosi tahlili tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish muammolarini shakllantirish va milliy iqtisodiyotni isloh qilish jarayonida hal etiladigan ustuvor vazifalarni aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy integratsiya jarayoni sharoitida O’zbekiston oldida quyidagi muhim muammolarni hal etish zarur: ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, milliy iqtisodiyotda tarkibiy qayta o’zgarishlarni amalga oshirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish.
Iqtisodiyotning ochiqligi darajasining oshishi va tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish globallashuv, transnatsionallashuv va milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvi sharoitlarida mamlakatlarning jahon xo’jaligi holatiga bog’liqligini kuchaytiradi.
Zamonaviy evropa integratsiyasini tahlil etilishi evropa integratsiyasi etarlicha murakkab jarayon ekanligini ko’rsatdi. Davlatlarning har xil mintaqaviy birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirish O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
2004 yil 22 sentyabrda Moskvada Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasida iqtisodiy hamkorlik bo’yicha xukumatlararo komissiyasining 7-majlisi bo’lib o’tdi.
Majlisda yonilg’i-energetika majmuasi, aviatsiya sanoati korxonalari, transport, suv xo’jaligi, harbiy texnikaviy va ilmiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Bugun ikki tomonlama hamkorlik ko’plab yo’nalishlar bo’yicha izchil rivoj topmoqda. “Gazprom”, “Vimm Bil Dan oziq-ovqat mahsulotlari”, “CHerkizovskiy” kabi yirik kompaniyalarning o’zbek bozoriga kirib kelishi katta ahamiyat kasb etadi.. Xukumatlararo komissiya majlisi O’zbekiston-Rossiya hamkorligi turli sohalarda, jumladan, harbiy-texnikaviy yo’nalishda katta imkoniyatlarga ega ekanini ko’rsatdi. SHuningdek, O’zbekiston Milliy banki tomonidan “Osiyo Invest Bank”ka sarmoyaviy loyihalarni moliyalashtirish va O’zbekistondan Rossiyaga eksportni rag’batlantirish uchun 60 million dollar miqdorida kredit liniyasini ochish to’g’risida, “O’zbekneftegaz” va “Lukoyl Oversis Xolding” kompaniyalari o’rtasida o’zbek konlarini o’zlashtirishda mahsulot taqsimoti to’g’risida bitimlar qabul qilindi. Bundan avval ikki mamlakat Markaziy banklari o’rtasida ham bitim imzolangan edi.
O’zbekiston evropa Ittifoqi, eKO, NATO, BMT bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. O’zbekiston tashqi siyosatining evropa yo’nalishi kengaydi. Ushbu hamkorlik evropaning alohida har bir mamlakati bilan hamkorlikni ham o’z ichiga oladi.
CHexiya Respublikasi SHarqiy evropa mamlakatlari orasida birinchilardan bo’lib keng ko’lamli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirgan, iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari bo’yicha o’z mintaqasida etakchi o’rin egallab turgan davlatdir.
O’zbekistonning ushbu mamlakat bilan munosabatlari do’stlik va hamkorlik, o’zaro ishonch va hurmat tamoyillariga asoslanadi. Mamlakatlarimiz ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdan birdek manfaatdor, hamkorlikni kengaytirish borasida muntazam muloqot yo’lga qo’yilgan. Xalqaro muammolarga nisbatan qarashlarimiz ham mushtarak.
Mamlakatlarimiz Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiyaning faoliyatiga, terrorchilik va diniy ekstremizmga, noqonuniy muhojirlik va qurol-yarog’ savdosiga, uyushgan jinoyatchilik va narkobiznesga qarshi kurashda hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor beradi.



  1. Yüklə 107,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin