Variant №1 Boshqaruv usullarining mazmun-mohiyati


VARIANT № 3 Iqtisodiyotni taribga solishning bozor va davlat mexanizmi



Yüklə 107,67 Kb.
səhifə7/40
tarix22.06.2023
ölçüsü107,67 Kb.
#134145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
4-5-6

VARIANT № 3

  1. Iqtisodiyotni taribga solishning bozor va davlat mexanizmi

Avvalambor, bozor mexanizmi iqtisodiyotni makroiqtisodiy darajada to‘la tartibga sola olmaydi, chunki butun mamlakat miqyosida turli korxona, firmalar faoliyatini to‘la muvofiqlashtira olmaydi. Natijada vaqt-vaqti bilan iqtisodiy inqirozlar bo‘lib turadi. Bozor mexanizmi iqtisodiyotni to‘la tartiblashni ta’minlay olmaganligi sababli, bu jarayonga davlat aralashuvi zaruriyati kelib chiqadi. Natijada iqtisodiyotni davlat mexanizmi orqali tartiblash amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotni tartiblashning davlat mexanizmi Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda, davlat o‘z iqtisodiy tadbirlari orqali iqtisodiy faoliyatga ta’sir etishi tushuniladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ikki asosiy yo‘li mavjud:
1. Monopol, markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan holda rejali tartibga solish.
2. Erkin tadbirkorlikka asoslangan, iqtisodiyotni cheklangan tarzda tartibga solishdan iborat.
Monopol rejali tartibga solishda davlat markazdan turib yakkahokimlik bilan iqtisodiy jarayonni boshqaradi. Rejali iqtisodiyotda nima ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish va kim uchun ishlab chiqarish kabi masalalar barchasi davlat rejasida belgilanadi. Bu reja har bir korxona, muassasa, tashkilot, soha, tarmoq uchun majburiy bo‘lib, undan chetga chiqib bo‘lmaydi va har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt uning bajarilishini ta’minlashi shart bo‘ladi. Agar korxona o‘z xo‘jalik rejasini oshirib bajarsa, mukofotlanadi, bajara olmasa, unga nisbatan choralar ko‘riladi. Tarixiy taraqqiyot jarayoni shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy xo‘jalik jarayonini boshqarishda davlat yakkahokimligi kutilgan natijani bermas ekan. Bu sobiq Sovet imperiyasi davrida boshqarishning markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi misolida tasdiqlandi. Sobiq Ittifoq iqtisodiyoti asosini ishlab chiqarish vositalarining davlat mulki va markazlashtirilgan iqtisodiy rejalashtirish tashkil etgan edi. Ishlab chiqarishning shaxsiy-insoniy omili faqat mehnat qilishar, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishdan mahrum qilingan edi. Natijada ularning ishlab chiqarishda qatnashuvidan moddiy manfaatdorligi faqatgina ish haqi va ayrim hollardagina mukofotlar bilan chegaralanib qo‘yilgan edi. Bu esa ularning o‘z mehnati va tashabbuskorligidan olishi mumkin bo‘lgan manfaatdorligini butunlay yo‘q qilib qo‘ygan edi. Mehnatga jalb qilishning iqtisodiy zo‘ravonlik usuli keng qo‘llanilgan. Mamlakatdagi boy tabiiy va iqtisodiy resurslardan foydalanishda isrofgarchiliklar, xo‘jasizliklar, talon-tarojliklar keng avj oldi. Iqtisodiyotda ba’zan erishilgan yutuqlar juda katta resurslar xarajati hisobiga bo‘ldi. Oxir oqibatda, boshqarishning markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi hukmronligida iqtisodiy faoliyat olib borgan sobiq sho‘ro va umuman, sotsialistik jamiyat o‘zini o‘zi iqtisodiy eplay olmay, yo‘q bo‘lib ketdi.
Binobarin, jamiyatning iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlashda boshqarishning qaysi tizimini tanlab olishning ahamiyati juda katta ekan. Bozor tizimi sharoitida iqtisodiyotni tartiblashning bu ikki tizimidan ham bir-birlariga muvofiqlashtirilgan holda foydalanish o‘zining ijobiy natijasiga ega ekanligini O‘zbekiston misolida ham ko‘rish mumkin bo‘ladi. Xususiy mulk, baholarning erkin shakllanishi, foyda olishga intilish va raqobatga asoslangan boshqarishning iqtisodiy tizimida resurslar taqsimoti bozorda, talab va taklif qonunlari harakatiga muvofiq amalga oshiriladi. Shu usuldagi ko‘p mamlakatlar iqtisodiyotini tartibga solish tajribasi ularning tez sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlaganligini keyingi o‘n yilliklar tajribasi tasdiqlab turibdi. Bu yerda davlatning ayrim iqtisodiy vazifalari bozor iqtisodiyoti tizimini qo‘llabquvvatlash va uning amal qilishini yengillashtirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu sohada davlatning quyidagi ikki muhim faoliyat turini ko‘rsatsak bo‘ladi:
1. Bozor tizimining samarali amal qilishiga yordam beruvchi huquqiy baza va ijtimoiy muhitni yaratib berish. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida qayd etilgan «Jamiyatning iqtisodiy negizlari» to‘g‘risidagi qoidalar, O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi, yer to‘g‘risidagi, tadbirkorlik to‘g‘risidagi, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi, soliq to‘g‘risidagi, iste’molchilar huquqini himoya qiluvchi va boshqa ko‘pdan ko‘p qonunlari bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishini ta’minlovchi huquqiy baza bo‘lib xizmat qiladi.
2. “Raqobatni himoya qilish. Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga keltiruvchi mexanizm hisoblanadi. Raqobat ishlab chiqaruvchilarni va resurslar yetkazib beruvchilarni xaridor hukmiga yoki iste’molchi daxlsizligiga bo‘ysundirib beradi.”8 Raqobatdan ishlab chiqaruvchilar ham, iste’molchilar ham, davlat ham, jamiyat ham manfaatdor. Shuni hisobga olgan holda davlat qonunlar orqali raqobatni himoya qiladi, raqobat muhitini saqlashga harakat qiladi. Raqobatni himoya qilish, raqobat muhitini yaratish bir-birlari bilan bog'liq bo'lib, korxona faoliyatini boshqarishda yordam berishadi.




  1. Yüklə 107,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin