I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
267
xususiyati, asosan, virusli dasturlarga xos. Virus, aksariyat hollarda,
nosozlik va buzilishlarga
sabab bо‘ladi. U qandaydir hodisa yuz berishi bilan, masalan, oldindan belgilangan aniq kun
(vaqt) kelishi bilan ishga tushishi mumkin. Ko‘plab virusli dasturlar ma’lumotlarni yo‘q
qiladi
yoki kompyuterining normal ishlashiga yo‘l bermaydi.
Viruslar qayerdan paydo bo‘ladi? Ularni malakali darsturchilar o‘z g‘arazli niyatlarini
amalga oshirish, kimdandir o‘ch olish, turli tashkilot va korxonalarda
raqobat va zararlarni
keltirib chiqarish hamda pul ishlash maqsadida “yozadi”. Virus “yozuvchi” shaxs
virmeyker
deb ataladi.
1-rasm.
Zararli dasturlarning kompyuterga kirishi yo‘llari
Virusning kompyuterdagi “hayot tarzi”, asosan, 4 bosqichda kechadi:
Foydalanuvchi kompyuteridagi Internet yoki tanishlaridan olgan virusli dasturni ishga
tushiradi. Bu bosqichda
virus dasturi ishlamaydi, faqat foydalanuvchi kompyuteri yoki
dasturiy ta’minotiga kirib oladi va hech qanday harakat qilmaydi.
Dasturni yuklashdan oldin yoki keyin virus faollashadi va
ko‘payishni
boshlaydi
.
Virus
o‘z nusxalarini boshqa dastur yoki diskdagi ma’lum tizim maydonlariga joylashtiradi.
Virus
kompyuterga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan barcha fayllarni topadi va o‘zini faylning boshi
yoki oxiriga yozib qo‘yadi. Hujum qiladigan belgilangan sana kelganda,
virus vayronkorlik
harakatlarini amalga oshiradi. Belgilangan sana tugaguncha virus turli kichik-kichik
zararlarni amalga oshiradi, masalan, qattiq diskdagi kichik maydonlarni “shifrlashi” mumkin.
uxlash,
turg’unlik
ishga
kirishish
vayron
qilish
ko‘payish