I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
270
o‘yin yoki yordamchi) dasturlarda yashirinadi.
Dastur ishga tushiril
-
gach, virus kabi harakat qila boshlaydi va kompyuterdagi fayllarni
yo‘q qiladi yoki buzadi. Foydalanuvchi troyan
yashiringan eng zararsiz
dasturni ishga tushirmaguncha, u hech qanday xavf tug‘dirmaydi, uni
aniqlab ham bo‘lmaydi. Ko‘pincha troyan
foydalanuvchining shaxsiy
ma’lumotlarini o‘g‘irlash, o‘zgartirish yoki o‘chirish uchun ishlatiladi. Troyan virusi boshqa
dasturlarga o‘xshab o‘z-o‘zidan ko‘paymaydi.
Zamonaviy antivirus dasturlari turli
virusli dasturlarni aniqlash, zararsizlantirish va foy
-
dalanuvchi kompyuterini ishonchli himoya qilish uchun zarur funksiyaga ega.
Virus hujumining oldini olishning eng samarali yo‘li muhim ma’lumotlarni zaxiralashdir.
Virusli
hujum belgilari aniqlanganda, kompyuter muhitini to‘liq tozalash kerak. Ma’lumotni
zaxira muhitidan uzatish kompyuter tizimining normal holatini tiklash imkonini beradi.
Kompyuter viruslaridan himoyalanishni 3 bosqichda tashkil etish mumkin:
Xavfsizlik choralari natijasida kompyuterga viruslarning kirib kelish xavfi kamayadi.
Shubhali manbalardan olingan dasturiy ta’minotdan qochish kerak. Ma’lumot almashish
paytida virusga xos bo‘lgan baytlarni aniqlash va viruslarga xos bo‘lgan
harakatlarni qayd
etish ularni qidirishning asosi hisoblanadi.
Mavjud axborotlarni himoyalash uchun kompyuter viruslariga qarshi dasturiy vositalar
bozorida kompyuter
viruslaridan himoyalanish, ularni yо‘q qilish va aniqlash uchun bir necha
maxsus dasturlar yaratilgan.
Bunday dasturlar
antivirus dasturlari
deb ataladi.
Taqqoslash uchun zarur ma’lumotlar antivirus dasturining ma’lumotlar
bazasida
saqlanadi. Antivirus bazasini doimiy ravishda yangi viruslar haqidagi ma’lumotlar bilan
to‘ldirish,
boshqacha aytganda, viruslar bazasini yangilash antivirus dasturlari muvaffaqiyati
ishlashining asosiy omilidir.
Dostları ilə paylaş: