I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
276
Hozirda ko‘plab qurilmalar uchun
simli, simsiz yoki mobil tarmoqlar
orqali aloqa o‘rnatish imkoniyatlari
yo‘lga qo‘yilgan. Foydalanuvchi o‘z
shaxsiy kompyuteri
vositasida lokal va
mintaqaviy tarmoqlar hamda Internet
yordamida butunjahon hamjamiyati
bilan aloqa qilish, ma’lumotlar uzatish,
qabul qilish, saqlash,
tovar sotish va
sotib olish, to‘lovlarni amalga oshirish,
pul o‘tkazish, boshqa shaxslar bilan
muloqot qilish kabi imkoniyatlardan
foydalana oladi.
Afsuski, so‘nggi vaqtlarda tarmoqlar orqali ko‘plab
kompyuter jinoyatlari sodir
etilmoqda. Jumladan, tajovuzkor virtual tengdoshlar yoki begona shaxslar tomonidan
akkauntlarni buzib kirish, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash va ulardan g‘arazli
maqsadlarda
foydalanishga urinishlar ko‘plab kuzatilmoqda. Bunday hujumlarning oldini olish uchun ham
tarmoqlarda axborot xavfsizligini ta’minlash lozim.
Tarmoq xavfsizligi axborot tarmog‘idan ruxsatsiz foydalanishdan, faoliyatga tasodifan
yoki atayin aralashishdan yoki tarmoq komponentlarini buzishga
urinishdan ehtiyot qiluvchi
choralar hisoblanadi va u o‘z ichiga asbob-uskuna, dasturiy ta’minot hamda ma’lumotlarni
himoyalashni oladi.
Tarmoq xavfsizligi ko‘plab texnologiya, qurilma va jarayonlarni qamrab oladigan
keng qamrovli tushunchadir.
Oddiy qilib aytganda, tarmoq xavfsizligi dasturiy va apparat
texnologiyalaridan foydalangan holda kompyuter tarmoqlari va ma’lumotlar yaxlitligini,
maxfiyligi va mavjudligini himoya qilish uchun mo‘ljallangan qoida va konfiguratsiyalar
to‘plamidir.
Tarmoqlardan foydalanish natijasida axborot
almashinuv tezligi ortadi, axborotlarni
yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tezkor natijaga erishiladi.
Bunday faoliyat vaqtida tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan ruxsatsiz foydalanish,
ularni o‘zgartirish va yo‘qotish kabi tahdidlar oldini olish uchun tarmoq xavfsizligiga e’tibor
Dostları ilə paylaş: