I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
278
devori kompyuter va unga kiradigan ma’lumotlar o‘rtasida to‘siq yaratadi. Bu turdagi dasturlar
orqali qaysi dastur yoki funksiyalar Internet bilan bog‘lana
olishini, shaxsiy ma’lumotlarni
ruxsatsiz uzatmasligini ta’minlash mumkin. Xavfsizlik devoridan foydalanishning asosiy
maqsadi axborotni tajovuzkorlardan himoya qilish va trafikni filtrlashdan iborat.
Virtual xususiy tarmoq
(ingl.
Virtual Private Network
)
– qurilma va Internet o‘rtasidagi
xavfsiz tunnel.
VPN onlayn kuzatuv, aralashuv va turli taqiqlardan himoya qiladi. VPN
ommaviy tarmoq doirasida ma’lumotlarni uzatish va olish uchun xususiy tarmoqni
aniqlash va ulardan foydalanish imkonini beradi. VPNda ishlaydigan
ilovalar xavfsiz tarzda
himoyalangan. VPN ichki tarmoqqa masofadan ulanish imkonini beradi. VPN kanali orqali
o‘tayotgan barcha ma’lumotlar shifrlangan holatda bo‘ladi. Demak,
bunda kimdir ushbu
tarmoqqa ulanib olsa ham, oqib o‘tayotgan ma’lumotlardan foydalana olmaydi.
Antivirus dasturlari
Internetga ulangan qurilmaga o‘rnatiladi va tarmoqdagi barcha
ma’lumotlarni Internetda skanerlaydi. Ular zararli dasturlarni tanib olish va zararsizlantirish
uchun mo‘ljallangan. Kompyuter ishlayotgan vaqtda skanerlash uzluksiz
amalga oshiriladi va
uni foydalanuvchi xohishiga ko‘ra ishga tushirish mumkin. Antivirus dasturlari nafaqat zararli
dasturlarni aniqlay oladi va uning ma’lumotlarga
kirishini bloklaydi, balki virus kompyuterga
kirib olgan bo‘lsa ham, zararlangan fayllarni tiklaydi.
Dostları ilə paylaş: