I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
258
Amaliyotda axborotni muhofaza qilish axborotlarni
kiritish, saqlash, tahrirlash va uzatish jarayonida
foydalaniladigan ma’lumotlar maxfiyligi, yaxlitligi
va mavjudligi ta’minlash bilan izohlanadi. Axborot
xavfsizligini ta’minlovchi har bir element (har
qanday xavfsizlik nazorati) birgalikda
CIA Triad
deb
nomlanuvchi
maxfiylik
(confidentiality)
, yaxlitlik
(integrity) va
mavjudlik
(availability) shartlaridan biriga
yoki bir nechtasiga erishish uchun ishlab chiqilishi
lozim.
Maxfiylik
choralari ma’lumotlarning
ruxsatsiz oshkor qilinishidan himoya
qilishga mo‘ljallangan. Shaxsiy ma’lumotlar
maxfiyligi, ularni faqat ish vazifalarini
bajarish uchun ushbu ma’lumotlarga
muhtoj shaxslargina ko‘rishi yoki olishining
ta’minlanishi maxfiylik prinsipining asosiy
maqsadi sanaladi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Axborot xavfsizligini ta’minlash
–
foydalanuvchi axborotlarini himoyalashga
qo‘yilgan me’yor va talablarning bajarilishi.
Axborotlarni muhofaza qilish
– axborot
xavfsizligini, ya’ni ma’lumotlarni o‘g‘irlash,
yo‘qotish, soxtalashtirish, qalbakilashtirsh,
ulardan ruxsatsiz foydalanish va
ko‘paytirishning oldini olishni ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi.
Axborot xavfsizligi xususiyatlari
Virtual makonda axborot xavfsizligini
ta’minlashning 3 ta jihati uchun axborotni
himoyalashning turli usullaridan
foydalaniladi. Tasavvur qiling, siz virtual
makonni faqat veb-sahifalarni ko‘rish
maqsadida ishlatyapsiz. U holda siz
antivirus dasturlaridan axborotlarni
himoyalash maqsadida foydalanishingiz,
shu bilan Internetda ishlash qoidalariga
to‘liq amal qilishingiz kerak bo‘ladi.
Axborotning maxfiyligi
Dostları ilə paylaş: