I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
257
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-
sonli “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi
Qonunida axborot xavfsizligi
axborot borasidagi xavfsizlik
deb
belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat
manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatishi ta’kidlangan.
Bunday nojo‘ya ta’sirlar axborot
sohasidagi munosabatlarga,
jumladan, axborot egalari, uning foydalanuvchilari hamda
axborotni muhofaza qilishni qo‘llab-quvvatlovchi infrastrukturaga
jiddiy zarar yetkazishi
mumkin.
• axborotni o‘g‘irlash;
• axborot mazmunini buzish;
• axborotni egasi iznisiz o‘zgartirib olish;
• tarmoq va serverlardan beruxsat foydalanish;
•
tarmoqqa
tajovuz qilish;
• avval qo‘lga kiritilgan uzatmalarni qayta uza-
tish;
• axborotga daxldorlikdan bo‘yin tovlash;
•
jo‘natmalarni ruxsat etilmagan yo‘l orqali
jo‘natish;
• xotiraning viruslanishi
kabilarni kiritish mum-
kin.
Bugungi kunda axborot xavfsizligi bilan bog‘liq tahdidlar kelajakda sodir bo‘lishi mumkin
bo‘lgan xavflardan keladigan zararni kamaytirishga yo‘naltirilgan.
Xavflarni boshqarish 3 bosqichdan iborat:
1) ehtimoli mavjud xavflarni aniqlash;
2) xavfni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tanlash va qo‘llash;
3) ikkala bosqichni tekshirish maqsadida tajribada xavfni amalga
oshirish va xavf zararini
baholash.
Bundan bir necha yil avval xavf faqat maxfiy (konfidensial) xabar va hujjatlarni o‘g‘irlash yoki
nusxa olishdangina iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi zamonaviy xavf esa kompyuter ma’lumotlari
to‘plami, elektron ma’lumotlar, elektron resurslardan ularning egasidan ruxsat so‘ramasdan
foydalanishni tashkil etmoqda. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga
intilish ham rivojlanib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: