I V BOB.
IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI
224
Aqlli sensor – ma’lumotlarni
fizik
muhitdan qabul qiluvchi,
kiritilgan
ma’lumotlarni aniqlovchi, belgilangan
funksiyalarni bajarish uchun ichki hisoblash
resurslaridan foydalanuvchi, uzatishdan
oldin ma’lumotlarni qayta ishlovchi
qurilma.
Uyali telefon vertikal
yoki gorizontal holatda
ushlab turilsa, nima yuz beradi? Displey,
shuningdek, uyali aloqa vositasi vertikal
yoki gorizontal holatga o‘zgaradi. Bunda jarayon 2 ta sensor:
akselerometr va giroskop
yordamida amalga oshiriladi. Uyali telefon akselerometr sensori telefon yo‘nalishini aniqlaydi.
Giroskop datchiklari esa qo‘lning burilishini kuzatib boradi, u bunda
akselerometr tomonidan
berilgan ma’lumotlarga tayanadi. Sensorlar juda keng tarqalgan bo‘lib, ular real hayotda
qo‘llaniladigan elementlarni kuzatib borish uchun ishlatiladi.
AMALIY MASHG‘ULOT
№
Topshiriqlar:
1.
Agar hukumat IoT qurilmalari va dasturlari orqali “aqlli maktab”
yaratishni
rejalashtirgan bo‘lsa, nimalarga ahamiyat berishi kerak?
a) elektron darsliklar;
b)
smart doskalar;
d) onlayn-testlar;
e) sinflar
eshigidagi Wi-Fi sensorlari;
f) avtobuslarda joylashgan joylarini nazorat qiluvchi datchiklar;
g) davomatni kuzatish uchun taqiluvchi vositalar (soat yoki aqlli kamarlar).
2.
Aqlli shahar yaratish uchun zarur tizimlarni amalga oshirishda shahar duch keladigan
2 ta muammoni hamda loyihani moliyalashtirish muammosini muhokama qiling.
3.
Bunday aqlli shaharning aksariyat fuqarolari shaxsiy hayotga
daxldorlik muammolari
faqat yashirishi mumkin bo‘lgan odamlarga tegishli ekanligini aytishadi. Siz fikrga
qo‘shilasizmi yoki qo‘shilmaysizmi?