I V BOB.
IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI
220
37-dars. IOT (INTERNET OF THINGS)
TEXNOLOGIYALARI
Tarmoq texnologiyalari
yordamida noutbuk, shaxsiy kompyuter, server, simli yoki simsiz
ulangan
planshet, smartfon kabi mobil qurilmalarni bir-biriga ulash, Internet yoki LAN
yordamida ular o‘rtasida aloqani amalga oshirish mumkin. Deylik, chiroq,
ventilyator,
sovutkich, kir yuvish mashinasi kabi jihozlar ham ushbu tarmoqning bir qismiga aylandi.
Endi aqlli ulanish xususiyatlariga ega ushbu qurilmalarning barchasi o‘zaro aloqada va ularni
kompyuter yoki smartfon yordamida boshqarish mumkin bo‘lsa, ular o‘z vazifalarini qanday
bajara olishini tasavvur qiling.
Hozirda odatdagi uy sharoitida ham ko‘plab qurilmalarda zamonaviy
apparat vositalari
(mikrokontroller) hamda dasturiy ta’minot mavjud. Buyumlar Interneti (IoTO) ushbu
qurilmalarning birgalikda ishlashini ta’minlaydi hamda intellektual buyumlar tarmog‘ini
yaratishda ularga yordam beradi. Masalan, mikroto‘lqinli pech, sovutkich,
eshik qulfi,
videokuzatuv kamerasi kabi qurilmalar Internetga ulangan bo‘lsa, ularni smartfon yordamida
masofadan turib boshqarish mumkin.
Buyumlar Interneti qurilmalari
– ma’lumotlarni Internet orqali to‘plovchi
va almashuvchi
sensor, gajet, maishiy texnika kabi qurilmalar. Ular ma’lum dasturlar asosida dasturlashtirilishi,
boshqa IoT qurilmalariga joylashtirilishi mumkin. Masalan, avtomobildagi IoT qurilmasi
oldinda joylashgan tirbandlikni aniqlay oladi va mijozga kutilayotgan kechikish haqida
avtomatik ravishda xabar yuborishi mumkin.
Buyumlar Interneti
(ing.
Internet of things
– IoT) – tarmoqdagi boshqa qurilmalar bilan
aloqa o‘rnatish yoki ma’lumot almashishga mo‘ljallangan apparat va dasturiy ta’minotga
ega qurilmalar tarmog‘i.
Smart
(ing. SMART – self-monitoring, analysis and reporting technology – o‘z-o‘zini
nazorat, tahlil qilish va hisobot texnologiyalari) abbreviaturasi
aqlli
degan ma’noni
anglatadi.