I V BOB.
VR – VIRTUAL VOQELIK TEXNOLOGIYASI
228
VIRTUAL VOQELIKNING TEXNIK VA DASTURIY
TA’MINOTI
VRni to‘liq
anglash uchun kompyuter, aqlli telefon kabi mobil qurilmalar bilan birgalikda
maxsus texnik vositalar (shlem-displey, maxsus qo‘lqop), uch o‘lchamli (yoki stereoskopik)
monitor, proyektor, maxsus ko‘zoynak yoki kompyuterning standart
monitori va proyeksiya
vositasi zarur bo‘ladi.
Kompyuter kerakli axborotni VR qurilmaga chiqarish uchun VR kirish ma’lumotlarini qayta
ishlaydi, dasturiy ta’minot esa tezkor va aniq javoblarni ta’minlash uchun kirish va chiqish
ma’lumotlarini boshqaradi. Masalan,
agar VR shlemini kiyib, chap tomonga qaralsa, bu
ma’lumotlar VR dasturga uzatiladi va chap tomonga qarab turgan tizim haqida xabar beradi.
Demak, tizim ma’lumotni oladi va natijani qaytarib yuboradi hamda ekranda izlanayotgan
yo‘nalishga mos keladigan real ko‘rinishni aks ettiradi. Boshni
javob tomonga burganda
ko‘rsatiladigan javob tasviri tezlikda amalga oshishish kerak, aks holda bu tasvir haqiqiy
bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: