3-DARS
TARMOQ QURILMALARI
TARMOQ QURILMALARI
161
Tarmoqlararo himoya ekrani yoki xavfsizlik
devori
(ing. Firewall) – tarmoqqa kiruvchi va
chiquvchi trafik
nazoratini olib boruvchi qur
-
ilma yoki dasturiy ta’minot. Firewall avvaldan
ko‘rsatilgan xavfsizlik qoidalariga ko‘ra, ma’lum
bir trafikni o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik imkonini
beradi. Ya’ni u birorta
tugundan kiruvchi pa-
ketlarni inkor etish orqali turli ko‘rinishdagi tarmoq hujumlarini bartaraf eta oladi.
Shlyuz
(ing. Gateway) – mahalliy tarmoq va
global Internet tarmog‘i o‘rtasida “darvoza”
vazifasini bajaruvchi asosiy
kirish va chiqish
“eshig”i. Gateway tarmoqning kirish va chiqish
nuqtasi sifatida xizmat qiladi. Paketlarni
kerakli manzilga yetkazish uchun oldindan
belgilangan yo‘nalishlarga ko‘ra, tarmoqqa
kiruvchi yoki chiquvchi barcha ma’lumotlar
avval shlyuzdan o‘tishi kerak. Ma’lumotlar paketlarini yo‘naltirishdan
tashqari, shlyuzlar
tugun tarmog‘ining ichki ulanish yo‘llari hamda boshqa olis tarmoqlarning aniqlangan yo‘llari
haqida ham ma’lumot beradi. Agar bitta tarmoqdagi tugun tashqi tarmoqning tuguni bilan
bog‘lanmoqchi bo‘lsa, u ma’lumotlar
paketini shlyuzga uzatadi, shlyuz esa, o‘z navbatida, eng
maqbul yo‘nalish yordamida paketni oxirgi manzilga yo‘naltiradi.
Xonadon yoki kichik ofislarda Internetga ulanish uchun shlyuz bo‘lib, odatda,
Internet-
provayder hisoblanadi. Masalan, router kompyuter tarmoqlarida shlyuz qurilmasi
sifatida ishlash uchun mo‘ljallangan. Ammo shlyuz to‘liq dasturiy ta’minot, apparat yoki
har ikkalasining kombinatsiyasida amalga oshirilishi mumkin.
Tarmoq shlyuzi tarmoq
chegarasida joylashtirilganligi sababli, odatda, xavfsizlik devori u bilan birlashtirilgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: