3-DARS
TARMOQ QURILMALARI
TARMOQ QURILMALARI
163
Wi-Fi tarmog‘ini o‘rnatish va sozlash ketma-ketligi:
1) SIM-kartani Wi-Fi routeri SIM uyasiga joylashtiring;
2) routerni quvvat manbayiga ulang (1). Ba’zi routerlarda ikkita
tashqi antennani routerga
burash kerak bo‘lishi mumkin;
3) routerning orqa qismidagi yorliqda joylashgan ma’lumotlarga e’tibor bering;
4) LAN kabeli bir uchini router porti (2), ikkinchi uchini esa kompyuterning LAN portiga (3)
ulang;
5) Internet kabelini routerning kiruvchi portiga ulang (4);
6) “Quvvat” tugmachasini bosib,
routerni ishga tushiring;
7) kompyuterni yoqing;
8) quvvat chirog‘i yonadi va ma’lum bir rangga aylanadi. Demak, dasturiy ta’minot o‘rnatishga
tayyor;
9) kompyuterdagi ko‘rsatmalarga
amal qiling;
10) Wi-Fi chirog‘i Wi-Fi yoqilganligini ko‘rsatish
uchun ma’lum bir rangda bo‘ladi;
11) routerdagi quvvat paneli signal qanchalik
kuchli ekanligini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: