I I I BOB.
TARMOQ QURILMALARI
158
Svitch portlar orqali kelgan ma’lumotlar paketidan manzilni ajratib
oladi va paketni qayerga
yuborish kerakligini aniqlaydi. U paketlarni barcha portlarga emas, balki ma’lum
bir port orqali
kerakli qurilmalargagina yuboradi. U bir vaqtning o‘zida bir nechta paketlarni uzatishi mumkin.
Buzilgan signallarni esa uzatmaydi,
aksincha, tashlab yuboradi va jo‘natuvchidan uni qayta
yuborishni so‘raydi.
Svitchning
asosiy ustunligi shundaki, u tarmoqdagi boshqa kompyuterlarni jalb qilmagan
holda ma’lum kompyuterlar o‘rtasida ma’lumot almashishni ta’minlaydi. Xab ma’lumot
paketlarini bitta qurilmadan boshqa barcha qurilmalarga yuborsa, svitch ma’lumotlarni
faqat qabul qiluvchigagina yuboradi. Bu esa ma’lumotlar almashish
tezligi hamda tarmoq
xavfsizligini oshiradi. Tarmoqning boshqa segmentlari ular uchun mo‘ljallanmagan
ma’lumotlarni qayta ishlashdan ozod qilinadi.
Paketlar
– har qanday kо‘rinishdagi ma’lumot tarmoq orqali yuborilganda,
uning kichik
bо‘laklarga bo‘lingan qismi. Har bir paket tarmoq qurilmalari yordamida eng ma’qul
yо‘nalish orqali qabul qiluvchiga yuboriladi. Paketlar kerakli manzilga yetib kelganidan
keyin qabul qiluvchi qurilmada qayta yig‘iladi.
Xab
(ing.
Hub
– faoliyat markazi) – kompyuterlarni bir-biriga bog‘lovchi qurilma. U
qabul qilingan ma’lumotlarni o‘ziga ulangan barcha qurilmalarga uzatadi.
Svitch
(ing.
Switch
– о‘tkazgich) kompyuterlarni bir-biriga bog‘laydigan qurilma.
U qabul
qilingan ma’lumotni faqat belgilangan qurilmaga uzatadi.
Router
(ingl.
Router
– yо‘riqnoma) kompyuter va tarmoqlarni bir-biriga bog‘laydigan
qurilma.
Svitch xonadon/ofislarda bir nechta qurilmani ulashda ommalashgan bo‘lib, undan LAN tar
-
mog‘ini yaratishda yoki Internetga ulanishda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: