I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
286
Axborotni ruxsat etilmagan foydalanuvchidan yashirish, ma’lumot ma’nosini tushunib
olmaslik uchun
uni tushunarsiz holatga
о‘tkazish kriptografik (maxfiy belgilar
bilan yozish) himoya usullaridan biri
sanalgan
shifrlash usullari asosida
amalga oshiriladi. Shifrlash usullari
yordamida ochiq ma’lumot yashiringan
kо‘rinishdagi
shifrmatn holatiga
aylanadi. Bu esa undan buzg‘unchi
tomonidan foydalanishning oldini oladi.
Ma’lumot maxfiyligiga shifrlash
orqali erishiladi. Kriptografiya nuqtayi
nazaridan olganda, shifr bu kalit bo‘lib,
u ochiq ma’lumotlar to‘plamini
yopiq
(shifrlangan) ma’lumotlarga o‘zgartirish
uchun ishlatiladi.
Texnik nuqtayi nazardan olganda
esa shifrlash odamlar o‘qiy oladigan
oddiy
matnni tushunarsiz matn, ya’ni
shifrlangan matnga aylantirish jarayoni hisoblanadi. Sodda aytganda, shifrlash dastlabki
matnni oladi va undagi simvollarni tasodifiy ko‘rinadigan qilib o‘zgartiradi.
Shifrlash ikki xil bo‘lishi mumkin: simmetrik shifrlash va assimetrik shifrlash.
Simmetrik shifrlash ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashning oddiy va an’anaviy
usuli hisoblanadi. Simmetrik shifrlash shifrlash va deshifrlashni
bitta kalit orqali amalga
oshiruvchi algoritmlarni о‘z
ichiga oladi.
Simmetrik shifrlash
usuli quyidagi vizual
ko‘rinishga ega:
Dostları ilə paylaş: