3-DARS
INTERNET VA UNING XIZMATLARI
INTERNET VA UNING XIZMATLARI
195
№
Topshiriqlar
1.
Kozim loyiha ishini bajarmoqda. U Internetdan qiziqarli veb-saytni topdi. U
so‘nggi taqdimotini tayyorlash uchun veb-saytdan kerakli matnlarni ko‘chirib
oldi va ularni taqdimotiga joylashtirdi.
1) Kozimga taqdimotiga matn qismlarini ko‘chirish va uni o‘zi yozgandek
ko‘rsatishga ruxsat beriladimi? Javobingizni asoslab bering.
2) Kozimning qilgan ishiga bir so‘z bilan nima deyiladi?
2.
Quyidagi mulohazalar TO‘G‘RI yoki NOTO‘G‘RI ekanligini toping. Agar ular
noto‘g‘ri bo‘lsa, ajratib ko‘rsatilgan jumlalar o‘rniga to‘g‘risini yozing:
1) Internet eng taniqli LAN tarmog‘i
hisoblanadi;
2) WAN – katta maydonni qamrab oluvchi kompyuter tarmog‘i;
3) elektron pochta FTP protokoli asosida ishlaydi;
4)
veb-sayt manziliga kirish, uning sahifalari bilan tanishib chiqish uchun VoIP-
protokolidan foydalaniladi.
3.
Quyidagilardan qaysi biri FTP xizmatlarining dasturi emas?
a)
Sof FTPd;
b) FileZilla Server;
d) ProFTPd;
e) FT protokoli.
4.
Quyidagilardan qaysi biri tezkor xabar almashish dasturiga misol bo‘la oladi?
a) Wikipediya;
b)
Facebook;
d) Telegram;
e) YouTube.
5.
Internet, uning imkoniyatlari, afzalliklari va kamchiliklari xususida
fikringizni qisqacha
bayon qiling.
6. Internetdan ma’lumot to‘plab, taqdimot tayyorlang.
UYGA VAZIFA