I I I BOB.
INTERNET VA UNING XIZMATLARI
192
GPSning afzalliklari
GPSning kamchiliklari
• GPSga dunyoning
istalgan nuqtasidan ulanish
mumkin;
• kimdir muammoga duch kelsa, GPS
yordamida uni tez va samarali topish mumkin;
• landshaftdagi har qanday o‘zgarishlarni
hisobga olish uchun GPS dasturi muntazam
yangilanadi;
• GPS yo‘nalishni
rejalashtirish va kerakli
manzilni topish uchun ishlatilishi mumkin.
• GPS qurilmalari juda ko‘p quvvat
sarflaydi, bu esa batareyani doimiy
ravishda zaryadlashni talab qiladi;
•
GPS signaliga ob-havo, baland bino va
inshootlar ta’sir qilishi mumkin;
• GPS aniqligi signal kuchiga bog‘liq;
zaif signal noto‘g‘ri ma’lumotlar
berishi
mumkin, shuning uchun xaritani har doim
zaxira sifatida olib yurish tavsiya etiladi.
Avval FTP tez-tez ishlatilgan bo‘lsa, endi u, asosan, texnik holatlarda qo‘llaniladi (masalan,
veb-serverga yangi fayllarni yuklash). FTP serverlariga misol sifatida Windows foydala-
nuvchilari uchun mavjud FTP-server – FileZilla Serverni keltirish mumkin.
GPS
– shaxs dunyoning qayerida turganligini aniqlash uchun qo‘ldagi
qurilma orqali sun’iy yo‘ldoshga asoslangan radionavigatsiyadan foydala-
nuvchi raqamli aloqa shakli. GPS-ma’lumotdan
biror yangi manzilga bor
-
ish yoki boshqalarga turgan joyingizni bildirish uchun foydalanish mum
-
kin.
Dostları ilə paylaş: