3-DARS
TARMOQLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH
TARMOQLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH
185
3.
Sobirning kompyuteriga Windows 10 operatsion tizimi o‘rnatilgan. U kompyuteriga
Google Chrome brauzerini o‘rnatdi. U Uztelecom kompaniyasi bilan 1
yillik
shartnoma tuzgan. Sobir kompyuterini Internetga ulamoqchi.
1) Sobir Internetga ulanish uchun dasturiy ta’minotga egami?
2) Internetga ulanish uchun Sobirga kompyuteridan tashqari yana qanday
qo‘shimcha qurilmalar kerak bo‘ladi?
I I I BOB.
INTERNET VA UNING XIZMATLARI
186
30–31-darslar. INTERNET VA UNING XIZMATLARI
Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun
jahon bo‘ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona
axborot muhitiga birik
-
tirish imkoniyati tug‘ildi. Foydalanuvchi nuqtayi nazaridan tahlil qiladigan bo‘lsak, Internet,
birinchidan, tarmoq mijozlariga o‘zaro ma’lumot
almashish, virtual muloqot qilish imkonini
yaratib beruvchi “axborot magistrali”vazifasini o‘taydi,
ikkinchidan, unda mavjud ma’lumotlar
bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari,
Internet bugungi
kunda dunyo bozorini o‘rganish, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng
muhim vositalaridan biriga aylanib ulgurdi.
Internet
( ingl.
International Network
– xalqaro kompyuter tarmog‘i) – yagona andaza
asosida yuqori darajadagi kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi
jahon global
kompyuter tarmog‘i.
Dostları ilə paylaş: