3-DARS
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH
TARMOQLARNING ISHLASH PRINSIPI. IP-MANZILLASH
179
№
Topshiriqlar
1.
Jadval chap tomonida berilgan tavsiflarga mos javoblarni belgilang:
2.
Faylni tarmoq orqali yuborishda bir vaqtning o‘zida butun fayl yuboriladi.
a) to‘g‘ri;
b) noto‘g‘ri.
3.
Tarmoq protokoli – tarmoq orqali qanday ma’lumot uzatilishini
tartibga soluvchi
qoidalar to‘plami.
a) to‘g‘ri;
b) noto‘g‘ri.
4.
Javoblardan qaysi birida IP-manzil to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) 82.153.44.313;
b) 82.153.40.113;
d) 82.153.44.113.21;
e) 82.153.440.113.
5.
DNS nimani anglatadi?
a) Domain Name System;
b)
Domen Noting Server;
d) Domain Noting System.
UYGA VAZIFA
I I I BOB.
TARMOQLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH
180
29-dars. TARMOQLARNI LOYIHALASH VA
TASHKIL ETISH
Kompyuter tarmog‘ini yaratish uchun uning maqsadi, qanday funksiya
va vazifalarni bajar
-
ishi kerakligini belgilash,
arxitektura, aloqa vositalari, tarmoq topologiyasini
tanlash muhim
ahamiyatga ega. Bunday ma’lumotlar tarmoqni amalga oshirish,
lokal tarmoq yaratish uchun
uskunalarni tanlash va xarajatlarni hisoblash imkonini beradi. Shuning uchun loyihalash kom-
pyuter tarmog‘ini yaratishda muhim bosqich hisoblanadi. Faqat
yaxshi ishlab chiqilgan va
o‘ylangan kompyuter tarmog‘igina muammolardan imkon qadar holi bо‘ladi.
Tarmoqni loyihalashtirish bosqichlari
1-bosqich. Maqsadni belgilash
Qanday tarmoq tashkil etmoqchisiz? Maktab tarmog‘inimi yoki kichik ofis tarmog‘ini? Tar-
moqqa qancha qurilma ulamoqchisiz? Siz tashkil etgan LAN tarmog‘i
Internetga ham ulana-
dimi? Dastlab shu kabi savollarga aniqlik kiritib olinadi va tarmoq turi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: