143
oshiriladi.
2.
Xodimlarga munosib mehnat sharoiti va ish haqi darajasi.
Xodim bilan
tuziladigan mehnat shartnomasida ish haqi miqdori va muntazam ravishda unumli
mehnati uchun mukofotlar, ish o‘rnining innovatsion texnik va aloqa vositalari bilan
jihozlanishi, ijtimoiy mukofotlar va kafolatlar belgilanadi.
3.
Xodimlarning rejali harakatlanishi
.
Kadrlarni rivojlantirish, kasbiy
darajasi oshishi, rotatsiya qilinishi va ishdan bo‘shatish, xodimlarni baholash natijalari
va ularning hayotiy qiziqishlariga munosib mehnat sharoitlari va ish haqi darajasi
muvofiqligidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Korxona kadrlarini lavozimga tayinlash tizimida quyidagi hujjatlar
shakllanadi:
• xodimlarning lavozim o‘sishi rejali modeli;
• shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruqlar tayyorlash;
• shartnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
• o‘zgartishlarni qamrab olgan shtat jadvalini shakllantirish;
• kadrlar harakatlanishi bo‘yicha yillik hisobotlarni tayyorlash va tahlil qilish;
• ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida mehnatni ilmiy tashkil etish
loyihalarini tayyorlash va tasdiqlash.
Kadrlarni joy-joyiga qo‘yish kadrlar bilan ishlashning eng muhim
bosqichlaridan biri bo‘ladi va o‘zida 3 ta o‘zaro bog‘liq vazifani aks ettiradi:
• xodimlarning mehnat va intellektual salohiyatini
baholash hamda uning
shaxsiy istaklaridan kelib chiqib, lavozimda o‘sishini rejalashtirish;
• boshqaruv tizimida kadrlar harakatlanishini adolatli va yuqori darajada
amalga oshirish (ko‘tarilish, rotatsiya qilish, tushirilish, bo‘shatilish);
• xodimning munosib mehnat sharoiti va malakasiga yarasha munosib ish haqi
miqdorini belgilash asosida u bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish.
Korxonada mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish (mehnat shartnomasini
tuzish) – ma’muriyat (ish beruvchi) bilan va ishga
qabul qilinayotgan xodim
144
(yollanma ishchi) o‘rtasidagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish shakli bo‘lib,
ishga qabul qilish, mehnat va dam olishni tashkil etish, ish miqdori, turi, mehnatning
davomiyligi, mehnat sharoitlarining ishchi talablariga munosibligi, mehnatga haq
to‘lash va rag‘batlantirish,
ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar, kontrakt muddatini
uzaytirish va bekor qilish tartibini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston
Respublikasida
bozor
munosbatlarining
shakllanishi
mehnat
munosabatlarini qonuniy demokratik asosga qo‘yish, ish beruvchilar va xodimlar
o‘rtasida munosabatlarni shartnoma va keliShuvlar bilan muvofiqlashtirishga yo‘l
ochib berdi. Mehnat munosabatlariga oid bu huquqiy me’yorlar
respublika
parlamenti tomonidan 1996 yil 1 apreldan e’tiboran amalga kiritilgan (so‘ng bir qator
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan) O‘zbekiston Respublikasining Mehnat
Kodeksi
9
da o‘z ifodasini topdi.
Ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi samarali o‘zaro hamkorlikni bozor
iqtisodiyoti tamoyillariga mos keladigan manfaatlarni uyg‘unlashtirish extimol
tutilgan mehnat nizolarini
hal etish vositalarisiz, bir tomondan, mulkchilik barcha
shakllarini e’tirof etadigan, ikkinchi tomondan xodimlarni ijtimoiy ximoya qiladigan
ijtimoiy tizimlarsiz tasavvur yetib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: