142
tasdiqlash, shartnoma tuzish.
8. Nomzodning kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish va kadrlar bo‘limiga
topshirish.
Korxonaga ishga kirish va rasmiylashtirish uchun talab etiluvchi namunaviy
hujjatlar ro‘yxatini e’lon qilib, peshtaxtaga osib qo‘yish. Bular quyidagilar bo‘lishi
lozim:
1. Kadrlarni hisobga olish varag‘ini to‘ldirish.
2. Nomzodning ishga qabul qilish haqidagi shaxsiy arizasi olish.
3. Mehnat daftarchasining asl nushasi.
4. Xodim oldingi ishlagan joyidan tavsiyanoma.
5. Xodim pasportining asl nushasi.
6. Xodimning ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom (guvoxnoma, sertifikat) asl
nushasi.
7. Xodim fotosurati.
8. Tanlangan lavozimda ishlash biznes-rejasi va taklif qilinayotgan istiqbol
tadbirlari (rahbar uchun).
YUqorida keltirilgan hujjatlar to‘ldirilib, korxonaga topshirilgach, nomzod
salohiyat sifatlari kompleks baholanishini o‘tkazish zarur. Baholashning hajmi va
batafsilligi xodimning toifasiga va ish joyining muhimligiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: