Условия применения импульсных методов определения теплофизических характеристик конструкционных материалов



Yüklə 9,09 Kb.
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü9,09 Kb.
#183228
  1   2   3
1-mavzu. Korporativ moliya

KORPORATIV MOLIYA

  • B. A. Jo‘rayev
  • Toshkent amaliy fanlar universiteti “Moliya va buxgalteriya hisobi” kafedrasining dotsenti v.b., iqtisod fanalari nomzodi
  • 1-mavzu: Korporativ moliyaning iqtisodiy mazmuni va ishlatilishi.
  • Reja:
  • 1. Korporasiyalar moliyasining mazmuni, maqsadi va vazifalari
  • 2. Korporatsiyalar moliyasining o‘ziga xos xususiyatlari
  • Xususiylashtirish jarayonining taraqqiyoti va iqtisodyotning nodavlat sektorlarida tadbirkorlik faoliyatini jadallashtirishning hozirgi sharoitida mulkchilikning hissadorlik shakli rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotni hissadorlashtirish va ikkilamchi bozorlarning rivojlanishi hissadorlik jamiyatlarining kapitallar strukturasi va aktivlarni boshqarishni yangi noan’anaviy usullarini paydo bo‘lishiga olib keldi.
  • Moliya – pul mablag‘larining aylanish jarayonida ularni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Korporatsiyalar moliyasi hissadorlik jamiyatlari moliyaviy munosabatlarini tashkil qilish, kapitallar strukturasini shakllantirish, aktivlar qo‘yilmalari, ularning samaradorligi, hissadorlik mulkchiligini optimal taqsimlash modellari kabi qator masalalarni qamrab oladi.
  • Korporatsiyalar moliyasi – uning faoliyati jarayonida vujudga keladigan pul munosabatlari tizimi.
  • Korporatsiyalar moliyasining bosh maqsadi- joriy va istiqboldagi davrlar mobaynida mulkdorlarni kompaniyaga qo‘yilma qilgan moddiy va moliyaviy, intelektual boyliklari qiymatini maksimallashtirish hisoblanadi.
  • Mulkchilikning noananaviy shakllariga asoslangan zamonaviy kompaniyalarni amal qilishi uchun odatdagidek ko‘plab moddiy va nomoddiy aktivlar zarur bo‘ladi. Bunday aktivlar zaruriy moliyaviy resurslar hisobiga shakllantirilib, kompaniya menejerlarining asosiy vazifalaridan biri ishlab chiqarishga avanslangan asosiy va aylanma aktivlar uchun zaruriy moliyaviy resurslarni shakllantirish hisoblanadi. Moliyaviy resurslarni jalb qilishning hozirgi sharoitda turli tuman usullari va shakllari mavjud bulib, ularning orasida qimmat baho qog‘ozlar va boshqa moliyaviy aktivlarni emissiya qilish vositasida qarz va jalb qilingan moliyaviy resurslarni shakllantirish kompaniyalarning kapitallar strukturasini shakllantirish siyosatini bosh strategiyasi hisoblanmoqda.
  • Mazkur qimmatbaho qog‘ozlar o‘zining qiymatiga ega bulib, ularning ayrimlari sotib olgan investor uchun kompaniya mulkining bir qismiga egalik huquqini ham berish imkoniyatiga egadir.
  • O‘tgan asrimizning 50 yillaridan sung dunyo mamlakatlaridagi ilmiy texnik, iqtisodiy sohadagi taraqqiyot, insoniyat oldidagi global muammolar (asosan resurslar tanqisligi) rivojlanishning intensiv usulini jadallashtirishga majbur qildi. Natijada, boshqa sohalarda bulgani kabi, iqtisodiyotda, xususan moliya sohasida ham innovasilarni o‘zlashtirish keskin avj oldi. Bunga birgina misol sifatida ma’lum bir biznes turi bo‘yicha milliy kompaniyalarning baynalminallashuv jarayonini avj olishi, moliyaviy va boshqa bozorlarni globallashuvi, jahon xo‘jaligini integratsiyalashuv jarayonining avj olishi va boshqalarni hisoblashimiz mumkin. Mulkchilikning hissadorlik shaklini rivojlanishiga zarurat shundan iborat buldiki, iqtisodiyotda yirik investisiya resurslarini talab qiladigan loyihalar mavjud buldiki, bunday loyihalarni yakka investorlar tomonidan moliyalashtirish uchun yetarli moliyaviy resurslar mavjud bulmadi yoki yakka investorlar mazkur loyihalarni moliyalashtirish bilan yuqori darajadagi risk qilishga ishtiyoqlari mavjud bulmadi. Bunday sharoitda yagona maqsad doirasida birlashuv jarayoni uchun hissadorlik kapitali qulay hisoblanar edi. Mashhur iqtisodchilardan biri G.Ford ta’biri bilan aytganda, «Agar hissadorlashtirish yo‘li bilan tashkil qilinmaganda butun yevropani qamrab oluvchi temir yo‘l tizimi bo‘yicha qurilishni tashkil qilishning imkoniyati bulmagan bular edi».

Yüklə 9,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin