Условия применения импульсных методов определения теплофизических характеристик конструкционных материалов



Yüklə 9,09 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü9,09 Kb.
#183228
1   2   3
1-mavzu. Korporativ moliya

Moliyaviy bozorlarning keskin avj olishi, mulkchilikning hissadorlik shakli rivojlanish bilan ham bevosita bog‘liqdir. Mulkchilikning hissadorlik shakli ma’lum yirik yoki o‘rta biznesda kichik investorlardan tortib, katta investorlargacha ularning kapitallarini konsentratsiyalashuv jarayonini ta’minlaydi. Natijada, ma’lum darajada katta, kichik hajmdagi moliyaviy resurslarga ega bulgan investorlarnin pul mablag‘larini yagona biznes doirasida korporatsiyalar shaklda birlashadi, ular bevosita yagona maqsad doirasida faoliyat yuritadi. Korporatsiyalar - mulkchilikning hissadorlik shaklining zamonaviy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Unda bir necha mulkdorlar manfaatlari birlashadi, yagona maqsad doirasida investorlar kapitallari birlashtiriladi. Korporatsiyalar moliyasi 3 asosiy vazifalarni hal qiladi: Birinchisi, korporatsiya qanday investisiyalarni amalga oshirishi kerak?

Bu savol korporatsiyalar aktivlarni joylashtirish siyosatini o‘ziga qamrab oladi. Odatda har qanday xo‘jalik sub’yektlari ma’lum biznes turlari bo‘yicha mablag‘larini asosiy va aylanma aktivlarga investisiya qiladi. Investisiyalash prinsiplari: kompaniya shunday aktivlarga qo‘yilma qilishi kerakki, bu investisiyalar kompaniya uchun yetarli daromadni ta’minlashi kerak. Ikkinchisi, investisiyalar uchun talab qilinadigan moliyaviy resurslarni qanday shakllantirish mumkin? Kompaniya investisiyalar uchun zaruriy moliyaviy resurslarni hissadorlik kapitalini shakllantirish yoki obligatsiya, kredit kabi qarz instrumentlari vositasida foydalanilgan holda qarz kapitallarini shakllantirish kabi alternativ qarorlar asosida kapitallar strukturasi siyosatini olib borishi lozim. Moliyalashtirish prinsipi: investisiyalarni moliyalashtirish uchun kapitallarning optimal strukturasi investisiyalar qiymatini maksimallashtirishi lozim. Uchinchisi, kompaniya joriy investisiyalarning qanday miqdori aksionerlarga qaytarilishi lozim?-degan savolga javob berishi lozim. Dividend prinsipi: Agar investisiyalarning foydaliligi minimal talab qilinadigan moliyaviy qaytim uchun yetarli bulmasa, kompaniya har qanday jamlangan pul mablag‘larini egalariga qaytarishi kerak.

1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin