Urganch davlat universiteti texnika fakulteti geodeziya, kartografiya va kadastr yo’nalishi


-modda. Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari



Yüklə 177,43 Kb.
səhifə3/4
tarix26.10.2023
ölçüsü177,43 Kb.
#161352
1   2   3   4
1-AMALIY ISHI

63-modda. Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari
Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari ushbu uylarning turar joylari va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylari mulkdorlariga doimiy foydalanish uchun beriladi.
Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


64-modda. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari
Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga quyidagilar kiradi:
maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi yerlari va shu kabi yerlar;
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish joylari va boshqa shu kabi joylar).
Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan obyektlarni saqlash vazifalari o‘z zimmasiga yuklatilgan davlat organlari, muassasalari va korxonalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanishga beriladi, bunday obyektlar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari davlat mulki sifatida shahar, tuman davlat hokimiyati organlarining bevosita tasarrufida bo‘ladi.
Aholi punktlaridagi suv havzalarining sohil bo‘yi yerlari va qirg‘oq mintaqasidan birinchi navbatda dam olish va sport maqsadlarida foydalaniladi.
Umumiy foydalanishdagi yerlarda bu yer qaysi maqsadga xizmat qilsa, faqat shunga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat beriladi.
Yo‘llar va ariq tarmoqlari egallagan yerlardan tashqari umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslarga va fuqarolarga yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, do‘konchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish uchun elektron onlayn-auksion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.



Yüklə 177,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin