170
malakalarning ko‘chirilishi deyiladi. Ilgari hosil qilingan m
alakalarning yangi
malakalar hosil qilishga zararli, salbiy ta’sir ko‘rsatishi malakalarning
interfrensiyasi deb ataladi. Mustahkamlangan malakalarning so‘nish
hodisasi malakaning deavtomatizatsiyasi deyiladi. Malakalarning
interfrensiyasi juda kuchli bo‘ladi, shuning uchun noto‘g‘ri
malakaga ega
kishiga qayta o‘rgatish bu ishda hali hech qanday malakaga ega bo‘lmagan
kishiga o‘rgatishdan ko‘ra qiyinroq bo‘ladi. Malakalarni hosil qildirishda 1
-
signal sistemasi: sezgilar, idrok va tasavvurlar katta rol o‘yna
ydi.
Ko‘nikma va odatlar, ularning hosil bo‘lishi. Ko‘nikmalarni
malakalardan ajrata bilish zarur. Ko‘nikmalar asosida biror narsa qilishni
o‘rganish mumkin
-u, lekin bu ishni bajarish malakasi hali egallab olinmagan
bo‘lishi mu
mkin. Masalan: 5-5,5 yoshli bola ruchka ushlashni, yozishni
o‘rganib olgan bo‘lishi mumkin, lekin hali yozish malakasini egallagan emas.
Ko‘nikmalar kishi o‘z faoliyati jarayonida
hosil qilgan bilimlar yoki
malakalarga asoslangan biror ishni bajarishning ma’lum darajada
mukammal usu
lidir. Ko‘nikma bu biror ishni bajarishga tayyorgarlik, malaka
esa faoliyatning avtomatlashgan bo‘g‘inidir. Ko‘nikmalar turli darajalarda
bo‘lishi mum
kin: ayrim hollarda ular malakalarda tarkib topishidan oldin
hosil bo‘lishi, boshqa hollarda faoliyatning
yanada rivojlanishi bo‘lishi
mumkin. Uzoq mashq qilinmasa, ishlar takrorlanib turilmasa, malaka hosil
qilib bo‘lmaydi. Ko‘nikma esa ko‘p mashqlarni
bajarmasdan ham paydo
bo‘lishi mu
mkin
. Ko‘nikma uchun talab qilingan narsani tushunish, ishni
bajarish usul
ini bilish muhimdir. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi
bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni
muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasa, biz buni ko‘nikma deb ataymiz.
Kishining xulq-atvorida mustahkamlanayotgan va uning ehtiyojiga
aylanib qolgan harakatlar odat deyiladi. Odatlar
xuddi malakalar singari
xulq-atvor va faoliyatning avtomatlashgan elementlaridan iborat, lekin ular
orasida muhim farqlar ham bor. Inson shaxsiga xos bo‘lgan malaka va
odatlarning nerv-fiziologik asoslarini tushuntirishda akademik I.P.
Pavlovning dinamik stereotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga
egadir.
Bu ta’limot bizga malaka va odatlarning murakkab mexanizmlarini
ma’lum darajada tushuna olish imkoniyatini beradi. Har bir odam o‘zi
ning
xususiy yashash sharoitiga, ya’ni o‘zining kundalik hayot tarziga o‘rganib,
odatlanib qolgan bo‘ladi.
Buning asosiy sababi shundaki, odamda ayni shu
hayot tarziga nisbatan dinamik stereotip vujudga keladi. Bordiyu, hayot
sharoitini keskin
o‘zgartirsak, dinamik stereotip buziladi va yangi sharoitga
mos keladigan yangi di
namik stereotip yuzaga kelgunicha ancha vaqt o‘tadi.
Chunonchi, bog‘chaga yangi kelgan bola o‘zining nihoyatda odat
lanib qolgan
uy sharoitidan yangi tamomila boshqa sharoit
ga o‘rganib ketguncha, ya’ni
yangi dinamik stereotip hosil bo‘lguncha
Harxasha qiladi. Odat kishini aynan
171
bir faoli
yat bilan shug‘ullanishga undaydi.
Odatlar majmuidan inson
Xarakter
i kelib chiqadi. Odatlarning ijobiy va salbiy turlari bo‘ladi. Kishida
me
hnat turi bilan bog‘liq professional odatlar bo‘ladi. Masalan: shifokor
odamning ko‘rinishi, qiyofasiga qarab sog‘lom yoki kasal ekanligiga e’tibor
berishga odatlangan. Ijobiy -
aqlni bir joyga qo‘yib ishlashi, tozalikka,
xushmuomalalikka,
kishilarga ziyra
klik bilan munosabatda bo‘lishga
odatlanishi. Salbiy -
ishyoqmaslik, qo‘pollik, ijobiy odatlarga ega bo‘lish
uchun imkoniyat boricha ijobiy harakatlarni tez-tez takrorlab turish, ularni
odatdagi harakatlarga aylantirish, salbiy odatdan xalos bo‘lish uchun
tegishli
harakatlarni takrorlamaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: