168
XI-BOB. MAKTABGACHA TARBIYA DAVRIDA MEHNAT
KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Bobning qisqacha mazmuni:
1. Faoliyatning psixologik tahlili
2. Faoliyatning psixologik tahlili
3. Mehnatning ijtimoiy mohiyati, turlari
4. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining
xususiyatlari
11.1. Faoliyatning psixologik tahlili
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o‘z
-
o‘zini anglab,
har bir harakatni muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos eng muhim va umumiy
xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha aktus - harakat, faolus - faol)
shaxsning hayotdagi barcha xattiharakatlarini namoyon etishini tushuntirib
beruvchi kategoriya bo‘lib, bu o‘sha oddiy qo‘limizga
qalam olib, biror
chiziqcha tortish bilan bog‘liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy
uyg‘onish
paytlarimizda amal
ga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha
bo‘lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi.
Shuning
uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o‘z
-
o‘zini anglash
muammolari
uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni
uddalashi bilan bog‘liq sifatlari
orqali bayon etiladi.
Faoliyat - inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli
tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan
hamda tashqi olamni
va o‘z
-
o‘zini
o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos faollik shaklidir.
Odamning ichki psixik dunyosi uning tashqi dunyodagi turli-tuman
narsalar va boshqa odamlar bilan qiladigan munosabatlarida sekin-astalik
bilan paydo bo‘ladi.
Bu hodisaning haqiqatan ham xuddi shunday ekanligini
yosh
bolalarda ochiq-
oydin ko‘rishimiz mumki
n. Yan
gi tug‘ilgan chaqaloq
bolaning hali hech qanday ichki psixik dunyosi bo‘lmaydi.
Chaqaloq
bolalarda nutq ham, tasavvur ham, obrazlar va tushunchalar ham bo‘lmaydi.
Bolaning ichki dunyosi atrofidagi tashqi olam, undagi turlituman narsa va
hodisalar, ka
tta odamlar bilan qiladigan munosabatlaridan paydo bo‘ladi.
Masalan, bolalar o‘z
-
o‘zlari bilan gaplashib, atroflaridagi narsalar haqida fikr
yuritadigan bo‘ladilar. Ana shu murakkab hodisani, ya’ni
tashqi olamdagi
narsalar bilan qilinadigan faoliyatning ichki psixik faoliyatga aylantirilishini
faoliyatning
interiorizatsiyasi
deb yuritiladi. Demak, ichki psixik dunyoning
169
tashqi narsalar, hodisalar dunyosidan kel ib chiqishini interiorizatsiya deb
ataladi.
Insonning ichki dunyosi paydo bo‘lgandan so‘ng har bi
r narsani, har bir
harakatni oldin ichida o‘ylab, so‘ngra amalga oshiradi. Oldin ichida o‘ylab,
so‘ngra bevosita tashqi munosabatga o‘tishni faoliyatning
eksteriorizatsiyasi
deb ataladi. Agarda interiorizatsiya va eksteriorizatsiya so‘zlarining lug‘aviy
m
a’nosini ochadigan bo‘lsak interiorizatsiya «ichki psixik holatga o‘tish» va
eksteriorizatsiya «tashqi faoliyatga o‘tish» degan ma’noni anglatadi.
Faoliyatining tuzilishi juda murakkab va o‘ziga xosdir. Odamning
faoliyati shunchaki
ehtiyojlarni qondirishda
n iborat bo‘libgina qolmay, u
jamiyatning maqsadlari va talablari bilan ham ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Odam
faoliyatining ko‘zga tashlanib turadigan eng asosiy belgisi maqsadni anglash
va uni amalga oshirishda qilinadigan ish-harakatlaridan iboratdir
Dostları ilə paylaş: