161
1. O'quv faoliyati shunday tashkil etilishi kerakki,
bola unda faol
ishtirok etsin, yangi bilimlarni mustaqil tarzda qidirishi va "topishi"ga
undalsin, muammoli Xarakterga ega bo'lgan savollarni
е
chsin.
2. O'quv faoliyati turli xil bo'lishi kerak. Bir xillikka ega bo'lgan
materiallar va bir xil usullar bolalarni tez zeriktirib qo'yadi.
3. Bola berilayotgan materiallarning kerakliligi va ahamiyatliligini
tushunishi kerak.
4. Yangi berilayotgan material ilgari o'zlashtirilgani
bilan yaxshi
bog'langan bo'lishi kerak.
5. Juda
е
ngil bo'lgan va o'ta murakkab material qiziqish uyg'otmaydi.
O'quv topshiriqlari bog'cha yoshidagi bolalar uchun qiyin, lekin imkoniyati
etadigan darajada bo'lishi kerak.
6. Bolaning barcha yutuqlarini ijobiy baholash lozim.
Ijobiy baho
bilishga nisbatan faollikni rag'batlantiradi.
7. O'quv materiallari yorqin va emotsional bo'lishi kerak.
A.P.Usovaning ta'kidlashicha, o'qitilayotgan materialni idrok qila olmaslik
hodisasi harakatning usul va vositalarida o'ta osonlik usuliga asoslangan,
ilgari ko'rsatilgan noto'g'ri tarbiyaviy ta'sirning asorati natijasidir.
Ayni vaqtda ko'pincha ta'lim olishga tayyorlikning quyidagi tarkibiy
qismlari ajratiladi:
Dostları ilə paylaş: