155
uning jinsiy xislatlari bilan bog‘liqligini anglay boshlaydi. Bola o‘z tanasiga va
jinsiy organiga nisbatan qiziquvchan bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi
bolalar
ulg‘aygani
sari begona odamlar oldida
еchinishda o‘zlarini noqulay
sezadilar. Xijolatlik, uyat hissi tarbiyaviy ta’sir natijasidir.
Ko‘p hollarda hozirgi bolalar qiz va o‘g‘il bola tanasiga xos bo‘lgan
belgini ancha erta o‘zlashtirmoqda.
Bundan t
ashqari ular kattalarning
tanaga bo‘lgan munosabatini ham o‘zlashtirmoqdalar.
Aksariyat kattalar
kiyimsiz tanaga qarashni taqiqlaydilar, o‘zlari esa bunday tomoshalarni bola
oldida ko‘raveradilar. Go‘yoki bola hali hech narsani tushunmaydi deb
o‘ylaydilar.
Agar ota-ona kiyim almashtirishda
boladan xijolat tortsa, bu
xislat bolaga ham o‘tadi. Agar ota
-
ona o‘zini tabiiy tutsa, bola ham yalang‘och
tanani ko‘rganda xijolat bo‘lmaydi
. Ammo
bu holda hammaning o‘z chuqur
o‘ylangan yondashuvi bo‘lishi kerak. Jinsiy tarbiya erkin yo‘lga qo‘yilgan
ba’zi oilalarda, shifokorlar, rassomlar, hayvonlar hayoti bilan tanish bo‘lgan
qishloq bolalarida ba’zan jinsiy organlarni rasmda aks ettirganlarini ko‘rish
mumkin. O‘g‘il bolalar hayvonlar va erkaklarni jinsiy organlarini qizlarga
qaraganda ko‘proq chizadilar. Bu holatni o‘g‘il bolalar o‘z
tanasining
jismoniy ko‘rinishiga o‘xshatadilar. Ko‘p maktabgacha yoshdagi bolalar
odamlarning jismoniy ko‘rinishid
agi farqini nafaqat xayollariga keltiradilar,
balki bu farqni kiyimsiz naturaga qaraganda ham ko‘rmaydilar.
Maxsus tajriba o‘tkazilganda har bir boladan kiyimsiz (o‘g‘il
va qiz
bola) qo‘g‘irchoqning rasmini chizish so‘raldi. Ularni tana tuzilishi o‘g‘il va
qiz bolalarning jismoniy tuzilishiga mos kelishi kerak edi. Ba’zi bolalar
qo‘g‘irchoqqa qarab chizishga harakat qilishadi, lekin shunda ham ular jinsni
farqlovchi xislatlarni shunchaki sezmaydilar. Ularning tasvirlarida o‘g‘il bola
qo‘g‘irchoq va qiz bola
qo‘g‘irchoq bir
-biridan hech farq qilmaydi. Masalan,
«Biz yaqinda bir qizni yuzini yasadik va chizdik. Lekin menimcha libosdagi
qizni chizgandik. O‘xshamasachi? O‘g‘il va qiz bolalar o‘xshaydilar. Ular
jingalak soch bo‘ladilar va ayyorona jilmayadilar. O‘g‘il
bola bilan qiz
bolaning farqini topish kerakmi? O‘g‘il bolalar ko‘z rangi to‘q, qizlarniki och
bo‘ladi. Fe’li har xil bo‘ladi: haqiqiy erkak yig‘lamaydi. Boshqa farqni men
ko‘rmayapman». Ba’zi bolalar oilada jinsiy tarbiya haqidagi tushunchadan
shunch
alar «himoya qilinganlarki», kiyimsiz naturada jins farqiga e’tibor
berib, to‘g‘ri chizishni so‘rashganda ham, jins farqini ko‘rmaydilar. Bolalarni
boshqa qismi umrida birinchi marta kiyims
iz o‘g‘il
bola va qiz bola
qo‘g‘irchoqni ko‘rib, darhol uning jismoniy qiyofasidagi farqiga e’tibor
qaratadilar. Bunda bir xil bolalar xotirjamlik bilan o‘g‘il va qiz bolalarning
tasvirini tushirishga,
boshqalari esa, qo‘g‘irchoqni ko‘rinishidan uyalib,
ko‘zlarini yashiradilar. E’tirof etish kerak
-
ki, bolalar ulg‘aygani
sari, ular
orasida kiyimsiz qo‘g‘irchoqlarni ko‘rganda uyat hissi kuchayadi.
Bolalar
qiqirlashni, teskari qarashni, qo‘llari bilan ko‘zlarini yopishni boshlaydilar.
156
Odatda bunday bolalar talab qilingan naturani hech ham chizishni
xohlamaydilar (V.S. Muxina materiallaridan).
Dostları ilə paylaş: