175
XII-BOB. MAKTABGACHA TARBIYA DAVRIDA BILISH JARAYONLARI
Bobning qisqacha mazmuni:
1. Sensor tarbiya mazmuni
2. Sezgirlikni rivojlantirishda tarbiyachining roli
3. Bolalarda sezgi turlarining shakllanishi
4. Bolalarda idrokning rivojlanishi
5. Bolalar idrokini shakllantirish omillari
6. Diqqat va uning bolalarda rivojlanishi
7.
Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida ixtiyoriy va
ixtiyorsiz diqqati
8.
Bola xotirasi xususiyatlariBog’cha yoshidagi bolalarda xotiraning
rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari
12.1. BOLALARDA SEZGI VA IDROK JARAYONLARINING TARAQQIY
ETISHI
12.1.1. Sensor tarbiya mazmuni
Sensor taraqqiyot bosqichlari va ularning bola faoliyati bilan aloqasi.
Bolaning bo
g‘cha yoshidagi davri sezgi a’zolari
va idrokining intensiv
rivojlanish davri hisoblanadi. Bolalar sezgi va idroklarining yordami bilan
tevarak-atrofdagi narsalarning shaklan katta-kichikligini va ranglarini bilib
oladilar. Ularning sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish, hid, ta’m
-teri, taktil) va
idroklari dunyoni bilish qurolidir. Shuning uchun bolalarning psixik
taraqqiyotlari asosan ana shu yuqoridagi sezgi a’zolari va idroklarining
taraqqiyo
tiga bog‘liq.
Ana shuning uchun ham hozirgi kunda bog‘chada
bolalarga
beriladigan sensor tarbiyaning roli nihoyat darajada ortib bormoqda. Bu
еrda shunday bir savol tug‘iladi. Sensor tarbiya deganda
nimani
tushunamiz? Sensor tarbiya aqliy
tarbiyaning bir bo‘lagi bo‘lib, biz bunda
sezgi a’zolari va idrokni maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirish va
mukammallashtirishni tushunamiz.
Bolalar tarbiyachining rahbarligi ostida turli mashg‘ulotlarda
narsalarning har xil xususiyatlarini, qattiq-yumshoqligini, rangini, shaklini
qayta-qayta
idrok qilar ekanlar, ularning ongida narsalarning turli
xususiyatlariga doir etalonlar (andaza, obrazlar) yuzaga keladi. Keyinchalik
bolalar narsalarning xususiyatlarini, belgilarini idrok qilganlarida o‘z
tasavvur
laridagi
etalonlarga taqqoslab, solishtirib ko‘radilar. Shuning
uchun bog‘chada bolalarga sensor tarbiya berish orqali ularda etalon
176
tasavvurlarni hosil qilish katta ahamiyatga egadir.
Sezgi a’zolari hissiy yo‘l bilan egallanadi. Ana shuning uchun
sezgi
a’zolarini yoshlik davridan boshlab o‘tkirlashtirish, ya’ni sensor tarbiya
nihoyatda zarurdir. Odamlargagina xos bo‘lgan musiqa tovushlariga
nisbatan sezgirlik, tovushlarning nozik tomonlarini anglay bilish sezgirligi,
biron narsaning tekkanini seza bilish kabi nihoyatda
muhim xususiyatlar
bog‘chada amalga oshiriladigan sensor tarbiya orqali rivojlantiriladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar narsalarni o‘z qo‘llari bilan bevosita
ushlamasalar ham, ko‘rish va eshitish bilan qanoatlanadigan bo‘ladilar.
Bolaning ko‘rish sezgisi bog‘cha yoshigacha bo‘lgan davrda juda tez
takomillashadi. Shuning uchun bolaning ko‘zi
katta yoshdagi odamlar
ko‘ziga nisbatan uzoqni ko‘ra oladi. Agarda bolaning ko‘zi biron kasallikka
uchramay, normal va sog‘lom taraqqiy etsa, ko‘rish o‘tkir
ligi katta yoshdagi
odamlarnikiga nisbatan ikkiuch barobar ortiq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: